1. Pedagogik muloqot haqida tushuncha. Pedagogik muloqotning tuzilishi va metodlari. Pedagogik muloqot uslublari
Pedagogik muloqotning demokratik uslubi –
Download 83 Kb.
|
1-ma\'ruza
Pedagogik muloqotning demokratik uslubi – pedagogik muloqotda o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligini ifodolovchi uslub.Unga ko‘ra o‘qituvchi pedagogik faoliyatni tashkil etishda jamoaning fikriga tayanib ish ko‘radi.O‘quv mashg‘uiotlari va tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirishda har bir o‘quvchining fikrini inobatga olishga,ularni umumlashtirgan holda evg samaralisini qabul qilishga intiladi. Muhokamalar chog‘ida barcha o‘quvchilarning ishtiroklari ta’minlanadi.O‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan tashabbuslar qo‘llab-quvatlanadi,mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bu tashabbuslar amaliyotga tatbiq etiladi. Demokratik uslubdan foydalanayotgan pedagog,o‘qituvchi zinmasidagi vazifa faqatgina o‘quvchilarning faoliyatini nazorat qilish,tuzatishlar kiritishdan iborat emasligini anglab yetadi.Asosiy e’tiborni o‘quvchilarning yutuqlarini e’tirof etgan holda yoki ularning xatolarini o‘zlariga anglatgan holda samarali tarbiya chorasini ko‘rishga qaratadi.Har bir o‘quvchining yutug‘i alohida e’tirof etiladiki,bu esa ularni yangi zafarlarga erishishga ruhlantiradi. Ushbu uslubga asoslanib ish ko‘radigan o‘qituvchi har bir o‘quvchining qiziqish va qobiliyatlarini hisobga olgan holda bajariladigan ishlarni to‘g‘ri taqsimlashga harakat qiladi,faol o‘quvchilarni taqdirlab borishni faoliyatning asosiy yo‘nalishi sifatida belgilaydi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan bu kabi muloqotni o‘rnatishda iltimos,maslahatga tayanib ish ko‘radi.
Demokratik uslubga ega bo‘lgan muloqot ta’lim jarayonida quyidagicha namoyon bo‘ladi: -ko‘proq talabalar gapiradi (o‘qituvchi bilan yoki guruhdoshlari bilan suxbat)-o‘zaro axborot almashinuvi (diolog); -faoliyatni tashkillash va boshqarishda ko‘proq muammoli savol, maslaxat usullaridan foydalanadi; -o‘qituvchi nutqida qo‘pol iboralar uchramaydi. Muomala yumshoq bo‘lib, talabalarda havfsizlik, himoyalanganlik, o‘ziga ishonch kayfiyati hukm suradi; - pedagogik takt, pedagogik etika qonunlariga qat’iy rioya qiladi; -nutq ohangida o‘zaro hurmat, ishonch, rag‘bat hislari anglanadi; Muloqot jarayonida erkin fikrlashni rag‘batlantiradi, muloqot o‘zaro fikr almashinuviga asoslanadi; -o‘qituvchi muloqotni sezilarsiz boshqarib yo‘naltirib turadi; -muomalani tarbiyalanuvchi shaxsini rivojlantirish nuqtaiy nazaridan yuqori samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Download 83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling