1. Portlandsement tarkibi va turlari
Download 433.73 Kb.
|
PTS Turlari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- GOST 5382—65
1. Portlandsement tarkibi va turlari Erib qovushib qolguncha kuydirilgan klinkerni gips, ba’zi hollarda esa maxsus qo’shimchalar bilan birgalikda tuyishdan hosil bo’lgan gidravlik bog’lovchi modda portlandsement deb ataladi. Kuydirish mahsulotida kalsiy silikatlar ko’p bo’ladi (70…80%). Qisman erish natijasida qovushib qotib qolgan mayda-yirik tosh bo’laklar klinker deyiladi. Portlandsementni klinker tarkibiga mos keladigan mahsulotning xom ashyo aralashmasini to’la eritish yo’li bilan ham olish mumkin. GOST 26798.0—26798.2-85ga ko’ra portlandsement xossalarini o’zgartirib turish, shuningdek, uning tannarxini kamaytirish maqsadida klinkerga faol (gidravlik) va inert mineral qo’shimchalar qo’shishga ruxsat etiladi. Inert qo’shimchalar (ohaktosh, dolomit, kvarts qum va boshqalar) miqdori 10% dan, faol (trepel, diatomit, trass va boshqalar) qo’shimchalar miqdori esa 15% dan oshmasligi kerak. Biroq gidravlik qo’shimchalar 20% va undan ortiq bo’lishi ham mumkin. U holda maydalangan mahsulotga qo’shilma sifatida donador domna shlagi ishlatilsa shlakportlandsement, tabiiy gidravlik qo’shilmalar ishlatilsa putstsolan portlandsement deyiladi. Kimyoviy tarkibi. Klinkerning kimyoviy tarkibi katta chegarada o’zgarib turadi. Portlandsement klinker ishlab chiqarish uchun xom ashyo materiallari sifatida gil va ohaktosh jinslar ishlatiladi. Gil jinslar turli moddalar (minerallar)dan tashkil topgan. Ularda asosan 3 ta oksid bor: SiO2, Al2O3 va Fe2O3. Ohaktoshlar asosan kalsiy karbonatdan iborat. Kalsiy karbonat esa ikki oksid – CaO va SO2 dan iborat. Klinker kuydirilganda CO2 gazi ajraladi; CaO, SiO2, Al2O3 va Fe2O3 asosiy oksidlar va asosiy klinker minerallarini hosil qiladi. Klinker tarkibida bu asosiy oksidlar bilan bir qatorda sement sifatiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatuvchi oksidlar ham bo’lishi mumkin. Bular odatda magniy oksid (MgO), ishqorlar (Na2O va K2O), titan ikki oksid (TiO2), fosfor angidrid (P2O5) va sul’fat kislota angidridi (SO3) dir. Portlandsement tarkibidagi asosiy va qo’shimcha oksidlar miqdori quyidagicha bo’ladi: CaO-63…67%; SiO2-21…24%; Al2O3-4…8%; Fe2O3-2…4%; MgO-0,5…5%; SO3-0,3…1%; Na2O va K2O- 0,4…1%; TiO2 va Cr2O3-0,2…0,5%; R2O5-0,1…0,3%. Klinkerning kimyoviy tarkibi GOST 5382—65 da berilgan usul bilan aniqlanadi. Download 433.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling