Portlashni qo‘zg‘atuvchi vositalarning yaratilishi Portlovchi moddalar zaryadida portlashni qo‘zg‘atuvchi vositalar murakkab izlanishlar natijasida yaratilgan. A. Nobel portlashni qo‘zg‘ovchi portlatuvchi modda sifatida simob qaldirog‘idan foydalanib (1799-yili E.Govard tomonidan ixtiro qilingan), kapsul-detonator (K^)ni mis gilzalar ko‘rinishida ishlab chiqib, uning ichiga simob qaldirog‘ini joylashtirgan. Kapsul-detonator (K^)ni 1867-yilda ishlab chiqarish boshlangan. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin kapsul-detonatorni 85% simob qaldirog‘i va 15% bertoie tuzi aralashmasidan tayyorlay boshlangan. Taxminan 1900-yillarda L. Veler kapsul-detonatorni 75% simob qaldirog‘ining trotil bilan aralashmasidan, keyinroq esa tetril aralashmasidan tayyorlashni taklif etgan. 1908-yilda ishlab chiqarilgan kapsul-detonatorlarga boshlang‘ich portlashni qo‘zg‘atuvchi sifatida simob qaldirog‘i o‘rniga qo‘rg‘oshin azidi, 1913-yildan boshlab esa qo‘rg‘oshin azidi bilan birga teneres (qo‘rg‘oshin trinitrorezorsinati) qo‘llanila boshlandi. - Rus olimi P.I. Shilling 1812-yili birinchi bo‘lib elektr yordamida ko‘mirli alangalatuvchi (zapal)ni yaratdi. B.S. Yakobi esa elektr yordamida alangalatuvchi zapalni porox bilan zaryadlab, uni amaliyotda qodlashga yo‘l ochdi. Shu olim 1842-yili birinchi bo‘lib elektr portlatish mashinachasini yaratdi.
- 1831-yili Angliyada Bikford tomonidan alanga o‘tkazuvchi pilikning yaratilishi portlovchi moddalarni o‘t bilan qo‘zg‘atish usuliga asos solinishiga olib keldi.
- Bikforddan ancha keyin Nobel 1867-yili «zapal Nobelya» nomi bilan o‘zining detonatoriga patent oldi. 1927-yili o‘zagi flegmatizirlangan (sezgirligi kamaytirilgan) qo‘rg‘oshin azidi bilan teneres aralashmasi yoki qo‘rg‘oshin azidining o‘zidan detonatsiyalanuvchi pilik (An) yaratildi. 1931-yili esa o‘zagiga flegmatizirlangan simob qaldirog‘i joylashtirilgan detonatsiyalanuvchi pilik, qaldirog‘iga tetril aralashmasidan tayyorlangan detonatsiyalanuvchi pilik ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1954-yildan boshlab o‘zagiga flegmatizirlangan T^H joylashtirilgan detonatsiyalanuvchi pilik ishlab chiqarib amaliyotda keng qodlanila boshlandi.
- Detonatsiyalanuvchi pilik yordamida portlatish ishlari uchun pirotexnik rele ixtiro etilgan bo‘lib (1958-yili KATTT-58, 1962-yili K3AM-62, 1969-yih K3AM-69), bu rele zaryadlari millisekund oraliqlarda portlatish uchun mo‘ljallangan.
- Elektr toki bilan portlatish vositasi elektr yordamida o‘t oluvchilar guruhini takomillashtirib, elektrodetonatorlarni OA) bir zumda portlaydigan, sekinlatilgan PA-K3) turlarini ishlab chiqarishga zamin yaratgan.
- Kapsul-detonator, keyinchalik elektrodetonatorlarni presslangan qog‘oz gilzada, so‘ngra metall (mis, po‘lat, bimetill) gilzalarda ishlab chiqarilgan.
- 1956-yilga qadar konstantanli qizdiruvchi ko‘prikchaga ega bo‘lgan elektrodetonatorlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1960-yildan uning qizdiruvchi ko‘prikchasi nixromdan yasalgan QA-8-E, ^A8-^) turlari ishlab chiqarilib, amaliyotda qo‘llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |