1. Portlandsement tarkibi va turlari


Download 433.73 Kb.
bet3/6
Sana24.06.2023
Hajmi433.73 Kb.
#1653731
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
PTS Turlari (2)

Belit—portlandsement klinkerining ikkinchi asosiy minerallaridan biridir. U alitdan dastlabki kunlarda sekin qotishi bilan farqlanadi. Uning asosiy mustahkamligi bir yil atrofida to’planadi. Bu mustahkamlik alitning mustahkamligiga yaqin.
Ikki kalsiy silikat, alit singari kam miqdordagi qo’shimchalar (1-3%) bilan qattiq eritma hosil qilib belitga aylanadi. Bunday qo’shimchalarga Al2O3, Fe2O3, Sg2O3 va boshqalar kiradi. Ikki kalsiy silikatning to’rtta polimorf formasi borlig’i aniqlangan: —C2S; — C2S; 1— C2S;  C2S. N.A.Toropov fikricha ikki kalsiy silikatning yana beshinchi polimorf formasi 1 — C2S ham bor.
Erish harorati 2130-1425°C chegarada — modifikatsiya barqaror bo’ladi, bu haroratlardan pastda 1—formaga o’tadi. Sanoat klinkerlarida — modifikatsiyani barqarorlashtirish qiyin bo’lgani uchun u kam uchraydi, 1— C2S 1425-830°C haroratda barqaror.
Oraliq modda. Yuqori harorat ta’sirida erigan holdagi alyuminat, alyumoferritlar va boshqa ikkinchi darajali minerallar oraliq modda tarkibiga kiradi. Tuyinish koeffitsienti (TK) yuqori bo’lmagan va odatdagi qumtuproq modulli klinkerlarda kalsiy alyuminatlarning C12 A7 (C5A3) va C3A shakli uchraydi. TK yuqori bo’lgan klinkerlarda esa alyumoferritlar bilan birga faqat C3S hosil bo’ladi. Klinkerning alyumoferritli qismi o’zgaruvchan tarkibga ega bo’lib C2F, C12A7 (C5A3)va erkin CaO dan iborat qattiq eritma holida bo’ladi.
Kalsiy alyumoferritlarning qattiq eritmasida quyidagi birikmalar aniqlangan: C8A3F; C6A2G’; C4AF; C8AF2 va C2F.
Klinkerlarda ko’p uchraydigan C4AF modda qattiq eritmalardagi qator birikmalarning oraliq moddasi hisoblanadi.
Klinkerlarda kam miqdorda kristalik va amorf birikmalar ham uchraydi, bular MgO, ishqorlar va boshqa moddalar bo’lib, ularning iloji boricha bo’lmagani ma’qul.
Portlandsementning xossalari o’rtacha zichligi, haqiqiy zichligi, tuyish maydaligi, suv talab qilishi, tutib qolish muddatlari, hajmning bir me’yorda o’zgarishi, mustahkamligi va boshka shu kabilardir.
Portlandsementning yumshoq holatdagi o’rtacha zichligi 1000-1100 kg/m3, zichlangan holatdagisi 1400-1700 kg/m3 dir. Portlandsementning haqiqiy zichligi esa 3,5-3,15 g/sm3 dir. Sementning tuyilish maydaligi 008-raqamli ko’zli elakda (o’lchami 0,08 mm) ko’pi bilan 15% qoldiq bilan yoki solishtirma yuzasi - 1 g sementdagi donalar yuzasi (sm2 hisobida) bilan ifodalanadi. Portlandsementning solishtirma yuzasi 2500-3000 sm2/g betonlanishi kerak. Sementning tuyilish maydaligi 4000-4500 sm2/g gacha ortganda qotish tezligi oshadi va sement toshi yanada mustahkamroq bo’ladi. Portlandsementning suv talab qilishi normal quyuqlikdagi, ya’ni berilgan standart plastiklikdagi sement qorishmasi olish uchun zarur bo’lgan suv miqdori (% hisobida) bilan aniqlanadi. Sement qorishmasining quyuqligi Vika asbobining ignasi botib xalqa tubiga (oynasiga) 5-7 mm etmasa normal hisoblanadi Portlandsementning suv talab qilishi 22-26% ko’lamida o’zgaradi va mineralogik tarkibi va tuyish maydaligiga bog’lik bo’ladi.

Download 433.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling