8 Ma’ruza: Temperament, xarakter va faoliyatning individual xususiyatlari, kasbni egallash masalalari


Download 236.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana13.05.2023
Hajmi236.51 Kb.
#1457177
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Кasbiy psixologiya 8-ma\'ruza

8.4. Temperament va uning tiplari. 
Psixologiyada temperamentning to‘rtta tipi farqlanadi: sangvinik, xolerik, 
flegmatik, melanxolik. 
Shundan kelib chiqqan holda temperament tiplarini 
ko`rib chiqamiz.
 
Sangvinik temperament tipiga mansub kishilar o’zini ishchan, faol, 
g’ayratli kishi sifatida namoyon qiladi. Ularda jo’shqinlik, va chaqqonlikning 
namoyon bo’lishi kuzatiladi. Sangvinikda quvonch, qayg’u, yoqtirish va 
yoqtirmaslik, mehribonlik va nafrat hislari tez hosil bo’ladi, biroq undagi bu 
xislatlarning namoyon bo’lishi beqaror, ular tezda paydo bo’lib tezda 
yo’qoladilar.


Sangvinik temperamentdagi kishilarda his-tuyg’ular, odatda tashqi 
ko’rinishda yorqin ifodalangan bo’ladi: ma’noli mimika, ravshan imo-ishora, 
tez harakatlar qilish, tez gapirish, harakatchanlik va chaqqonlik. Ular atrofdagi 
kishilar bilan tez til topishadigan, odamshavanda, kishilar bilan osonlikcha 
yaxshi munosabat o’rnatadigan va jamoada xushchaqchaqdir.
Barcha narsaga faollik va intilish bilan munosabat bildiradi. Uning 
yo`zidan kayg`iyatini bilish mumkin. Diqqatini tez to`playdi. His-tuyg`uga 
beriluvchan. Past ovoz va past yorug`lik qo`zg`atuvchilarni ilg`amaydi. 
Uzoqvaqt ishlab charchamasligi mumkin, ishiga ishtiyoq bilan kirishadi. Tartib 
intizomli. Ekstravert. Fikrlar tezligi juda yuqori. Odamlar bilan juda tez 
kirishadi, yangi odamlar, vaziyat, holatga tez ko`nikadi. Yig`lab turib, kulib 
yuborish holatlari ko`zatiladi. Tez ishga kirishadi va tez sovishi mumkin. Bir 
yo`nalishda uzoqishlay olmaydi. Va’da berib ba’zan bajaraolmasligi ham 
mumkin.
Flegmatik temperamentdagi kishi nihoyat og’ir, yuvosh, jahlini chiqarish 
qiyin, bamaylixotir, harakatlari salmoqli bo’ladi. Faoliyatida asosli, o’ylab, 
qat‘iyat bilan ishlash namunalarini ko’rsatadi. U odatda, boshlagan ishini 
oxiriga yetkazadi.
Vazmin, 
kam 
harakat, 
imo-ishorasi, 
mimikasi 
ko`zga 
yaqqol 
tashlanmasada, lekin serg`ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatlidir. Uning 
nutq va harakat sur’ati sust. Diqqatni to`plashi osoyishta, rigid ko`rinishida 
bo`lib, diqqatni ko`chirishi qiyin kechadi. Introvertlashgan, kam gap, 
ichimdagini top toifasidan bo`lib, yangilikni qabul qilishi murakkab va tashqi 
taassurotlarga sustlik bilan javob beruvchandir. Kuchsiz mimikaga ega. 
Ishchan. Faollik reaktivlikdan ustuvor. Sabr-bardoshli, o`z-o`zini boshqara 
oladi. Nutqi sekin, rigid, diqqatni sekin to`playdi. Bir ishdan ikkinchi ishga 
sekin o`tadi. Yangi ish, vaziyatga sekin ko`nikadi. Ish boshlasa qat’iy va bir 
yo`nalishda ish qiladi.

Download 236.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling