Ona tili (morfologiya)dan testlari to‘plami
Download 354 Kb.
|
Морфологиядан 100 ta test belgisiz
Ona tili (morfologiya)dan testlari to‘plami Fe’l mayllarining ta’rifi to‘g‘ri va to‘liq qayd etilgan javobni aniqlang. So‘zlovchining ish-harakatga moyilligi fe’l mayli deyiladi. B. So‘zlovchining ish-harakatga moyil emasligi fe’l mayli deyiladi. V. Harakat bilan sub’ekt orasidagi aloqaning voqelikka munosabati fe’l mayli deyiladi. D. So‘zlovchi shaxsning bajaruvchi shaxsga turlicha munosabatiga fe’l mayli deyiladi. Buyruq - istak mayliga xos to‘g‘ri tarifni toping. A. Harakatning bajarilish – bajarilmasligini ifodalaydi B. So‘zlovchining istagi bilan bog‘liq holdagi undash, shu harakatga da’vat etish, qo‘zg‘atish ma’rosini ifodalaydi. V. Payt va istak ma’nolarini anglatadi D.So‘zlovchining istagi bilan bog‘liq harakatni bildiradi Yo‘lchi og‘ir xo‘rsindi. Ushbu gapda qo‘llangan fe’l qaysi nisbatda? A. Aniq nisbatda B. o‘zlik nisbatda V. majhul nisbatda D. birgalik nisbatda Fe’lning bo‘lishli shakliga berilgan to‘g‘ri tarifni toping A. Ish harakatning bajarilishini, tasdig‘ini ifodalaydi. B.Holatni bildiradi. V. Ish harakatning bajarilmasligini bildiradi D. Rangni bildiradi Fe’lning bo‘lishsizlik shakliga berilgan to‘g‘ri tarifni toping. A. Ish harakatning bajarilmasligini bildiradi. B. Ish harakatning bajarilishini, tasdig‘ini ifodalaydi V.Holatni bildirmaydi D. To‘g‘ri javob yo‘q Fe’lning mayl kategoriyasi deb nimaga aytiladi. A. Harakat bilan sub’ekt orasidagi aloqaning voqelikka munosabati fe’l mayli deyiladi. B. Ish harakatning bajarilishini, tasdig‘ini ifodalaydi V. Harakaning voqelikka munosabati fe’l mayli deyiladi D. Sub’ekt orasidagi aloqaning voqelikka munosabati fe’l mayli deyiladi Shart mayliga berilgan to‘g‘ri tarifni toping A. Shart mayli shaklsi –sa affiksi va shaxs-son qo‘shimchalarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi B. Ish harakatning bajarilishini, tasdig‘ini ifodalaydi V. Shart mayli shaklsi –da affiksi va shaxs-son qo‘shimchalarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi D. Shart mayli shaklsi –ta affiksi va shaxs-son qo‘shimchalarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi Shartli maylga berilgan to‘g‘ri tarifni toping A. Shartli mayl shaklsi –(a) r affiksli sifatdosh va «edi» tulksiz fe’lining birikuvidan hosil bo‘ladi B. Shart mayli shaklsi –sa affiksi va shaxs-son qo‘shimchalarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi V. Shartli mayl shaklsi sifatdosh va «edi» to‘liqsiz fe’lining birikuvidan hosil bo‘ladi D. To‘g‘ri javob yo‘q Maqsad mayliga berilgan to‘g‘ri tarifni toping A. Maqsad mayli –moqchi affiksi yordamida yasalib, u sub’ektni harakatni bajarish maqsadida, niyatini, mo‘ljalini bildiradi B. Sub’ektni harakatni bajarish maqsadida, niyatini, mo‘ljalini bildiradi V. Maqsad mayli –moqchi affiksi yordamida yasalada. D. Niyatini, mo‘ljalini bildiradi Ijro mayliga berilgan to‘g‘ri tarifni toping A. Ijro mayli harakat-holatni uning bajarilish vaqti bilan bog‘liq xolda ifodalaydi. B. Holatni uning bajarilish vaqti bilan bog‘liq xolda ifodalaydi V. Vaqti bilan bog‘liq xolda ifodalaydi D. To‘g‘ri javob yo‘q Mustaqil fe’llar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating. A. Mustaqil lug‘aviy ma’no anglatib, harakatni ifodalaydi va gapning biror bo‘lagi vazifasida keladi B. Harakatni ifodalamaydi V. Gapning biror bo‘lagi vazifasida keladi D. Lug‘aviy ma’no anglatadi Yordamchi fe’llar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating A. Yordamchi fe’llar mustaqil leksik ma’noga ega bo‘lmaydi va harakatni ifodalamaydi B. Yordamchi fe’llar harakatni ifodalamaydi V. Yordamchi lug‘aviy ma’no anglatib, harakatni ifodalaydi va gapning biror bo‘lagi vazifasida keladi D. Yordamchi fe’llar mustaqil leksik ma’noga ega bo‘lmaydi Ko‘makchi fe’llar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating A. Fe’l so‘zlarga birikib, turli qo‘shimcha modal yoki grammatik ma’nolarni ifodalovchi yordamchi fe’llardir B. Grammatik ma’nolarni ifodalovchi yordamchi fe’l V. Ko‘makchi harakatni ifodalamaydi D. Fe’l so‘zlarga birikib keladi To‘liqsiz fe’l to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating. A. Fe’lning edi, ekan, emish kabi va boshqa shakllari fe’l va fe’l bo‘lmagan so‘zlar bilan birikib, turli ma’nolar ifodalovchi hisoblanadi B. Fe’l va fe’l bo‘lmagan so‘zlar bilan birikib, turli ma’nolar ifodalovchi hisoblanadi V. Fe’lning edi, ekan, emish kabi so‘zlari bilan birikib keladi D. Fe’l bo‘lmagan so‘zlar bilan birikib, turli ma’nolar ifodalovchi hisoblanadi Fe’llarda shaxs uch xil yo‘l bilan ifodalanishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating A. 1. Sintetik 2. Analitik 3. Analitik sintetik B. 1. Affiks 2. So‘z 3. Bog‘lovchi V. 1. Analitik 3. Analitik sintetik D. 1. Sintetik 2. Analitik Download 354 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling