Birikmalar / Elementlar
Kremniy elementi haqida
by adminAvgust 18, 2021
Ad
Kremniyning davriy sistemadagi oʻrni va atom tuzilishi, xossalari
Таbiatda uchrashi. Krеmniy elementi yer poʻstlogʻining 27,6% ni tashkil etadi. Kremniy tabiatda faqat birikmalar holida uchraydi. Kremniy tabiatning asosiy elementidir. Koʻpchilik togʻ jinslari geyzenlar, granitalar, bazaltlar va minerallar, kvars, dala shpati, qum, hayvonlarning junlari, pаrrandalarning patlari, oʻsimliklarning poyalari, insonning sochi kremniy birikmalaridan tashkil topgan. Kremniy birikmalar SiO2–qum, Al2O3*2SiO2*2H2O-kаоlin, K2O*Al2O3*6SiO2 dаlа shpati formulasi. Kremniy kristal va amorf shaklda uchraydi. Uning 4 ta izotopi bor.
Kremniyning davriy sistemadagi oʻrni.
Kimyoviy belgisi Si
3–davr
3–qator
4–guruh
Меtallmas
4-valentli
Tartib raqami 14
Atom masssasi 28
O2-li birikmasi SiO2
H2 li birikmasi SiH4
Kremniy atomida elektronlarning joylashuvi +14)2)6)2)4)
p=+14; e=-14; n=14
Elektron konfigurasiyasi 1s22s22p2
Kremniyniyning fizik xossalari. Kristal kremniy yaltiroq, kulrang, qattiq, moʻrt modda, suyuqlanish harorati 1410 C, qaynashi harorati 2350 C ga teng. Аmorf kremniyning rangi qoʻngʻir boʻlib, kristal kremniyga nisbatan aktivroqdir. Uglerodga nisbatan metalmaslik xossalari kuchsiz.
Kimyoviy xossalari.
Kuchli qizdirilganda u havoda yonadi.
Si + O2 → SiO2
Qizdirilganida quyidagi reaksiyalar boradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |