1. pirls – bu … Tadqiqot natijalari va tahlillar


Download 257.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.05.2023
Hajmi257.42 Kb.
#1447713
  1   2   3
Bog'liq
hsD11R1pM7EdbvU8fS3BlgpliMIfSUrNW0r8xZ5p



PIRLS – xalqaro baholash dasturi asosida o‘quvchilrning o‘qish savodxonligini 
yaxshilash omillari
Reja: 
1. PIRLS – bu … 
2. Tadqiqot natijalari va tahlillar. 
3. PIRLS tadqiqotida o‘qish savodxonligi. 
4. PIRLS matnlarga qo‘yiladigan mezonlar 
Dunyoning ko‘plab davlatlari bugungi kunda xalqaro baholash tadqiqotlari - 
PISA, PIRLS, TIMS, TALIS dasturlarida ishtirok etib o‘zlarining talim tizimini va 
yoshlarining bilim va ko‘nikmlarini boshqa davlatlarning ta’lim tizimi bilan solishtirib, 
ular asnosida istiqbolli rejalar tuzishyapti. Barchamizga ma’lumki, PIRLS – 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajasini baholash 
bo‘yicha xalqaro tadqiqot dasturidir. Boshqacha qilib aytganda, boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi 
ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o‘qish va o‘qitishni 
yaxshilash uchun ta’lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma’lumotlarni taqdim 
etadigan yirik xalqaro baholash dasturi. 
PIRLS dasturi 2001-yilda ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro 
assotsiatsiyasi ( IEA – International Association for the Evaluation of Educational 
Acgievement) tomonidan tashkil etilgan. Xalqaro tadqiqotni tashkil etish uchun barcha 
mas’uliyat Chestnut Hill (Massachusets, AQSH) Boston kollejidagi TIMSS va PIRLS 
xalqaro o‘quv markaziga yuklatilgan .Shuningdek, tadqiqot uchun topshiriqlarni 
tayyorlash Germaniya (Gamburg) ma’lumotlar markazida amalga oshiriladi. 
Tadqiqot har 5 yilda bir marotaba o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib,
2001-yilda 35 ta 
2006-yilda 40 ta 
2011-yilda 45 ta 
2016-yilda 50 ta 


2021-yilda 60 ta davlat ishtirok etdi. Mazkur baholash dasturi dunyoning turli 
mamlakatlarining ta’lim tizimida o‘qish savodxonligini rivojlantirish bo‘yicha amalga 
oshirilayotgan ishlar va uning natijasini qiyoslashga yo‘naltirilgan.
2016-yildagi tadqiqotda dunyo bo‘ylab 50 ta mamlakatdan 319 mingdan ziyod 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qatnashgan bo‘lib, baholash jarayoni axborot matnlari 
yuzasidan 175 ta, badiiy matnlar yuzasidan 183 ta savolni o‘z ichiga olgan. Mazkur 
topshiriqlar o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini xalqaro darajada va keng miqyosda 
baholashga imkon berdi. Unga ko‘ra Rossiy va Singapurlik boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari o‘z tengdoshlariga nisbatan yaxshi natijaga erishdilar. Rossiya 
Federatsiyasidan tashqari Gongkong boshqa mamlakatlarga nisbatan yuqori natijani 
ko‘rsatdi. Shu bilan birga Irlandiya,Finlandiya, Polsha va Shimoliy Irlandiya 
mamlakatlari ham juda yaxshi natijalarga erishdilar.
2011-2016-yillarda oralig‘ida tadqiqot natijalariga asosan 18 ta mamlakat yuqori, 13 
ta mamlakat o‘rtacha va 10 ta mamlakat past natijalarni ko‘rsatgan bo‘lsa, 2001-2016-
yillardagi o‘qish davriylik natijalariga ko‘ra 11ta mamlakat yuqori,
7 ta mamlakat o‘rtacha hamda 2ta mamlakat past natijalarni qayd etdi.
2021-yilda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari 2022-yilda e’lon qilinadi. 
2001-yildan beri dunyo mamlakatlari o‘zlarining yangicha o‘qitish tizimiga oid 
tashabbuslarni joriy qilish uchun PIRLS natijalaridan foydalangan holda o‘qish 
savodxonligini takomillashtirmoqda.

Download 257.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling