1. Pedagogning kasbiy vakolatlari mazmuni "Kasbiy kompetensiya" tushunchasining ma'nosi O'qituvchining kasbiy mahorati
Reja: 1. Aqliy tarbiya haqida tushuncha
Download 460 Kb.
|
Pedagogikaning kasbiy kompetensiyalari Halollik va kasbga sadoqat
Reja:
1. Aqliy tarbiya haqida tushuncha 2. Aqliy tarbiyaning vazifasi 3. Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta‟lim berishning o'ziga xosligi Aqliy tarbiya haqida tushuncha Aql - keng ma'noda sezish va idrok etishdan boshlanib tafakkur va hayotni o'z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig'indisidir. Aqliy tarbiya - bu aqlni rivojlantirish maqsadida yoshlarga muntazam va maqsadga muvofiq pedagogik ta‟sir ko'rsatish. U yosh avlodning insoniyat to'plagan bilimlar, malaka va ko'nikmalarda, qoidalarda o'z ifodasini topgan ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashning rejali jarayoni sifatida ro'y beradi. Bu ta‟sir kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta'minlovchi xilma-xil vositalar, metodlar, sha- roitlar yaratishni o'z ichiga oladi. Odamning aqli, uning aqliy rivojlanishi bilimlar hajmi, xususiyati va mazmunida namoyon bo'ladi. Ular aqliy faoliyatning jo'shqinligida, mustaqil ijodiy bilishga intilishda o'z ifodasini topadi. Aqliy faoliyat diqqatning har doim ma'lum maqsadga qara- tilgan bo'lishini talab etadi. Kishining aqli uning asosiy faoli- yatida erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan belgilanadi. Aqliy tarbiyasi yetuk, o'tkir zehnli, zukko va zakovatli in- sonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donish- mandlik - bu donolik. Donolik insonning eng buyuk va olijanob fazilatidir. Donolik shunday bir noyob ne‟matdirki, u har kim- ga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bo'lsa kerak, xalq donoligida «Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo'lmas», deyiladi. Insoniyat paydo bo'lgandan beri odamlar orasida yetishib chiqqan barcha olim-u fozillar, shoir-u yozuvchilarning bar- chasi mukammal ilm egallash orqali o'z davrining e'tiborli kishilari darajasiga ko'tarilganlar. Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshg'ariy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqa- lar, g'arb olimlaridan Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy J.J.Russo va boshqalar mukammal ilm egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar yaratganlar. Tarixan ta'lim-tarbiya maxsus inson faoliyati sifatida shakl- lanib borish barobarida, ta'lim-tarbiya yakunida tarbiyalanuv- chining sifatlari, yani ta'limiy maqsadlar ham aniqlanib bordi. Xitoyning Samarqanddagi elchisi Vey Sizinning hisobotlari- da: «Samarqand aholisi mohir savdogarlardir. O'g'il bola besh yoshga to'lar ekan, unga savod o'rgata boshlaydilar», - deb qayd qilingan.Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ham ta‟lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgan. Unda «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo'lib hisob- lanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo, yaxshi o'qishni keyin esa yozishni o'rganishi bilan eng yuksak pog'onaga ko'tarilsin» deyilgan. Farobiy ta'lim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida inson takomilida ta'lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e‟tibor berish zarurligi, ta'lim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to'g'risida», «Aql ma‟nolari to'g'risida», «Ilmlarning kelib chi- kishi» kabi maorifiy asarlarida olimning ijtimoiy tarbiyaviy qarashlari o'z ifodasini topgan. Farobiy ta‟limning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni yetishtirishdan iborat deb biladi. Beruniyning bilimlarni egallash yo'llari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O'quvchilarga bilim berishda ularni zeriktirmaslik; uzviylik, izchillik, yangi mavzu- larni qiziqarli, asosan ko'rgazmali bayon etish va hokazolar- ga e'tibor berish kerakligini uqtiradi. Olim bilim oluvchilarga qalbni yomon o'zi sezishi mumkin bo'lmagan holatlardan, be- huda raqobatdan, shon-shuhratdan saqlanish zarurligini ayta- di. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta‟kidlaydi. Bu irsiyat, muhit, tarbiyadir. Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishning birinchi mezo- ni sanalgan bilim egallashga da'vat etadi. Bilimsiz kishilar jo- hil bo'ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk bo'lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o'qitish zarur deb biladi. U ta‟limda quyidagi talablarga rioya etish zarurligini ta‟kidlaydi: bolaga bilim berishda birdani- ga kitobga band qilmaslik, ta'limda yengildan og'iriga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolaning yoshiga mos bo'lishi, o'qitishda jamoa bo'lib o'qitishga e‟tibor berish, ta'lim berishda bola qiziqishini va qobiliyatini hisobga olish, o'qitishni jismoniy mashqlar bilan birga olib borish. Abu Ali ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan. Mushohada bilan idrok etishning birinchi bosqichi aqliy ka- tegoriyalarini tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich. Ikki xil fikrni idrok etish. Uchinchi bosqich. O'zlashtirilgan bilim, fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda u haqiqiy aql deyiladi. Olim aqlni 3 bosqichga bo'lar ekan, birinchi bosqichda yodlay oladigan, lekin hali harflarni ham, yozishni ham bil- maydigan bolalarni nazarda tutgan. Ikkinchi bosqichda tayoqchalarni chiza boshlagan, qalam- dan foydalanishni o'rganayotgan bolalarning aqli tasavvur qilinadi. Uchinchi bosqichda inson aql shakllarini va ularga muvofiq hissiy obrazlarni egallagan bo'ladi. Ibn Sino aql deganda insoning tug'ma iste'dodini, bilish jarayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi. Download 460 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling