1. Pedagogik muloqot haqida tushuncha. Pedagogik muloqotning tuzilishi va metodlari. Pedagogik muloqot uslublari


Pedagogik muloqotning liberal uslubi


Download 83 Kb.
bet5/5
Sana14.11.2023
Hajmi83 Kb.
#1772417
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma\'ruza

Pedagogik muloqotning liberal uslubi – o‘qituvchining pedagogik muloqotdagi e’tiborsizligini ifodalovchi uslub.U o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarning kelishuvchanlikga asoslanishini ta’minlaydigan uslub sifatida ham e’tirof etiladi.Unga ko‘ra ish yuritadigan o‘qituvchi pedagogik jarayonlarda o‘quvchilar tomonidan sodir etilayotgan salbiy holatlarga e’tibor bermasllikka intiladi.O‘quvchilarni tartibga chaqarish,vaziyatdan kelib chiqqan holda ularning faoliyatini to‘g‘ri baholab,jazolash zarur bo‘lgan vaziyatlarda ham indamaslikni odat qilib oladi.Bu esa o‘quvchilarning odobsiz,yalqov,mas’ulyatsiz bo‘lishlariga olib keladi.Liberal uslubni ma’qul ko‘radigan o‘qituvchi o‘quvchilar hayoti bilan mutlaqo qiziqmaydi,ularning faoliyatlariga aralashmaydi,hal qiluvchi vaziyatlarda mas’uliyatni o‘z zimmasidan soqit qiladi.Ayrim holatlarda bir-biriga zid bo‘lgan fikrlarni ham birdek ma’qullaydi.Natijada bu taxlitda ish ko‘radigan o‘qituvchi hech qanday obro‘ga ega bo‘lmaydi.Chunki unga ishonish mumkin emas.
Liberal uslubga ega bo‘lgan muloqot ta’lim jarayonida quyidagicha namoyon bo‘ladi:
-pedagogik muloqotni tashkillash va boshqarishni bilmaydi. Natijada bor ta’limiy axborotni ko‘proq o‘zi talabalarga uzatadi yoki ularni ymuman nazoratsiz qoldiradi;
-muomalani maqsadli ko‘rishga intilmaydi, natijada muloqot kutilmagan natijalarga olib kelishi mumkin;
-nutq ohangi o‘ta yumshoq, qattiyatlilik yo‘q;
-talabalarga iltimos shaklida murojat qiladi;
-men senga tegmayman sen ham menga tegma qabilida faoliyat olib boradi;
-tarbiyalanuvchining taqdiri uni mutlaqo qiziqtirmaydi.


Pedagogik muloqot madaniyati-pedagogning o‘quvchilar jamoasi, ota-onalar, hamkasblar, rahbariyat, bilan pedagogik odob va muloqot talablariga muvofiq holda uyushtiriladigan suxbat. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik muloqotning ma’lum yo‘nalishlari aks etadi. Ya’ni: pedagogning alohida o‘quvchi bilan muloqoti; pedagogning butun sinf bilan muloqoti; pedagogning alohida o‘quvchi orqali butun sinf bilan muloqoti; butun sinf orqali bir o‘quvchi bilan muloqoti.
Pedagogik muloqot ruhiy-psixologik ta’sir kuchiga ega. Shu sababli pedagogik muloqotni tashkil etishda muloqot jarayoniningijobiy bo‘lishini ta’minlash pedagogning zimmasiga katta ma’suliyat yuklaydi. Agarda noto‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik muloqot o‘quvchida qo‘rquvni yuzaga kelishi, ishonchsizlikning tug‘ilishi, diqqat, xotira va ish qobiliyatini susayishi, nutq me’yorining buzilishi, kabilarga sabab bo‘lsa, aksincha, nazariy-pedagogik va amaliy jixatdan to‘g‘ri tashkil etilgan muloqot yuqoridagi holatlarning aksini keltirib chiqaradi. Natijada o‘quvchilarda o‘qishga va mustaqil o‘rganishga, fikrlashga bo‘lgan qiziqishi ortadi.
Pedagogik muloqot muhim ijtimoiy-psixologik jarayon sanaladi. Ya’ni: shaxsni o‘rganish (bilish); axborot almashish; faoliyatni tashkil etish; hamdard bo‘lish.
Pedagogik muloqot jarayonida o‘quvchi tomonidan bildirilayotgan fikrlar, ularning qarashlari shaxsni yaqindan o‘rganish uchun imkoniyat yaratadi. O‘quvchi shaxsini yaqindan bilish, uning ichki kechinmalarini, o‘y fikrlari, his tuyg‘ulari, orzu-umidlari, maqsad va hayotiy intilishlaridan xabardor bo‘lish pedagogik jarayonning metodik, ruhiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlaydi. Zero, bu jarayonda pedagog muloqot o‘quvchi shaxsiga xos yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlarni inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etadi. Pedagogik muloqot jarayonida axborot almashinuvi ta’lim jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro ijtimoiy jarayonlar, shaxs kamolotining kechishiga doir ma’lumotlar almashishini ta’minlaydi. Pedagog va o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlikni qaror toptirish esa xar qanday vaziyatda ham ular o‘rtasida o‘zaro axborot almashinuvi samarali ro‘y berishi uchun sharoit yaratadi. Bu jarayonda o‘qituvchi ta’lim oluvchilarning eng yaqin maslaxatchisi, yo‘lboshchisi va rahbariga aylanadi. Pedagogik muloqot chog‘ida o‘quvchilar tomonidan o‘z shaxsi, “men”ini, qadr-qimmatini yetarlicha baholah va o‘z oldilariga hayotiy maqsadlarni qo‘ygan holda olg‘a intilishlarini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratish lozim.O‘quvchi(talaba) va o‘qituvchi (pedagog) o‘rtasidagi muloqotda axborot almashish vazifasi muayyan vositalar yordamida amalga oshiriladi:o‘zaki va yozma nutq;paralingvistik(yun.para’-“yaqin”,nem.”linguistik’’-“til’’; muloqot tarkibida so‘zli,nazariy ma’lumotlarni so‘zsiz vositalar bilan birgalikda uzatilishi anglatuvchi)tizim;ekstralingvistik (ing.”exterior”-“tashqarida”, nem.”linguistik’’-“til”; gapirayotgan shaxsning ijtimoiy vazifalari bilan bevosita bog‘liq holda nutqning tashkil etilishi- nutqiy tanaffuslar,kulgu,yo‘talish’nafas olish,yig‘lash,tutilish va b.ni ifodalovchi) tizim; muloqotning tashkiliy ko‘lami va vaqti; ko‘z qarashlar; muloqotning tashkiliy ko‘lami va vaqti; ko‘z qarashlar yordamida tashkil etiladigan aloqa; belgilarning optik-kinetik tizimi (mimika, pantomimika,jestlar-gavda,qo‘l va oyoq harakatlari).
Pedagog rahbarligi yoki uning yo‘l-yo‘riqlari, ko‘rsatmalariga asosan o‘quv mashg‘ulotlari va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda ham muloqot muhim ahamiyat kasb etadi.Ayni shu vaqtda muloqotning faoliyatni tashkil etish vazifasini namoyon bo‘ladi. Yaqin-yaqingacha faoliyatni tashkil etish jarayonida pedagogning yetakchiligi, uning bevosita rahbarligi ustuvor omil bo‘lgan bo‘lsa zamonaviy sharoitda roller almanishuvi yetakchi o‘ringa chiqdi. Zamonaviy sharoitda o‘quvchilarning o‘zlari ta’lim va tarbiyaviy jarayonlarni mustaqil tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Biroq,bu degani,ta’lim va tarbiya ishlarini tashkil etish davrida pedagogning o‘rni, roli mutlaqo aks etmaydi, degani emas. Pedagog bu jarayonda rahbar, yetakchi, maslahatchi, ekspert sifatida namoyon bo‘ladi va o‘quvchilarni pedagogik jarayonlarni ilmiy-nazariy va tashkiliy-metodik jihatdan to‘g‘ri uyushtirishga yo‘naltiradi. Pedagogik muloqotni tashkil etishda,ayniqsa,pedagog yordamida muhtoj o‘quvchilarga alohida e’tibor berishi,har bir o‘quvchida turli o‘quv fanlari asoslarini o‘zlashtirishga nisbatan qiziqtirish usullarini,hamkorlik va ijodkorlikka asoslangan nehnatni tashkil etishni oldindan o‘ylab qo‘yish lozim.Pedagogik amaliyot o‘qituvchilar tomonidan tashkil etilayotgan muloqotni bir necha turga ajratish mumkinligi ko‘rsatadi. O‘qituvchilar o‘z faoliyatlarida muloqotning muayyan turlariga tayanib ish ko‘radi. Pedagogik faoliyatni tashkil etishda o‘qituvchining nafaqat o‘zi,balki uning ijobiy ta’siri asosida o‘quvchilar ham muloqot madaniyatini o‘zlashtirib borishlari lozim.

Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling