1 Pedagogika fanining dolzarb muammolari. Pedagogik tadqiqotlar va ularning yo'nalishlari


Download 231.65 Kb.
bet4/4
Sana10.12.2020
Hajmi231.65 Kb.
#163331
1   2   3   4
Bog'liq
2 5325704926725147371


11-mavzu: REYTING ( baholash ) METODI. (2-SOAT)

Reja:

1. Reyting metodi haqida tushuncha.

2. Reyting metodining afzalliklari.

3. Reyting metodining kamchiliklari.



Asosiy tushunchalar: reyting, respondent, sudya, individ
Reyting - baholash metodi, yoki yaxshi bilgan kishilarning muloxazalariga asoslangan psihologik ulchov.Boshqacharok aytganda, reyting bevosita kuzatish metodi, ma’lum bir hodisani o‘rganganda uni juda ko‘p yillardan buyon ko‘zatib yurgan odamning baholashlariga asoslangan bevosita kuzatish metodi.

Bu metodni ishlab chiqishda birinchilar katorida B.G. Ananyev harakat qildi. U o‘qituvchilarning bolalar haqidagi emperik bilimlarini psihologik bilimlar manbaiga aylantirish masalasini ishlab chikdi. 20 - 30 yillarda bu metod juda keng kullanila boshlandi.Amerikalik olimlar - Krech, Krachfild, Torndayk va Xagenlar ishlarida bu metod maxsus ishlab chiqilgan.

Reyting sharoitda ko‘zatilgan ma’lumotlarni har - xil baholash yo‘li bilan son mikdorida ifodalash mumkin, bu esa natijalarni va olingan ma’lumotlarni tahlil qilishni, hisoblashda matematik apparatlardan keng foydalanish imkonini beradi. Reytingda tadqiqotchi “ sudyalarga” o‘zi yaxshi bilgan kishining u yoki bu sifatlarini baholab berishni iltimos qiladi. Baholash bir kancha o‘ziga xos belgilar buyicha va bir butun utkazladi. Baholash individning “ urnini”, “ sudyalar” ko‘rsatgan, ba’zan esa respondentning o‘zi ko‘rsatgan ketma - ket shkalalar yordamida olinadi. “ Sudyalar” individga sortlarga ajratish va ularn o‘zaro solishtirish mumkin bo‘lgan belgilardek munosabatda bo‘ladilar. Buning uchun esa yoki ko‘p “ sudyalar”, yoki ko‘p baholar kerak.

Reyting metodini to‘g‘ri kuzatish metodidan afzallik tomonidan biri shuki, u juda tejamli. Masalan: tadqiqotchilardan o‘quvchi va o‘qituvchilar faoliyatiga tavsif berish uchun ancha ko‘p vakt talab qilinadi. Ularning ish tizimini o‘rganish undan ham murakkabrok. Reytingda esa tadqiqotchiga pedagogik jamoaning muloxazasi alohida kimmatga ega bo‘ladi. Har bir o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarining shaxsiy sifatlari haqida aniq va oddiy bo‘lsada real tasavvurga ega, har bir maktab direktori va ilmiy bo‘lim mudiri o‘qituvchi haqida uning o‘quvchilari, ota- onalar, ishdagi o‘rtoqlarining fikrlarini eshitadi. Agar direktor yoki uning o‘rinbosari ko‘p yillar davomida shu maktabda ishlayotgan bo‘lsa, tadqiqotchini qiziqtirayotgan kishilarning bilimi, shaxsiy xususiyatlari va o‘qituvchilar, o‘quvchilar faoliyatining xususiyatlarini yaxshi biladilar, reyting metodi asosida bo‘larni samarali umumlashtirish mumkin. Bu tadqiqotchining o‘zini kuzatishiga ketgan vaktdan kam vaktni talab qilinadi.

Reyting yutuqlaridan yana biri shuki bunda kuzatuvchi sudyalar maxsus psihologik tayyorgarlikka ega bo‘lmagan lekin o‘zlari bilan ishlayotgan kishini yaxshi bilgan, amaliy psiholog kishilardir. Shuningdek, baholash jarayoni kompetent sudyalarda qiziqish uyg‘otadi, ularni boshqa kishilarning shaxsiy sifatlari va faoliyati haqida o‘ylashga o‘rgatadi.

Reyting metodining bosh kamchiliklaridan biri shuki, biz komponent ( yaxshi bilgan kishilar) ning subyektiv mulohazalariga asosan xulosalar chiqaramiz. Shuning bilan birga tadqiqotchining o‘z kuzatuvchilari ham subyektivlikdan holi emasligini unutmaslik kerak.

Maxsus tadqiqotlarda baholash protsessida sudyalar yo‘l kuyadigan ba’zi tipik xatolar ham uchrashi aniqlangan. Bo‘lar:

1. Oliy himmatlik xatolar. Komponent shaxslar o‘zlariga tanish bo‘lgan kishilarga ancha yuqori baxo berishga intiladilar, ko‘proq ularning ijobiy xislatlarini aytib, kamchiliklari haqida kam gapiradilar.

2. Markaziy tendensiyadagi xatolar. Sudyalarko‘pincha shkala buyicha oxirigacha muloxaza yurita olmaydilar ( ayniksa o‘zlari yaxshi bilmagan kishilar haqida).

3. Tarafkashlik yoki g‘arazguylik, bir kishining boshqa kishining sifatlarini baholashi ko‘pincha unga bo‘lgan ijobiy, salbiy munosabatlari asosida bo‘lishi mumkin.

4. Logik xatolar. Sudyalar ba’zan xususiyatlarga analogik baholar beradilar, ular bu baholar logik o‘zaro bog‘liqka uxshaydi.

5. Kontrast xatolar. O‘zining xususiy sifatlari bilan solishtirib birovlarga baxo berish tendensiyasi.

6. Yakinlik xatosi. Makonda va katda ikki baholanayotgan sohaning yakinligi ularning yuqori darajadagi interkorryutsiyasiga olib keladi.
12-mavzu: PEDAGOGIK EKSPERIMENT (2-SOAT)

Reja:

1.Pedagogik eksperiment metodi haqida tushuncha.

2.Eksperiment nazariyasi va uning ilmiy asoslari.

3.Pedagogik eksperiment obyektlari.

4.Eksperiment metodini qo‘llash yo‘llari.
Asosiy tushunchalar: pedagogik eksperiment, ilmiy-tadqiqot metodi, ilmiy faraz, obyekt, subyekt, fakt, natija.

Eksperiment ( lotincha - sinab kurish, tajriba) tadqiqotining yetakchi metodi hisoblanadi. Eksperimentning maqsadi maxsus tashkil qilingan sharoitda, tadqiqotchining kontrolligida pedagogik protsess, hodisa, pedagogik munosabat va boshqalarni o‘rganish. Eksperiment natijasida faqat pedpgogikaning eng murakkab muammolari o‘rganilib kolmasdan, balki yangi didaktik va tarbiyaviy tizimlar yaratiladi.

Eksperimentning mohiyati shundan iboratki, tadqiqotchi sharoitni, tarbiyaviy protsess mazmuni va metodlarini turli kurinishda o‘zgartiradi va bu bilan qaysi variant to‘g‘riligini tekshiradi. Keyin u olingan faktlarni umumlashtirib, analiz qilib. takkoslab, bosh va ikkinchi darajali belgi, komponent va boshqalarni ko‘rsatib tushuntiradi. Shunday asosda, o‘rganilayotgan hodisaning mohiyatini ochib beruvchi nazariya yaratiladi.

Eksperiment nazariyasi, uning ilmiy asoslari L.F. Lazurskiy tomonidan ishlab chiqilgan edi, keyin bu nazariya bir kancha olimlarning ishlarida aks etdi. ( N. K. Bauman, V. I. Gmurman, M.N.Skatkin, S.G. Shapavalenko, G.I.Shukina va boshqalar).

Eksperimentda tadqiqot obyektini ilmiy aniqlash muhim ahamiyatga ega. Pedagogik eksperiment obyektlari quyidagilar bo‘lishi mumkin.

Pedagogning ma’lum sharoit va yo‘nalishdagi faoliyati va axloqiy qoidalar shakllanishining yangi usullaridan foydalanish jarayoniga rahbarlik qilishi.

O‘quvchilar faoliyatining har- xil turlari va xususiyatlari uning yo‘nalishi, harakteri va darajasi.

3. Bola shaxsi, uning tarbiya tizimi, pedagogik ta’sirlarga munosabati, bilim va axloqiy normalarini egallash yo‘llari.

4. O‘quvchilar jamoasi, uning tarkibi, yo‘nalishi, alohida shaxsga ta’sir kuchi, jamoaviy faoliyat, shaxslararo munosabatlar va boshqalar.

Pedagogik eksperiment obyekti bolaga oilada, maktabda, kuchada va maktabdan tashqari muassasalar jamoalari tomonidan bo‘ladigan ta’sirlar ham bo‘lishi mumkin.

Eksperimentga tayyorgarlik va uni ishlab chiqish, tadqiqot yo‘nalishida uning urni va maqsadini aniqlashni talab etadi. Eksperiment ikki qismdan iborat bo‘ladi: obyekt bilan maxsus ish olib borish ( ta’lim - tarbiya mazmuni, metodi va shaklini o‘zgartirish, maxsus sharoit yaratish, tarbiyalovchi munosabatlar tashkil qilish va boshqalar). Maxsus tashkil qilingan faoliyat natijalarini ro‘yxatga oluvchi ma’lumotlarni tuplash ( kuzatish, anketa va oldin aytilgan tadqiqot metodlari ham kullaniladi).

Eksperimental ishning birinchi bo‘limi - bolalarga ma’lum tarbiyaviy maqsadlarga ta’sir metodlari va stimullari orkali tashkil qilingan sharoitlar asosida amalga oshiriladi ( rejim, an’ana, jamoa hayotining zavkli tomoni va boshqalar).

Tadqiqotchi hamma tashqi sharoitlar, boshqa tarbiyaviy ta’sirlarni nazorat ostiga olishi lozim, keyin bolaning ma’naviy dunyosiga ta’sir qiladigan, bir maqsadga ko‘rsatilgan tashqi ta’sirlarni tashkil qilish lozim. Shunday sharoitlar yaratish lozimki, bu sharoit tekshirilayotgan jarayon, voqea va hodisalarni istalgan yo‘nalishda rivojlanishiga xizmat kilsin. Buning uchun esa eksperiment o‘tkazishdan oldin puxta tayyorgarlik kurish, pedagogik vaziyatni o‘rganish lozim. Pedagogik munosabatlar pedagogik etika normalariga rioya qilingan holda tashkil qilinadi.Tadqiqotchi o‘quvchilar, o‘qituvchilar va tarbiyachilar bilan mustahkam aloqada bo‘lishi, ular bilan birga “ yashashi” lozimki, xech kim o‘zining tekshirilayotganligini, tajribadaligini sezmasin.

Tayyorgarlik davomida eksperimental ishni boshlashdan oldin zarur ma’lumotlar tuplanadi: eksperimentining texnikasi va metodikasi ishlab chiqiladi va shunday ishlab chiqiladiki, tashkil qilingan pedagogik faoliyat tashqi faktorlar ta’siriga yo‘l kuymaydigan tarbiyaviy faktor bulsin.

Eksperimentning mazmuni hozirgi zamon fanining tayanch g‘oyalari va shu bilan bir vaktda tadqiqot faraziga asoslanadi. Sh.I.Ganelin farazni tadqiqotning o‘zagi va yuragi deb atagan edi. Unda tadqiqotning nazariy asosi taxminiy bayon etiladi. Faraz faktlarni tuplash va olingan materiallarni analiz qilishga ma’lum yo‘nalish beradi.

Faraz tadqiqotning borishi va natijasini oldindan biladi va undan muammoni yechilish loyixasi belgilanadi.

Faraz tekshirilmagan g‘oya bo‘lganligi sababli ham unga ma’lum tavakkal bo‘ladi va ba’zi xatolir, muvaffaqiyatsizliklar ham bo‘lishi mumkin. Xato va muvaffaqiyat-sizliklarni turli yo‘llar bilan kamaytirish mumkin: Birinchidan, fanning eng kiyingi yutuqlariga asoslanish lozim. Eksperiment ishimizda fanning yangi Qonun qoidalari yetakchilik rolini o‘ynashi lozim. Bu fanning yetakchi g‘oyalarini chukurlashtirsh va aniqlashtirishga yordam beradi, shuningdek, muhimi eksperimentni muvaffaqiyatli o‘tkazishni ta’minlaydi. O‘quv - tarbiyaviy jarayon kanchalik ilmiy tashkil qilingan bo‘lsa, u shunchalik samarali bo‘ladi va eksperimental ishlarni shunchalik, kurkmasdan dadillik bilan o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Fanda yangini izlash hozirgi zamon pedagogika va psihologiya fani yutuqlariga tayangan holdagina mumkin bo‘ladi.

Esperimentda uchraydigan muvaffaqiyatsizliklarni oldina olishning ikkinchi yo‘li - ilmiy izlanshni asta - sekin murakkablashtirib borish. O‘quv - tarbiyaviy jarayonni birdaniga tamoman o‘zgartirish mumkin emas. Bolalar bilan ishlashning yangi mazmuni va metodikasi maktab, sinf hayotiga asta- sekin kirib boradi. Tadqiqotchi o‘zining namunasi, o‘qituvchiga o‘rtoqlik yordami orkali tarbiyaning yangicha turini o‘rganishga yordam beradi, amaliy tajribada yangi metodikaning katta samarasiga ularni ishontiradi. Shuning bilan birga eksperimentda o‘zini qiziqarli g‘oya vaniyatlardan voz kecha bilish ham lozim.Bunda har bir muvaffaqiyatsizlik sabablarini izlash, ularni izlaganda faqat o‘qituvchi kamchiliklari yoki o‘qituvchining tarbiyalanganlik darajalaridan emas, balki farazlarning, gepotezalarning noto‘g‘riligidan izlash, muvaffaqiyatsizliklar va xatolarning sabablarini, ilmiy tushuntirish yo‘llarini izlash lozim.

Ekspermentdagi uchraydigan noto‘g‘ri voqea, hodisalarning oldini olishning uchinchi yo‘li - uni muxokama qilish, ishni boshlashdan oldin, har bir etap oxirida va eksperiment oxirida uni ilmiy va pedagogik jamoada keng muxokama qilish. Jamoa muxokama natijalarini olingan faktlarni aniq va chukurrok tahlilqilishga yordam beradi. Tadqiqotchilik faoliyatini takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsatadi.

Eksperment samarasini oshirish va kamchiliklarning oldini olishning turtinchi yo‘li - ilmiy tadqiqot guruxini tashkil qilish

( ilmiy jamoa, ilmiy laboratoriya ) Ekspermentda bir kancha har - xil hayotiy tajribaga, yoshga, kvalifikatsiya va boshqalarga ega bo‘lishgan shaxslarning qatnashuvi eksperimental ishni faqat obyektiv va har tomonlama baholash uchun foydali bulib qolmay, balki eksperiment metodikasini ishlab chiqish, xatolar va muvaffaqiyatsizliklarni tez va samarali yo‘qotish, tadqiqotchilik faoliyatida tajriba almashish uchun juda foydalidir. Shuning uchun ham keyingi yillarda bir o‘qituvchi rahbarligidagi student - tadqiqotchilar guruxi tashkil qilinayapti, bir yirik olim tevaragida o‘qituvchi va aspirantlar jamoasi birgalikdagi kompleks mavzularni ishlab chikmokda.

Eksperiment solishtirish va taqqoslash asosida olib boriladi. Shuning uchun tadqiqotni shunday tashkil qilish kerakki, natijada solishtirish va taqqoslash imkoniyati bulsin( faktlar, sonlar).

Olingan eksperiment ma’lumotlarini taqqoslashda turli usullar kullaniladi:

1. Eksperiment sinflardan faktlar nazorat sinflar bilan takkoslagan holda olinadi.Bunda bir guruxdagi tarbiyalanganlik darajasi taxminan bir xil bolalar bilan bir guruxda maxsus ish va boshqasida odatdagidek, tipik ish olib boriladi.

2. 3 - 4 ta tarbiyalanganlik darajasi bir xil bo‘lgan bolalardan tashkil topgan eksperiment sinflarga o‘rganilayotgan xususiyat turli yo‘llar bilan tarbiyalanadi.

3. Eksperiment ishlari bir xil stilda olib boriladi, lekin umumiy tarbiyalanganlik darajasiga ega bo‘lgan har - xil guruxdagi o‘quvchilar takkoslanadi: Masalan: bilishga qiziqish yaxshi, o‘rta yoki kuchsiz o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarda qanday shakllanadi, o‘qituvchining talabiga jamoadagilar va egoistlar qanday munosabatda bo‘ladi.

4. Yoshiga yoki jinsiga karab ijtimoiy axvoli yashash joyiga karab bolalarning tarbiyasi, o‘z - o‘zini tarbiyalash xususiyatlari takkoslanadi.

Shuning uchun ham eksperimentda solishtirish, taqqoslash muhim bo‘lgan faktlarni qanday metodlar bilan, qaysi vaktda va o‘quvchilarning qaysi guruxlaridan olish, qaysi o‘quvchilar guruxlarini o‘rganish taqqoslashning obyekti qilib olish lozimligini eng avval aniqlash lozim.

Biz ushbu ishda pedagogik ilmiy- tadqiqot metodlarinig ba’zilari haqida fikr yuritdik. Pedagogik tadqiqot juda mavaffqiyatli bo‘lishi uchun ilmiy- tadqiqot metodlaridan iloji boricha kompleks foydalanmoq lozim. Chunki tadqiqot natijalari obyektiv bo‘lishi va xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun bu metoddan foydalanib olingan xulosa, boshqalar yordamida teshirib ko‘riladi.Shundagini natija ishonarli, to‘g‘ri bo‘lishi mumkin.

Pedagogik ilmiy- tadqiqot metodlaridan faqat studetlar yoki yosh pedagog- olimlar ilmiy ishlar jarayonida foydalanib qolmasdan,balki ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarin umumlashtirishda yoki o‘qituvchi o‘z tajribalarini takomil-lashtirish uchun ham foydalanishi mumkin. Ijodkor, izlashuvchan o‘qituvchi, pedagogik- ilmiy tadqiqot metodlari yordamida o‘z faoliyatining yangi-yangi sahifalarini ochishi va yuqori natijalarga erishishi mumkin.


13-MAVZU: Ilmiy tadqiqot ishlarini olib boruvchi xalqaro tashkilotlar va ularning faoliyati .

R ej a :

1. Ta’lim sifatini monitoring qiluvchi xalqaro tashkilotlar va ularning turlari.

2.Ularning maqsad va vazifalari

3. Ta’lim sifatini baholovchi asosiy me’zonlar

4. O’zbekiston sharoitida xalqaro talablarga javob beruvchi kadrlarni tayyorlash masalasi

Davlat rahbari bir necha kun ilgari imzolagan "О‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida"gi farmonida inson kapitalini shakllantirishning asosiy bо‘g‘ini bо‘lgan tizimda amalga oshirilishi lozim bо‘lgan vazifalar va ularni hayotga tatbiq etish yо‘llari atroflicha belgilab berildi. Jumladan, unda mamlakatimizning 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) - о‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bо‘yicha xalqaro dastur reytingida jahonning 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish vazifasi qо‘yilgan.

XALQARO TADQIQOTLAR TIZIMI

Konsepsiya bilan tanishgan kishida, tabiiyki, PISA tizimi tadqiqotlari haqida kо‘proq bilish istagi tug‘iladi. Biz bu iboraga ilk bor  О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi "Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida"gi qarorida duch kelgandik. Mazkur hujjatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bо‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazini tashkil etishga qaror qilinib, uning asosiy vazifalari va faoliyat yо‘nalishlari etib ta’lim tizimida о‘qish, matematika va tabiiy yо‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga yо‘naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish; ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni о‘rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish va о‘tkazishda ishtirok etish; umumiy о‘rta ta’lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash; О‘zbekiston Respublikasining xalqaro baholash dasturlarida qayd etgan natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash belgilandi.

О‘z navbatida kelgusida mamlakatimiz ta’lim sifatini baholash bо‘yicha quyidagi xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishi kо‘zda tutildi:

- PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study) - boshlang‘ich 4-sinf о‘quvchilarining matnni о‘qish va tushunish darajasini baholash;

- TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) - 4 va 8-sinf о‘quvchilarining matematika va tabiiy yо‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash;

- PISA (The Programme for International Student Assessment) - 15 yoshli о‘quvchilarning о‘qish, matematika va tabiiy yо‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash;

- TALIS (The Teaching and Learning International Survey) - umumiy о‘rta ta’lim maktablari rahbarlari va о‘qituvchilari bilan sо‘rovnoma о‘tkazish orqali maktabda о‘qitish va ta’lim olish jarayonlari samaradorligini baholash.

Qayd etish lozim, mamlakatimiz ta’lim muassasalari PISA xalqaro tadqiqotlarida 2021 yilda ilk marotaba ishtirok etadi.



PISA: MUAMMO VA YECHIMLAR

- Ushbu dasturga 1997 yil asos solingan, - deydi Mirishkor tumani xalq ta’limi bо‘limi ta’lim sifati monitoringi bо‘limi inspektor-metodisti Elyor Shoqulov. - Undan kо‘zlangan asosiy maqsad - dunyo bо‘ylab ta’lim tizimi samaradorligini 15 yoshli о‘quvchi-yoshlar 3 yо‘nalishda (о‘qish, matematika, tabiiy fanlar bо‘yicha) savodxonligiga, ularning ijodiy va tanqidiy fikrlashiga, olgan bilimlarini hayotda qо‘llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu kо‘nikmalarni hosil qilishga undashdan iborat. Dasturni Avstraliya pedagogik tadqiqotlar kengashi, Niderlandiya milliy pedagogika instituti, AQShning Vestat va pedagogik test xizmatlari, shuningdek, Yaponiyaning ta’lim sohasidagi tadqiqotlar milliy instituti hamkorlikda о‘tkazadi. Dasturni joriy etish g‘oyasi ish beruvchilarning tashabbusi bilan ilgari surilgan. 2018 yilda PISA dasturida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ga a’zo 35 mamlakat, a’zo bо‘lmagan 43 ta, jami 78 mamlakat va shaharlar ishtirok etgan. Har bir davlatdan ishtirok etuvchi о‘quvchilar soni mamlakatdagi jami 15 yoshli о‘quvchi-yoshlarning 2 foizi miqdorida saylanma tarzda shakllantiriladi. Shundan kelib chiqilganda har bir davlatdan 4500 nafardan 10 ming nafargacha о‘quvchi ishtirok etgan. Sobiq ittifoq  mamlakatlaridan Rossiya, Latviya, Litva, Estoniya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston qatnashdi. Ular orasidagi eng yaxshi kо‘rsatkich estoniyalik о‘quvchilarga tegishli, garchi mazkur mamlakat yoshlari ilk marotaba ishtirok qilgan 2006 yilda 516 ball  jamg‘arib, 11-о‘rinni egallagan bо‘lsa-da, 2015 yilda bu kо‘rsatkich tegishli tartibda 534 ball va uchinchi о‘ringa kо‘tarildi.

Ma’lum bо‘ldiki, 2015 yilgi tadqiqotlardan keyin dunyo bо‘yicha birinchi, ikkinchi va tо‘rtinchi о‘rinlarni qit’adoshlarimiz - Singapur, Yaponiya va Xitoy Taypeyi о‘quvchi-yoshlari egallagan. PISA xalqaro baholash dasturi testlari uch yilda bir marotaba о‘tkazilib, о‘quvchilar bilimi uchta asosiy yо‘nalish bо‘yicha, 1000 ballik tizimda baholanadi. Har galgi monitoring jarayonida yuqorida sanalgan uchta yо‘nalishdan biriga alohida e’tibor qaratiladi. Masalan, 2000 yilda tadqiqotning asosiy yо‘nalishi о‘qish savodxonligiga, 2003 yil matematik savodxonlikka, 2006 yilda esa tabiiy fanlar savodxonligiga qaratilgan. Bu holat davriy takror bо‘lishini inobatga olganda, 2021 yil asosiy fan qilib matematika tanlanishi ayon bо‘ladi. Test savollari dasturga a’zo mamlakatlarning mutaxassislari bilan kelishilgan holda xalqaro konsultantlar guruhi tomonidan tuziladi.

Shu nuqtai nazardan qaralganda, mamlakatimiz ta’lim tizimi xodimlari oldida turgan asosiy muammolar nimalardan iborat?

Birinchisi - о‘quvchilarning bilim darajasidagi nuqsonlar. Joriy yil mamlakatimiz 1035 ta maktabda о‘tkazilgan monitoring natijalariga kо‘ra о‘quvchilarning о‘rtacha о‘zlashtirishi 70 foizni, sifat kо‘rsatkichi 44,8 foizni tashkil etgan, xolos. Matematika fanidan bu kо‘rsatkich yanada past ekanligi aniqlangan.

Ikkinchisi - bizda mavjud darsliklarda PISA topshiriqlariga о‘xshash masala va misollarning kamligi. PISA topshiriqlari esa odatda uzundan-uzun matnlar yordamida tasvirlanib, ulardagi real vaziyat va muammolarni hal qilish usulini tanlash uchun matematikaning qaysi bо‘limiga murojaat qilish haqida kо‘rsatmalar yо‘q. PISA topshiriqlari (matnli, rasmli, diagramma va jadvallar, real bog‘lanish grafikalari) turli shakllarda taklif qilinadi. Ularni matematik tilga о‘girish va yechim topilgandan sо‘ng uni yana real sharoit bilan bog‘lab baholash hamda sharhlash talab qilinadi. Bizdagi matematika darsliklarida standart masalalar beriladi va ular standart usullar yordamida yechiladi.

Bundan kо‘rinib turibdiki, PISA dasturida mantiqiy fikrlash asosiy о‘ringa kо‘tariladi. Masalan, о‘quvchi matnda "aylana" sо‘ziga duch kelinmasa-da, aynan mazkur obyekt haqida sо‘z borayotganini anglab yetishi lozim. Demak, birinchi navbatda matematika darsliklarini о‘quvchi mantiqiy   fikrlashiga undaydigan masalalar bilan boyitish vazifasi yuzaga keladi. Shuningdek, bizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilishi, ta’lim 7 tilda olib borilishi ham tarjima masalasida qо‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin.

DASTUR BIZGA NEGA KERAK?

- 15 yoshli bolalarning bilim darajasi miqdoriy kо‘rsatkichini adolatli aniqlash va xalqaro miqyos bilan solishtirish imkoni tug‘iladi;

- о‘quvchilarning savodxonligi hamda bilimlarini amaliyotda qо‘llash qobiliyatini rivojlantirish bо‘yicha davlat va nodavlat tashkilotlar hamda ota-onalar hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish amaliyoti kuchayadi;

- umumta’lim maktablarida yaratilgan shart-sharoitlarni baholash yuzasidan miqdoriy kо‘rsatkichlar aniqlanadi.

Shu о‘rinda qayd etish joiz, PISA bо‘yicha о‘quvchilar bilimiga qо‘yilgan bahoning har 50 ballga oshishi yillik yalpi ichki mahsulotning bir    foizga о‘sishini ta’minlashi xalqaro tajribalarda kuzatiladi.

Bir sо‘z bilan aytganda, ushbu dastur mamlakatimiz yoshlari intellektual salohiyati yanada oshishiga xizmat qilishi shubhasiz.



O‘zbekiston PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etadi, yangi milliy markaz tashkil etiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta'limi, Tashqi ishlar, Adliya, Innovatsion rivojlanish, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklarining O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish to‘g‘risidagi hamda Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qoshida ta'lim sifatini baholash bo‘yicha “Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi”ni tashkil etish bo‘yicha bergan takliflariga rozilik berilishi mumkin.

Quyidagilar Milliy markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari etib belgilanadi:

xalqaro baholash dasturlari va tanlovlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda O‘zbekiston Respublikasining milliy vakili sifatida ishtirok etish;

o‘quvchi-yoshlarining savodxonligini hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini rivojlantirish borasida davlat va nodavlat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirilishini ta'minlash;

ta'lim tizimida o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish;

ta'lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o‘rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va bajarish, xalqaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish;

ta'lim sifatini baholash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;

O‘zbekiston va dunyoning boshqa mamlakatlarining ta'lim sifatini qiyosiy baholash;

ta'lim sifatini baholash bo‘yicha tadqiqotlarni ilmiy va uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;

xalqaro baholash dasturlarini ta'lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha tizimli monitoring olib borish, ushbu sohadagi ilg‘or tajribani ommalashtirish va uning asosida ta'lim muassasalari uchun tavsiyalar va qo‘llanmalar ishlab chiqishda ishtirok etish;

o‘quvchi-yoshlarning PISA, TIMSS, PIRLS, shuningdek rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘qitish va ta'lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganuvchi TALIS kabi xalqaro tadqiqotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta'minlash;

o‘quvchilarning savodxonlik darajasini xolisona baholash va xalqaro miqyosida solishtirish asosida doimiy monitoring olib borish;

ta'lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini xalqaro miqyosda taqqoslash;

o‘qitishning innovatsion usullaridan foydalangan holda ona tili, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha pedagog-kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy tavsiyalar tayyorlash.

Belgilab qo‘yilishicha:

Milliy markaz direktori maqomiga ko‘ra ilmiy tadqiqot instituti direktoriga tenglashtiriladi;

Milliy markaz direktori (PISA, TIMSS, PIRLS, TALIS kabi) xalqaro tadqiqotlarining milliy loyiha menejyeri hisoblanadi;

Milliy markaz xodimlariga respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.

Milliy markaz Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Nurxon ko‘chasi, 21-uy manziliga joylashtiriladi.

Xalq ta'limi vazirligiga:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari hamda har bir tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limlari malakali mutaxassislaridan kamida bir nafari xodimni xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish jarayoniga mas'ul qilib tayinlash;

umumiy o‘rta ta'lim maktablarini zamonaviy axborot kommunikatsiya vosita (kompyuter, modem, proyektor)lari bilan jihozlanganlik va internet tarmog‘iga ulanganlik holatini inventarizatsiya qilish va mavjud muammolarni Moliya vazirligi bilan birgalikda bartaraf qilish choralarini ko‘rish;

Milliy markaz bilan hamkorlikda o‘quvchilarning qobiliyat va iqtidorlarini quyi sinflardan boshlab aniqlash va rivojlantirish, o‘quvchilarning savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro baholash dasturlari va tanlovlarida ishtirok etishni ta'minlash dasturini ishlab chiqish;

xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan davlat ta'lim standartlari, o‘quv dasturlari hamda o‘quv adabiyotlari mazmuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

PISA baholash dasturi yo‘nalishidagi savollar milliy bazasini yaratish va o‘quv dasturlariga integratsiya qilish;

o‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini yaratish va 2019-2021 yillarda amaliy ko‘nikmalarini shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazib borish;

PISA baholash dasturi yo‘nalishidagi savollarni o‘zida mujassam etgan o‘quv dasturlari asosida qo‘shimcha metodik qo‘llanma va adabiyotlar yaratish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat markazlari hamda har bir tuman (shaharda) PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan tayanch tadqiqot maktablarini tashkil etish;

o‘quvchilarning savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro baholash dasturlari va tanlovlarida munosib ishtirok etishni ta'minlash maqsadida vazirlikning tarkibiy (Respublika ta'lim markazi, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazlari kabi) bo‘linmalari imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, zaruriyatga qarab tegishli bo‘limlarining vazifalarini qayta ko‘rib chiqish vazifalari yuklatiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga

pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarida o‘qitish metodikasi va dasturlarini PISA xalqaro baholash dasturi talablariga moslashtirish;

xalqaro tadqiqotlar yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlarining o‘quv dasturlariga xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib borish;

bitiruvchi talabalarni umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga ishga kelishda PISA xalqaro baholash dasturiga tayyor holda kelishlarini ta'minlash;

ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini joriy etish bo‘yicha PISA xalqaro baholash dasturi yo‘nalishidagi fanlar o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish;

pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlarining o‘quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

tegishli vazirlik va idoralar hamda ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda PISA va TALIS xalqaro dasturlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish;

umumiy o‘rta ta'lim muassasalaridagi iqtidorli pedagog kadrlarni PISA xalqaro baholash dasturi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish;

PISA xalqaro baholash dasturi bo‘yicha davlat ilmiy-texnik dasturlari, xalqaro ilmiy tashkilotlar grantlari tanlovlari, xo‘jalik shartnomalari asosida samarali ilmiy faoliyatni tashkil etish vazifalari yuklatiladi.

Oltita asosiy element ta'lim sifatiga ta'sir qiladi.

1) o'qituvchi va o'qitish usullari.

2) Ta'lim mazmuni.

3) O'quv muhiti.

4) Maktabni boshqarish.

5) O'quvchilar uchun shart-sharoitlar.

6) Moliyalashtirish va tashkil etish.

Quyidagi tashkilotlarning har biri har bir bolaga sifatli ta'lim olish uchun chegara va chegaralarni kesib o'tadi. Ularning aksariyati global ta'lim borasida ulkan maqsadlarga ega, ammo ularning ko'plari ushbu maqsadlarga erishish uchun qilgan ishlari uchun butun dunyoga tanilgan.


Bolalik ta'limi xalqaro uyushmasi
Bolalik ta'limi xalqaro assotsiatsiyasi (ACEI) - butun dunyo bo'ylab o'qituvchilar va ta'limni isloh qilish tarafdori bo'lgan birlashma. Ularning vazifasi "bolalarning maqbul o'qishi, rivojlanishi va farovonligini jahon hamjamiyatiga jalb qilish va qo'llab-quvvatlash" dir. Bunga erishish uchun ular Bolalik bo'yicha Global Sammit va Global Ta'lim Diplomatiyasi Institutini o'tkazadilar. Sammit mutaxassislarni bolalar va bolalik holati, ta'limdan sog'liq va farovonlikka qadar bo'lgan muammolarni yig'ishga va muhokama qilishga taklif qiladi. 2015 yilga rejalashtirilgan Institut orqali ACEI diplomatlar va ta'lim sohasidagi mutaxassislarni bolalarning munosib ta'lim olishlariga xalaqit beradigan muammolarni hal qilish uchun birlashtiradi.
Xalqaro ta'lim
Education International xalqaro tashkiloti 170 ta mamlakat va hududlardagi 400 ta tashkilotni o'z ichiga olgan 30 mln. Ularning maqsadi sifatli ta'lim, jamiyatdagi tenglik va boshqa ta'lim xodimlarining manfaatlarini ilgari surishdir. Ushbu kampaniya doirasida ular bolalarning sifatli ta'lim olishiga to'sqinlik qiladigan irqchilik va ksenofobiyaga qarshi kurashadilar. Ular turli xil kamsitishlarga, shu jumladan jins, jinsiy orientatsiya, ijtimoiy-iqtisodiy maqom, irqiy va etnik kelib chiqishiga qarab chiqarib tashlashga qarshi. Shuningdek, ular boshqa ta'lim ittifoqlari va global federatsiyalar bilan aloqalarni amalga oshiradilar, ularning manfaatlari global ta'limni rivojlantirishdir.
Ta'lim bo'yicha global hamkorlik
Ta'lim bo'yicha global hamkorlik (GPE) rivojlanayotgan 60 mamlakatda donor hukumatlar, xalqaro tashkilotlar va o'qituvchilarni o'z ichiga olgan ko'p tomonlama hamkorlik orqali ishlaydi. Ular "barcha qizlar va o'g'il bolalarga, eng qashshoq va himoyasizlarni hisobga olib, sifatli va sifatli ta'lim berish bo'yicha global sa'y-harakatlarni faollashtirish va muvofiqlashtirishga" umid qilmoqdalar. Ular o'z sheriklari bilan birgalikda ta'lim strategiyasini ishlab chiqmoqdalar, ta'lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirmoqdalar, o'qituvchilar duch keladigan muammolarning echimini baham ko'rmoqdalar, dasturlar ijrosini moliyalashtirmoqdalar va natijalarni baholash uchun natijalar va ma'lumotlarni kuzatmoqdalar. 2002 yilda tashkil etilganidan beri GPE ta'kidlashicha, ular 22 milliondan ortiq bolalarni maktabga joylashtirishga yordam berganlar, dunyo bo'yicha savodxonlik darajasini 2010 yilda 81 foizga, 2011 yilda esa boshlang'ich maktabni 75 foizga etkazishgan. 2004 yildan beri ular 300 ming o'qituvchini o'qitgan, 53000 o'quv xonalari qurildi va jihozlandi, 50 million darslik sotib olindi va tarqatildi.
Xalqaro reja
75 yil oldin tashkil etilgan Plan International dunyodagi eng qadimgi va eng katta bolalarni rivojlantirish tashkilotlaridan biri hisoblanadi. Rejaning ideal dunyosi - bu "barcha bolalar o'z huquqlarini va qadr-qimmatini hurmat qiladigan jamiyatlarda o'zlarining barcha imkoniyatlarini ishga soladigan" narsadir. Ular rivojlanayotgan mamlakatlarda odamlarni madaniyatlararo birlashtirib, bolalarning hayot sifatini doimiy yaxshilashga umid qilishadi. Ular mahrum bolalarga, ularning oilalariga va ularning jamiyatlariga asosiy madaniyat ehtiyojlarini qondirish va turli madaniyatdagi odamlar o'rtasida tushunishni kuchaytirish uchun munosabatlarni o'rnatish orqali yordam beradi. Ularning barcha harakatlarida dunyo bolalarining huquqlari ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Bolalarni qutqaring


"Bolalarni qutqaring" dasturining maqsadi - dunyo bo'ylab ta'lim va bolalar huquqlarini targ'ib qilish. Ta'lim berish sifatini oshirish va doimiy ta'limni ta'minlash uchun Save the Children o'qituvchilarga samarali ta'lim strategiyalarini o'rgatadi va ularni talabalarni jalb qilishga o'rgatadi. Ular ota-onalar va tarbiyachilarga erta o'qishga yordam berish uchun murabbiylik qilishadi va ota-onalarga maktabda ishlashni va sinfdan tashqarida o'qishni davom ettirishni rag'batlantirish usullarini taklif qilishadi. Shuningdek, ular bolalarni badiiy ifoda bilan tanishtirishga, inqiroz paytida va undan keyin o'qishni rag'batlantirishga, bolalarning ortda qolmasliklarini ta'minlash uchun bolalar salomatligiga sarmoya kiritishga umid qilmoqdalar. 2012 yilda "Bolalarni qutqaring" dasturi 9 millionga etdi.
YuNESKO
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, Ilmiy va Madaniyat Tashkiloti 1945 yilda tashkil etilgan va "butun dunyoda sifatli ta'lim to'g'risida yaxlit va gumanistik qarashlarga, har kimning ta'lim olish huquqini amalga oshirishga va ta'lim inson, ijtimoiy va iqtisodiy hayotda asosiy rol o'ynaydi degan ishonchga sodiqdir. rivojlanish. ” Ularning vazifasi tinchlikni qaror toptirish, qashshoqlikni tugatish va uzoq muddatli taraqqiyotga yordam berishdir. Ular ushbu maqsadlarga erishishga va global ta'lim orqali madaniyatlararo muloqotni yaratishga intilishadi. Ularning a'zoligi 204 davlatni o'z ichiga oladi, ulardan 9 tasi assotsiatsiyalangan a'zolar.
UNICEF
1946 yilda tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalarning favqulodda jamg'armasi har bir bolaning huquqlari tan olinadigan dunyoni tasavvur qiladi. Ularning maqsadlari tengsizlik va diskriminatsiyani kamaytirish, 2 ming yillik maqsadlari kabi global ta'lim maqsadlarini amalga oshirishdan iborat

14-mavzu. O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyati mazmuni.

R ej a :

  1. O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi qanday tashkilot.

  2. OAK da ilmiybtadqiotni olib boorish bosqichlari

  3. OAK ning maqsad va vazifalari



Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasi quzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi — Oʻzbekistonda ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlarga fan, texnika, xalq taʼlimi va madaniyatning barcha yoʻnalishi boʻyicha ilmiy daraja va unvon beruvchi davlat organi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil qilish toʻgʻrisida"gi farmoni (1992 yil 31 mart) hamda OʻzR Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari" qaqidagi qarori (1992 yil 9 sentabr) bilan tashkil etilgan.

OAK ning asosiy vazifasi oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash hamda attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazishga rahbarlik qilish hamda ilmiy daraja va unvonlarga qoʻyiladigan talablarning yagonaligi va bajarilishini taʼminlash, ixtisoslashgan kengashlar ishi va dissertatsiya ishlari sifatini, ularning ilmiy hamda amaliy qiymatini nazorat qilib borishdan ibo-rat. OAK vazirlik va idoralarning , Oʻzbekiston Respublikasi FA ning takdimnomalariga binoan, yetakchi oliy oʻquv yurtlari va ishlab chiqarish muassasalarida fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiyalar himoya qilish boʻyicha ixtisoslashgan kengashlar tuzadi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ilmiy-texnika va ijtimoiy taraqqiyot talablarini hisobga olgan holda, rejalashtirilayotgan d-rlik va nomzodlik dissertatsiyalarining mavzularini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtiradi hamda monitoringini olib boradi, tegishli ixtisoslashgan kengashning taqdimnomasi asosida fan dri, fan nomzodi ilmiy darajalarini, professor, dotsent ilmiy unvonlarini beradi, boshqa davlatlarning ilmiy darajalari haqidagi diplomlarni oʻrnatilgan tartibda respublika diplomlariga tenglashtirish (nostrifikatsiyalash)ni amalga oshiradi, fan dri, fan nomzodi diplomlari hamda prof., dotsent attestatlarini rasmiylashtiradi, yoklangan dissertatsiya ishlarini tahlil qila-di hamda natijalari dissertatsiya ishlarida bayon etilib, bajarilgan i.t. haqida, ularni amaliyotga joriy qilish imkoniyati toʻgʻrisidagi tegishli tavsiyalar bilan birgalikda vazirlik, idoralarga axborotlar yuborishni taʼminlaydi.

.OAK ga oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil qilish yuzasidan korxona, tashkilot, muassasalar tomonidan, ularning idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, bajarilishi shart boʻlgan buyruq va yoʻriqnomalar chiqarish, shuningdek, ularning ij-rosini nazorat qilish, ilmiy, ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish masalalari boʻyicha ixtisoslashgan kengash va ilmiy kengashlar faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, OAK ilmiy kengashi va Rayosati majlislarida ish tajribalarini oʻrganish va umumlashtirish maqsadida ixtisoslashgan kengashlar raislarining hisobotlarini eshitish, ixtisoslashgan kengashlarda ishlar sifatsiz olib borilgan yoki dissertatsiya yoklash yuzasidan belgilangan tartib qoʻpol ravishda buzilgan hollarda ularni tugatishgacha boʻlgan choralarni koʻrish, ixtisoslashgan kengashlar faoliyatini tekshirib turish, ayrim dissertatsiyalarni nazorat ekspertizasidan oʻtka-zish uchun zarur hollarda opponent va takrizchilar tayinlash, oliy oʻquv yurtlari, Oʻzbekiston FA, korxona, muassasa va tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish, nomzodlik imtihonlarini tashkil etish va ularning saviyasi ustidan na-zoratni amalga oshirish, ilmiy daraja va unvonlar beruvchi kengashlar ishlab turgan tashkilot, muassasalardan belgilangan tartibda har yilgi h.isobotlarni hamda respublikada ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, ularni attestatsiyadan oʻtkazish tizimii takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash va choratadbirlar koʻrish uchun vazirlik qamda idoralardan zarur axborotlar olib turish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi tizimini takomillashtirish, dissertatsiyalarning ilmiy saviyasi va amaliy qiymatini oshirish bilan bogʻliq muammolarni xal qilish uchun belgilangan tartibda ido-ralararo kengashlar chaqirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash hamda attestatsiyadan oʻtkazish masalalari boʻyicha xalq-aro tashkilot, kengash, konferensiyalar ishida qatnashish, boshqa mamlakatlarning tegishli tashkilotlari bilan tajriba almashishni amalga oshirish, belgilangan tartibda ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni ilmiy daraja va ilmiy unvonlardan mahrum qilish yoki tiklash huquqi berilgan. OAK MDH davlatlari orasida birinchi boʻlib zamonaviy informatsion texnologiyalar asosida dissertatsiyalarning elektron ekspertizasini oʻtkazish, shuningdek, dissertatsiyalarni xolisona, mustakil, obʼyektiv ekspertizasini oʻtkazish maqsadida ularni taqrizchilarga kompyuter dasturi opqali taqsimlash hamda chet el mutaxassis olimlarini elektron pochta orkali ekspertiza ishlariga jalb qilishni tashkil etdi.

.OAK raisi, uning oʻrinbosari, bosh ilmiy kotib va OAK ilmiy kengashi boshqa aʼzolaridan iborat Rayosat OAKning ijroiy rahbar organi hisobla-nadi. Rayosat aʼzolari soni va tarkibini OʻzR Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi. .OAK Ilmiy kengashi ilmiy ijtimoiy organ boʻlib, u oliy oʻquv yurtlari, i.t. muassasa va tashkilotlari, vazirlik, idora, Oʻzbekiston FAning takliflari asosida fanning aso-siy yoʻnalishlari boʻyicha yetakchi olim va mutaxassislardan tuziladi. Ilmiy kengash aʼzolari soni va tarkibi ham OʻzR Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdikdanadi va vaqti-vaqti bilan yan-gilanib turiladi.

.OAK tarkibida Fizikamat., texnika fanlari va Yer haqidagi fanlar, Biol., qishloq xoʻjaligi, kimyo va tibbiyot fanlari, Gumanitar va ijtimoiy fanlar boʻlinmalari, Meʼyoriy-axborot boʻlimi bor. Takdim etilgan dissertatsiyalarni ilmiy ekspertizadan oʻtkazish, ilmiy unvonlar berish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni koʻrib chiqish uchun OAK huzurida fan tarmoqlari boʻyicha xalq xoʻjaligi va madaniyatning yetakchi mutaxassis olimlaridan iborat 14 ekspert kengash mavjud. Ularning tarkibi oliy oʻquv yurtlari, i.t. institut va muassasalari, OʻzR FA, man-faatdor vazirlik va idoralarning tavsiyalari hisobga olingan holda belgilanadi va keyinchalik kengashning kamida 1/3 qismini yangilash sharti bilan .OAK Rayosati tomonidan 3 yil muddatga tasdiqlanadi.

OAK ga OʻzR Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlanadigan rais boshchilik qiladi. U OAK Ilmiy kengashi, Rayosati va xdyʼati ishiga rah-barlik qiladi hamda OAK ga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. OAK "Oliy Attestatsiya Komissiyasi byulleteni" jur.ni nashr etadi



1-MASHG'ULOT MAVZUSI: Adabiy manba va ilmiy tadqiqot uchun ma'lumotlar to'plash(2 soat)

Mashg'ulot maqsadi: Talabalarga ilmiy tadqiqot uchun ma'lumotlar to'plashni o'rgatish.

Metodik ta'limot: Ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mavzuga oid adabiyotlar.

Mashg'ulotni o'tkazish rejasi:

1.Adabiy manbalarni o'rganish.

2.Adabiy manbalardan foydalanish yo'llari.

3.Adabiyotlar bilan ishlash.



Amaliy topshiriq.

Talabalar ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishda ilmiy adabiyotlar bilan ishlashni o'rganish



Savol va topshiriqlar

Talabalarning bilimini tekshirish.

1.Adabiyotlar bilan ishlash tartibini ayting.

2.Ilmiy tadqiqotlar uchun adabiyotlar qanday to'planadi.

3.Adabiyotlar bilan ishlaganda avvalo nimalarga e'tibor qaratish lozim.



Adabaiyotlar ro'yxati.

1. I. А. Kаrimоv. Yuksаk mа`nаviyat еngilmаs kuch. T. Shаrq 2008.

2. I. А. Kаrimоv. Bаrkаmоl аvlоd O’zbеkistоn tаrаqqiyotining pоydеvоri. T. 1997.

3. Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi T. 1997.

4. Оchilоv M. Оliy mаktаb pеdаgоgikаsi.T. 2008.

5. Оchilоv. M.




Download 231.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling