1. Pedagogik muloqot haqida tushuncha. Pedagogik muloqotning tuzilishi va metodlari. Pedagogik muloqot uslublari
Download 83 Kb.
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik muloqotning avtoretar uslubi
3.Pedagogik muloqot uslublari.
Pedagogik muloqot uslublari bu o‘qituvchinin muloqot jarayonini boshqarish, tashkil etish xususiyatlariga qarab belgilanadi. Pedagogik muloqot uslublarini to‘g‘ri tanlash o‘qituvchiga o‘quvchilar bilan o‘zaro ta’lim-tarbiya jarayonida muvaffaqitga erishishini ta’minlaydi. Pedagogik muloqot uslublari qo‘llanilish xususiyatlariga qarab uch guruhga ajratiladi: avtoritar, demokratik, liberal uslub. Pedagogik muloqotning avtoretar uslubi-pedagogik muloqotda o‘qitubchining mutloq ustunligini ifodalovchi uslub. Unga ko‘ra barcha turdagi o‘quvchilar faoliyatining tashkil etilishi, mazmuni, shakli, metod va vositalarning barchasi faqat o‘qituvchi tomonidan belgilanadi. O‘quvchilarning xar qanday tashabbuslari rag‘batlantirilmaydi, aksincha buruq, ko‘rsatma, yo‘llanma berish, shuningdek, jazolash choralarini ko‘rish orqali o‘quvchilarga ta’sir etiladi. Hatto o‘quvchilarning faoliyatlari ijobiy baholangan vaqtda ham ularga bo‘lgan ta’sir, turli kesatiqlar bilan bayon etiladi. Ya’ni: “Sendan ijobiy xatti-harakatni kutmagan edim?!”, “Buni qara-ya naxotki o‘zgargan bo‘lsang!?”, “ Qara-ya birgina a’lo baho olish bilan o‘zingni yaxshi inson bo‘lib qoldim deb hisoblaysanmi!?” va h.k. mazmundagi rag‘batlr, ular asli ijobiy ular asli ijobiy e’tirof etishga yo‘naltirilgan bo‘lsa-da, o‘quvchini yangi yutuqlarga ilhomlantirmaydi. Aksincha, unda ta’lim olishga , ta’lim muassasasiga va pedagogka nisbatan sovuq munosabatni shakllantiradi. Avtoritar uslubga ega bo‘lgan muloqot ta’lim jarayonida quyidagicha namoyon bo‘ladi: -ko‘proq o‘qituvchi gapiradi-axborot beradi ( monologik); -faoliyatni tashkillash va boshqarishda ko‘proqmbuyruq, ko‘rsatma berish, xayfsan usullaridan foydalaniladi; -o‘qituvchi nutqida ko‘proq iboralar ham uchrab turishi mumkin. Muomala qo‘pol, dag‘al, do‘q-po‘pisa, qo‘rqitish, cho‘chitishga asoslangan; -pedagogik takt, pedagogik etika qonunlariga yetarlicha rioya etilmaydi; -nutq ohangi buruqtomuz bo‘ladi; -muloqot jarayonida fikriga teskari fikrni kesib qo‘yadi; -muomalani talaba shaxsini rivojlanishi nuqtai nazaridan samarasiz bo‘lishiga olib keladi. Download 83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling