1. pirls – bu … Tadqiqot natijalari va tahlillar
PIRLS matnlarining o‘ziga xos xususiyatlari
Download 257.42 Kb. Pdf ko'rish
|
hsD11R1pM7EdbvU8fS3BlgpliMIfSUrNW0r8xZ5p
- Bu sahifa navigatsiya:
- PIRLS da savollar soni va har bir matnga belgilangan ballar.
- Nazorat savollari
PIRLS matnlarining o‘ziga xos xususiyatlari :
*Aniqlik va mantiqiy bog‘langanlik *Matnlar mazmuni barcha ishtirokchi davlatlar uchun mosligi * Materiallarning o‘quvchilar uchun qiziqarli va jozibadorligi *Bir qator keng tushunish jarayonlarini baholash uchun yetarlicha asos bo‘lishi lozimligi. PIRLS tadqiqotida ishlatiladigan matnlar murakkabligiga qarab o‘rtacha 500 dan 800 gacha , o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi darajasi past bo‘lgan mamlakatlar uchun 400-500 ta, ePIRLSda esa , taxminan, 1000 ta so‘zdan iborat bo‘ladi. PIRLS matnlari uchun aniqlik va izchillik muhim mezon hisoblanadi. PIRLS da savollar soni va har bir matnga belgilangan ballar. O‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmalarini to‘g‘ri baholash uchun har bir matn tarkibidagi savollarga ajratilgan umumiy ball kamida 15 ball bo‘lishi kerak. Tajriba sinovi va qayta ko‘rib chiqish jarayonida ayrim savollar olib tashlanishini inobatga olib, har bir matn yuzasidan umumiy 18-20 ballga teng savollar tuziladi. Har bir matn uchun o‘rtacha 12 tadan 14 tagacha savollar bo‘lishi lozim. • Muqobil javob variantli savollarga bir ball beriladi. • Talab etiladigan o‘qib tushunish ko‘nikmasiga doir savollarning murakkablik darajasidan kelib chiqib, javob yozish talab qilinadigan ochiq savollarga bir, ikki yoki uch ball beriladi. Uyda yoki maktabdan tashqarida o‘qish savodxonlini rivojlantirish uchun PIRLS dasturining veb sayti, shuningdek , ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalardan foydalanish mumkin. Eslatib o‘taman, PIRLS xalqaro dasturi ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assostsasiyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, u dasturni o‘tkazishda Boston kolleji bilan yaqindan hamkorlik qilinadi. Ushbu nufuzli dasturda O‘zbekiston ham 2021-yil tarixda ilk bor qatnashdi. Mazkur tanlovda respublikamizdagi 180 ta maktabdan 6000 nafarga yaqin 4-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari, maktab direktorlari hamda sinf rahbarlari ishtirok etishdi. Tadqiqotda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi, ya’ni matnni o‘qib tushunish darajasi, matndagi g‘oyalar, fikrlarni o‘zaro bog‘lash , talqin qilish, xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan matnlar va topshiriqlar beriladigan bo‘lsa, shu bilan birga o‘quv jarayonidagi muhit bilan bog‘liq bo‘lgan so‘rovnomada qatnashish ham so‘raladi. Bundan tashqari o‘quvchilarning ota-onalari ham ularni uy sharoitlari, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar, uydagi muhit, maktab bilan munosabatlarga oid bo‘lgan so‘rovnomani ham to‘ldirib berishi so‘raladi. Tadqiqotga tasodifiylik tamoyilllari asosida tanlab olingan bo‘lib , bunda ta’lim tili, shahar va qishloqda joylashganligi va o‘quvchilar soniga ko‘ra katta-kichikligi kabi mezonlar ham inobatga olingan. Tadqiqotlar o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkazildi. Mazkur tadqiqot dunyo bo‘ylab xalqaro darajada standartlashtirilgan tartib asosida tashkil etildi. O‘zbekistonning ushbu tadqiqotlarda ishtirok etishi ta’lim sifatini oshirish, xalqaro miqyosda mamlakat nufuzini mustahkamlash bilan birga o‘quvchilar bilimini xalqaro talablar darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi. Natijalar esa 2022-yil, ya’ni shu yil e’lon qilinadi. Ishonamizki, O‘zbekiston yoshlari bunday xalqaro tadqiqotlarda munosib ishtirok etib dunyoning ta’lim tizimi yuqori pag‘onaga ko‘tarilgan mamlakatlar bilan bir qatorda turadi. Buning uchun ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan pedagoglar va ota-onalar bir maqsad yo‘lida faoliyat olib borishlari lozim. Nazorat savollari: 1. PIRLS nima? 2. PIRLS tadqiqoti ilk bora qachon o‘tkazilgan? 3. Tdqiqotda kimlar ishtirok etadi? 4. PIRLS tadqiqotining davriyligi va ishtirokchi davlatlar. 5. PIRLS dasturida o‘qish savodxonligi deganda nimani tushunasiz? 6. ePIRLS qanday dastur? 7. PIRLS matnlarining o‘ziga xos qanday xususiyatlarini bilasiz? 8. PIRLS matnlari asosida tuzilgan savollarga ballar qanday tartibda belgilanadi? Download 257.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling