8 Ma’ruza: Temperament, xarakter va faoliyatning individual xususiyatlari, kasbni egallash masalalari


Xarakter - shaxsning individual xususiyatidir


Download 236.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana13.05.2023
Hajmi236.51 Kb.
#1457177
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Кasbiy psixologiya 8-ma\'ruza

Xarakter - shaxsning individual xususiyatidir.
Xarakterlari mutlaqo bir 
xil bo`lgan kishilarni topib bo`lmaydi, lekin ayrim kishilarning xarakterlaridagi 
ko`p narsalar bir guruh kishilar uchun yoki xatto butun jamiyat uchun tipik 
bo`lishi mumkin. Bir jamoada mehnat qilayotgan kishilar uchun jamoatchilik, 
o`zaro yordam ko`rsatishga intilish, mehnatni xurmat qilish singari xususiyatlar 
tipik xususiyatlardir.
8.2. Xarakter tuzilishi va xususiyatlari. 
Xarakter xususiyatlari insonda oila muhitida, jamiyat ta’siri ostida va ta’lim 
- tarbiyada shakllanadi. Insonga tug‘ma ravishda berilgan temperament 
xususiyatlari jamiyatning faoliyat turlariga qarab ijtimoiylashadi. Temperament 
alohida olingan har bir insonning umumiy va asab tizimining asosiy tavsifi 
bo‘lib, bu tavsif shaxsning butun faoliyatiga ta’sir etadi. 
 
Xarakterning xususiyatlari bir-biri bilan bog’liq, bir-biriga tobe yaxlit 
tizimni tashkil qiladi. Mana shunday yaxlit tizim xarakter tuzilishi (strukturasi) 
deyiladi.
Psixologiya fanida kishining atrofdagi voqelikka munosabati nuqtai-
nazaridan xarakter xususiyatlarining quyidagi tizimi guruhlari farqlanadi: 
Shaxsning umumiy psixik tuzilishini (uning maslagini) ifodalaydigan 
xususiyatlar: g’oyaviylik, maqsadga intiluvchanlik, halollik, vatanparvarlik, 
mardlik, adolatga ishonish, faollik, intizomlilik.
Shaxsning boshqa odamlarga munosabatini ifodalovchi xususiyatlar-
jamoalilik, insonparvarlik, sezgirlik, saxiylik, samimiylik, hurmat-ehtirom. 
Bularga qarshi: pismiqlik, beparvolik, toshbag’irlik, ichidagi pishganlik, 
dag’allik, kishilarga nafrat bilan qarash. Kishining o’z-o’ziga qanday 
munosabatda bo’lishi haqida guvohlik beradigan xususiyatlar-kamtarlik, 
mag’rurlik, uyatchanlik, jizzakilik, xudbinlik, maqtanchoqlik, egotsentrizm (o’z 
Shaxsi, o’zining kechinmalari bilan band bo’lish, o’zini xamisha o’z diqqat 
markazida tutish). 
Shaxsning mehnatga, o’z ishiga munosabatini ko’rsatuvchi xususiyatlar-
qat‘iyatlilik, tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, ijodga ishtiyoq, ishdagi halolik
dangasalik, ishyoqmaslik; 
Kishining narsalarga munosabatini harakterlovchi xususiyatlar- puxtalik-
beparvolik, qimmatli narsalarni behuda sarf qilish yoki tejash (kimniki 
bo’lishidan kat‘iy nazar), orasta, palapartishlik. 
Xarakterning ayrim xususiyatlari Shaxsning ijobiy xususiyatlari, 
boshqalari esa salbiy xususiyatlari bo’ladi. Shu narsani esda tutish kerakki, 


kishilarga bo’lgan mehr-muhabbatni yaxshi, nafratni yomon deb bo’lmaydi. 
Hamma narsa kimni yaxshi ko’rish va kimdan nafratlanishga bog’liq. 
Xarakterning xususiyatlari orasidagi bog’liqlik kelib chiqqan holda muhim 
pedagogik xulosa chiqarish mumkin. Xarakterning ayrim xususiyatlarini 
alohida, ajralgan holda tarbiyalab bo’lmaydi. 
Xarakterning ijobiy xususiyatlari orasida axloqiy xususiyatlar, hamda 
irodaviy xususiyatlar muhim o’rin egallaydi. 
O’z xarakterini o’zgartirish, salbiy xususiyatlardan xalos bo’lish va o’zida 
ijobiy xususiyatlarni tarbiyalash murakkab vazifa bo’lsa ham, lekin amalga 
oshirib bo’ladigan vazifadir. Buning uchun avvalo o’z ustida ishlashni
xarakterni tarbiyalash (agar lozim bo’lsa) qayta tarrbiyalash ustida ishlashni 
qat‘iy va keskin maqsad qilib qo’yish kerak. Kishida xarakterning irodaviy 
xususiyatlarini tarkib toptirishning eng muhim shartlaridan biri mehnat 
hisoblanadi. 
Xarakter qanday shakllanadi? 
Xarakterning 
shakllanishi 
ijtimoiy 
munosabatlar bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar oiladagi, o’quv 
jamoasidagi muhim xayrihohlik, zolimlik, badjahllik, ichi qoralik, kamtarinlik, 
raqobat, o’zaro yordam va boshqalarni o’z ichiga oladi. Xarakterning 
shakllanishi, tarkib topishi odamning aktiv faoliyati jarayonida ro’y beradi. Faol 
harakatlar jarayonida ma’lum harakatlar tizimi, harakat usullari shakllantiriladi 
va mustahkamlanadi. Bunday harakatlar tizimi odatlarni tashkil qiladi. 
Bolalarda foydali odatlarni shakllantirish uchun ular bilan ishlash, bir qancha 
vaqt davomida takrorlash, hosil bo’lgan odatlarni mustahkamlash kerak. 
Xarakter xislatlarining shakllanishida maqsadga yo’nalgan holda odatlarni 
shakllantirishdan tashqari taqlid ham o’ziga xos o’ringa ega. Bu borada ota-
onalar, pedagoglar yoshlarga namuna bo’lishi kerak, ular o’zlarida yaxshi 
xislatlarni namoyon qilishlari kerak. Shu holdagina bola ularga taqlid qiladi
ijobiy insoniy xususiyatlarni o’zida shakllantiradi.
Xarakter xususiyatlarining nimalarda namoyon bo`lishi, ularning belgilari 
masalasi ham amaliy jihatdan muhimdir. Avvalo xarakter insonning 

Download 236.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling