1. Pedagogik muloqot haqida tushuncha. Pedagogik muloqotning tuzilishi va metodlari. Pedagogik muloqot uslublari


Download 83 Kb.
bet1/5
Sana14.11.2023
Hajmi83 Kb.
#1772417
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma\'ruza


1-Mavzu: O‘qituvchi faoliyatida muomala madaniyati va psixologiyasi.
Reja:
1. Pedagogik muloqot haqida tushuncha.
2. Pedagogik muloqotning tuzilishi va metodlari.
3. Pedagogik muloqot uslublari.
4. Muloqot madaniyati.


Tayanch so‘zlar: Muloqot, Pedagogik muloqot, Muloqot usuli, pedagogik muloqot funksiyalari, kommunikativ hujum, dialog va monolog, muloqotga moslashish, muloqot tarkibi, mushaklar safarbarligi, pedagogik sistema, pedagog tashabbuskorlik, imo-ishora, liberal uslub, demokratik uslub, pedagogik uslub, masofa uslubi, qo‘rquvga asoslangan uslub, ustamonliq qilishga harakat qilish uslubi.
1.Pedagogik muloqot haqida tushuncha.
Muloqot-1) shaxslarning o‘zaro aloqasi, bir-birlariga ta’sir ko‘rsatishlar, ular o‘rtasidagi aloqani tiklash va rivojlantirish jarayoni; 2) kishilarning bir-birlariga ta’sir ko‘rsatishi asosida ular o‘rtasida ro‘y beradigan axborot almashinuvi .
Kasbiy pedagogik muloqot deganda o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlik tizimi tushuniladi. Uni asosiy faoliyat mazmuni o‘zaro achborot almashish , shaxsni bilish, tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish sanaladi. O‘qituvchi bu jarayonni faollashtiradi, uni tashkil etadi, boshqaradi. Pedagogik faoliyatda muloqat – o‘quvchilarga zamon talablari asosida ta’lim berish vazifalarini hal qilish vositai, tarbiyaviy jarayonlarni ijtimoiy – pedagogik jihatdan ta’minlash tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Muloqot yunoncha so‘zlashuv shaxslar aro suhbat, o‘zaro fikr almashuv ma’nosini bildirib, ikki va undan ortiq kishilarning so‘zlashuvida paydo bo‘ladi.
Pedagogikada muloqot – o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasining o‘zaro ta’sir malakasi, usuli va tizimini anglatib , uning mohiyati o‘zaro axborot almashishda , ta’limiy-arbiyaviy ta’sir o‘tkazishda, o‘zaro bir – birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo‘ladi. Pedagogik muloqot quyidagi xususiyatlarga ega. Muloqat o‘qituvchining kasbiy faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi; muloqat jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash uchun ijtimoy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim ahamiyatga ega; muloqjt o‘qituvchi va o‘quvchilar munosabatlarining muhim tarkibiy qismi; pedagogikada muloqat-o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir o‘tkazishlari asosida o‘zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maqsadni dastur asosida rejalashtirgan funksiyasini bajarishdir; muloqat – hamkorlik faoliyatinig ehtiyojidan vujudga keladi va shaxslararo munosabat rivojlanishining ko‘p qirrali jarayoni hisoblanadi; noto‘g‘ri pedagogik muloqatda o‘quvchilarda qo‘rquv, o‘z kuchiga ishonmaslik paydo bo‘ladi. Pedagogik muloqat quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  1. O‘zaro axborot almashishini yo‘lga qo‘yish

  2. Ta’lim - tarbiya faoliyatini birgalikda tashkil etish.

  3. O‘quvchilarni erkin fikr yuritishga o‘rgatish.

  4. Salbiy holatlarni sinf bilan birgalikda bartaraf etish.

  5. Do‘stlar uchun qayg‘urish va ularga yordam berishga erishish.

  6. O‘zligini anglash, o‘quvchilar bilan muloqatda qoniqish his etish.

Muloqot – axborot jarayonidir. Axborot ikki yo‘nalishda: boshqarish sub’ektidan (pedagogdan) boshqarish ob’ektiga (o‘quvchilarga) boradi va aksincha – ob’ektdan sub’ektga boradi. Pedagog bevosita shaxslararo muomaladan o‘z tarbiyalanuvchilariga ham maqsadga qaratilgan axborotni ma’lum qiladi.
Pedagog muomala vositasi orqali qanday axborot olishini qarab chiqar ekanmiz, o‘quvchining shaxsi haqidagi axborotning muhimligini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Bevosita muomala shaxsni g‘oyat xilma-xil sharoitlarda va ko‘rinishlarda o‘rganishga imkon beradi. U faqat shaxsning hulq-atvorida namoyon bo‘ladigan yorqin va eng ta’sirchan tashqi belgilarnigina qayd etish imkonini berib qolmaydi. Pedagog o‘quvchilar bilan muomala qilar ekan, juda mayda detallarni ham anglab olishga qodir bo‘ladi, bu detallar sirtdan qaraganda unchalik ahamiyatli bo‘lmay, shaxsda sodir bo‘layotgan, uni tushunish uchun juda muhim bo‘lgan zarur ichki jarayonlar ko‘rinishlarining alomatlari bo‘lishi ham mumkin. Bu xol shaxsni chuqur tushunish imkonini berib, tashqi qatlam ostida boshqa usullar bilan aniqlab bo‘lmaydigan narsalarni topish imkonini beradi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, pedagogik jarayonning borligi o‘qituvchiga munosabatni ijodiy hissiyotlar asosida tashkil etishga, bolalar bilan psixologik muloqot o‘rnatishga imkon beradi. o‘qituvchi o‘quvchilarga biron-bir narsani o‘rgata olishi uchun ular bilan munosabatga kirishishi shart. Munosabat odamlar o‘rtasidagi birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishning ko‘p qirrali jarayonidir. Munosabat birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayriboshlashni o‘z ichiga oladi. Bunday axborot ayriboshlanishi munosbatning kommunikativchi jihati sifatida ta’riflanishi mumkin. Munosabatga kirishuvchilarning o‘zaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, balki turli xatti- harakatlar bilan ham ayriboshlashdan iborat.
Munosabatga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlarini taqozo qilishdir. SHunday qilib, yagona munosabat jarayoniga shartli ravishda uchta jihatni kommuniaktiv (axborot o‘zatish), interaktiv (o‘zaro birgalikdagi harakat) va perseptiv (o‘zaro birgalikda idrok etish) jihatlarni alohida ko‘rsatish mumkin.
Nutq bu og‘zaki kommunikasiya, ya’ni til yordamida munosabat qilish jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron bir mohiyatni anglatadigan so‘zlar og‘zaki kommunikasiya vositasi hisoblanadi. So‘zlar eshittirib yo ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib qo‘yilishi yoki kar-saqov kishilarga biron bir mohiyatga ega bo‘lgan imo-ishoralar bilan almashinishi mumkin. Odamlar o‘rtasidagi munosabatni telegraf orqali axborot berishga o‘xshatish mumkin emas. Odamlar munosabatiga aloqa bog‘lovchilarning hic- hayajoni ham qonuniy ravishda jalb etilgan. U kommunikasiya’ning mazmunini hisoblanishi nazarga ham, munosabatga ham, kirishganlarga nisbatan ham muayyan tarzda taalluqli bo‘lib nutqiy fikr mulohazalar bilan qo‘shilgan holda yuzaga chiqadigan bu his-hayajonli munosabatda axborot ayriboshlashning alohida nutqsiz jihati o‘zgacha nutqsiz kommunikasiya tarkib topadi.
Pedagog bitta so‘zning o‘zini o‘quvchiga goho buyruq, goho iltimos, goho nasihat va hakozo ma’no baxsh etgan xilda turli ohangda talaffuz eta bilishi kerak. Nutqsiz kommunikasiya imo-ishora, pantomimika, nutqning ohangidagi rang baranglik ham rivojlana boradi.Kommunikasiya jarayonida teskari aloqalar shakllanadi, ya’ni bola ham suhbatining yuzlaridagi ifodani o‘qishga uning ohangida ma’qullash yoki ma’qullamaslik alomatini payqashga katta yoshdagi kishining so‘zlariga ilova bo‘ladigan va kuchaytiradigan qo‘l-barmoqlari va yuz-harakatining ma’nosini tushunishga o‘rganadi.
O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotga bir qancha talablar qo‘yiladiki, pedagogik jarayonlar davomida bularga qat’iy rioya qilish kerak. Bu talablar quyidagilardan iborat:
O‘qituvchining nutqi ravon bo‘lishi ,o‘qituvchinin fikrlar bayoni aniq, tushnarli bo‘lishi,nutq jarayonida qo‘l, ko‘z, yuz imo-ishoralardan foydalanishda ularning uzviy (bog‘liq)ligiga erishish ,nutq orqali o‘quvchilar ongi, qalbi, xatti - harakatiga pedagogik ta’sir ko‘rsatish ,nutq talaffuzi orqali o‘quvchi bilan muloqotga kirishish jarayonida ularning o‘ziga xos hususiyatlarini (pedo-psixo-fiziologik) hisobga olish ,o‘qituvchi nutqining talaffuzida ahloqiy normalarning shakllangan bo‘lishi, o‘qituvchi shaxsiga xos va mos tarzda o‘quvchilar bilan muloqotga kirishishi,o‘qituvchi o‘zining nutq talaffuzida uslubiy, stilistik xatolarga yo‘l qo‘ymasligi,o‘qituvchining nutq qobiliyati rivojlangan bo‘lishi ,o‘qituvchi dars jarayonida mavzuni tushuntirishda o‘quvchilarga ovoz monotonidan ijobiy foydalanib muloqotga kirishishi,o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish jarayonida ularni tarbiyalab borish, ongi, xulqida insoniy fazilatlarni shakllantirish, ahloqiy normalarni qaror toptirishi,muloqot jarayonida badiiy so‘z san’atiga qat’iy rioya qilishi,o‘qituvchi notiqlik san’atini egallab borishi va so‘ngra muloqotga kirishishi ,muntazam ravishda nutq talaffuzini rivojlantiruvchi mashqlar bilan shug‘ullanib borishi,o‘qituvchi o‘zining nutq talaffuzida pauza, intonasiyalardan oqilona foydalanishi,muloqot jarayonida o‘qituvchi to‘liq va to‘g‘ri fikrlay olishga o‘rganishiga bog‘liq.

Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling