1. pirls – bu … Tadqiqot natijalari va tahlillar
PIRLS tadqiqotida o‘qish savodxonligi – jamiyat tomonidan talab qilinadigan
Download 257.42 Kb. Pdf ko'rish
|
hsD11R1pM7EdbvU8fS3BlgpliMIfSUrNW0r8xZ5p
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tushunish jarayoni quyidagicha tasniflanadi
PIRLS tadqiqotida o‘qish savodxonligi – jamiyat tomonidan talab qilinadigan
va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatidir. O‘qish savodxonligining maqsadi badiiy tajriba orttirish va axborot olish va undan foydalanishdir. Tushunish jarayoni quyidagicha tasniflanadi. - Diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotlarni topish. - To‘g‘ridan to‘g‘ri xulosa chiqarish. - G‘oyalar va axborotni talqin qilish . - Kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish. PIRLS dasturi 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish, jumladan, badiiy va axborot matnlardan foydala olish hamda topshiriqlarni bajara olish ko‘nikmalari haqida ma‘lumot olish imkonini beradi. Demak, o‘qish savodxonligida matnlar badiiy matnlar va axborot matnlariga bo‘linadi. Badiiy matnlar asosiy mavzuga ega bo‘lib, u berilgan matndan tashqari o‘quvchi tomonidan umumlashtiriladi. Axborot matnlari o‘quv materiallardan olinmagan mavzuni yoritib berishi kerak. Xalqaro dastur natijalariga ko‘ra o‘quvchilarning matnni o‘qib tushunishlari oliy(625), yuqori(550), o‘rta(475) va quyi (400) darajalarda baholanadi. 2016-yildagi natijalar shuni ko‘rsatdiki, ko‘plab ishtirokchi mamlakatlar o‘quvchilarining matnni tushunish darajalari o‘rta va yuqori ko‘rsatkichni namoyon etdi. Taxminan, mazkur dasturda ishtirok etgan mamlakat o‘quvchilarining 96%i matnni tushunish bo‘yicha quyi darajani ko‘rsatgan bo‘lsa, shular orasidan 5 ta mamlakat eng past natijani qayd etgan. Faqat 10% o‘quvchilargina yuqori natijani ko‘rsatgan . ushbu natijaga erishgan o‘quvchilarning chorak qismidan ko‘prog‘i Possiya Federatsiyasi va Singapurlik o‘quvchilar ulushiga to‘g‘ri keladi. Yuqori darajaga erishgan o‘quvchilar - bu voqeliklar va murakkab muammolarni talqin qilish va baholay olish qobiliyatiga ega o‘quvchilar hisoblanadi. 2011-2016-yillarda qatnashgan 41 ta mamlakatning 5 yil davomidagi ko‘rsatkichlarida yuqoriga ko‘tarilish va pasayish kabi o‘zgarishlar kuzatildi. 2001 va 2016-yillar davomida 15 yillik ma’lumotlar sarhisob qilinganda unda qatnashgan 20 ta mamlakat natijalarida pasayishlardan ko‘ra ko‘proq o‘sish dinamikasini ko‘rish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling