8 Ma’ruza: Temperament, xarakter va faoliyatning individual xususiyatlari, kasbni egallash masalalari


Download 236.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana13.05.2023
Hajmi236.51 Kb.
#1457177
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Кasbiy psixologiya 8-ma\'ruza



8 - Ma’ruza: 
Temperament, xarakter va faoliyatning individual 
xususiyatlari, kasbni egallash masalalari
 
 
 
Reja: 
 
8.1. Psixologiyada xarakter tushunchasi va fiziologik asoslari. 
8.2. Xarakter tuzilishi va xususiyatlari 
8.3. Temperament tushunchasi, uning psixologik tavsifi. 
8.4. Temperament va uning tiplari. 
 
Adabiyotlar: 9, 13, 16, 31, 34, 39. 
Tayanch iboralar: individuallik, tipologik xususiyatlar tasnifi: xarakter, 
temperament, qobiliyat, irodaviy sifatlar, iqtidor, hissiyot, kayfiyat, maxsus, 
umumiy qobiliyat; 
8.1. Psixologiyada xarakter tushunchasi va fiziologik asoslari. 
Psixologiyada xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan 
faoliyat usullarida namoyon bo’ladigan, tipik sharoitlarda yuzaga chiqadigan va 
shaxsning bu sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan individual psixik 
xususiyatlar yig’indisi tushuniladi. 
Xarakter tug’ma bo’lmaydi. Faqat layoqat nishonalari tug’ma bo’lishi 
mumkin, ular nerv sistemasining xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Xarakter 
shaxsning individual xususiyatidir.
Xarakter – kishining voqelikka bo’lgan munosabatlarini ifodalovchi va 
uning axloqi hamda hatti-harakatlarida namoyon bo’luvchi barqaror psixik 
xossalarining individual tarzda birga qo’shilishidir. Xarakterning aynan 
tarjimasi «bosilgan tamg’a», «xislat» degan ma’noni bildiradi. 
Xarakterning ko’p hislatlari odamning hatti-harakatini belgilab beruvchi 
chuqur va faol mayllar hisoblanadi. Ma’lumki, turli kishilarning xarakteri 
turlicha. Shu sababli ham bir xil sharoitlarda, aynan bir xil maqsadga intiluvchi 
kishilar shu maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan harakatning turli usullariga 
moyil bo’ladilar.
Xarakterning fiziologik asoslari. Xarakterning namoyon bo’lishi va uning 
tarkib topishga juda ko’plab omillar ta’sir qiladi. Shu sababli xarakterning 
fiziologik asoslari haqida taxminan xulosa chiqarish mumkin. Pavlov maktabi 
fiziologlarning o’tkazgan tajribalari shuni ko’rsatdiki, turli qo’zg’atuvchilar 
ta’siri ostida turlicha shartli bog’lanishlar majmuasi dinamik stereotipni tashkil 
qiladi. Xarakter xislatlarining shakllanishi mexanizmi ko’proq ana shu dinamik 
stereotipning hosil bo’lishi bilan tushuntiriladi. 
Xarakter kishining hayot va 
faoliyat sharoitlariga bog`liq holda tarkib topib, o`zgaruvchan va 
tarbiyalanuvchandir. Maxsus sharoitda ta’lim-tarbiya ta’sirida salbiy xarakter 
xususiyatlarini bartaraf qilish, ijobiy xarakter xususiyatlarini shakllantirish 


mumkin. Demak, bizning munosabatlarimiz ma’lum ma’no va mazmun kasb 
etgan munosabatlar bo`lib, ularning har birida bizning hissiy kechinmalarimiz 
aks etadi va xarakterimiz namoyon bo`ladi. Xarakterda o`zlashtirilayotgan 
hayotiy timsollar shaxsning xulq-atvori va faoliyatida ijtimoiy-psixologik 
xususiyatlar sifatida tarkib topishni ta’minlovchi psixologik vositalar inson 
«Men»ining tavsig`lovchi poydevori hisoblanadi.

Download 236.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling