8 Ma’ruza: Temperament, xarakter va faoliyatning individual xususiyatlari, kasbni egallash masalalari
“krasis” (aralashma, qorishma) deb ataladi, tarjima qilinganda “temperament”
Download 236.51 Kb. Pdf ko'rish
|
Кasbiy psixologiya 8-ma\'ruza
“krasis”
(aralashma, qorishma) deb ataladi, tarjima qilinganda “temperament” tushunchasi yo`zaga keladi. Temperamentga taalluqli Abu Ali Ibn Sino qarashlari (980-1037) ham juda qiziqarlidir. U temperamentga tabiiy va psixologik tushuntirish beradi. Ibn Sino ta’limoti Gippokrat ta’limotiga asoslangan bo`lib, uning fikricha temperament birbiriga qarama-qarshi sifatlar munosabatida yo`zaga keladigan xususiyatdir. Ulardan birining ustuvorligi temperament turini yo`zaga keltirib, bunda organizmdagi 4 ta suyuqlikdan biri ustuvor bo`ladi. Ibn Sinoning fikrlari temperament haqidagi ta’limot tarixida o`ziga xos ahamiyatga ega. Rus olimi I.P. Pavlov va uning shogirdlari tomonidan o’tkazilgan hayvonlarning yuksak nerv faoliyatini tekshirish temperamentlarni o’rganishning haqiqiy ilmiy asoslarini berdi. Ular laboratoriyada yuksak nerv faoliyatini o’rganayotib, turli xil itlarda shartli reflekslarning hosil bo’lish jarayoni turlicha sodir bo’lishiga e‘tibor beradilar. Itlar bir xil sharoitda o’zlarini har xil tutadilar: ba’zilari tek turmaydilar, boshqalari bezovta bo’ladilar, yana bir xillari o’zlarini osoyishta tutadilar, shartli reflekslar bir xillarida tez, boshqalarida sekinlik bilan hosil bo’ladi, ba’zi itlarda esa berilgan qo’zg’ovchi ta’sirida va mana shu sharoitda shartli refleks umuman hosil qilib bo’lmaydi. Bu xususiyatlar hayvonlarning nerv sistemasi faoliyatidagi farq yoki, boshqacha aytganda, yuksak nerv faoliyati tipiga bog’liq bo’lishi aniqlangan edi. I.P. Pavlov hayvonlar yuksak nerv faoliyati tiplarini o’rganish asosida: «itlarda aniqlangan nerv sistemasi tiplarini odamga nisbatan ham qabul qilishga to’la haqlimiz», -degan xulosaga keldi. Yuksak nerv faoliyati temperamentning fiziologik asosidir. Temperament xususiyatlari aslida - tug`ma hisoblansada, shaxsga bevosita aloqador va anglanadigan bo`lgani uchun ham ma’lum ma’noda dinamik ko`rinishda bo`ladi. Shu bois, har bir temperament xususiyatlarini va uning shaxs tizimiga aloqasini bilish va shunga yarasha xulosalar chiqarish kerak. Temperament hayotiy voqealar va vaziyatlarni, jamiyatdagi ijtimoiy guruhlarni «yaxshi - yomon», «ahamiyatli - ahamiyatsiz» me’zonlari asosida ajratishga imkon berib, bunda temperament odamning ijtimoiy obyektlarga nisbatan «sezgirligini» tarbiyalaydi, professional mahorat va kasb malakasining oshib borishiga yordam beradi. Inson asab tizimi bilan bog`liq individual sifatlarni bilish orqali, bevosita mehnat va o`qish jarayonlarini har bir inson tomonidan, uning manfaatlariga mos tarzda tashkil etish mumkin. Asabga bog`liq bo`lgan tabiiy xususiyatlarni umuman o`zgarmas deb bo`lmaydi, chunki tabiatda o`zgarmaydigan narsaning o`zi yo`q. V.S.Merlin temperamentning psixologik tasnifi va ularning hayotiy vaziyatlarda namoyon bo`lishini boshqarish masalasida ko`p ishlar qilgan. Shuni alohida ta’kidlab o`tish kerakki, psixik faoliyatning dinamikasi nafaqat temperamentga, balki motivlarga, psixik holatlarga, his-tuyg`ularga ham bevosita bogliqdir. Temperamentning xususiyatlari xarakterning ko‘rinishlariga oz bo‘lsa-da o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Temperament va xarakterning xususiyatlari insonning umumiy qiyofasini belgilaydigan amalda ajralmaydigan qotishmasini tashkil etadi. Download 236.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling