8 Ma’ruza: Temperament, xarakter va faoliyatning individual xususiyatlari, kasbni egallash masalalari
Download 236.51 Kb. Pdf ko'rish
|
Кasbiy psixologiya 8-ma\'ruza
Xolerik temperamentli kishilar chaqqon, g’ayratli, nihoyatda harakatchan, qo’zg’aluvchan bo’ladilar. Xoleriklar tinib-tinchimas, o’zini tuta bilmasligi, jo’shqinligi, serjahlligi, kungli soviydiganligi bilan farqlanadi. Haddan ortiq dangallik, serjahllik, ko’ngilga qattiq tegadigan so’zlar ishlatish va boshqalar tufayli ba’zilar bunday kishilarni jamoada yoqtirmaydilar. Egiluvchan emas, kuchli qat’iylik, diqqatning ko`chishida qiyinchiliklar mavjud. Yuqori tezlikda psixik tempga ega. Ekstravert. Tez qo`zg`aluvchan, u mimika jestlardan ig`odalanadi. Qat’iy tez, insonlarga nisbatan intiluvchi. Melanxolik temperamentli kishilar ishda odatda passiv, harakatlari sust, ko’pincha kam qiziquvchan bo’ladilar. Ularda hissiyot va hayajonli holatlar sekin paydo bo’ladi, biroq chuqurligi, zo’r kuchi va davomiyligi bilan farq qiladilar, melanxoliklarni ranjitish oson, tez xafa bo’ladi va xafagarchilikka bardosh bera olmaydilar. Melanxoliklar odamlarga aralashmaslikka va yolg’izlikka moyil bo’ladilar. Uncha tanish bo’lmagan, yangi kishilar bilan aloqa qilishdan o’zlarini chetga tortadilar, yangi sharoitda ko’pincha o’zlarini noqulay sezadilar. O`z-o`ziga ishonch yo`q, arzimagan narsalardan tushkunlikka tushadi. Qat’iy emas, tez charchaydi, ishchan emas, diqqati tez bo`ziladi. Ta’lim jarayonida melanxolik o’quvchilar kuchli va uzoq davom etadigan zo’r berishlikni ko’tara olmaydilar, chunki bunday holda ular miyasidagi nerv hujayralari tezlik bilan muhofaza tormozlanishiga o’tib oladilar. Inson pisixik faoliyatining sodir bo’lishiga ta’sir ko’rsatuvchi temperament hamda nerv sistemasining tug’ma xususiyatlarini bilish o’qituvchiga uning ta’lim va tarbiyaviy ishida katta yordam beradi. Download 236.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling