1 Pedagogika fanining dolzarb muammolari. Pedagogik tadqiqotlar va ularning yo'nalishlari


-mavzu. Adabiyotlar va arxiv materiallarini o‘rganish


Download 231.65 Kb.
bet3/4
Sana10.12.2020
Hajmi231.65 Kb.
#163331
1   2   3   4
Bog'liq
2 5325704926725147371


6-mavzu. Adabiyotlar va arxiv materiallarini o‘rganish

Reja:


  1. Ta’lim-tarbiya jarayonining tarixiyligi

  2. Ilmiy manba’lar arxiv xujjatlari, fan tarixiga doir adabiyotlarni o’rganishning tadqiqot samaradorligini oshirishdagi avzalligi.

Ta’lim-tarbiya jarayonining tarixiylik, milliylik va umuminsoniylik qonuniyati pedagogik ilmiy tadqiqotlarning metodologik asosi, yo‘riqnomasidir. Faqatgina pedagogik merosni, ta’lim-tarbiya taraqqiyoti tarixini o‘rganish emas, pedagogik ilmiy tadqiqotning barcha yo‘nalishlari tarixiylik, milliylik va umuminsoniylik qonuniyatiga asoslanadi. Har bir masalaning rivojlanish bosqichlari bo‘yicha ilmiy, ommabop adabiyotlarni o‘rganmasdan tadqiqotni amalga oshirib bo‘lmaydi.

Adabiyotlarni ilmiy tadqiqot mavzusiga doir uch turkumga bo‘lish mumkin. Avvvalo, pedagogik ilmiy tadqiqotda milliy g‘oyaga doir, jamiyat buyurtmasiga doir nazariy metodologik adabiyotlar. Ilmiy tadqiqotning dolzarbligi, ijtimoiy, iqtisodiy zaruriyati, yosh avlodni hayotga, mehnatga , kasbga tayyorlashda ta’lim-tarbiyaning davr talabi, mavjud shart-sharoitga mosligi qonuniyati, mamlakat dasturi, milliy g‘oyaga doir adabiyotlarni o‘rganishni taqazo etadi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”, “O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li” kabi qator kitoblari, xalqaro ilmiy anjumanlarda nutqlari pedagogik ilmiy tadqiqotning ijod va ilhom manbai, metodologik asosdir.

“Milliy istiqlol g‘oyasi: tushuncha va tamoyillar” ham o‘tmish adabiyotlarini, ham jahon ilmiy adabiyotlarini o‘rganishning nazariy mezonidir. O‘tmish madaniy merosdan maqsadli foydalanish, yoshlarni har tomonlama kamol toptirish va faxrlanish hissini shakllantirishda mumtoz adabiyotlarni o‘rganish muhim manba’dir.

Ikkinchi turkum ilmiy manba’lar arxiv xujjatlari, fan tarixiga doir adabiyotlardir. Ta’lim-tarbiya tarixi, madaniyatimiz tarixiga doir adabiyotlarning, o‘rganilmagan ko‘pgina qismi jahonning kutubxonalarida saqlanmoqda. Tariximizga doir adabiyotlarning aksariyati olib ketilgan, kuydirilgan, tarixga doir kitob saqlagan xonadonlar qatag‘on qilingani ma’lum. Masalan, Meksikalik olimlar Nasafiy, Kasbaviylarning ilmiy merosi mavjudligi, qadimgi Kasbi (bugungi kunda Kasbi qishlog‘i) o‘rnida ulkan shahar, sakkizta madrasa bo‘lgani haqida ommaviy axborotda ma’lumot berdilar. Qolaversa 2014 yil 15 maydagi Samarqandda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya tarixiy manba’lar yetarli o‘rganilmagani e’tirof etildi. Tarixiy adabiyotlarni, manba’larni milliy g‘oya tamoyillari asosida pedagogik ilmiy tahlil qilish tadqiqot metodidir. Shuningdek, pedagogik amaliyot ilg‘or tajribalarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot mavzusiga doir maktablarning ta’lim-tarbiya faoliyati haqidagi arxiv hujjatlarni o‘rganish ilmiy tadqiqot metodlaridan biri. Ta’lim muassasalarining faoliyati haqidagi hujjtlardan mavjud qiyosiy natijalar haqida ilmiy xulosalar chiqariladi.

Uchinchi turkum adabiyotlar: mavzuga doir ilmiy kitoblar, dissertatsiyalar, dissertatsiya avtoreferatlari, ilmiy to‘plamlardagi maqola va tezislar, jurnallar, ilmiy axborotnomalardir. Bugungi globallashuv sharoitida internetda aksariyat adabiyotlar bo‘yicha axborotlar berib borilmoqda. Adabiyotlarni o‘rganish va undan samarali xulasalar chiqarish ilmiy tadqiqotchidan izchil izlanishni talab etadi.



Dastlab adabiyotlar ro‘yxati tuziladi, asosiy nazariy manbaalar aniqlanadi. Adabiyotlarni o‘rganish bo‘yicha konspekt, tezis, annotatsiya tuziladi. Maqsadga muvofiq sitatalar yozib olinadi. Sitatalar olganda adabiyotlarning aynan muallifning nomi, nashriyoti, necha sahifaligi va qaysi bobdan olingani ko‘rsatiladi. Agar internetdan olingan bo‘lsa, manba’ va uning sayti aniqlanadi. Demak, adabiyotlar va arxiv xujjatlarining manbalarini maqsadli o‘rganish ilmiy pedagogik tadqiqotning samaradorlik shartidir.


Педагогик тадқиқотга доир адабиётлар







Тарихий манбалар

Мавзуга доир адабиётлар

Интернет манбалари

Педагогика тарихига доир жаҳон адабиёти

Педагогиканинг умумий асослари

Жаҳон таълим-тизими жаҳон ахборотлари

Шарқ мутаффаккиларининг таълим – тарбия ҳақида

Дидактик қонуниятлар тамойили

Халқ педагогикасининг манъбалари

Тарбия назариясига доир адабиётлар



Назарий методологик адабиётлар




Фалсафий методологик адабиётлар



Ўзбекистонининг ўзига хос тараққиёт моделига доир адабиётлар



Таълим-тарбиянинг илғор тажрибалари



Кадрлар Тайёрлаш Миллий дастури ва ижроси ҳақида




Янги адабиётлар




Педагогиканинг назарий концепцияси ҳақида адабиётлар

Архив ҳужжатлар

Педагогик технологияларга доир адабиётлар

Илмий конференция материаллари



Миллий ғоя, мафкурага доир адабиётлар

Педагогик, психологик, социология каби инсоний ўрганадиган фанла назариясига доир адабиётлар

Тарихни ўрганиш ҳақида Ислом Каримов таълимоти

Мустақиллик йиллар тараққиёти тарихи

Таълим-тарбияга доир бадиий асарлар

Илғор педагогик тажрибага доир адабиётлар

Ҳалқаро журналлар


7-MAVZU: KUZATISH - PEDAGOGIK -PSIXOLOGIK TADQIQOT METODI SIFATIDA (4-SOAT)

Reja:


1.Kuzatish – pedagogik tadqiqot metodi.

2.Ilmiy kuzatish.

3.Pedagogik kuzatishning ob'ekti.

4.Kuzatishni o'tkazishda rioya qilinadigan qoidalar.

Kuzatish - pedagogikadagi boshqa metodlar orasida eng ko'p uchraydigan metod. Bolalar holatini o'rganishda kuzatish metodining mohiyati, faktlari to'liq va aniq hisobga olishda hayotiy tajriba bilim, va malakalarni tasvirlashga yordam beradi.Kuzatish bu taffakur bilan mustahkam bog'langan idrokdir” - deb, ko'rsatiladi. Pedagogik enseklopediyada ( pedagogicheskaya enseklopediya, T.Sh. 10 bet, 1966)

Ilmiy kuzatishlarning muhim tomoni - kuzatish zarur bo'lgan umumiy predmetning asosiy tomoni kurmok, hisobga olmok, faktlarni guruxlamok, hodisalarning yo'nalishini aniqlamokdir. Birinchi ko'zatilgan hodisalarning bir - biriga o'xshashlik tomonlarini ayrimlik belgilarini ajratmok, hodisalarni klassifikasiya qilish va yigilgan fakt va natijalarni umumlashtirishdan iboratdir. Kuzatishni idrok va tafakkurdan ajratib bulmasligi, ya'ni kurilgan ko'zatilgan narsalarni aniq, to'liq va mantikiy, ob'ektiv holatda tasvirlashdan iborat. Kurilgan va ko'zatilgan narsalardan eng muhimlarini, kimmatli zarur narsalarni kuzatish maqsadga muvofiq. Voqea, Hodisa va faktlarning aniq borishi sodir bo'lish jarayonini pedagogik kuzatish metodi yordamida ogzaki va yozma nutq bilan tasvirlash imkoniga egadir. Kuzatish tadqiqot metodidan to'g'ri foydalanish uchun o'zok va to'g'ri tayyorgarlik zarurdir.

Pedagogik tadqiqotlarda kuzatish metodidan foydalanishning yo'llari L. V. Zankov, V.I. Juravlev,I.I. Monoszon, M. Skatkinlarning kitobi va monografiyalarida ifodalangan. Olimlarning qarashlarida kuzatish metodi ayrim hollarda bir - biri bilan solishtirib o'rganish demakdir. Yoki kuzatish metodiuniversal tadqiqot metodidir. Kuzatish metodi voqeani turlichatasvirlashi mumkin yoki qisqartirilgan holatda ham o'tishi mumkin. Kuzatish natijasida fktlarni shundayligicha tasvirlash mumkin va jamoada shaxs shakllanishining tarbiyaviy holatini ham o'zicha tasvirlash mumkin. Demak, kuzatish tadqiqot metodi - bola holatining shaxs va jamoaning shakllanishini o'rganish va tarbiyalashni solishtirishda eng muhim va kulay tadqiqot metodlaridan biridir. Qisqa qilib aytganda, kuzatish metodi yordamida fakt va voqealarni aniq tasvirlash mumkin va ayrim apparatlar hodisa va faktlarning ichki psixik jarayonini sodir bo'lishi sabablarini hisoblab berish mumkin.

Fanda kuzatish metodining bir necha turlari mavjud. Ilmiy xodim voqea va hodisalarni qanday holatda o'rganishga karab ularni keraklilarini tanlaydi. Adabiyotlarda pedagogik jarayonda kuzatishning ob'ekti haqida material yoritilgan. Refleksologiyaning vakillari kuzatish ob'ekti deb stimul va reaksiyani oladilar. (Masalan, o'qituvchining so'zi stimul, o'quvchining javobi esa reaksiya)

Hozirgi sharoitda pedagogik kuzatishning № 1 ob'ekti deb, bola faoliyatini karamokda. Bu faoliyat faqat bola atrofini urab to'rgan voqealik bulib bola uni karab turmasdan balki o'rganadi. Masalan, o'rtoqlari va boshqa odamlar, jumladan katta kishilardan faoliyat harakteri unga munosabati, faoliyat jarayoni munosabati-pedagogik kuzatishning asosiy ob'ekti hisoblanadi. Pedagogik kuzatishning muhim ob'ektlaridan birinchisi bola o'z hayotida munosabatda bo'ladigan narsa va predmetlardir.

Olam juda boy narsalardan iborat bulib faqat uni kuzatsa bilish zarurdir. Narsalar, predmetlar bola uchun olamni bilish vositasidir. Narsalar atrof bilan muomala qilishdan xabar beradi.

Hozirgi vaktda bolalar ijodkorligining mahsuloti-ga ko'prok e'tibor berilmokda. Bola chizgan rasm va u yasagan modeldan oz bo'lsada uning hayotiy qarashi, u ko'radigan predmetlarning obrazi ko'rinib turadi. Masalan: aytish mumkin o'g'il bolalar yaxshi ko'radigan va hamisha chuntaklarida ko'tarib yuradigan narsa va predmetlarga yaxshi ko'rgan kalami, ruchkasi, plamaster, pichok va markalar kolleksiya, yoki uningnarsalarga bo'lgan munosabatini ko'rsatuvchi harakterli xislatlari o'quv kurollariga bo'lgan munosabatini, kitoblari, kundaligi, daftari va x.k. Bo'larning hammasi kuzatish ob'ekti bulib, bolaning harkterini ochuvchi belgilardir.Bir yumoristik ertakda xikoya qilinishicha, bola holodelnik chiqishi kerak bo'lgan lotoriya beliti topib oladi. U beletni bir tipratikonga almashtiradi. Bolalar ko'pincha kattalarni narsalariga predmetlariga xavas qiladilar. Ular o'zlarining ruchkalari, kalamlari, kitoblarini almashtirib turadilar. ular predmetdan foydalanib kolmasdan, balki predmetga karab o'z harakterlarini ham o'zgartirib turadilar. Ularning tarbiyalanganlik darajasi ham bilinib boradi.

Pedagogik kuzatishning muhim ob'ektlaridan biri bolaning nutqidir. Ma'lumki kishi o'z nutqida hayotiy tajribasi, aqliy faoliyati va hududiy - milliy ko'rsatkichlarini bildiradi.

Bola nutqini kuzatganda: bola o'z nutqini kanchalik to'liq va aniq ifoda etishi har - xil psixok holatda bola nutqining o'zgarib turishi, o'z so'zini ongli ishlatishga etibor beriladi.

So'zning mimika bilan ko'z, yuz tuzxilishi harakati bilan ifoda etishi, so'zning tezligi so'zlar orasidagi pauza, to'xtalish va boshqalarga etibor beriladi.

So'z boyligining ko'pligi, kamligi, so'zni tamomlash, so'z yordamida sodda va kiyin gaplarni tuza olish malakasi.

Yigilgan bu materiallarni hammasi bola tempera-mentdagi bolaning nutqi hamisha chaqqon, jo'shqin, undovli gaplar ko'pligi bilan suhbatdoshini o'ziga tortadi. Xolerik tipdagi kishining ham nutqi hayajonli, jo'shqin, ammo u aytadigan gaplarining bir nechasini tushirib qoldiradi.U o'z so'zida qaytarishlar qiladi va h.k.z.

Flegmatik temperamentdagi kishi ham hayajonli gapirish mumkin. Ammo u shoshilmaydi, uning nutqi boshqalarni hayajonga solishi, qoyil qoldirishi, o'zini ko'rsatish, muhokama qilishdan iborat yana bir temperament-dagi kishi borki u melanholika. Uning nutqida ham pauza bo'lib turadi, ko'proq birovlar nutqida sitalar keltirib turadi, o'z fikri bilan biron narsani aytishga qo'rqadi.

Umuman boalning nutqida tahlil qilish va kuzatish bilan bola rivojlanishining boshqa tomonlarini ham bilib olish mumkin.

Bola faoliyatini chukur tahlil qilish, uning faqat nutqining bilish bilan kifoyalanmasdan, bola yozgan xat va ma'lum darajada bolaning ayrim odatlari, harakter, temperamentidan darak beradi.Masalan: tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, agar xat ustida yozilgan adresga xat egasi o'z familyasi va ismini konvertning chap tomoniga yakinrok yozsa uning ish ustida puxtaligi, uylab ish qilishi kurinib turadi. Agarda shu familya va ism konvertning ung tomonida bo'lsa, haraktersiz va mugombirligi bilinib turadi, yoki xatining tuzilishidan uning qanday temperamentda ekanligini ham bilish mumkin. Masalan ayrim kishilar o'zining yozgan chiroyli yozishga urinadi ammo, uni to'g'ri va xatosiz yozishni uylamaydi. Ayrim kishi esa bir yozgan narsasining mazmunini yana uylab ko'radi, xatolarini to'zatadi, sungra xatni jo'natadi. Ayrim kishilarning xati tez - tez o'zgarib turadi. Demak bunday odamlar o'z - o'zlariga ishonchsiz bo'ladilar.Ayrim kishining esa xati doimiy bir xil tartibda, kurinishli yoziladi. Demak bunday odamlar o'z kuchiga va kobilyatiga ishonadi. Lekin kishi harakterini ko'zatganda uning birgina xatiga karab baxo berish ham yaramaydi. Kishiga baxo berish uchun uning hamma tomonlarini to'liq bilish lozim.

Kuzatishning muhim ob'ektlaridan yana biri aniq holatda bolaga ta'sir etish. Masalan, bola navbatchilikni bajarmaganda, sport uyini noto'g'ri bajarilganda, o'qituvchi bilan bola o'rtasida ziddiyat paydo bo'lganda ko'rsatilgan tarbiyaviy ta'sir berilgan tanbex natijasida bolaning tarbiyalanganligini aniq ko'rsatuvchi holat bo'lishi mumkin.

Bunday holatda bolaning kamchiligi bilan ko'rsatilgan tarbiya natijalari hisobga olinib boriladi.

Bola hayotida sodir bo'lgan o'zgarishlar tahlil qilinadi ( so'z, ta'sir, mimika, manera va x.k.z.) bola harakteridagi ayrim qaytarilgan sifatlar ham hisobga olinadi.

Kuzatish metodini kullaganda faqat nimani kuzatish kerakligi bilan chegaralanib kolmasdan, balki buni qanday qilish kerak degan masalani ham unutmaslik kerak. Bu erda ilmiy kuzatish dalillarini hisobga olishdan farq qiladi.

Kuzatish bolaga ta'sir ko'rsatish bilan birga qo'shib olib boriladi, har - xil tarbiyaviy ta'sirdan bolalarning olgan reaksiya hisobga olinadi.

Kuzatish analitik harakterga ega bulib, bola xulqining u yoki bu sababi bilan bog'lanishi, bolaga ta'sir etish va uning kamchiligini tahlil qilish xulqining yo'nalishini o'rganishdan iborat.

Kuzatish tizim bilan amalga oshiriladi. Buning uchun kuzatishning rejasi, to'ziladi, unga ta'sir etishning tarbiyagaasoslangan yo'nalishi ( masalan, tarbiyachi usmirning kamchiligini majlisda muxokama qilingandan keyin, u haqida jamoa va o'rtoqlari bergan maslahatlarni, usmir kanchalik to'g'ri va xakkoniy tushundi, uni o'ziga qabul qiladi va x.k.z. hisobga olib boradi.)

Bolaning tarbiyalanganligini bilish uchun o'zok va muntazam aniq maqsad bilan kuzatish zarur.

Kuzatish tasodifan, yuzaki bulmasdan, balki tadqiqotchi bolaning hamma tomonlarini o'rganish va hisobga olish zarur. Ayrim hollarda tadqiqotchilar faqat o'zlarini qiziqtirgan tomonlarini o'rganadilar holos.

Kuzatish jarayonida bolaning psixik holatini ham hisobga olish zarur.

Ko'zatilgan voqea va faktlarni hisobga olishda, kishining xayolidan ko'tarilgan muhim narsalarni harakter va mazmunini bo'zib ko'rsatmaslik zarur.

Kuzatishda ayrim bola yoki butun jamoa ko'zatilish mumkin. Ayniksa ayrim bolalar bilan individual suxbatlar o'tkazish orkali to'liq natijaga erishish mumkin.

Shunday holatda kuzatishning dasturi quyidagicha rejalashtirish mumkin.






Kuzatish yordamida xulqni o'rganish sharoiti.

Ro'yxat buyicha bolaning tartib nomeri

Utkazilgan suxbat- natijasida bolaning fikri

11

Poxodning rejasi bilan tanishtirilganda ularning qiziqishi oshdi va paxod bo'ladigan kunni chidamsiz-lik bilan kutadi.

7, 11, 13, 18, 23, 24,



O'z atrofii bilan tanishishni, odamlarni bilishni istaydi.

22

Qiziqib turdi. Paxodni rejasi bilan rilganda qiziqishi sundi.

3, 5, 9, 16, 19, 22, 25.

Vaktni xushchakchak utkazmokchi,dam olmokchi, harid kilmokchi va boshqalar.

33

Rejani aniq kungil bilan qabul

qilish.



1, 4, 8, 10, 14, 17, 26.

Salomatligi yomon bo'lgani uchun uchastkaga ishlashga ota-onalari kuymadi.Paxod nima bilan tagadi deb kurkishdi.

44

O'zrli sabablar bilan paxodga bormadilar


2, 6, 12, 15.

Ota - onaga yordam berish uchun, uchastkaga ishlash uchun .

55

Sababsiz paxodga borishdan bosh tortdilar.

20, 21, 27, 28.

Tushuntirish berishmadi.

Bu kuzatish turistik paxod tashkil qilish buyicha utkaziladi.

Shundan sung paxodga kim kancha tayyorgarlik kurishi kuzatishldi. va hisobga olinadi. Kim faol tayyorlandi, kim passiv, kim faol ishtirok etdi, kim passiv, kim tuskinlik qildi.

Bu kuzatish bolalar xulqini ko'rsatuvchi birgina ko'rsatkichlar hisobga olinadi. ( yaxshi, konikarli, yomon yoki) berilgan topshirikni bajara olmadi, berilgan topshirikni bajara olmadi, berilgan topshirikni bajarishga intiladi, berilgan topshirikni bajarishda o'qituvchining yordamida muxtoj va x.k.z. Shu jumladan kizlar va o'g'il bolalarning topshirikni bajarishdagi harakati ham hisobga olinadi.

Ayniksa kuzatish natijalari sonlar bilan belgilash juda kulaydir. Dunda shaxsning tarbiyalanganlik darajasi son bilan belgilanadi. Olaylik o'qituvchi mehnatsevarlik darajasi son bilan belgilanadi. Bunday holatda mehnatsevarlik darajasi belgilaydi: Mehnatda vijdonan qatnashadi, mehnatda qatnashuvini ayta oladi, mehnatga qatnashishga intiladi va halol ishlaydi, mehnatda o'zok muddat bilan ishtirok etishga layokatli va x.k.z. Bu erda bir necha mehnatsevarlik ko'rsatkichlari hosil bo'ladi. Bu ko'rsatkichlar bolaning yoshiga karab besh va undan ortik bo'lishi mumkin. Eng yuqori ko'rsatkich “besh” undan sal pastrok ko'rsatkich “turt” yoki chetdan mehnatni talab qilib ishlatsa “uch” ayrim holda qatnashadi, ayrim holda mehnatga qatnashmaydi “ikki” umuman dangasa ishlamaydi- “bir” baholanishi mumkin.

Sungra shu baxo normalari asosida o'quvchilar faoliyati ustidan kuzatish olib boriladi va ayrim daftarga uning natijalari hisobga olib boriladi. Bu kuzatishni quyidagicha tablisaga joylashtiramiz.

O'quvchilarning hammasi ustidan kuzatish olib borilgandan sung tuplangan materiallarga asosan, quyidagi mehnatsevarlik ko'rsatkichlari hosil buldi.

- o'quvchilar mehnatsevarligining yaxlit darajasi

- kiz va o'g'il bolalarning har - xil mehnatga munosabati

- u yoki bu faoliyatda faol darajasi.

- har - xil sharoitda, mehnatga bog'liqlik munosabati, mehnatni tashkil qilish va uning maqsadini tushunishi va boshqalar. Shu ko'rsatkichlardan sung har bir ko'rsatkichuchun alohida tablisa tuzilishi mumkin.

6 - “A” sinfning kishlok xujaligi mehnatiga munosabati.

Kuzatish natijasida tadqiqot uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar olinadi, bu ma'lumotlar keyinchalik o'rganil-gan jarayon va hodisaning samarali natijasini chiqarishga imkon beradi.

Kuzatishni o'tkazishda ayrim zarur bo'lgan qoida tartibga rioya qilish zarur bo'ladi.

1. Kuzatishning umumiy rejasiga muvofiq bir kishi ko'zatgandan ko'ra, boshqa kishilar yordamida kuzatish, keyin olingan faktldarni bir- biriga taqqoslash. Kuzatishni bunday tashkil qilish sub'ektividan saklaydi. ( Ko'zatuvchining dunyoqarashiga ilmiy yo'nalishiga, hayotiy tajribasiga bog'liqdir. Bundan tashqari uning holati, bolalarda bo'lgan, o'qituvchilarga bo'lgan munosabati ham katta rol o'ynaydi.)

2.Kuzatishni yashirin holatda olib borilishi lozim. Agar bola uni ko'zatayotganliklarini bilib kolsa, o'z harakatlarini vaktincha o'zgartirishi mumkin. Ayrim tadqiqotlarda kuzatishni maxsus kinos'yomka yoki telerepartaj sezilmaydigan mikrofon yordamida magnitafonga yozib oladilar. Bunday holatda bolalar xonaga joylashtiriladi, xonaning bir tomoni kurinarli oyna bilan jixozlangan bulib, tadqiqotchi bolalarni oynadan kurib turadi. Bunday holatda tdkikotchi bolalarga kurinmaslikka harakat qiladi.

Ayrim tadqiqotchilar bolalar faoliyatini ko'zatganda, o'qituvchi yoki ko'zatuvchi bulib kolmasdan, ular faoliyatiga aktiv ta'sir etuvchi munozara qatnashchisi sifatida ishtirok etadilar.Bunday holatda bolalar uning ko'zatuvchi ekanligini sezmaydilar. Bajarilishi lozim bo'lgan faoliyatga bolalar faol qatnashadi.

3. Kuzatilgan faktlarni aniq hisobga olish lozim, voqeaning davom etishi jarayoni, shaxsga ta'siri aniq hisobga olinadi. Kuzatish jarayonida kullanilgan ovoz yozuvchi apparatlar va kinos'yomkalar voqeaning sodir bo'lishini aniqlashga yordam berishi mumkin, ammo jonli kuzatishning urnini bosa olmaydi.

4. Gurux ustidan taksimlangan kuzatishni sinab kurish. Buni uchun ko'zutuvchilarnng har biri bolalar faoliyatining ma'lum qismi bilan shug'ullanadilar. Shundan sung ko'zatilar natijalarini solishtirib kurish, individual kuzatishlarning aniqligi va to'g'riligini tekshirib kurish.

5. Kuzatish yaxshi natija berish uchun, voqea va hodisa-ning kuzatish, bolalar faoliyatining o'rganish uchun suxbat o'tkazish, anketalar qo'llash yaxshi natija beradi.Bunday vaktda tadqiqotchi o'zining butun sezgi organlarini ishga solib ish kurishi kerak bo'ladi. Ya'ni o'rtoqlarining holatini tushunishi, kattalar va bolalarning individual xususiyatlarini bilish, ularning temperamentlarini ajrata olishi zarur.

6. Kuzatish yakunida o'z - o'zini kuzatishni solishtirish. Bu maqsadda o'z-o'zini kuzatish kundaligini yuritish, o'z - o'ziga tavsif berish, bo'lgan voqealar yuzasidan o'quvchilarning esdaliklarini uyushtirish, bo'larning hammasi ish joyidan repartaj olgandek qiziq va uyushgan holda tashkil qilinishi zarur.
8-MAVZU: ANKETA, TEST VA SUHBAT METODLARI (4-SOAT)

Reja:

1.Anketa metodi.

2.Anketa metodining yutuq va kamchiliklari.

3.Test metodi.

4.Standartlashtirilgan va rasmiylashtirilgan suxbatlar.

5.Suhbat rejasi va turlari.

Anketa fransuzchadan tarjima qilinganda tekshirish (raseledovaniya) demakdir. Anketa metodi ommaviy faktlar, umumiy sabablar, tendensiya va voqealarning belgilari kabilarni bilishga mo'ljallanadi. Anketa tekshirilayotgan guruh javob berishi lozim bo'lgan, ma'lum mavzuga oid savollar ro'yxatidan iborat bo'ladi. Uning maqsadi boshlangich, chamalash uchun zarur bo'lgan materiallarni yig'ishdir. Anketa pedagogik tadqiqotga sosiologiya va psihologiya orkali kelganligi uchun ham shu fanlar tadqiqot metodlari xususiyatlarini saklaydi.Savollar faqat bir o'quvchiga berilmasdan, balki ko'pincha, o'quvchilar ommasigaberiladi., javoblar yozma shaklda olinadi.

Anketa jamoatchilik fikrini bilishga xizmat qiladi.Lekin anketa metodining ommaviy kullanishininig ba'zi bir xaflitomonlari ham bor. Anketa savollari berilgan javoblarbolaning haqiqiy tarbiyalanganlik darajasini hamma vakt ham ko'rsatavermaydi. Chunki ba'zan tadqiqot ob'ekti yoki undan nima so'ralayotganini tushunmaydi yoki undan nima talab qilinayotganini anglaydi va shunga mos javob qaytarishga urinadi.

Savol to'g'ri berilmasa ham bolalar javobga xakikatni bo'zib ko'rsatadilar. Savollar to'g'ri kuyilgan bo'lsa, ob'ektiv ma'lumotlar olinadi.Shuningdek, anketadagi savollarning ko'pchiligi ularning tuzilishidagi kamchiliklar, savolga to'g'ri javob berishdagi psihologik tayyorgarlikning kelib chiqishiga sabab bo'ladi.

Amaliyot anketalarning turli xillari mavjud. Anketa intervallarida anketa savollarini tadqiqotchining o'zi tuldiradi. O'quvchilarning fikrlarini aniqlashtirish, savollarni to'g'ri tushunishlarga yordam berish, javobning motivini tushuntirish uchun ham tadqiqotchi shunday qiladi. Lekin tadqiqotchi savolga javoblarning bir necha variantini ko'rsatish bilan birga o'quvchilarning o'z fikrini aytishi uchun ham alohida joy qoldiradi. Anketalar pochta orqali ham jo'natilishi mumkin. Bolalar o'rtasidagi anketa savollarini tashkil qilish ham mumkin.

Anketa qo'llash juda kulay va shubxasiz, juda katta kimmatga ega:

1) o'quvchilar savollariga javob berish o'z qarashlarini asoslashga majbur bo'ladilar va bu esa bolaning fikrlarini asoslashga o'rgatadi, undan nima xakda so'ralayotgan bo'lsa, unga munosabati harakterini belgilaydi.

2) anketa juda ko'p kishilar guruhi jalb etiladi, bu esa bolalarning umumiy qarashlari, tushunchalaridagi umumiy yutuq va kamchiliklarini aniqlashga imkon beradi:

3) anketa yordamida bu yoki bu masalada bolalarning jamoatchilik fikrlarini aniqlash mumkin.

4) anketa materiallari asosida ma'lum sharoitda bolaning atrof olam bilan bir tomonlama aloqasi o'rnatiladi, uning ma'naviy rivojlvnish darajasi belgilanadi va x. Ma'lumotlar ishonchli bo'lishi uchun anketa so'roqlariga bir xil bolalardan kamida 400 tasi qatnashishi lozim.

Anketa so'roqlari natijasiga olingan materiallar qayta ishlanadi bir guruh boshqa guruhlar bilan solishtiriladi va chiqarilgan xulosalar bolalar tarbiyasi uchun foydalaniladi.

Anketani tuzishda quyidagi umumiy rioya qilish zarur.

1) Avval o'rganilayotgan prosess, voqea va hodisaning strukturasini aniq predmetini, tadqiqot ob'ektini aniqlash va ular asosida ma'lum bir holda kuzatish, boshqasida maxsus tashkil qilingan vaziyat, uchinchisidan anketa ma'lumotlari va boshqalar orkali ulchsh lozim bo'lgan kriteriyalarni tanlash. Anketalar yordamida quyidagi aniq son ma'lumotlarni olish mumkin.

a) belgilar buyicha o'quvchilar mikdori: jinsi, yoshi, ma'lumoti, oilasining ta'minoti, demagrafik ma'lumotlar kishloklik yoki shaharlik o'quvchi, kishlokda to'g'ilgan joyi va yashaydi, kishlokda to'g'ilgan va shaharda yashaydi, shaharda to'g'ilgan va yashaydi va shunga o'xshashlar.

b) faoliyatining turli xillari davomida sarf qilingan vakt ish vakti, bush vakt va boshqalar.

v) u yoki bu faoliyatning harakteri va mazmuni. Masalan: uyin soni ma'lum yoshdagi turi, o'z ma'lumotini oshirishga o'quvchilar informasiyasini qaysi manbalardan foydalandi, o'quvchi ularga kanchalik vakt sarfladi, ya'ni telivizor kurish, gazeta o'qish, teatrga borish va boshqalarga.

g) jixoz, predmet, vaziyat, sharoit, vazifa umuman nima o'quvchi ota - onasi hayoti obrazini harakterlasa shular haqida:

d) bolaning oilasidagi, sinf jamoaidagi urni, bolalarning bir-birlari bilan kattalar bilan munosabatlari.

e) anketalar jamoatchilik fikrini, tipik muloxaza va boshqa tadqiqot metodlari bilan bog'langan holda kullanishi talab qilinadi.

2. Anketani tuzishda uning mazmunini o'rganilayotgan prosess yoki hodisaning strukturasi bilan mos kelishi talab etilishi e'tiborga olish lozim. Buning uchun anketa so'roqlaridan olinadigan asosiy informasiyani oldindan aniqlash mumkin. Anketadagi savollar shunday tuzilishi kerakki, javoblar tadqiqot predmetining bosh programma-siga mos, maksimal ishonchli ma'lumotlar bersin.

Anketadagi savollarda bosh savolga javobnng ob'ektivligini tekshiradigan savollarning bo'lishi ham nazarda to'tishi lozim.

Masalan: “ Sening matematikaga munosabating qanday?” degan savol “O'z sevgan predmetingni ayt?”, “ Sening sevgan o'qituvching?”, “ Sening sevgan mashg'uloting?” kabi savollar bilan tekshiriladi.

Anketa savollariga javoblar prognozining tuzish nima uchun shunday sonli natijalar kutilishini tushuntirish maqsadga muvofiq. Bu anketa natijasida olingan materiallarni tushuntirishda muhim ahamiyatli bo'ladi.

Nihoyat informasiya tuplash metodikasini ishlab chiqish kerak, qachon qanday sharoitda anketa so'roqlari utkaziladi va ma'lumotlarni qanday aniqlashtirish kerak va boshqalar.

3. Boshlang'ich to'zilgan savolni ishchi darajasiga keltirish.

a) shunday qilish kerakki, savolga javoblar matematik statistik va sosiometrik yordamida matematik natijalar chiqarishga imkon bersin.

b) gaplar shunday tuzilishi kervkki, unda so'ralayotgan shaxsga xurmat, aks etsin, savol ob'ektiv javobga chorlasin: “ Sizdan iltimos klamiz”, “ Marhamat qilib ayting”, “ sizni fikringiz qanday”, “javoblaringiz uchun cheksiz minnatdorman” va boshqalar.

v) boshlangich to'zilgan savolni hamma uchun tushunarli holga keltirgunga kadar qayta ishlash zarur.

g) anketa savollari izchil bo'lishi va unda ma'lum ichki logika bo'lishi lozim:

d) savollarni aniq tuzish kerak va unda kat'iylikka yo'l kuymaslik kerak. Masalan, “4” va “5” baholarda ukiy olasanmi? yoki “ yaxshirok ukiy olasanmi?”, “ o'zingni bosh kamchiligingni ayt?” kabi savollarning kuyilishi maqsadga muvofiq emas.

4. Kuchma doskaga anketani oldindan yozib kuyish kerak, yoki uni bosmadan chiqarib ko'paytirish kerak.

Respondent savolga dikkat bilan uylab javob qaytarish lozim. Lekin shuni unitmaslik kerakki, uzoq o'ylash ham foyda keltirmayadi. Chunki respodet tadqiqot-chining maqsadini anglab oladi va shunga mos javob qaytaradi. Ba'zan esa javob qaytarishga kiynalib, tengdoshining javobini qaytaradi.

5. Anketa ma'lum bir yoshdagi va sostavdagi respondentining katta guruhsi jalb qilinsa, ishonchli javob olinadi. lekin bu anketaga ming yoki undan ko'prok javob olish degan gap emas. Ba'zan ma'lum tipik guruhdagi o'quvchilar tanlanib ular orasida suxbat bilan anketa o'tkazish mumkin. Bu anketa ob'ekti asosli javoblar olishga yordam beradi.

Anketa savollari respondenti qiziqtiradigan, uni to'g'ri javob berishga undaydigan qilib tuzilishi kerak. Buning uchun esa avval umumiy savollar berilib, respondentini tekshirilayotganda muammo doirasiga olib kirishi, uni qiziqtirishga va u bilan kontrakt o'rnatishga yordam berishi lozim. Maxsus savollar asta - sekin suxbat-ning o'rtarogida berilishi ancha kulaydir. Savollarning boy, ularning yoshi haqida, ish joyi haqidagi ma'lumotlarning so'ralishi va shunga o'xshash savollarning berilishi ham maqsadga muvofiq emas, bunday savollar anketaning oxirida so'ralishi, yoki bunday ma'lumlarini boshqa yo'llar bilan aniqlanishi ma'kuldir.

Agar respondet to'g'ri javob aytishdan tortinsa, unda yashirin anketalar to'ziladi. Bunday anketalarda o'quvchilar javob qaytarib, o'z familyalarini aytmaydilar. Bunday anketalar ancha to'g'ri javoblar olishga yordam beradi.

7. Anketani o'tkazishdan oldin, savollarga izog' berish va qanday holda javob to'g'ri, qanday holda noto'g'ri bo'lishini tushuntirish kerak. Ba'zan esa, javoblarning bir necha variantlarini berish kerakki, o'quvchi undan o'z muloxazamiga to'g'ri keladigan javobni tanlasin.

Pedagogik tadqiqotda anketa bilan birga kullaniladigan sosiologik metodlardan biri suxbatdir. Pedagogik faoliyatning o'rganishda suxbat metodidan o'zok yillardan beri foydalaniladi. 1899 yildayoq pedagogik faoliyatning motivi to'g'risida 6000 o'qituvchi fikrini analiz qilish asosida tadqiqot bosilib chiqqan edi. 1911 yilda 14 mingdan ortikrok o'qituvchidan olingan anketa so'roqlari statistik tuldirildi.( anketa ma'lumotlari suxbatlar yordamida tekshiriladi.)

Standartlashtirilgan eski rasmiylashtirilgan suxbatlar bo'ladi. Pedagogik tadqiqotchilar standartlash-tirilgan suxbatdan boshlanadi.Chunki u hayotiy vaziyatda, respondentga uning o'rganilayotganligini bildirmasdan utkaziladi. Lekin bunday suxbatning yakunlarini yozib borish biroz kiyinchilik tugdiradi, ba'zan suxbat davomida tadqiqot maqsadga mos bulmagan informasiyalar ham bulib turadi.( ba'zan suxbatdosh boshqa narsaga qiziqib suxbat predmetidan tashqari chikib ketadi) Bunday suxbatlarni yozib borish kiyinligidan, uni yoddan yozishga to'g'ri keladi, bunday suxbatlarni tadqiqotchi savolning harakterini o'zgartirishi, vaziyatga moslab olib borishi ham mumkin. Ba'zan shunday suxbatlar ham utkaziladiki, uning uchun umuman savollar tayyorlanmaydi.Bunday suxbatlar shaxsning pozisiyasi, uning xulqini chukkurok o'rganishga yordam beradi. Tadqiqotchi shunday savollar beradiki, respondent o'z halki savoblarini erkin bayon kila boshlaydi.

Standartlashtirilgan suxbatda ma'lum izchillikda aniq to'zilib chiqilgan bo'ladi. Bunday suxbatdlar natijasida ro'yxatda olish, uni analiz qilish va taqqoslash ancha engil bo'ladi.

Bu metodning kamchiliklariga vaziyatga chukur kirib borish imkoniyatning yo'qligi, to'g'ri ahamiyatli tushunchalar-ni hisobga olish imkoniyatini ta'minlaydigan xususiyat-larning yo'qligi va shu kabilar kiradi.

Suxbatning bu turdagi kamchiliklar yarim standartlashtirilgan suxbat metodidan foydalanish hisobiga yo'qotiladi. Bu metod o'z ichiga aniq standart-lashtiralgan savollarni olish bilan birga tadqiqotchi erkn foydalanishi va suxbat davomida o'zgartirish mumkin bo'lgan savollarni ham oladi.

Yarim standartlashtirilgan va standartlashtirilmagan suxbatlar muammo etarli o'rganilgan va xatto javoblarni ham bilish mumkin bo'lgan davrda kullaniladi. Standartlashtirilmagan suxbatlar esa muammo hali o'rganilmagan u bilan tanishish endi boshlangan davrda kullaniladi.

Test - inglizcha so'zdan olingan bulib, har qanday sinov va hal qanday tekshirish demakdir. “ Test” termini bunday keng ma'noda texnika biologiya, medisina va ximiyada kullaniladi. Psixolo - pedagogik tadqiqotlarda test deb guruh va individual xususiyatlarni kiyosiy o'rganishda kullaniladigan, ma'lum vaktga muljallangan har - xil kiyinchiliklardagi topshiriklarga aytiladi.

30-yillarda eksperemental psihologiya va pedagogi-kada, pedalogiyada bolani o'rganishning asosiy metodi hisoblangan testlardan foydalanish keng tarkaladi. Bu davrda mamlakatimizda testlar va ularning kullanilishi haqida ko'p tirajli kitoblar chika boshladi. Lekn shu davrdayok, bir kancha olimlar testlarni qo'llash ko'p noaniq-liklarni keltirib chiqarishni, u metod xavfli ekanligini ta'kidlagan edilar. Bunda ular:

birinchidan, hamma vakt ham o'quvchining kobiliyat-laridan darak beruvchi ma'lumotlarni bolaning rivoj-lanishi va tarbiyalanganlik darajasini harakterlovchi ma'lumotlardan farq qilib bulmaydi;

ikkinchidan, bir ma'lumotnng o'zi shaxsning har - xil sifatlarini bildiradi, bolaning bir kancha motivlarning paydo bo'lishi natijasi bo'ladi.

uchinchidan, testlar asosida juda kengumumlashmalar va xulosalar chiqarish mumkin emas degan xulosadan kelib chiqqan edilar.

Ma'lum sharoitda testlar o'quvchilarni o'rganishga yaxshi yordam berishi mumkin. Uning asosiy maqsadi - xotira, dikkat, tafakkur,bilimga qiziqishlar, umuman turli intelektual faoliyatlardagi o'zgarishlarni rivojlanish darajasida aniqlashdir. Testlar yordamida hayotiy tajriba-lar, qarashlar, fikrlar, xatti- harakat sabblari kabilarni, faqat boshqa tadqiqot metodlari bilan birga qo'llash orkali aniqlash mumkin.

Boshqa metodlar kabi test metodining ham bir kancha afzalliklari bor. Testning foydali tomonlaridan biri shuki, undagi topshiriklar chuqur uylangan va eksperemental sinalib aniq bayon qilingan bo'ladi. Shuningdek, testlar qisqa vaktda tadqiqotchini qiziqtirayotgan o'quvchining ba'zi belgilari - bilimi, tushunchasi va boshqalar haqida yaxlit shakldaga ma'lumotlarni ochib beradi.

Testning yanada muhimrok afzalligi uning ob'ektivligidir. Ma'lumki, ba'zan o'qituvchilar o'quvchining ishlari va uning o'zini baholashda o'zlari xoxlamagan holda sub'ektivizmga yo'l kuyadilar. Buni ular ko'pincha o'z o'quvchilarining yaxshi bilishlari, ularni ko'p yillardan buyon kuzatishlari, ularning ishonishicha ishda yuz bergan ba'zi noaniqliklar tasodifiy ekanligi ta'kidlashlarda kurish mumkin. Xakkatda ham shunday: yaxshi o'qituvchining baxosi o'quvchining alohida ishining baxosiga karaganda aniqrok harakterlanadi. Lekin har - xil maktablardagi katta xajmdagi sinflarni o'rganishda “ sub'ektivlikka” asoslanilsa haqiqiy manzara bo'zib berilishi mumkin. Har - xil sinflarda ma'lum sharoitda kattik nazorat ostida utkazilgan testlar natijasida olingan informasiyalar ancha ishonchli va ob'ektiv bo'ladi. O'rganishning shunday sohalari ham borki, ularda testlar kulay va aynan mos metod hisoblanadi.

To'g'ri va moxirona kullanlgan testlar shunday ma'lumotlar olish mumkinki, tadqiqotchi bunday ma'lumotlarn boshqa xech qanday yo'l bilan ola olmaydi.

Testlarning bir kator turlari bir necha yillar davomida sinovdan utdi. Bo'lar:

1. Rossolima metodi: turli kesilgan kub, uchburchak, noto'g'ri figuralar va boshqalarni birlashtirib biror narsa yasash Bu metod bolalarning konstruktorlik kobilyatlarini aniqlashga yordarm beradi, bolaning fantaziyasi va mustaqilligi haqida tasavvur beradi.

B. Zbbingauz va Geylbronnerning tuldirish metodi: bunda bolalar qoldirilgan harf, so'zlarni tuldirishlari, rasmni kolgan qismini tugallashlari lozim va boshqalar. She'rlarda ba'zan bir - ikkita so'z yoki katorda bir so'z qoldiriladi, ba'zan esa bir kator ham qoldirilishi mumkin. Bolaga oldin kiyin topshirik beriladi. Masalan, bolaga oldin ko'p joyni tuldirish lozim bo'lgan rasmni tuldirish topshiriladi. Agar bolaning tuldirishi originaldan ancha farq kilsa, unda bolaga boshqa topshirik, ya'ni ozrok joyni tuldirish lozimbo'lgan rasm beriladi. Bunday topshiriklar bolaning kurgazmali tasavvuri darajasini aniqlashga va o'ziga tanqidiy qarashi darajasini aniqlashga yordam beradi.Biror sifatni o'rganishga kullanilgan metoddan ( masalan, dikkat) shaxsning boshqa sifatlarini ham o'rganishga qo'llash (masalan, iroda) metodi. Bu priyomdan testlarning asoschisi A. Bine foydalangan edi va u kobilyat ba'zan dikkat, xotira, iroda va boshqalar harakterida ham kurinadi degan edi.

Testlarning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:

1) bir- biriga o'xshash uchta romdan bitta yaxshisini ajratish;

2) xotiraga asoslanib, xafta davomidagi voqealarni ta'riflash;

3).rasmdagi narsalar turli masshtabda tasvirlangan. Qaysi kattalangan, qaysi kichraytirilgan va qaysisi haqiqiy ulchovga to'g'ri kelishini aniqlash;

4)oldindan ma'lum tushunchaga yaxshirok ta'rif berish (masalan, Qush deb nimaga aytiladi?

5) iboradagi be'manilikni, so'zlashdagi xatoni topish;

6) 20 dan birgacha teskari sanash ( sarf qilingan vakt );

7) urtogining ogzaki tasviriga binoan binodagi bir-biriga o'xshash ikki manzaradan birini aniqlash;

8) kucha maketiga harakat qoidalarini tartibga soluvchi belgilar qo'yib chiqish;

9) fikrlashni talab qilgan savolga javob berish: “ Agar yonib turgan gugurt benzinga tushsa nima bo'ladi? Neftga tushsa-chi?

Yogga tushsa- chi?

10). xikoyada xakikatga to'g'ri kelmaganlarni uchirish;

11). xikoya qilgan voqea yoki hodisaga munosabatni aytish.

Testlardan foydalanishda bir kancha umumiy qoidalarga rioya qilish zarur:

1. Oldin test yordamida nimani aniqlash mumkinligini aniq belgilash lozim; tarbiyalanganlik darajasi, qiziqish sohasi, layokati va x. Keyin o'rganilayotgan narsaning mezonini aniqlash.( ma'lum sifatning belgilari ro'yxati, shaxsning ma'lum tomonlarini tarbiyalanganlik darajasi, kobilyatning muhim elementlarining mavjudligi va boshqalar). O'rganilayotgan narsaga karab bolalarni urgatish metodi va testlar kompleksi tanlanadi.

2. O'rganilayotgan sifatning ko'rsatkichlari, qanday belgilari va sohalarini u yoki bu test yordamida aniqlash mumkinligini belgilash

3. Qo'shimcha kiyinchiliklarga yo'l kuymaslik uchun test metodikasini puxta uylash. Bolalarning ishlashi uchun zarur sharoitlarniyaratish, testni o'tkazish uchun vaktincha chegaralarni aniqlash, olingan ma'lumotlarni tuplash va ishlab chiqish yo'llarini puxta uylash. Shuningdek, testlarda o'quvchilar bilimini aniqlash lozim bo'lganda kiyin ilmiy terminlarni( maktab o'quv predmetlarida utilmaydigan) ishlatilmagani ma'kulrok.

Shuni ta'kidlash lozimki, testlar darsliklardagi ba'zi paragraflar yoki ularning bo'limlaridan kuchirib ham berilmasligi lozim. Chunki bunday hollarda o'quvchi xech kiyinchiliksiz yoddan aytib berishi mumkin.

4.Testdan olingan ma'lumotlarni kuzatish natijalari, bolalarning tarbiyalanganlik darajalari haqidagi o'z ko'rsatmalari, boshqa tadqiqot metodlari yordamida o'rganilgan sifatlarni harakterlovchi materiallar bilan albatta solishtirilishi lozim. Chunki testboshqa an'anaviy metodlar bilan mustahkam bog'langandagina to'g'ri natija beradi.

5. Testlardan foydalanishda etika va estetika normalariga rioya qilish lozim. Afsuski, ba'zan noto'g'ri ism va familyalarni uchirish tavsiya etiladi, vaholanki bunday familyalar katorida ba'zan insoniyatning atokli namoyandalarining ism va familyalari ham bo'ladi. Shuningdek, topshirikni: “ Rasmdan eng chiroyli kishi tasvirini uchiring”, tarzida ham berish mumkn emas. Bunday hollarda “ eng yaxshi tasvirni doira ichiga oling” deb berilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

6. Testlar uyin, musobaka yoki sinov tarikasida utkazilishi mumkin.

7. Test materialari asosida kim sinovdan uta olmagani, uning g'oyaviy, aqliy, axloqiy sifatlari haqida umumlashtiruvchi xulosalar chiqarish mumkin emas. Faqat dikkatining xususiyatlari, xotirasining harakteristikasi, taffakurning o'ziga xosligi, ko'zatuvchanligi haqida fikr yurgizish mumkin. Testlar yordamida tekshirish natijalari bilan har bir kishini tanishtirish uni o'z- o'zini tarbiyalash topshiriklarni aniqlashga kamchiliklarini yo'qotishga yordam beradi.

Reyting - baholash metodi, yoki yaxshi bilgan kishilarning muloxazalariga asoslangan psihologik ulchov.Boshqacharok aytganda, reyting bevosita kuzatish metodi, ma'lum bir hodisani o'rganganda uni juda ko'p yillardan buyon ko'zatib yurgan odamning baholashlariga asoslangan bevosita kuzatish metodi.

Bu metodni ishlab chiqishda birinchilar katorida B.G. Ananev harakat qildi. U o'qituvchilarning bolalar haqidagi emperik bilimlarini psihologik bilimlar manbaiga aylantirish masalasini ishlab chikdi. 20 - 30 yillarda bu metod juda keng kullanila boshlandi.Amerikalik olimlar - Krech, Krachfild, Torndayk va Xagenlar ishlarida bu metod maxsus ishlab chiqilgan.

Reyting sharoitda ko'zatilgan ma'lumotlarni har - xil baholash yo'li bilan son mikdorida ifodalash mumkin, bu esa natijalarni va olingan ma'lumotlarni tahlil qilishni, hisoblashda matematik apparatlardan keng foydalanish imkonini beradi. Reytingda tadqiqotchi “ sudyalarga” o'zi yaxshi bilgan kishining u yoki bu sifatlarini baholab berishni iltimos qiladi. Baholash bir kancha o'ziga xos belgilar buyicha va bir butun utkazladi. Baholash individning “ urnini”, “ sudyalar” ko'rsatgan, ba'zan esa respondentning o'zi ko'rsatgan ketma - ket shkalalar yordamida olinadi. “ Sudyalar” individga sortlarga ajratish va ularn o'zaro solishtirish mumkin bo'lgan belgilardek munosabatda bo'ladilar. Buning uchun esa yoki ko'p “ sudyalar”, yoki ko'p baholar kerak.

Reyting metodini to'g'ri kuzatish metodidan afzallik tomonidan biri shuki, u juda tejamli. Masalan: tadqiqotchilardan o'quvchi va o'qituvchilar faoliyatiga tavsif berish uchun ancha ko'p vakt talab qilinadi. Ularning ish tizimini o'rganish undan ham murakkabrok. Reytingda esa tadqiqotchiga pedagogik jamoaning muloxazasi alohida kimmatga ega bo'ladi. Har bir o'qituvchi o'z o'quvchilarining shaxsiy sifatlari haqida aniq va oddiy bo'lsada real tasavvurga ega, har bir maktab direktori va ilmiy bo'lim mudiri o'qituvchi haqida uning o'quvchilari, ota- onalar, ishdagi o'rtoqlarining fikrlarini eshitadi. Agar direktor yoki uning o'rinbosari ko'p yillar davomida shu maktabda ishlayotgan bo'lsa, tadqiqotchini qiziqtirayotgan kishilarning bilimi, shaxsiy xususiyatlari va o'qituvchilar, o'quvchilar faoliyatining xususiyatlarini yaxshi biladilar, reyting metodi asosida bo'larni samarali umumlashtirish mumkin. Bu tadqiqotchining o'zini kuzatishiga ketgan vaktdan kam vaktni talab qilinadi.

Reyting yutuqlaridan yana biri shuki bunda kuzatuvchi sudyalar maxsus psihologik tayyorgarlikka ega bo'lmagan lekin o'zlari bilan ishlayotgan kishini yaxshi bilgan, amaliy psiholog kishilardir. Shuningdek, baholash jarayoni kompetent sudyalarda qiziqish uyg'otadi, ularni boshqa kishilarning shaxsiy sifatlari va faoliyati haqida o'ylashga o'rgatadi.

Reyting metodining bosh kamchiliklaridan biri shuki, biz komponent ( yaxshi bilgan kishilar) ning sub'ektiv mulohazalariga asosan xulosalar chiqaramiz. Shuning bilan birga tadqiqotchining o'z kuzatuvchilari ham sub'ektivlikdan holi emasligini unutmaslik kerak.

Maxsus tadqiqotlarda baholash prosessida sudyalar yo'l kuyadigan ba'zi tipik xatolar ham uchrashi aniqlangan. Bo'lar:

1. Oliy himmatlik xatolar. Komponent shaxslar o'zlariga tanish bo'lgan kishilarga ancha yuqori baxo berishga intiladilar, ko'proq ularning ijobiy xislatlarini aytib, kamchiliklari haqida kam gapiradilar.

2. Markaziy tendensiyadagi xatolar. Sudyalarko'pincha shkala buyicha oxirigacha muloxaza yurita olmaydilar ( ayniksa o'zlari yaxshi bilmagan kishilar haqida).

3. Tarafkashlik yoki g'arazguylik, bir kishining boshqa kishining sifatlarini baholashi ko'pincha unga bo'lgan ijobiy, salbiy munosabatlari asosida bo'lishi mumkin.

4. Logik xatolar. Sudyalar ba'zan xususiyatlarga analogik baholar beradilar, ular bu baholar logik o'zaro bog'liqka uxshaydi.

5. Kontrast xatolar. O'zining xususiy sifatlari bilan solishtirib birovlarga baxo berish tendensiyasi.

6. Yakinlik xatosi. Makonda va katda ikki baholanayotgan sohaning yakinligi ularning yuqori darajadagi interkorryusiyasiga olib keladi.



9-MAVZU: SOSIOMETRIK METOD VA PEDAGOGIK EKSPERIMENT

(2-SOAT)

Reja:

1.Sosiometriya metodi.

2.Sosiometrik metodikadan foydalanishda amal qilinadigan qoidalar.

3.Pedagogik eksperimentning mohiyati.

4.Pedagogik eksperiment ob'ektlari.
Sosiometriya so'rash yoki xulqini yozib borish asosida o'zaro munosabatlar strukturasini aniqlash uchun xizmat qiladigan ilmiy- tadqiqot metodidir.

Sosiometrik metod bolalar jamoaida, oila va guruhda tarkib topgan munosabatlarni aks ettiradi. Munosabat o'z navbatida mazkur o'quvchi faoliyatida mazkur o'quvchi faoliyatining natijasini aks ettiradi. Shuning uchun ham sosiometrik metod intervyu va anketalar kabi an'anaviy metodlardan ham ishonchlirok. Albatta sosiometrik metodning tarkibiy qismi anketa, lekin anketaning o'zigina tadqiqot ma'lumotlarini asoslash uchun etarli bulmaydi. Sosiometrik metodika bir kancha priyomlar kompleksidan iborat:

1. Savol - javob anketasi o'tkazish: “ Sen kim bilan bir partada o'tirishni xohlar eding?”, “Maktabda kim bilan navbatchi bo'lishni xoxlaysan?”, “ Sen kim bilan turistik paxodga borishni mo'ljallaysan? va xokazolar.

2. O'z tengdoshlarini baholovchi varak tuldirish:

3. Bevosita tanlash metodikasi: Masalan, har bir oltinchi sinf o'quvchisi har - xil tasvirli 5 ta otkritkaga ega. U bu otkritkalariga bayram tabriklari yozib pochtalonlar orkali egalariga yuboradi.

“Pochtalon” kim kancha va kanaka otkritkalar olganligi kayd qilinadi va shu asosida jamoadagi har xil aloqalar yoktirish va yoktirmaslik, o'zaro munosabat va shu kabilar aniqlanadi.

4. Ko'rsatilgan shaklda sinf buyicha topshiriklarni bo'lib berish: o'z o'rtoqlaringdan quyidagi jamoat topshirikdarini yaxshi bajara oladiganlarini familiyalarini ayt:

1. Sinfkom.

2. O'quvchilar kumitasi raisi ( uchta familya)

3. Devoriy gazeta redkollegiyasi ( uchta familya).

4. Madaniy tashkilotchi.

5. Fizorg.

6.Kichkintoylar etakchisi (kichkintoylarni yoktiradigan bolalardan uchta familya).

7.Sanitarlar(ozoda va talabchan tengdoshlaringdan).

8. To'garak rahbarlari(kaday tugarakka, kim?)

Shunday kilb, alohida o'quvchilarning bir-birlari bilan aloqalari grafiklari to'ziladi va bu aloqalarning kamchalik mustahkamligi aniqlanadi. Shu asosda bir-biriga yakinlashadigan alohida o'quvchilar guruxi ajratiladi. Eksperiment davomida bu guruhlar turli topshiriklarni bajarishlari va har xil faoliyat turlari bilan shug'ullanishlari lozim. Asta - sekin keyinchalik aktiv bo'ladigan etakchilar tanila boshlaydi. Ishning bunday tizimsi jamoaning shakllanishini tezlashtiradi va jamoaning shaxsga effektiv ta'sirini ta'minlaydi va boshqalar.

Sosiometrik metodikadan quyidagilarni hisobga olgan holda foydalanish lozim:

1. Anketa, suxbat, intervyu va o'z - o'zini baholashlarni qo'llashda qo'yiladigan talablarga to'liq rioya qilish zarur. Tadqiqot ob'ekti haqida etarli ishonchli ma'lumotlar majmuini beradigan priyomlarning o'zaro aloqasini aniq planlashtirish.

2. Sosiometrik metod bilan aloqador bo'lgan va har doim ancha murakkab harakterga ega bo'lgan munosabatlar doirasi, munosabatlar ob'ekti va shunga o'xshashlarning echimlarini tanlash. Masalan, o'quvchilarga faoliyat turlarini tanlash uchun imkoniyat yaratiladi, ya'ni tugarak, guruh yoki brigadalardan qaysi biriga ular ishlashni xoxlasalar tanlashlari mumkin bo'ladi. Tanlash sabablari har xil bo'lishi mumkin: o'rtoqlari bilan birga bo'lish, ishga qiziqish, o'rtoqlari ishonchini kizinish, o'qituvchiga xurmat, yangi ishda kuchini sinash va hakozolar. Xatto o'quvchi kim bilandir bir partada utirsa ham uning tanlash sabablari har xil bo'ladi: urtogiga yordami, undan yordam olish, o'z tengdoshlari bilan ishlashga qiziqish, jamoada nokulay holda bo'lganda o'ziga “kuchli ximoyachi” topish va xokazolar. Sosiometrik metod shunday tashkil qilinishi kerakki, jamoadagi munosabatlar harakterining sabablari ochib berilsin.

3. Olingan ma'lumotlarning sifatini nazorat kiluvchi tizim bo'lishi lozim. Buning uchun birinchi bosqichda /unga katta bulmagan tipik guruhlarda/ tanlangan metod kullaniladi. O'quvchilar o'zlarining javoblari, tanlashlari sabablarini tushuntiradigan maxsus suxbat va intervyular yordamida sosiometrik metod tekshiriladi, olingan ma'lumotlar boshqa tadqiqot metodlari yordamida tekshiriladi.

Har xil faktning ob'ektivligi, material sifrining to'g'riligi ta'minlash uchun

sosiometrik tekshirishda bolalar va jamoaning umumiy rivojlanish darajasi haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lish muhim.

Psixologo - pedagogik tadqiqotlarda biografiyalarni o'rganish tajribasi ancha vaktdan beri kullaniladi /1875 y./ Galtonning irsiyat va talant haqidagi ishi biografik materiallarga asoslangan. Shuningdek biografik metodaning bush tomonlari ham bu ishda aniqlangan, avtorning sub'ektiv pozisiyasi shunga olib keladiki, biografk material tadqiqotchining ma'lum bir konsepsiyasiga asoslanadi va talkin qilinadi. Galton Darkinning mashxur turlari geneologiyasiga murojaat etib, Erazm Darvin, insonning paydo bo'lish nazariyasining asoschisi Charlz Darvinning bobosi, tabiatshunos olim va shoirlik kobiliyatiga ega bo'lgan. Charlz Darvin ongning ilmiy zapasini bobosidan “olgan” deb hisoblaydi. Galton o'zining poetik belgilarni taniqli karimdoshimdan olganman deydi. Atokli kishilar biografiyasi va doimo ko'plab /kichkina farqlar/ va deyarli har vakt u yoki bu konsepsiyaningtasdigni topish mumkin.

1920 yilda N.Rbnikovaning “Biografiyalar va ularni o'rganish” degan qiziqarli kitobi chikdi. Avtor shaxsning shakllanishini tadkiki qilishda biografik metod qanday ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatdi. Buyuk shaxslar shakllanishidagi o'xshashlik va farqlarni taqqoslash asosida inson individualligi va talanti vujudga kelishining umumiy tendensiyalarini topish mumkin. Biografik metod bir shaxsning tugulishidan umrining oxirigacha kadar shakllanishi haqida maksimal katta xajmdagi informasiyalarni beradi. Biografik metodda ba'zan kamchiliklar ham uchraydi. Ko'pincha biografiyalar atokli kishilar hayotini ancha sub'ektiv holda bayon etadilar, tadqiqotchilar aniq faktlar urniga ba'zan estaliklar va afsonalardan, zamondoshlarining tekshirilmagan xikoyalari va boshqalardan foydalanadilar.

Shuning uchun ham har qanday biografiya maxsus tekshirilishi arxiv fondlari bilan biografik material solishtirilishi lozim.

Biografiyani o'rganishdan oldin material analizining konsepsiyasini ishlab chiqish zarur. Ya'ni biografiyadan nimani olish,nima uchun va uni qanday yaxshi bajarish mumkin kabi.

Biografiyaning ilmiy analizi quyidagi usullardan foydalanganda chukurrok bo'ladi:

1. Dunyodagi bulib utgan voqea va hodisalarni atokli kishilar hayoti bilan bog'lash, uning axlokidagi ichki motivlari va tashqi stimullarini kurish.

2. Hamma muvaffaqiyatsizliklarni faqat tashqi nokulay sharoitga tunkamasdan, balki shaxsiy nomukammallik elementlari va kamchiliklardan izlash.

3. Shu vaktning o'zida atokli kishilarning muvaffaqiyatini ularning o'zlarida hosil qilgan ijobiy sifatlari bilan tushuntirish, ayniksa bunday sifatlar kiyinchiliklar va qarshiliklarga qarshi ko'rashda aniq namoyon bo'ladi va shakllanadi.

Atokli kishilar hayotini ularning zamondoshlari hayoti bilan taqqoslash, yoki bu davr, sinf namoyondalarining biografiyalari va axloklari bilan taqqoslash.

4. Biografik materiallarni arxiv materiallari, xujjatlari bilan tekshirish, atokli kishilar hayotidan olingan bir voqea yoki hodisaning o'zini bir kancha shaxslarning esdaliklari bilan solishtirish, biografiyani oxiriga kadar xujjatlashtirish.

5. Atokli kishi hayotini qarama - qarshiliklar ko'rashida ko'rsatish, qiziqishlar tuknashuvida, atvori va o'z - o'zi bilan konfliktda ko'rsatish ya'ni, biografiyani hamma plyus va minusiga kadar ob'ektiv analiz qilish. Shunday kilmasa biografiyadan aniq , ilmiy, ishonchli material olish kiyin.

Biografik metoddan bolalarga psihologik - pedagogik harakteristikalar yozishda foydalanadi. Ular har - xil tiplardan iborat: Monografik harakteristika bola ma'naviy dunyosining umumiy kurinishi, uning asosiy sifatlari, shaxsning yo'nalishlari bilan qiziqishlari, extiyoji va motivlari o'rtasidagi o'zaro aloqa-lar va xokazolar. Maxsus harakteristika ( shakllanish tarixi, u yoki bu sifatlarning tarbiyalanishi va boshqalar) turli faoliyat turlariga, kattalarga, tengdoshlariga, o'z-o'ziga harakteristikaning bu turlari har bir konkret pedagogik tadqiqotda tadqiqot muammosi va predmetiga karab kullaniladi.

Eksperiment ( lotincha - sinab kurish, tajriba)tadqiqotining etakchi metodi hisoblanadi.Eksperimentning maqsadi maxsustashkil qilingan sharoitda, tadqiqotchining kontrolligida pedagogik prosess, hodisa, pedagogik munosabat va boshqalarni o'rganish.Eksperiment natijasida faqat pedpgogikaning eng murakkab muammolari o'rganilib kolmasdan, balki yangi didaktik va tarbiyaviy tizimlar yaratiladi.

Eksperimentning mohiyati shundan iboratki, tadqiqotchi sharoitni, tarbiyaviy prosess mazmuni va metodlarini turli kurinishda o'zgartiradi va bu bilan qaysi variant to'g'riligini tekshiradi. Keyin u olingan faktlarni umumlashtirib, analiz qilib. takkoslab, bosh va ikkinchi darajali belgi, komponent va boshqalarni ko'rsatib tushuntiradi. Shunday asosda, o'rganilayotgan hodisaning mohiyatini ochib beruvchi nazariya yaratiladi.

Eksperiment nazariyasi, uning ilmiy asoslari L.F. Lazurskiy tomonidan ishlab chiqilgan edi, keyin bu nazariya bir kancha olimlarning ishlarida aks etdi. ( N. K. Bauman, V. I. Gmurman, M.N.Skatkin, S.G. Shapavalenko, G.I.Shukina va boshqalar).

Eksperimentda tadqiqot ob'ektini ilmiy aniqlash muhim ahamiyatga ega. Pedagogik eksperiment ob'ektlari quyidagilar bo'lishi mumkin.

Pedagogning ma'lum sharoit va yo'nalishdagi faoliyati va axloqiy qoidalar shakllanishining yangi usullaridan foydalanish jarayoniga rahbarlik qilishi.

O'quvchilar faoliyatining har- xil turlari va xususiyatlari uning yo'nalishi, harakteri va darajasi.

3. Bola shaxsi, uning tarbiya tizimi, pedagogik ta'sirlarga munosabati, bilim va axloqiy normalarini egallash yo'llari.

4. O'quvchilar jamoasi, uning tarkibi, yo'nalishi, alohida shaxsga ta'sir kuchi, jamoaviy faoliyat, shaxslararo munosabatlar va boshqalar.

Pedagogik eksperiment ob'ekti bolaga oilada, maktabda, kuchada va maktabdan tashqari muassasalar jamoalari tomonidan bo'ladigan ta'sirlar ham bo'lishi mumkin.

Eksperimentga tayyorgarlik va uni ishlab chiqish, tadqiqot yo'nalishida uning urni va maqsadini aniqlashni talab etadi. Eksperiment ikki qismdan iborat bo'ladi: ob'ekt bilan maxsus ish olib borish ( ta'lim - tarbiya mazmuni, metodi va shaklini o'zgartirish, maxsus sharoit yaratish, tarbiyalovchi munosabatlar tashkil qilish va boshqalar). Maxsus tashkil qilingan faoliyat natijalarini ro'yxatga oluvchi ma'lumotlarni tuplash ( kuzatish, anketa va oldin aytilgan tadqiqot metodlari ham kullaniladi).Eksperimental ishning birinchi bo'limi - bolalarga ma'lum tarbiyaviy maqsadlarga ta'sir metodlari va stimullari orkali tashkil qilingan sharoitlar asosida amalga oshiriladi ( rejim, an'ana, jamoa hayotining zavkli tomoni va boshqalar).



Tadqiqotchi hamma tashqi sharoitlar, boshqa tarbiyaviy ta'sirlarni nazorat ostiga olishi lozim, keyin bolaning ma'naviy dunyosiga ta'sir qiladigan, bir maqsadga ko'rsatilgan tashqi ta'sirlarni tashkil qilish lozim. Shunday sharoitlar yaratish lozimki, bu sharoit tekshirilayotgan jarayon, voqea va hodisalarni istalgan yo'nalishda rivojlanishiga xizmat kilsin. Buning uchun esa eksperiment o'tkazishdan oldin puxta tayyorgarlik kurish, pedagogik vaziyatni o'rganish lozim. Pedagogik munosabatlar pedagogik etika normalariga rioya qilingan holda tashkil qilinadi.Tadqiqotchi o'quvchilar, o'qituvchilar va tarbiyachilar bilan mustahkam aloqada bo'lishi, ular bilan birga “ yashashi” lozimki, xech kim o'zining tekshirilayotganligini, tajriba-daligini sezmasin.Tayyorgarlik davomida eksperimental ishni boshlashdan oldin zarur ma'lumotlar tuplanadi: eksperimentining texnikasi va metodikasi ishlab chiqiladi va shunday ishlab chiqiladiki, tashkil qilingan pedagogik faoliyat tashqi faktorlar ta'siriga yo'l kuymaydigan tarbiyaviy faktor bulsin. Eksperimentning mazmuni hozirgi zamon fanining tayanch g'oyalari va shu bilan bir vaktda tadqiqot faraziga asoslanadi. Sh.I.Ganelin farazni tadqiqotning o'zagi va yuragi deb atagan edi. Unda tadqiqotning nazariy asosi taxminiy bayon etiladi. Faraz faktlarni tuplash va olingan materiallarni analiz qilishga ma'lum yo'nalish beradi. Faraz tadqiqotning borishi va natijasini oldindan biladi va undan muammoni echilish loyixasi belgilanadi. Faraz tekshirilmagan g'oya bo'lganligi sababli ham unga ma'lum tavakkal bo'ladi va ba'zi xatolar, muvaffaqiyatsizliklar ham bo'lishi mumkin. Xato va muvaffaqiyat-sizliklarni turli yo'llar bilan kamaytirish mumkin: Birinchidan, fanning eng kiyingi yutuqlariga asoslanish lozim. Eksperiment ishimizda fanning yangi Qonun qoidalari etakchilik rolini o'ynashi lozim. Bu fanning etakchi g'oyalarini chukurlashtirsh va aniqlashtirishga yordam beradi, shuningdek, muhimi eksperimentni muvaffaqiyatli o'tkazishni ta'minlaydi. O'quv - tarbiyaviy jarayon kanchalik ilmiy tashkil qilingan bo'lsa, u shunchalik samarali bo'ladi va eksperimental ishlarni shunchalik, kurkmasdan dadillik bilan o'tkazish mumkin bo'ladi. Fanda yangini izlash hozirgi zamon pedagogika va psihologiya fani yutuqlariga tayangan holdagina mumkin bo'ladi. Esperimentda uchraydigan muvaffaqiyatsizliklarni oldina olishning ikkinchi yo'li - ilmiy izlanshni asta - sekin murakkablashtirib borish. O'quv - tarbiyaviy jarayonni birdaniga tamoman o'zgartirish mumkin emas. Bolalar bilan ishlashning yangi mazmuni va metodikasi maktab, sinf hayotiga asta- sekin kirib boradi. Tadqiqotchi o'zining namunasi, o'qituvchiga o'rtoqlik yordami orkali tarbiyaning yangicha turini o'rganishga yordam beradi, amaliy tajribada yangi metodikaning katta samarasiga ularni ishontiradi. Shuning bilan birga eksperimentda o'zini qiziqarli g'oya vaniyatlardan voz kecha bilish ham lozim.Bunda har bir muvaffaqiyatsizlik sabablarini izlash, ularni izlaganda faqat o'qituvchi kamchiliklari yoki o'qituvchining tarbiyalanganlik darajalaridan emas, balki farazlarning, gepotezalarning noto'g'riligidan izlash, muvaffaqiyatsiz-liklar va xatolarning sabablarini, ilmiy tushuntirish yo'llarini izlash lozim. Ekspermentdagi uchraydigan noto'g'ri voqea, hodisalarning oldini olishning uchinchi yo'li - uni muxokama qilish, ishni boshlashdan oldin, har bir etap oxirida va eksperiment oxirida uni ilmiy va pedagogik jamoada keng muxokama qilish. Jamoa muxokama natija-larini olingan faktlarni aniq va chukurrok tahlilqilishga yordam beradi. Tadqiqotchilik faoliyatini takomillashtirish yo'llarini ko'rsatadi. Eksperment samarasini oshirish va kamchiliklarning oldini olishning turtinchi yo'li - ilmiy tadqiqot guruxini tashkil qilish (ilmiy jamoa, ilmiy laboratoriya) Ekspermentda bir kancha har-xil hayotiy tajribaga, yoshga, kvalifikasiya va boshqalarga ega bo'lishgan shaxslarning qatnashuvi eksperimental ishni faqat ob'ektiv va har tomonlama baholash uchun foydali bulib qolmay, balki eksperiment metodikasini ishlab chiqish, xatolar va muvaffaqiyatsizliklarni tez va samarali yo'qotish, tadqiqotchi-lik faoliyatida tajriba almashish uchun juda foydalidir. Shuning uchun ham keyingi yillarda bir o'qituvchi rahbarligidagi student - tadqiqotchilar guruxi tashkil qilinayapti, bir yirik olim tevaragida o'qituvchi va aspirantlar jamoasi birgalikdagi kompleks mavzularni ishlab chikmokda.

Eksperiment solishtirish va taqqoslash asosida olib boriladi. Shuning uchun tadqiqotni shunday tashkil qilish kerakki, natijada solishtirish va taqqoslash imkoniyati bulsin( faktlar, sonlar).

Olingan eksperiment ma'lumotlarini taqqoslashda turli usullar kullaniladi:

1. Eksperiment sinflardan faktlar nazorat sinflar bilan takkoslagan holda olinadi.Bunda bir guruxdagi tarbiyalanganlik darajasi taxminan bir xil bolalar bilan bir guruxda maxsus ish va boshqasida odatdagidek, tipik ish olib boriladi.

2. 3 - 4 ta tarbiyalanganlik darajasi bir xil bo'lgan bolalardan tashkil topgan eksperiment sinflarga o'rganilayotgan xususiyat turli yo'llar bilan tarbiyalanadi.

3. Eksperiment ishlari bir xil stilda olib boriladi, lekin umumiy tarbiyalanganlik darajasiga ega bo'lgan har - xil guruxdagi o'quvchilar takkoslanadi: Masalan: bilishga qiziqish yaxshi, o'rta yoki kuchsiz o'zlashtiruvchi o'quvchilarda qanday shakllanadi, o'qituvchining talabiga jamoadagilar va egoistlar qanday munosabatda bo'ladi.

4. Yoshiga yoki jinsiga karab ijtimoiy axvoli yashash joyiga karab bolalarning tarbiyasi, o'z - o'zini tarbiyalash xususiyatlari takkoslanadi.

Shuning uchun ham eksperimentda solishtirish, taqqoslash muhim bo'lgan faktlarni qanday metodlar bilan, qaysi vaktda va o'quvchilarning qaysi guruxlaridan olish, qaysi o'quvchilar guruxlarini o'rganish taqqoslashning ob'ekti qilib olish lozimligini eng avval aniqlash lozim.


10-MAVZU: PEDAGOGIK AMALIYOTNI O‘RGANISH METODLARI

(2-SOAT)

Reja:

1. Pedagogik amaliyotni o‘rganish metodlari haqida tushuncha.

2. Kuzatish metodi.

3. Anketa va suhbat, inrvyu metodlari.


Asosiy tushunchalar: kuzatish –ilmiy tadqiqot metodi, kuzatish obyekti, bola faoliyati, reja, dastur, tahlil, anketa,, tadqiqot metodi, savollar, sotsiologiya, psixologiya
Kuzatish - pedagogikadagi boshqa metodlar orasida eng ko‘p uchraydigan metod. Bolalar holatini o‘rganishda kuzatish metodining mohiyati, faktlari to‘liq va aniq hisobga olishda hayotiy tajriba bilim, va malakalarni tasvirlashga yordam beradi.Kuzatish bu taffakur bilan mustahkam bog‘langan idrokdir” - deb, ko‘rsatiladi. Pedagogik enseklopediyada ( pedagogicheskaya enseklopediya, T.SH. 10 bet, 1966)

Ilmiy kuzatishlarning muhim tomoni - kuzatish zarur bo‘lgan umumiy predmetning asosiy tomoni kurmok, hisobga olmok, faktlarni guruxlamok, hodisalarning yo‘nalishini aniqlamokdir. Birinchi ko‘zatilgan hodisalarning bir - biriga o‘xshashlik tomonlarini ayrimlik belgilarini ajratmok, hodisalarni klassifikatsiya qilish va yigilgan fakt va natijalarni umumlashtirishdan iboratdir.Kuzatishni idrok va tafakkurdan ajratib bulmasligi, ya’ni kurilgan ko‘zatilgan narsalarni aniq, to‘liq va mantikiy, obyektiv holatda tasvirlashdan iborat. Kurilgan va ko‘zatilgan narsalardan eng muhimlarini, kimmatli zarur narsalarni kuzatish maqsadga muvofiq. Voqea, Hodisa va faktlarning aniq borishi sodir bo‘lish jarayonini pedagogik kuzatish metodi yordamida ogzaki va yozma nutq bilan tasvirlash imkoniga egadir. Kuzatish tadqiqot metodidan to‘g‘ri foydalanish uchun o‘zok va to‘g‘ri tayyorgarlik zarurdir.

Pedagogik tadqiqotlarda kuzatish metodidan foydalanishning yo‘llari L. V. Zankov, V.I. Juravlev,I.I. Monoszon, M. Skatkinlarning kitobi va monografiyalarida ifodalangan. Olimlarning qarashlarida kuzatish metodi ayrim hollarda bir - biri bilan solishtirib o‘rganish demakdir. Yoki kuzatish metodiuniversal tadqiqot metodidir. Kuzatish metodi voqeani turlichatasvirlashi mumkin yoki qisqartirilgan holatda ham o‘tishi mumkin. Kuzatish natijasida fktlarni shundayligicha tasvirlash mumkin va jamoada shaxs shakllanishining tarbiyaviy holatini ham o‘zicha tasvirlash mumkin. Demak, kuzatish tadqiqot metodi - bola holatining shaxs va jamoaning shakllanishini o‘rganish va tarbiyalashni solishtirishda eng muhim va kulay tadqiqot metodlaridan biridir. Qisqa qilib aytganda, kuzatish metodi yordamida fakt va voqealarni aniq tasvirlash mumkin va ayrim apparatlar hodisa va faktlarning ichki psixik jarayonini sodir bo‘lishi sabablarini hisoblab berish mumkin.

Fanda kuzatish metodining bir necha turlari mavjud.Ilmiy xodim voqea va hodisalarni qanday holatda o‘rganishga karab ularni keraklilarini tanlaydi. Adabiyotlarda pedagogik jarayonda kuzatishning obyekti haqida material yoritilgan. Refleksologiyaning vakillari kuzatish obyekti deb stimul va reaksiyani oladilar. (Masalan, o‘qituvchi- ning so‘zi stimul, o‘quvchining javobi esa reaksiya)

Hozirgi sharoitda pedagogik kuzatishning № 1 obyekti deb, bola faoliyatini karamokda. Bu faoliyat faqat bola atrofini urab to‘rgan voqealik bulib bola uni karab turmasdan balki o‘rganadi.Masalan, o‘rtoqlari va boshqa odamlar, jumladan katta kishilardan faoliyat harakteri unga munosabati, faoliyat jarayoni munosabati- pedagogik kuzatishning asosiy obyekti hisoblanadi. Pedagogik kuzatishning muhim obyektlaridan birinchisi bola o‘z hayotida munosabatda bo‘ladigan narsa va predmetlardir.

Olam juda boy narsalardan iborat bulib faqat uni kuzatsa bilish zarurdir. Narsalar, predmetlar bola uchun olamni bilish vositasidir. Narsalar atrof bilan muomala qilishdan xabar beradi.

Hozirgi vaktda bolalar ijodkorligining mahsulotiga ko‘prok e’tibor berilmokda. Bola chizgan rasm va u yasagan modeldan oz bo‘lsada uning hayotiy qarashi, u ko‘radigan predmetlarning obrazi ko‘rinib turadi. Masalan: aytish mumkin o‘g‘il bolalar yaxshi ko‘radigan va hamisha chuntaklarida ko‘tarib yuradigan narsa va predmetlarga yaxshi ko‘rgan kalami, ruchkasi, plamaster, pichok va markalar kolleksiya, yoki uningnarsalarga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatuvchi harakterli xislatlari o‘quv kurollariga bo‘lgan munosabatini, kitoblari, kundaligi, daftari va x.k. Bo‘larning hammasi kuzatish obyekti bulib, bolaning harkterini ochuvchi belgilardir.Bir yumoristik ertakda xikoya qilinishicha, bola holodelnik chiqishi kerak bo‘lgan lotoriya beliti topib oladi. U beletni bir tipratikonga almashtiradi. Bolalar ko‘pincha kattalarni narsalariga predmetlariga xavas qiladilar. Ular o‘zlarining ruchkalari, kalamlari, kitoblarini almashtirib turadilar. ular predmetdan foydalanib kolmasdan, balki predmetga karab o‘z harakterlarini ham o‘zgartirib turadilar. Ularning tarbiyalanganlik darajasi ham bilinib boradi.

Pedagogik kuzatishning muhim obyektlaridan biri bolaning nutqidir. Ma’lumki kishi o‘z nutqida hayotiy tajribasi, aqliy faoliyati va hududiy - milliy ko‘rsatkichlarini bildiradi.

Bola nutqini kuzatganda: bola o‘z nutqini kanchalik to‘liq va aniq ifoda etishi har - xil psixok holatda bola nutqining o‘zgarib turishi, o‘z so‘zini ongli ishlatishga etibor beriladi.

So‘zning mimika bilan ko‘z, yuz tuzxilishi harakati bilan ifoda etishi, so‘zning tezligi so‘zlar orasidagi pauza, to‘xtalish va boshqalarga etibor beriladi.

So‘z boyligining ko‘pligi, kamligi, so‘zni tamomlash, so‘z yordamida sodda va kiyin gaplarni tuza olish malakasi.

Yigilgan bu materiallarni hammasi bola temperamentdagi bolaning nutqi hamisha chaqqon, jo‘shqin, undovli gaplar ko‘pligi bilan suhbatdoshini o‘ziga tortadi. Xolerik tipdagi kishining ham nutqi hayajonli, jo‘shqin, ammo u aytadigan gaplarining bir nechasini tushirib qoldiradi.U o‘z so‘zida qaytarishlar qiladi va h.k.z.

Flegmatik temperamentdagi kishi ham hayajonli gapirish mumkin. Ammo u shoshilmaydi, uning nutqi boshqalarni hayajonga solishi, qoyil qoldirishi, o‘zini ko‘rsatish, muhokama qilishdan iborat yana bir temperamentdagi kishi borki u melanholika. Uning nutqida ham pauza bo‘lib turadi, ko‘proq birovlar nutqida sitalar keltirib turadi, o‘z fikri bilan biron narsani aytishga qo‘rqadi.

Umuman boalning nutqida tahlil qilish va kuzatish bilan bola rivojlanishining boshqa tomonlarini ham bilib olish mumkin.

Bola faoliyatini chukur tahlil qilish, uning faqat nutqining bilish bilan kifoyalanmasdan, bola yozgan xat va ma’lum darajada bolaning ayrim odatlari, harakter, temperamentidan darak beradi. Masalan: tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, agar xat ustida yozilgan adresga xat egasi o‘z familiyasi va ismini konvertning chap tomoniga yakinrok yozsa uning ish ustida puxtaligi, uylab ish qilishi kurinib turadi. Agarda shu familya va ism konvertning ung tomonida bo‘lsa, haraktersiz va mugombirligi bilinib turadi, yoki xatining tuzilishidan uning qanday temperamentda ekanligini ham bilish mumkin. Masalan ayrim kishilar o‘zining yozgan chiroyli yozishga urinadi ammo, uni to‘g‘ri va xatosiz yozishni uylamaydi. Ayrim kishi esa bir yozgan narsasining mazmunini yana uylab ko‘radi, xatolarini to‘zatadi, sungra xatni jo‘natadi. Ayrim kishilarning xati tez - tez o‘zgarib turadi. Demak bunday odamlar o‘z - o‘zlariga ishonchsiz bo‘ladilar.Ayrim kishining esa xati doimiy bir xil tartibda, kurinishli yoziladi. Demak bunday odamlar o‘z kuchiga va kobilyatiga ishonadi. Lekin kishi harakterini ko‘zatganda uning birgina xatiga karab baxo berish ham yaramaydi. Kishiga baxo berish uchun uning hamma tomonlarini to‘liq bilish lozim.

Kuzatishning muhim obyektlaridan yana biri aniq holatda bolaga ta’sir etish. Masalan, bola navbatchilikni bajarmaganda, sport uyini noto‘g‘ri bajarilganda, o‘qituvchi bilan bola o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lganda ko‘rsatilgan tarbiyaviy ta’sir berilgan tanbex natijasida bolaning tarbiyalanganligini aniq ko‘rsatuvchi holat bo‘lishi mumkin.

Bunday holatda bolaning kamchiligi bilan ko‘rsatilgan tarbiya natijalari hisobga olinib boriladi.

Bola hayotida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi (so‘z, ta’sir, mimika, manera va x.k.z.) bola harakteridagi ayrim qaytarilgan sifatlar ham hisobga olinadi.

Kuzatish metodini kullaganda faqat nimani kuzatish kerakligi bilan chegaralanib kolmasdan, balki buni qanday qilish kerak degan masalani ham unutmaslik kerak. Bu yerda ilmiy kuzatish dalillarini hisobga olishdan farq qiladi.

Kuzatish bolaga ta’sir ko‘rsatish bilan birga qo‘shib olib boriladi, har - xil tarbiyaviy ta’sirdan bolalarning olgan reaksiya hisobga olinadi.

Kuzatish analitik harakterga ega bulib, bola xulqining u yoki bu sababi bilan bog‘lanishi, bolaga ta’sir etish va uning kamchiligini tahlil qilish xulqining yo‘nalishini o‘rganishdan iborat.

Kuzatish tizim bilan amalga oshiriladi. Buning uchun kuzatishning rejasi, to‘ziladi, unga ta’sir etishning tarbiyagaasoslangan yo‘nalishi ( masalan, tarbiyachi usmirning kamchiligini majlisda muxokama qilingandan keyin, u haqida jamoa va o‘rtoqlari bergan maslahatlarni, usmir kanchalik to‘g‘ri va xakkoniy tushundi, uni o‘ziga qabul qiladi va x.k.z. hisobga olib boradi.)

Bolaning tarbiyalanganligini bilish uchun o‘zok va muntazam aniq maqsad bilan kuzatish zarur.

Kuzatish tasodifan, yuzaki bulmasdan, balki tadqiqotchi bolaning hamma tomonlarini o‘rganish va hisobga olish zarur. Ayrim hollarda tadqiqotchilar faqat o‘zlarini qiziqtirgan tomonlarini o‘rganadilar holos.

Kuzatish jarayonida bolaning psixik holatini ham hisobga olish zarur.

Ko‘zatilgan voqea va faktlarni hisobga olishda, kishining xayolidan ko‘tarilgan muhim narsalarni harakter va mazmunini bo‘zib ko‘rsatmaslik zarur.

Kuzatishda ayrim bola yoki butun jamoa ko‘zatilish mumkin. Ayniksa ayrim bolalar bilan individual suxbatlar o‘tkazish orkali to‘liq natijaga erishish mumkin.

Shundan sung paxodga kim kancha tayyorgarlik kurishi kuzatishldi. va hisobga olinadi. Kim faol tayyorlandi, kim passiv, kim faol ishtirok etdi, kim passiv, kim tuskinlik qildi.

Bu kuzatish bolalar xulqini ko‘rsatuvchi birgina ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. (yaxshi, konikarli, yomon yoki) berilgan topshirikni bajara olmadi, berilgan topshirikni bajara olmadi, berilgan topshirikni bajarishga intiladi, berilgan topshirikni bajarishda o‘qituvchining yordamida muxtoj va x.k.z. Shu jumladan kizlar va o‘g‘il bolalarning topshirikni bajarishdagi harakati ham hisobga olinadi.

Ayniksa kuzatish natijalari sonlar bilan belgilash juda kulaydir. Dunda shaxsning tarbiyalanganlik darajasi son bilan belgilanadi. Olaylik o‘qituvchi mehnatsevarlik darajasi son bilan belgilanadi. Bunday holatda mehnatsevarlik darajasi belgilaydi: Mehnatda vijdonan qatnashadi, mehnatda qatnashuvini ayta oladi, mehnatga qatnashishga intiladi va halol ishlaydi, mehnatda o‘zok muddat bilan ishtirok etishga layokatli va x.k.z. Bu yerda bir necha mehnatsevarlik ko‘rsatkichlari hosil bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar bolaning yoshiga karab besh va undan ortik bo‘lishi mumkin. Eng yuqori ko‘rsatkich “ besh” undan sal pastrok ko‘rsatkich “ turt” yoki chetdan mehnatni talab qilib ishlatsa “ uch” ayrim holda qatnashadi, ayrim holda mehnatga qatnashmaydi “ ikki” umuman dangasa ishlamaydi- “ bir” baholanishi mumkin.

Sungra shu baxo normalari asosida o‘quvchilar faoliyati ustidan kuzatish olib boriladi va ayrim daftarga uning natijalari hisobga olib boriladi. Bu kuzatishni quyidagicha tablitsaga joylashtiramiz.

O‘quvchilarning hammasi ustidan kuzatish olib borilgandan sung tuplangan materiallarga asosan, quyidagi mehnatsevrlik ko‘rsatkichlari hosil buldi.

- o‘quvchilar mehnatsevarligining yaxlit darajasi

- kiz va o‘g‘il bolalarning har - xil mehnatga munosabati

- u yoki bu faoliyatda faol darajasi.

- har - xil sharoitda, mehnatga bog‘liqlik munosabati, mehnatni tashkil qilish va uning maqsadini tushunishi va boshqalar. Shu ko‘rsatkichlardan sung har bir ko‘rsatkichuchun alohida tablitsa tuzilishi mumkin.

6 - “A” sinfning kishlok xujaligi mehnatiga munosabati.

Kuzatish natijasida tadqiqot uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar olinadi, bu ma’lumotlar keyinchalik o‘rganilgan jarayon va hodisaning samarali natijasini chiqarishga imkon beradi.

Kuzatishni o‘tkazishda ayrim zarur bo‘lgan qoida tartibga rioya qilish zarur bo‘ladi.

1. Kuzatishning umumiy rejasiga muvofiq bir kishi ko‘zatgandan ko‘ra, boshqa kishilar yordamida kuzatish, keyin olingan faktldarni bir- biriga taqqoslash. Kuzatishni bunday tashkil qilish subyektividan saklaydi. ( Ko‘zatuvchining dunyoqarashiga ilmiy yo‘nalishiga, hayotiy tajribasiga bog‘liqdir. Bundan tashqari uning holati, bolalarda bo‘lgan, o‘qituvchilarga bo‘lgan munosabati ham katta rol o‘ynaydi.)

2. Kuzatishni yashirin holatda olib borilishi lozim. Agar bola uni ko‘zatayotganliklarini bilib kolsa, o‘z harakatlarini vaktincha o‘zgartirishi mumkin. Ayrim tadqiqotlarda kuzatishni maxsus kinos’yomka yoki telerepartaj sezilmaydigan mikrofon yordamida magnitafonga yozib oladilar. Bunday holatda bolalar xonaga joylashtiriladi, xonaning bir tomoni kurinarli oyna bilan jixozlangan bulib, tadqiqotchi bolalarni oynadan ko‘rib turadi. Bunday holatda tadkikotchi bolalarga ko‘rinmaslikka harakat qiladi.

Ayrim tadqiqotchilar bolalar faoliyatini kuzatganda, o‘qituvchi yoki kuzatuvchi bulib kolmasdan, ular faoliyatiga aktiv ta’sir etuvchi munozara qatnashchisi sifatida ishtirok etadilar. Bunday holatda bolalar uning kuzatuvchi ekanligini sezmaydilar. Bajarilishi lozim bo‘lgan faoliyatga bolalar faol qatnashadi.

3. Kuzatilgan faktlarni aniq hisobga olish lozim, voqeaning davom etishi jarayoni, shaxsga ta’siri aniq hisobga olinadi. Kuzatish jarayonida kullanilgan ovoz yozuvchi apparatlar va kinos’yomkalar voqeaning sodir bo‘lishini aniqlashga yordam berishi mumkin, ammo jonli kuzatishning urnini bosa olmaydi.

4. Gurux ustidan taksimlangan kuzatishni sinab kurish. Buni uchun ko‘zutuvchilarnng har biri bolalar faoliyatining ma’lum qismi bilan shug‘ullanadilar. Shundan sung ko‘zatilar natijalarini solishtirib kurish, individual kuzatishlarning aniqligi va to‘g‘riligini tekshirib kurish.

5.Kuzatish yaxshi natija berish uchun , voqea va hodisaning kuzatish, bolalar faoliyatining o‘rganish uchun suxbat o‘tkazish, anketalar qo‘llash yaxshi natija beradi. Bunday vaktda tadqiqotchi o‘zining butun sezgi organlarini ishga solib ish kurishi kerak bo‘ladi. YA’ni o‘rtoqlarining holatini tushunishi, kattalar va bolalarning individual xususiyatlarini bilish, ularning temperamentlarini ajrata olishi zarur.

6. Kuzatish yakunida o‘z - o‘zini kuzatishni solishtirish. Bu maqsadda o‘z-o‘zini kuzatish kundaligini yuritish, o‘z - o‘ziga tavsif berish, bo‘lgan voqealar yuzasidan o‘quvchilarning esdaliklarini uyushtirish, bo‘larning hammasi ish joyidan repartaj olgandek qiziq va uyushgan holda tashkil qilinishi zarur.

Standartlashtirilgan eski rasmiylashtirilgan suxbatlar bo‘ladi. Pedagogik tadqiqotchilar standartlashtirilgan suxbatdan boshlanadi.Chunki u hayotiy vaziyatda, respondentga uning o‘rganilayotganligini bildirmasdan utkaziladi. Lekin bunday suxbatning yakunlarini yozib borish biroz kiyinchilik tugdiradi, ba’zan suxbat davomida tadqiqot maqsadga mos bulmagan informatsiyalar ham bo‘lib turadi. (ba’zan suxbatdosh boshqa narsaga qiziqib suxbat predmetidan tashqari chikib ketadi) Bunday suxbatlarni yozib borish kiyinligidan, uni yoddan yozishga to‘g‘ri keladi, bunday suxbatlarni tadqiqotchi savolning harakterini o‘zgartirishi, vaziyatga moslab olib borishi ham mumkin. Ba’zan shunday suxbatlar ham o‘tkaziladiki, uning uchun umuman savollar tayyorlanmaydi. Bunday suxbatlar shaxsning pozitsiyasi, uning xulqini chuqurroq o‘rganishga yordam beradi. Tadqiqotchi shunday savrllar beradiki, respondent o‘z halki savoblarini erkin bayon kila boshlaydi. Standartlashtirilgan suxbatda ma’lum izchillikda aniq to‘zilib chiqilgan bo‘ladi. Bunday suxbatdlar natijasida ro‘yxatda olish, uni analiz qilish va taqqoslash ancha yengil bo‘ladi.

Bu metodning kamchiliklariga vaziyatga chuqur kirib borish imkoniyatning yo‘qligi, to‘g‘ri ahamiyatli tushunchalarni hisobga olish imkoniyatini ta’minlaydigan xususiyatlarning yo‘qligi va shu kabilar kiradi.

Suxbatning bu turdagi kamchiliklar yarim standartlashtirilgan suxbat metodidan foydalanish hisobiga yo‘qotiladi. Bu metod o‘z ichiga aniq standartlashtiralgan savollarni olish bilan birga tadqiqotchi erkn foydalanishi va suxbat davomida o‘zgartirish mumkin bo‘lgan savollarni ham oladi.

Yarim standartlashtirilgan va standartlashtirilmagan suxbatlar muammo yetarli o‘rganilgan va xatto javoblarni ham bilish mumkin bo‘lgan davrda kullaniladi. Standartlashtirilmagan suxbatlar esa muammo hali o‘rganilmagan u bilan tanishish endi boshlangan davrda kullaniladi.



Download 231.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling