Portlatish ishlarining rivojlanishi Portlovchi moddalarning portlashidan hosil bo‘lgan energiyadan ko‘mir, ruda konlaridagi shaxtalar, rudniklar va karyerlar qurilishida ko‘mir, ruda, yonuvchi slaneslar, tog‘-kon kimyoviy xomashyolari, qurilish materiallari va boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda; tonnellar, kanallar, gidrotexnik inshootlar to‘g‘onini bunyod etishda, temir yo‘l, avtomobil yo‘llarini qurishda, eski bino va inshootlarni portlatib buzishda keng qo‘llanilmoqda. Barcha itqituvchi va portlovchi moddalar ichida eng qadimgisi tutunli qora poroxdir. Mahkam, qattiq tog‘ jinslarini parchalab maydalash ishlari dastlab 1548-1572-yillari Neman daryosining farvaterlarini portlatib tozalashda qo‘llanilgan. XVIII asrga kelib foydali qazilmalarni qazib olishda porox qo‘llanila boshlaganligi ma’lum. XIX asrning ikkinchi yarmida konchilik sanoati tez o‘sa boshlashi natijasida yangi portlovchi materiallar va portlatish vositalarini yaratish zarurati o‘sib bordi. Portlatish texnikasini rivojlantirishda rus olimlari va muhandislarining roli kattadir. Poroxning portlatilganda atrof-muhitni parchalab maydalash xususiyatini 1749-yilda M. V. Lomonosov o‘zining tabiatda selitraning tug‘ilishi haqidagi ilmiy dissertatsiyasida birinchi bo‘lib ilmiy asosda tushuntirib bergan edi. Portlovchi moddalar haqida yana 1799-yili A. I. Musin Pushkina «Portlovchi moddalar texnologiyasi» degan maqolasida ma’lumotlar bergan. - Nitroglitserin 1847-yili italiyalik olim Sobrero tomonidan ixtiro qilingan. Nitroglitserinni sanoat miqyosida o‘zlashtirilib tayyorlash ustida I. N. Zinin bilan Z. F. Petrushevskiy ko‘p mehnat qilganlar va natijada 1853-yili birinchi bo‘lib sof nitroglitserinning birinchi guruhi sanoatda ishlab chiqarildi. Portlovchi moddalarni sanoat tarmoqlarida keng qo‘llashda portlatish vositalarini ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
- Keyingi 100-yillar davomida porox zaryadini portlatish uchun porox tayoqchasi (porox to‘ldirilgan naycha) va porox yo‘lakchasidan foydalanib kelingan.
- 1812-yilda Rossiya Fanlar akademiyasining korrespondent-a’zosi P. L. Shilin dunyoda birinchi bo‘lib elektr toki yordamida alangalatgich moslama qodladi, so‘ng 1833-yili Bikford o‘t o‘tkazuvchi pilik (shnur) ixtiro etdi, A. Nobel 1867-yili simob-qaldirog‘i asosida kapsul-detonator ishlab chiqarishga patent oldi (Nobel o‘t oldiruvchisi zapal). 1867-yilda shved kimyogari I. Olsen va I. Norbellar ammiak-selitrali portlovchi moddani ixtiro etib, ishlab chiqarish uchun patent olishgan. Bu portlovchi modda hozirgi davrda ishlab chiqarilayotgan ammiak-selitrali portlovchi moddalar tarkibiga yaqin bo‘lgan.
- D. I. Mendeleyev ixtiro etgan yangi portlovchi modda «Pirokolladiya» tutunsiz porox asosida yaratilgan bo‘lib, keyinchalik butun dunyo harbiylari tomonidan o‘t ochuvchi qurollarda ishlatiladigan bo‘ldi.
- Portlatish ishlarini rivojlantirib, uning nazariy asoslari zamirida yangi portlovchi materiallar va portlatish vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 1885-yildan boshlab portlovchi modda (PM) sifatida pikrip kislotasi ishlata boshlangan bo‘lsa, 1887-yildan tetril, 1891-yildan esa trotil va yuqori quvvatli geksogen, T^H ixtiro etildi.
- XIX asr oxirlarida sintez qilingan geksogen portlovchi modda sifatida 1920-yildan ishlatila boshlandi.
- Portlovchi moddalar (PM) turlarining ko‘payishi ularni qodlash doirasining kengayishiga olib keldi. 1930-yildan boshlab nitroglitserinli portlovchi moddalar (dinamitlar) xavfsizligi kamroq (bexatarroq) ammiak-selitrali portlovchi moddalar bilan almashtirildi. Shunday bo‘lsa ham ular 12% li grizutli ko‘mirni portlatishda va 29% li grizutli ko‘mir va yondosh jinslar aralashgan lahimlarni o‘tishda 1942-yilga qadar ishlatilib kelingan. Ko‘mirsiz jinslardan iborat bo‘lgan kovlash joylarida ko‘p vaqtgacha 93%, 83% va 62% li yuqori foizli dinamit ishlatilgan. 62% li qattiq muzlaydigan dinamit esa 1965-yilga qadar ishlatilib kelindi.
- Xulosa
- Xulosa qilib aytganda sanoat portlatish ishlari va unda qo’llaniladigan xar hil vositalar uzoq yillar mobaynida rivojlanish bosqichini boshdan kechirgan.Zero tashishda va tayyorlashda xavfsiz bo’lgan Pmlarning rivojlanish tarixi VII asrga borib tarqaladi.Manbalarda yozilishicha konchilik sanoatida qora porox XVI asrlarda qo’llanila boshlagan.1867-yillarda kopsul detonatorning yangilangan konstruksiyasi ishlab chiqildi.Bizga malumki O’zbekistonda konchilik sanoati 1948-yillarda rivojlana boshlagan.portlashni qo’zg’tuvchi vositalar biz bilamizki Pmga boshlang’ich impulsni berish uchun xizmat qiladi.
- Foydalanilgan adabiyotlar:
- 1. V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev, Burg‘ilash va portlatish ishlari, TOSHKENT «TURON-IQBOL» 2016.
-
- Foydalanilgan internet saytlari
- 1.wikipedia.org
- 2.fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |