1. Pedagogikaning metodlari quyidagicha: Ta’limni insonparvarlashtirish


Download 0.5 Mb.
bet35/36
Sana21.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1641460
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
ped-psi

299. Ekologik, Iqtisodiy tarbiya

Ekologik tarbiya


Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning tabiatga ta’sir etish darajasi ham shunchalik ko‘p bo‘lar ekan. Aholi sonining tez o‘sib borishi natijasida ekologik muammolar ham ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, yer, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta’minlash haqidagi muamolar butun dunyo (global) muammolariga aylanib bormoqda.
Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigienik, yuridik, estetik, pedagogik kabi yo‘nalishlari mavjud. Bu yo‘nalishlar ichidan pedagogik yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ekologik muammolar inson faoliyati natijasida kelib chiqadi.
Pedagogik yo‘nalishda ekologik ta’lim va tarbiya berish ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim deganda o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.
Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir.
Ekologik ta’lim-tarbiya umumiy ta’lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo‘lib, maktabda barcha fanlarni o‘qitishda amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o‘rgata boriladi. 
Iqtisodiy tarbiya (tejamkorlik). Iqtisodiy tarbiya ham shaxsning barkamol shakllanishining zarur shartidir. Yoshlarni iqtisodiy tarbiyalash pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolaveradi. Bozor iqtisodiga o‘tayotgan bir sharoitda va keyingi rivojlanishda ham yoshlarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish muhimdir. Bu sohada hukumatimiz g‘amho‘rlik ko‘rsatmoqda va pedagoglarimiz tadqiqotlar olib bormoqda.
Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda tejamkorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob qilish qobiliyatini shakllantiradi. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam boyitilib, ilmiy asoslab kelingan. Bu borada Al-Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o‘rin tutishini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o‘z ishiga puxta bo‘lishi kerak. Shunda u o‘z mehnatining (o‘zgalarning ham) natijalarini o‘lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin.
142. Ta'lim jarayoni deganda nimani tushunasiz
Taʼlim — bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.
Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida Taʼlimning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan (qarang Pedagogika).
Taʼlim mohiyat-eʼtibori bilan dars berish jarayonini, yaʼni pedagog (oʻqituvchi) faoliyatini, umuman oʻquvchining bilish, oʻrganish faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda uqish jarayonini, yaʼni oʻquvchi faoliyatini bildiradi. Taʼlim jarayoni taʼlim beruvchi — oʻqituvchi va taʼlim olayotgan oʻquvchilar faoliyatining yigʻindisidan iborat. Taʼlim va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati oʻsadi. Taʼlim avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy vorislikni taʼminlaydi: kishilarning ijtimoiytarixiy tajribalari yosh avlodga Taʼlim orqali oʻtadi.
Taʼlim haqida turli nazariyalar mavjud. Baʼzi nazariyalar Taʼlimni jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy tuzilishiga bogʻliq boʻlmagan hodisa sifatida baholasalar (qarang Pedotsentrizm), baʼzisi Taʼlimning sinfiy xarakterga ega ekanligini, u jamiyatning har bir aʼzosida muayyan siyosiy, falsafiy, axloqiy, huquqiy qarashlarni shakllantirish maqsadi sari karatilganligini taʼkidlaydi.
Taʼlimning maqsadi obʼyektiv hayot talablariga muvofiq holda oʻzgarib borgani kabi, taʼlimning xarakteri, yoʻnalishi ham uning maqsadiga muvofiq oʻzgarib boradi. Taʼlim dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. Taʼlim bilish qobiliyatlari, qistuygʻular, idrok, shaxsni tarkib toptiruvchi kuchli omildir.
Taʼlim jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish — jamiyatning moddiy-texnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga yordam beradi.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling