1 Pedagogika fanining dolzarb muammolari. Pedagogik tadqiqotlar va ularning yo'nalishlari
-MAVZU: ADABIYOTLAR USTIDA ISHLASH (2-SOAT)
Download 231.65 Kb.
|
2 5325704926725147371
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushunchalar
- 3 -MAVZU: REFERAT VA KURS ISHLARINI YOZISH (2-СОАТ) Reja
- 4- MAVZU: TALABALARNING BITIRUV MALAKAVIY IShI ( 4 -SOAT) Reja
- 5-mavzu. Pedagogik tadqiqotning umumiy tamoyillari Reja
2-MAVZU: ADABIYOTLAR USTIDA ISHLASH (2-SOAT) Reja: 1. Ilmiy ish ustida ishlash. 2. Adabiy manbalarni yig'ish. 3. Bibliografiya va adabiyotlar ro'yxati tuzish. 4. Adabiy manbalarni o'rganish. 5. Foydalanilgan muhim manbaning konspekti. Asosiy tushunchalar: “ilmiy ish”, “adabiy manba”, “bibliografiya” va “adabiyotlar ro'yxati”, “konspekt”. Ilmiy ish ustida ishlashning dastlabki qismida ilmiy xodim, ishni mavzuda belgilangan vazifa uchun zarur bo'lgan adabiy manbalarni yig'ishdan boshlaydi. Bu ishni bibliografiya tuzish yoki foydalanilishi zarur bo'lgan adabiyotlar ro'yxati deyiladi. Ro'yxat tuzish uchun kutubxona kartochkalaridan foydalaniladi. Kartochkalarda vatanimizda Rossiyada va boshqa chet ellarda mavjud bo'lgan shu muammo yuzasidan kerakli kitoblar, makolalar, yoklangan dessertasiyalar va arxiv materiallari yozib boriladi. Yigilgan materiallar bilan tanishish davomida ilmiy xodim, tanishgan materiallarni tanqidiy karab undan ko'chirmalar oladi. Ya'ni o'z mavzusining qaysi qismiga yoki rejaning qaysi bo'limi uchun zarurligini aniqlaydi. Agar o'z ishi uchun foydalanish zarur bo'lsa, foydalanilgan manbadan olingan sitatalar qo'shtirnoq ichiga olib yoziladi.Ayniqsa bu erda o'z mavzusiga yakin bo'lgan ishlarni, aniq va keng axborot tariqasida yoritish maqsadga muvofiq. Ayrim o'qilgan narsalardan qaysi biriga ilmiy xodim qo'shilishi , va qaysi ishlarga o'z fikri bilan qarshi chiqishi ham aytiladi. Bu olingan materiallar va faktlarni dissertasiyaning qaysi bo'limida foydalanishni ham rejalashtirib qo'yadi. Adabaiy manbalardan foydalanilgan materiallar-ning natijasi odatda dissertasiyaning kirish qismida tahlil qilinadi va ayrim bo'limlarda foydalaniladi. Adabiy manbalar nafaqat kitoblar, jurnal va dissertasiyalarni ko'rishdan iborat bulmay, balki ayrim institut va laboratoriyalar tomonidan chiqarilgan to'plamlar, ilmiy ishlar to'plami, instruksiya va chizmalar, loyihalardan ham iborat bo'ladi. Adabiyotlar bilan ishlashda ayniqsa chet ellardan chiqarilgan adabiyotlarni o'qish katta o'rin tutadi. Ayrim hollarda institut va korxonalarda bajarilayotgan ilmiy ishlarda takrorlanishlar ro'y berib qoladi. Chunki, ilmiy xodimlarning ko'pchiligi chet ellarda bajarilayotgan ilmiy muammolardan xabarsizligi tufayli bunday hollar yuz beradi. Buning asosiy sababi ilmiy ish bilan shug'ullanayotgan xodimning chet tillarini bo'sh bilishidan kelib chikadi. Shuning uchun ham ilmiy ish bilan shug'ullanuvchi kishilardan ingliz tili, nemis tili va fransuz tillarini chukur bilish va texnik adabiyotlarni o'rgani qattiq talab qilinadi. Bu adabiyotlarni o'rganish esa mustaqil o'qish orkali amalga oshiriladi. Shu tufayli nemis va ingliz tillarida ilmiy xodimlarning imtihon topshirishi talab etiladi. Bu imtihon nomzodlik imtihoni deb ataladi. Eng zarur adabiy manbalarni va chet tilida chiqarilgan adabiyotlarni ishlab chiqish uchun institutlar, universitetlar, ilmiy tadqiqot institutlari va maxsus kutubxonalarga hamda respublika kutubxonasiga murojaat qilish zarur. Bu kutubxoonalar orkali aloqa qilib kerakli jurnallar, adabiyotlar olib o'qilsa, ilmiy ishlar bilan tanishish va chet ellarda chiqarilgan kitoblar va ilmiy ishlar bilan tanishish uchun bevosita o'sha markaziy kutubxonalarga borib ishlansa maqsadga muvofiq bo'ladi. Ilmiy ishlar bilan tanishishdan tashqari ilmiy ishlarning mualliflari (o'z mavzusiga yaqin) bilan tanishish va yaqin muammolar haqida maslahatlashishi ham juda muhim. Chunki ilmiy ishni, chiqarilgan kitob va maqolalarni ko'rganda tushunilmagan, anglashilmagan mavhum muammolar oson hal bo'ladi, ishni formalizmdan saqlaydi. Mavjud mavzu yuzasidan o'rganilgan adabiy manbalar bibliografik ko'rsatkichga yozilib boriladi. Bibliografiyani tuzishning umumiy tartibiga muvofiq, har bir ishga etarli va to'liq annotasiya qisqa tavsiya yoziladi. Yigilgan va o'rganilgan adabiyotlarning o'zi bilan kifoyalanib qolmasdan, mavzu yakin bo'lgan pedmetlarning ayrim mavzulari va bo'limlari bilan tanishish ham ilmiy ishning maqsadga muvofiq bajarilishini ta'minlaydi. Demak adabiy manbalarni o'rganish va ular bilan ishlash quyidagicha bo'lmog'i lozim. a) Annotasiya tuzish - o'z mavzusida foydalanish nuqtai nazaridan ishga qisqacha tasnif berish va mavzuini yoritish. Ayniqsa, ishning nomi va paragrafi, beti, chizmasi formulasi va ifodalanishi haqida tasavvurga ega bo'lish. b) Foydalanilgan muhim manbaning konspekti ( ayniksa yosh ilmiy xodimlar uchun juda zarur) v) Adabiyotlarni ilmiy tahlil qilish uchun avvalo shu fan klassiklarining fundamental asarlarini ko'rish, masalaning metodologiyasini o'rganish lozim. g) Fanning asosiy g'oyasi, ilmiy tekshirishning asosiy g'oyalarini bilish zarur. Keyin bibliografiyani sinchiklab o'rganish va birinchi galda qaysi adabiyotlarni o'qish, nimalarga e'tibor berishni bilish maqsadida o'qituvchilarga murojaat qilish zarur. Bunda o'qilgan adabiyotlarni muammoning bo'limlari buyicha tahlil qilish kerak bo'ladi. Har - xil olimlar o'rganilayotgan muammo, masalaning mohiyatini qanday tushunganlar, tekshirish ob'ektini qanday belgilaganlar, qanday muhim vazifalarni ajratib ko'rsatganliklariga e'tibor beriladi. -Shu muammo yuzasidan olim tushunchaning mohiyatini qanday ifodalaydi, uni nima bilan tushuntirish mumkin. -Bu hodisaning boshqa shunga o'xshash voqealarga qanday bog'liqlik va o'xshashlik tomonlari bor. -Qanday hollarda olimlarning fikricha bu jarayon kulay o'tadi. - O'rganilayotgan hodisaning qanday ichki harakatlantiruvchi kuchlari mavjud, ularning rivojlanish dinamikasi qanday. Ilmiy tekshirish ishida olim o'z pozisiyasini qanday belgilaydi, qaysi o'rganilayotgan masalalariga tanqidiy ko'z bilan karaydi. Adabiyotlardan foydalanish zarur bo'lganda ularni sitatalar keltirish kerak bo'ladi. Olingan material qo'shtirnoq ichida yoziladi hamda avtorning ismi, familyasi yozilgan ishning nomi, kaerga qachon chiqqanligi, olingan material qaysi betdan olinganligi aniq ko'rsatiladi. Adabiyotlar bilan ishlaganda, avvalo uning muallifi nomi, chiqqan shahri, chop etilgan nashriyoti, yili hamda anotasiyasi bilan tanishish kerak. Bu ma'lumotlar olingandan keyin, uni 6x8 yoki 8x10 o'lchamli qattiq qog'ozga ma'lum bir qoida asosida yozib qo'yiladi.Bu qoidani kutubxonachilardan bilib olish mumkin. Bu qaydnoma bilan tadqiqotchi o'ziga maxsus adabiyotlar kartotekasini tuza boshlaydi. Sohaning nazariyasiga bagishlangan adabiyotlarni ko'rish uchun alohida daftar tutib, unga o'qilgan kitobdagi shu soha faniga tegishli turgun tushuncha, qonuniyat hamda qonun va qoidalarni yozib boriladi. Keyinchalik ular guruhlarga ajratilib tartibga solinganidan keyin tadqiqot ishida ba'zilaridan umumiy, ba'zilaridan esa xususiy metodologik asos sifatida foydalaniladi. Kitobni o'qib konspekt qilib bo'lgandan sung yakunida kitob to'g'risida umumiy fikr - muloxazani qayd qilib qo'yiladi.Bu ma'lumotlar ilmiy ishning yozilishi jarayonida qo'l keladi. Chop etilgan monogdafiya, ilmiy risola, ilmiy maqola yoki anjumanlarda qilinadigan ma'ruzalarning qisqacha mazmuni (tezisi)ni, shuningdek, dissertasiya yoki uning aftoreferatini o'qish tartibi nazariyaga asoslangan kitoblarni o'qishdan farq qiladi. Ilmiy tadqiqot ishining umumiy yoki bir qismining yakuniga atalgan adabiyotlar bilan ishlaganda, uning hamma ko'rsatkichlarini - muallifi, nomi qachon va kaerda, qaysi muassasa yoki nashriyot tomonidan chop qilinganini kartotekaga mo'ljallangan kogozga tushiriladi.Shuning uchun stolga bir yo'la uch varaq qogoz tayyorlab qo'yiladi.Bu varaqlarni bosh - boshiga kartoteka kogoziga tushirilgan ma'lumotlar yozib qo'yiladi va kogozlar 1, 2, 3 raqamlar bilan belgilanib qo'yiladi. Birinchi raqamli qogozga, ilmiy nuqtai nazardan to'g'ri fikrlar kqchirilib yozib boriladi. Har bir fikrni kqchirib yozgandan keyin, qavs ichida adabiyotni qaysi betidan olinganligini qayd qilib boriladi.Bu keyinchalik dissertasiya yozish jarayonida foydalanilgan adabiyotga sahifa ostida izoh berishda kerak bo'ladi. Ikkinchi raqamli kogozga o'qiyotgan ilmiy adabiyotdagi galiz yoki noto'g'ri ko'ringan fikrlarga muallif bilan munozara yuritib, unga alternativ holatdagi fikrlar kayd qilib boriladi. faqat munozara ilmiy asoslangan bo'lib, holisona , axloq darajasida olib borilishi shart. Shunday qilib, o'qiyotgan adabiyotingizni tahlil etgan bo'lasiz. Uchinchi raqamli kogozga, shu adabiyot bilan ishlash jarayonida echimini kutayotgan masala va muammolar to'g'risida yangi fikrlar tushirib boriladi. Shu yo'sinda uch turdagi kogozlarni uch xil papkaga yigiladi. Papkalar ham, kogozdagi raqamlarga muvofiq 1,2,3 deb belgilab qo'yiladi. O'ttiz - qirq adabiyot ko'rilgandan keyin manbalar bilan ishlash nash'asini his qilina boshlaydiAdabiyotlarni bir- biriga solishtirib ko'rib sarasini puchagidan ajratish oson kechadi. Tadqiqot ishi mavzusiga oid ilmiy nazariy adabiyotlarni ko'rish bilan birga boshqa ilm - fan tarmoqlaridan ham minimum bilimlarga ega bo'lish zarur.
1. Referat ishi uchun mavzu tanlash. 2. Kurs ishi. 3. Egallangan bilimlarni amaliyotda qo'llash. 4. Kurs ishini himoya qilish tartibi.
Yuqori ilmiy ish adabiyotlar bilan ishlashdan boshlanadi, dedik. Adabiyotlar bilan ishlash ko'nikmasi ilk bor izlanuvchi kishida talabalik davrida referatlar yozish paytidan boshlab shakllanib boradi. Kurs ishini bajarganda bu ko'nikmalar malakaning birinchi bosqichlariga chiqadi. Adabiyotlar bilan ishlashning haqiqiy malakasi, magistrlik va fan nomzodligi dissertasiyasi ustida ishlash jarayonida shakllanib, takomillashib boradi hamda fan doktori ilmiy darajasini olish uchun olib borilgan izlanishlar jarayonida maromiga etib, tadqiqotchining hayot tarziga aylana boshlaydi. Referat deb, talabani qiziqtirgan va davrning dolzarb muammosiga aylangan mavzudagi yirik asar yoki adabiyotlar majmuini tahliliga bag'ishlangan kichik bir ilmiy ishga aytiladi. Bunda talaba ilmiy rahbari bilan birgalikda, o'zining qiziqtirgan dolzarb mavzularning birini referat ishi uchun tanlab oladi. So'ngra shu mavzu ustida boshqa tadqiqotchilar olib borgan izlanishlar monografiya, ilmiy risola va maqolalar ro'yxatini tuzadi. Odatda bu ro'yxat kamida ikkita - uchta kitob va ikki - uchta maqoladan kam bo'lmaydi.Ba'zi referat yirik bir asarni tahlil qilishga ham yo'naltirilgan bo'ladi. Maxsus adabiyotlar ustida ishlash, yuqorida ko'rsatilgan yo'l bilan olib boriladi. Ya'ni talaba oldida raqamlangan uch varaqni ko'yib olib, adabiyot muallifi va o'zining fikrlarini ularga tushunrib boradi.Ro'yxatdagi adabiyotlarning hammasi tahlil berib chiqilgandan keyin referat yozish boshlanadi. Misol uchun talaba “ Ma'naviyat asoslari” fanidan referat yozmoqchi.Uning mavzuyi qilib, davrimizning dolzarb muammolaridan biri bo'lgan ishlarda “Milliy ma'naviyatni shakllantirish” degan masalani tanlab olishi deylik. Referatni yozish taxminan quyidagi satrlar bilan boshlansa yanglish bulmaydi. “ Mustaqil O'zbekistonning milliy g'urur va erkin fikr yurita oluvchi fuqarolarining shakllantirish uchun, yoshlarda milliy ma'naviyatni shakllantirish darkor. Yosh avlod milliy ma'naviyatini shakllantirish muammosi bilan O'zbekiston bir qator olimlari va tadqiqotchilari shug'ullanmokdalar. Shular qatoriga - deb falonchi- flonchi mualliflarning ismi va sharifini hamda ular yozib chop ettirgan kitob va maqolalarning nomi avvaldan to'zilgan ro'yxat buyicha kayd qilib, sungra bu adabiyotlarning tahlili boshlanadi. Adabiyotlarning qisqacha tahlilini yozib bo'lgandan keyin mualliflarning hammasining fikrlari falondaka masalada yakkadil, mana bu masalalarda ular orasida farq bor deyiladi.Bu farqlar nimalardan iboratligi ko'rsatiladi. Oxirida kurib chiqilgan adabiyotlar tahlilidan kelib chikib, referat muallifining shaxsiy fikri keltirilib, shu muammoning echimidagi asosiy yo'nalishini ko'rsatib beriladi. Shu bilan referat nixoyasiga etadi. Talabalar referat yozdirishdan maqsad ularni mustaqil ravishta bilim egallashga urgatish. Shu bilan birgalikda adabiyotlar bilan ishlash va ularni tatbiq qilishda tayyorlash. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda bilim egallashning bu turiga juda katta etibor berilib, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlarini talabalari birinchi kursdanoq referatlar yoza boshlaydilar. Kurs ishi referat yozishdan ancha farq qiladi. Talabalardan kurs ishi yozishdan maqsad o'quv yurtida yil davomida tuplagan bilim va ko'nikmalarni mustahkamlash, egallangan bilimlar asosida yangi bilimlarni aniqlay olishga urgatish. Ya'ni asotir bilimlar asosida ilmiy bilimlar shakllanishiga ko'nikma hosil qoldirishdir. Yoki boshqacha qilib aytganda talabalar sunna yoki ibrat bosqichdan ma'rifat bosqichiga, ya'ni tafakkur yuritishdan tasavvur qilishga ko'tarishlikdir. Kurs ishini yozdirishdan bir maqsad tanlangan kasbi buyicha bilim olishning ma'lum bir bosqichda barcha fanlardan olgan bilimlarni mustahkamlash, o'zaro bog'lab, ularni umumiy maxrajga keltirib qo'shishlikdir. Kurs ishini yozish ham, referat yozish kabi mavzuni tanlashdan boshlanadi. Kurs ishi bir necha yil davomida har turli fanlardan egallagan nazariy bilimlarni va amaliy mashg'ulotlarda orttirgan ko'nikmalarini bir yo'nalishga birlashtirish yo'li bilan mavzu tanlanadi. Kurs ishi yozganda kishi tadqiqot ishida zarur bo'lgan bir yo'la bir necha vazifani bajaradi. Ya'ni avvalo kurs davomida kasbi bo'yicha o'tilgan maxsus fanlardan olingan bilimlarni amaliyotda kompleks qo'llashga o'rganadi. Ikkinchidan, kurs ishi yozish jarayonida o'qish davomida turli fanlardan egallagan bilimlarga bir necha bor qayta va qayta murojat qiladi.Bu bilimlar xotirasiga qaytarilaverib, uning malakasiga aylana boshlaydi.Uchinchidan, kurs ishini yozganda talaba har turli adabiyotlar ko'radi va ularni tahlil qiladi.Shu tufayli uning adabiyotlar bilan ishlash ko'nikmasi malakaga aylana boradi.Va nihoyat kurs ishini yozganda talaba o'z fikrini boshqalarga yozma til orkali ifoda eta olishni ko'nikmasini egallaydi. Kurs ishi yozishda o'tilgan fanlarning nazariy asoslarni qaytadan ko'rib chiqib, xotirasiga tiklab olishdan boshlanadi. Buning uchun talaba kurs davomida o'tilgan fanlardan o'zi to'zgan konspektlarni va darsliklarini yig'ib olib ularni solishtiradi.Konspektida tafovut bo'lsa, sababini aniqlaydi va to'zatib kuyadi.Ilmiy rahbari bilan bir necha bor muloqotda bo'lgandan keyin, kurs davomida olgan bilimlarni amaliyotda kullatishni o'rgatadi. Shundan so'ng turli fanlardan olgan bilimlarni ma'lum bir vaziyatda qo'llash yo'lini ishlab chiqadi va o'ni kurs ishi qilib yozadi. Kurs ishi bajarishda egallangan bilimlarni amaliyotda qo'llash uslubini faqat yozma ravishta ifoda etish yo'li bilan kifoyalanmaydi, bu bilimlar hayotda ishlatish yo'llarini ham o'rganadi.Jumladan kurs ishi bulib kompleks geografik haritani yoki bir binoni tizimsiz loyixasini chizish, faqat tayyor bino loyixasini tizimini ishlab chiqish, bir maxsulotni yoki uning modilini ishlab berish, kino lavxaga senariy yozish va hakozolarni ham kiritsa bo'ladi. Ammo har qanday amaliy ish bajarganda o'ni qanday bajarganligini va qaysi bilimlardan foydalanganligini bayoni ham bo'lishi kerak. Kurs ishi bajarilib, ilmiy rahbarni kurigidan utib, uni qoniqarli javobi olingandan sung, kurs ishi oliy o'quv yurtlarida qabul qilingan tartibda shaklga keltirilib, kafedraga topshiriladi.
1.Bitiruv malakaviy ishi va uning tarkibiy qismlari. 2.Bitiruv malakaviy ishi mavzu tanlash va adabiyotlar bilan ishlash. 3.Ishning nazariy va amaliy qismi. 4.Bitiruv malakaviy ishi uchun tajriba-sinov ishlarini bajarish. Referat bilan kurs ishlarini yozish talabani tadqiqot ishiga tayyorlash bo'lsa, magistrlik dessertasiyasini yozishdan maqsad, tadqiqot. Bitiruv malakaviy ishini yozganda talaba mavzu tanlashdan boshlab, ximoyagacha bo'lgan bosqichlarni o'rganadi. Shuning uchun ham ba'zi Bitiruv malakaviy ishi mualliflari fan nomzodligi ilmiy darajasini berishga tavsiya etilgan hollari mavjud. Bitiruv malakaviy ishi talabaning oliy o'quv yurtini muvaffaqiyatli bitirib, belgilangan bilimlarni to'liq egallab ishni yozish orqali malakali kadr bulib shakllanganligini ko'rsatuvchi xujjatdir. Bitiruv malakaviy ishi mustaqil ravishda olib boriladigan tadqiqot, u dolzarb muammolardan biriga bag'ishlangan bo'ladi. Uni yozdirishdan maqsad: - talabani o'quv muasasasidan kechgan umri davomida olgan bilimlarni jamlash, tartibga solish va o'z dunyoqarashiga va muayyan kasbga ega bo'lganligini ko'rsatish. - amaliy hayotda uchraydigan vaziyatlardan mutaxassis sifatida mustaqil chiqib keta olishga, ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy sohalarda echimini kutib turgan masalalar ichida eng dolzarbligi bilan ajratib olishga, maxsus adabiyotlar bilan ishlashga, tadqiqot ishiga birlamchi materiallar to'plashga va ularni tahlil qilib umumlashtirishga hamda fikrini boshqalar oldida isbotlab himoya qila olishga o'rgatishdir. - mavjud bilimlardan foydalanib yangi bilimlarni topish va amaliy hayotda ulardan jamiyat manfaatida foydalanish uchun ko'nikma hosil qildirish. Bitiruv malakaviy ishini bajarilish darajasi uning muallifi malakasi ko'rsatadi. Bitiruv malakaviy ishini yozish va himoyaga tayyorlanish quyidagi bog'liq bosqichlardan iborat. 1 - bosqich. - davlat tomonidan olimlarga ijtimoiy buyurma qilib qo'yilgan va echimini kutib turgan masalalar orasida tadqiqot mavzusini tanlash va adabiyotlar bilan dastlabki tanishish. 2- bosqich - adabiyotlar bilan ishlash va mavjud birlamchi materiallar bilan tanishish, Bitiruv malakaviy ishini yozish muddatini belgilash. 3- bosqich - tuzilgan reja buyicha birlamchi materiallarni to'plash va maxsus adabiyotlarni tahlil qilish. 4 - bosqich - yig'ilgan materiallarni qayta ishlash, ularni tahlilini o'tkazish va Bitiruv malakaviy ishini yozib ilmiy rahbarga takdim etish. 5- bosqich - Bitiruv malakaviy ishiga tuzatishlar kiritish va unga taalluqli chizma, model yoki buyumni tayyorlash. 6- bosqich - tuzatishlardan keyin ishni ilmiy rahbarga ko'rsatib, uning roziligini olish va ishni himoyaga tayyorlash. 7 - bosqich - himoya va uning tantanasini o'tkazish. Bitiruv malakaviy ishini bosqichma - bosqich amalga oshirish muddatlari jadval shaklida tuzilib uch nusxada tayyorlanadi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. jadvalning bir nusxasi kafedrada, ikkinchisi ilmiy rahbarda va uchinchisi diplom ishi muallifiga bo'ladi. Jadvalning muddatlari yuzasidan talaba rahbariga va zarur hollarda kafedrada hisobot berib turadi. Mavzuni tanlash va adabiyotlar bilan dastlabki tanishish. Bitiruv malakaviy ishining mavzusi olimlar oldiga qo'yilgan masalalarning biriga qaratilgan bo'lishi lozim. Odatda bitiruv malakaviy ishi ilmiy ish sifatida kafedra o'ziga bir necha yilga tadqiqot rejasiga kiritilgan mavzularning birortasini talabalarga beradi. Bizning fikrimizcha bu to'g'ri. Talabalar Bitiruv malakaviy ishi to'g'risida olib borilgan tadqiqotlar mohir bir ilmiy rahbar qo'l ostida bajarilganda uning ilmiylik darajasi oshadi va amaliyotda qo'llash mumkin bo'ladi. Biroq mavzu kafedraning umumiy tadqiqot mavzusiga muvofiq kelishiga qaramay, uni tanlab olish erki talabiga beriladi. bu ishga majburlash man qilinadi. Chunki zo'rlab berilgan mavzuni tadqiqotchi chin yurakdan bajarmaydi. Bitiruv malakaviy ishini yozishda rahbarlik kafedrada mavzuni muhokama qilinayotganda, kafedradagi o'qituvchilarga ajratilgan o'quv yuklamalari asosida belgilanadi. So'ngra o'quv muassasasining ma'muriyati Bitiruv malakaviy ishi mavzulari to'g'risida chiqarilgan buyrugida uning ilmiy rahbari ham kayd qilinadi. Kafedra Bitiruv malakaviy ishi yozadiganlarni metodik qo'llanmalar bilan ta'minlaydi. Bu qo'llanmalar Bitiruv malakaviy ishiga qo'yiladigan talablar, uning hajmi va boshqa bir qator ko'rsatmalar va qoidalar, ko'rsatilgan bo'ladi. Bitiruv malakaviy ishining rahbari: - mavzuni tanlashga va adabiyotlar ro'yxatini tuzishga yordam beradi. - dessertasiya rejasini tuzishga ko'maklashadi. - asosiy va maxsus adabiyotlar ro'yxatini tuzishga va birlamchi materiallar to'plashga yordam beradi. - ilmiy ish vaqtida bajarilishini nazorat qilib boradi. - talaba bilan birgalikda tuzilgan va kafedra tomonidan tasdiqlangan jadval asosida konsultasiya berib boriladi. - Ilmiy rahbar ish qanday yozilayotganini tekshirib, kuzatib boradi. Agar ish mavzudan chikib ketgan bo'lsa, yoxud uni to'la asoslanmagan bo'lsa, to'g'ri yo'lga solib, unga tegishli yordam beradi. O'z navbatida talaba ilmiy rahbarning vaqtini tejash uchun tayyor savollar bilan keladi, qo'lyozma savodli va tushunarli yozilgan bo'lishi kerak. Ish tayyor bo'lgandan keyin ilmiy rahbar unga kengaytirilgan taqriz yozib, kafedra mudiriga topshiradi. Taqrizga quyidagilar qayd qilinishi shart. 1. Muallif o'z oldiga qo'ygan masalani qanchalik hal qilishga erishganligi. 2. Bajarilgan ishning qismlari buyicha qisqacha tasnifi. 3 Maxsus adabiyotlar va birlamchi materiallardan foydalanish. 4. Mavzudagi qaysi masalalar yaxshi yoritilgani, qaysilari sust tahlil qilganlik darajasi. 5. Ishni mustaqil bajarish darajasi. 6. Dessertasiya ishidaga yakuniy fikrlarni asoslanganligi va tavsiyanomalarning amaliy ahamiyati, zamon va makon talabiga mosligi. 7. Himoyaga qo’yish mumkin yoki mumkin emasligi. Kafedrna va dekanat bitiruv malakaviy ishini jadvaldan chikmay bajarilayotganini, ularning sifatini nazorat qilib turadi. Bitiruv malakaviy ishi odatda kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan tashkil topadi. Uning qismlari o'zaro uzviy bog'liq bulib mantiqan bir- biridan kelib chiqishi va asosiy maqsadga xizmat qilishi kerak. Ish tarkibiy tuzilishini shakllantira-yotganda, uning konsepsiyasi ham tuziladi. Ya'ni tadqiqotni amalga oshirish jarayoni ilmiy asoslab beriladi. Bunda tadqiqot yakunida nimaga erishish kerakligi, buinng uchun qanday ilmiy tadqiqot usullraidan va qaysi birlamchi materiallaridan foydalanish zarurligi va kuriladigan adabiyotlar tavsiloti bayon etib boriladi. Mazkur ishga taalluqli adabiyotlarni ko'rishda yoki birlamchi materiallar to'plash va ishlash jarayonida yoxud ilmiy ish yozish paytida avvaldan to'zilgan reja o'zgarishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishi umumiy hajmi qo'lyozmada 100-120 betdan oshmasligi kerak. Bitiruv malakaviy ishi matinini yozish, unga taallukli jadval, rasm vaboshqa birlamchi materiallar, kulyozmalar nashrga tayyorlash qoidalari asosida bajarilgan bo'lishi kerak. Kirishning xajmi 3- 5 betdan oshmasligi kerak. Unda mavzuning dolzarbligi, amaliy ahamiyati, unga ijtimoiy buyurma borligi aytib utiladi. Sungra bu mavzuning ishlanganlik darajeasi yoritilib ishlanmagan javhalarni aniqlanadi va ulardan mazkur mavzuni tanlab olinganligini isbotlab beriladi. Mazkur tadqiqotning kutilgan natija, ya'ni maqsadga etish uchun echilishi zarur bo'lgan masalalar majmui va ularni hal qilish uchun bajariladigan ishlar hamda bunda ishlatiladigan ilmiy amaliy usullar tizimi keltiriladi. Asosiy qism dessertasiyaning umumiy xajmi 80 foizini tashkil qilish kerak. Dessertasiyaning nazariy qismini (ko'pincha unga alohida bulib ajratilgan) bayon qilishdan oldin, ushbu mavzuda chop etilgan adabiyotlarni chukur o'rganib chikib, ulardagi tushuncha, Qonun va qoidalarni tahlili beriladi.Sungra ular asosida nazariy asoslari ko'rsatilab, ilmiy asoslanadi. Xulosa dessertasiya matnining boshidagi nazariy asoslari tadqiqotlar yakuni bilan solishtiriladi va yangi natijalar aniqlanadi. Xulosaning oxirida tadqiqot natijalaridan kelib chikib, amaliyotchilarga uni hayotga tadbik etish buyicha tavsiyalar beriladi. Shu bilan bitiruv malakaviy ishi xomaki nusxasi tayyor bo'ladi. Bitiruv malakaviy ishining bu nusxasi ilmiy rahbarga ko'rsatilib uning kamchiligi va analiz joylari to'zatiladi, adabiy taxrirdan utkaziladi va oxirgi nusxasini bosish uchun mashinaga yoki kompyuterga beriladi. Bitiruv malakaviy ishini yozish buyicha tavsiyalar. Bitiruv malakaviy ishi adabiy bog'liq bo'lishi shart. Bitiruv malakaviy ishida boshqa mualliflarning fikri va adabiyotlaridan iktisoslar qilingan bo'lsa, manbalarning to'liq ko'rsatkichlari beriladi. Bitiruv malakaviy ishida keltirilgan rakamlar tadqiqot mavzusini ochib berishi kerak. Bitiruv malakaviy ishi matni, undagi jadval, diogramma,rasm va kurgazma materiallar nashrga tayyorlash qoidalariga muvofiq bo'lishi shart. Bitiruv malakaviy ishi yozgan talaba kulida kolgan nusxasini ukib, ma'ruzani qisqacha matnini yozadi va ximoyaga ruxan tayyorlaydi. Ximoya vaktida tadqiqotchining o'zini bardam tutib, xotirjamlik bilan ma'ro'za qilib beradi. Tushgan savollarni yozib olib, javob berishga tayyorlaydi. Savollarga javoblar qisqacha, lunda, maqsadga yunaltirilgan va malakali bo'lishi kerak.
Metodologiya nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish usullari Ilmiy bilishda umumiy metodologiya va xususiy metodologik asos Hozirgi davrning metodologik tamoyillari Metodologiya nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish usullari,tizimi, ilmiy bilishdir. Yunoncha metod yo‘l, kuzatish, tadqiqot, maqsadga erishish usuli logos-ta’limot, ya’ni ilmiy bilish haqida ta’limot. Ilmiy bilishda umumiy metodologiya va xususiy metodologik asos mavjud. Umumiy metodologiya falsafaning dialektik qonunlari, ilmiy bilish haqidagi ta’limotlar, jamiyat taraqqiyotning hozirgi davridagi konsepsiyalar, milly g‘oya, mafkura. Professor N. SHermuhammedova ta’kidlaganidek, hozirgi davrning metodologik tamoyillari: Muofiqlik tamoyili – ilmiy bilishning mazkur sohasida bilimlarning yangi tamoyillar, g‘oyalar konsepsiyalar asosida tizimga solish; To‘ldiruvchanlik tamoyili – tadqiqotning ko‘pgina obyektlari mikrodunyoning zarraga o‘xshash eng oddiy obyektlaridan tortib inson va jamiyat singari murakkab obyektlarigacha. Qarama-qarshi nazariyalarni birlashtirish asosida to‘la tavsiflanishi; Verifikatsiya tamoyili – mohiyat e’tibori bilan formal mantiqni yetarli asoslash; Falsafikatsiya tamoyili – mazkur tamoyilga binoan faqat inkor etish orqali tekshirib ko‘rish imkoniyati bo‘lgan bilim ilmiy bilim bo‘lishi mumkin; Reduksiya tamoyili – ma’lum yaxlitlik tizim murakkabligini uning nisbatan sodda tarkibiy qismlari unsurlari orqali bilishdir; Yaxlitlik tamoyili – tadqiq qilinayotgan obyektlarning alohida yaxlit xossalarini boshqa obyekitlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish; Kontirreduksiya tamoyili – elementar zarralardan tortib to ijtimoiy tabiiy tizimlargacha barcha tabiiy obyektlarga, shu jumladan tabiiy tilga amal qilish; Sistemali yondashuv tamoyili – ilmiy bilishning tarmoqlangan sohasi bo‘lib, uning predmetida reduksiya yaxlitlik va kontirreduksiyaning metodologik muammolari kiradi; Modellashtirish va o‘xshatish metodi – obyektlarning ba’zi xossalarini ularga o‘xshagan moddiy yoki nomoddiy (konseptual tushunchaga asoslangan mantiqiy) konstruksiyalarni tadqiq qilish orqali; Mavhumlashtirish, ideallashtirish va formallashtirish metodlari – ilmiy tadqiqot jarayonida eng muhum xossalari cheklangan obyekt shaklida mavhumlashtirish ifoda etish xayoliy obrazlar yaratish; Mantiq metodlari – tahlil, induksiya, deduksiya, obyektlarni tadqiq etish jarayonida uning tarkibiy qisimlarini ajratish alohida faktlarga asoslanib umumiy mulohaza yuritish umumiy qoidalarga asosan xususiy xulosalar chiqarish kabilar. Pedagogik tadqiqotda ana shu tamoiyllar va milliy g‘oya, milliy mafkura, umummetodologik asos bo‘ladi. Zero, ta’lim-tarbiyaning tarixiylik, intelektik, umuminsoniylik qoununiyati har bir masalaga milliy qadriyatlar, mafkura asosida yondashishini taqozo etadi. Ijtimoiy gumanitar fanlar uchun ilmiy asoslangan davlat dasturlari, qonunlari, rivojlanish konsepsiyalari umummetodologik yo‘riqnoma bo‘ladi. Ayniqsa, O‘zbekistonda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, ta’lim to‘g‘risidagi Qonun pedagogik tadqiqotning metodologik asosidir. Demokratik jamiyat qurish konsepsiyasi har bir ijtimoiy fanning o‘z qonunlaridan, predmetidan kelib chiqadigan xususiy, metodologiyani rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Avvalo, ilmiy pedagogik tadqiqotda shaxsiy yondashuv, faoliyatli yondashuv, polisu’bektli yondashuv, madaniy yondashuv, antropologik yondashuv, texnologik yondashuv kabi qonsepsiyalar yaratildi. Albatta bu konseptual yondashuvlar davr taqozosi bilan takomillashib boradi. Professor A.Choriyev qonuniyatli yondashuv ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiya qilishning metodologik asosi ekanligini asoslagan. Chunki, ta’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xos qonuniyatlari asrlar bo‘yi tajribalarda sinalgan, qaror topgan. Har bir fanning o‘ziga xos qonuniyati bo‘lganidek, pedagogik jaaryonning qonuniyatlari ilmiy tadqiqotning yorqin yo‘llanmasi va qo‘llanmasi bo‘ladi. Metodologiya metodlar, usullar, majmui sifatida qarashlar, “yondashuvlar”, konsepsiyalar uchun ham fanning umumiy qonuniyatlari nazariy (boshlang‘ich) asosi bo‘ladi. Har bir qonuniyatni amaliyotida o‘ziga xos metod, usullari qo‘lanishi tabiiy hol. Pedagogik qonuniyatlar o‘tgan asrning 80-yillarida umumlashtirila boshlandi. Ko‘pgina mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jaryoniga faqat falsafiy yondashuv mavjud. Muayan qonuniyatlarga asoslanilmagani uchun fanning predmetsizlikda kamsitishga urinishlar ham bo‘ldi. Har bir voqeligining o‘ziga xos qonuniyati mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ilmiy tadqiqotda qonuniyatli yondashuv obyektniing, muammoning muayyan mohiyatini aniqlash, ixtironing nazariy ahamiyatini, tadqiqot samaradorligini oshiradi. Masalan tarbiya nazariyasi borasida ilmiy izlanishda: 1. O‘rganayotgan muammoning tarixiylik, milliylik, umuminsoniylik qonuniyati asosida; - muammoning o‘rganilishi tarixiy taraqqiyoti, qonsepsiyalar, tajribalar tahlili; - milliylik, milliy qadriyatlar ustuvorligi, ijtimoiy, iqtisodiy mohiyatini; - glolballashuv sharoitida umuminsoniylik xususiyati, jahonda ilg‘or tajribalar, tadqiqotning jahonda ilg‘or tajribalar, tadqiqotning jahonshumul ahamiyati tadqiqotning dolzarbligini, nazariy ahamiyatini aniqlash imkoniyatini beradi. 2. Ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy xususiyati o‘rganayotgan muammoni, ixtironi “davr talabiga, mvjud sharoitga mosligi, optimallik” qonuniyat: - jamiyatni tezkor rivojlanishida ixtironing tutgan o‘rni, dolzarbligi va fanga qo‘shilgan hissa; - bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat buyurtmasi Kadrlar tayryolash Milily modelida fanning vazifalariga hozirjavobligi; - tadqiqot obyektining tipikligi; - natijaning umumlashganligi kabi tamoyillar. 3. Ta’lim-tarbiyada nazariyaning amaliyot bilan birligi qonuniyati, falsafiy kategoriyalar asosida; - tadqiqotning nazariy g‘oyalarni amalda qo‘llanishi, amaliyot asosida nazariy konsepsiyalar yaratilishi; - amaliyot har qanday bilim, g‘oya va ixtironing mezoni ekanligi; - tadqiqot ishining bilish nazariyasiga asoslanishi; - insonda, uzluksiz ta’lim-tarbiyada tajribaning murakkabligi, mas’uliyatliligi, mukammal nazariyaga tayanishi; 4. Ta’lim-tarbiya va rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi qonuniyati, insonni bir butunlikda o‘rganishni taqozo etadi. Qolaversa, ta’lim-tarbiya uyg‘unligi haqidagi Islom Karimov ta’limoti jahonshumul ahamiyatga ega bo‘lgani XXI asrning ma’naviya asriga aylangani; -«ta’limni-tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi, bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir». (I.Karimov). -ta’lim jarayonida rivojlanishni jismoniy, ma’naviy va intellektual o‘sishiga erishish; -tarbiyaga kompleks munosabat; - shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasi; 5. Ta’lim-tarbiyaning o‘quvchi talaba, layoqati imkoniyatiga mosligi qonuniyati pedagogik jarayonni insonparvarlashtirish va demokratiklashtirish, indivuduallashtirish va tabaqalashtirish tamoyillaridan kelib chiqadi. - ushbu qonuniyat shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya, komponentli ta’lim, progmatik ta’lim, antrogogika kabi ta’lim paradigmalarni umumlashtiradi; - iqtidorli yoshlarni izchil rivojlantirish, qobiliyatini o‘stirish zarurati: - globallashuv sharoitida yoshlarni har tomonlama kamol toptirish; - maxsus pedagogika nazariyasiga asoslanishga yo‘llaydi. 6. Tarbiyalash va o‘z-o‘zinii tarbiyalash, o‘qitish va o‘rganish faoliyat uyg‘unligi qonuniyati interfaol ta’lim-tarbiya qonsepsiyasida, obyekt- subyekt, subyekt-obyekt konsepsiyasida o‘z ifodasini topgan. - tarbiyalash faoliyatini o‘z-o‘zini tarbiyalashga yo‘llash o‘z-o‘zini tarbiyalash motivi, ko‘nikmasi va madaniyatini shakllantirish imkoniyati; - o‘z-o‘zini tarbiyalash samaradorligi; - tarbiyalanganlik darajasiga bog‘liqligi; - ta’limni ikki tomonlama xususiyati; - o‘rgatish va o‘rganish faolligi uyg‘unligi; - masofali ta’lim-tarbiya jarayoni; 7. Ta’lim-tarbiya maqsadi, mazmuni, metodlari, shakllari va vositalari o‘zaro bog‘liqlik qonuniyati pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyotiga asos bo‘ldi: - optimal maqsadga mos mazmun, metodlarni tanlash, qo‘llash YUNESKOning pedagogik texnologiyaga bergan bahosida o‘z ifodasini topgan; - intelektual rivojlangan barkamol avlodni, shaxsni tarbiyalash maqsadiga mos ta’lim-tarbiya mazmuninii belgilanishi; - har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish mazmuniga mos metod, vositalarni qo‘llash ta’lim-tarbiyaning samarali omili ekanligi; -pedagogik texnologiyaning usullari shakllari, ta’lim-tarbiyaning mazmuni, mavjud shart-sharoitga bog‘liqligi kabilar; 8. Ta’lim-tarbiyada fanlararo bog‘liqliq qonuniyati: insonni o‘rganadigan fanlar nazariy rivojlanishida deferensiatsiya holati mavjud bo‘lsada, ijtimoiy funksiya amaliyotida integratsiya tabiiy holdir. Tabiiy fanlarning tutash bandida yangi-yangi fanlar paydo bo‘lishi, fanning ufqi kengayishi, jamiyat taraqqiyotida imkoniyatini oshishi insonshunoslik fanlarining ham o‘zaro bog‘liqliq qonuniyati mavjudligini ko‘rsatadi. Jamiyatni ijtimoiy taraqqiyoti, inson, insoniylik, insoniyat, triadasi insonshunoslik fanlari hamkorligini taqozo etadi. Demak, fanning o‘ziga xos qonuiniyatlari ilmiy tadqiqotning metodologik asos bo‘ladi.
(н - термукамезол) Муайян методологик тамойиллар Концептуал ёндашувлар Мувофиқлик, тизимга солиш тамойили Таълим – тарбиянинг тарихийлик, умуминсонийлик қонунияти Таълим-тарбия уйғунлиги, шарқона ҳаёт фалсафаси концепцияси Тўлдирувчанликни бирлаштириш Таълим-тарбиянинг давр талаби мавзусида шарт-шароитга мослиги қонунияти Тарълим-тарбияни инсонпарварлаштириш ва демократлаштириш қонцепцияси Вернфикация формал мантиқий асослаш Таълим-тарбияда назариясининг амалиёт билан бирлиги қонунияти Ривожлантирувчи таълим қонцепцияси Фалсификация тамойили
Таълим, тарбия ва ривожланиш ўзаро боғлиқлиги қонунияти Шахсга йўналтирилган таълим концепцияси Редукция тамойили Таълим-тарбия қобилиятни ҳисобга олган ҳолда ўқитиш ва ўрганиш, тарбиялаш ва ўз-ўзини тарбиялаш уйғунлиги қонунияти Креатив ёндашиш қонцепцияси Яхлитлик тамойили Таълим-тарбияда ўқувчи қобилияти, лаёқатини ҳисобга олиш қонунияти Баркамол шахсни шакллантириш қонцепцияси Моделлаштириш тамойили Таълим-тарбия мақсади, мазмун, метод, воситаларнинг ўзаро боғлиқлиги қонунияти Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури Мавҳумлаштириш тамойили Таълим-тарбияда фанлараро боғлиқлик қонунияти Таълим-тарбияда фанлараро боғлиқлик қонунияти Download 231.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling