1. Psixologiya fani haqida tushunchalar. Psixologiya fanining predmeti va asosiy vazifalari
Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari
Download 79.14 Kb.
|
1-Mavzu Umum psix maqsad va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aristotel jon va tananing birligi haqidagi g’oyani maydonga tashladi.
Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari
Psixologiya tashqi olamni faol ravishda sezgilar, idrok, tafakkur, hissiyot va boshqa shaklda aks ettiruvchi psixik jarayonlar va psixik xodisalar haqidagi fandir. Ko’p asrlar davomida psixologiya tavsifiy bilimlar sohasi sifatida shakllandi. Qadimgi zamonlardan boshlab ijtimoiy hayot ehtiyojlari har bir kishidan boshqa kishilarning psixologik xususiyatlarini, ularning xarakterlarini, xulq-atvorini o’rganishni va hisobga olishni taqoza qilgan. Hayot davomida boshqalarning xulq-atvorini kuzatish, ulardan amalda foydalanishga intilish jarayonida kishi ruhiy olamida (psixikasida) ko’p tushunarsiz, ba’zan sirli hodisalarga duch kelganlar. Bunday hodisalar jonning ishi deb tushunilgan. Ularning tasavvuricha, jon o’z mohiyatiga ko’ra o’lmas, boqiy, ko’rinmas, hidsiz, ilohiy (xudo tomonidan berilgan) xususiyatdir. Tana jon uchun vaqtinchalik joy. Jon tanadan chiqib ketishi, qaytib kelishi mumkin, jon tanani boshqaradi deb hisoblaganlar. Kishilar hayotida uchraydigan (masalan, tush ko’rish, alahsirash, jahl, o’lim va h.k.) hodisalar jonning faoliyati va xususiyati bilan tushuntirilgan. Masalan, tush ko’rish – jonning tanadan chiqib ketishi va boshqa jonlar bilan uchrashishi, o’lim – jonning qaytib kelmasligi bilan tushuntirilgan. Jonning o’zini turlicha tasavvur qilganlar. Gresiyalik mutafakkirlardan Geraklit (eramizdan oldingi VI asr) jonni "uchquncha"dan, Demokrit (eramizdan oldingi V asr) "olov atomi"dan iborat deb hisoblaganlar. Shu bilan birga tabiatni o’rganish, aniq va tibbiy fanlardagi rivojlanish, kishi tanasi tuzilish haqidagi bilimlarning boyishi natijasida psixika (jon) haqidagi bilimlar ham ilmiylashib borgan. Eramizdan oldingi VI asrda yashab o’tgan grek vrachi Alkmeon anatomiya hamda tibbiyot sohasidagi tajribalarga asoslanib, psixikaning organi MIYa degan fikrni ilgari surdi. Keyinchalik ko’pchilik olimlar (shu jumladan Aristotel ham) psixikaning asosiy organi yurak bo’lsa kerak degan fikrni himoya qilganlar. "Medisina fanining otasi" Gippokrat (eramizdan oldingi V asr) temperament haqidagi (sharqda temperament "mijoz" deb yuritilgan) ta’limotni yaratdi. Ularning fikricha kishi temperamenti kishi tanasidagi "sharbatlar" (suyuqliklar) aralashmasi va ularning nisbati bilan tushuntirilgan. Shunday qilib, psixikani ilmiy tushunishda ilmiy tushunishga katta qadam qo’yilgan. Ko’pchilik adabiyotlarda psixologiya fanining asoschilaridan biri ("otasi") makedoniyalik mutafakkir Aristotel (eramizdan oldingi IV asr) deb ko’rsatiladi. Aristotel jonning rivojlanishi tirik tabiatning rivojlanishi bilan muvofiq boradi degan g’oyani ilgari surdi va himoya qildi. Unga qadar jon va tirik tana ikki xil narsa deb qaralar edi. Aristotel jon va tananing birligi haqidagi g’oyani maydonga tashladi.U psixika haqidagi fikrlarini "Jon haqida" nomli risolasida aks ettirdi. Bu risola psixologiya fani sohasida maxsus yozilgan birinchi asar hisoblanadi. Aristotel tomonidan yoritilgan sezgilar, ularning turlari, assosiasiyalar haqidagi fikrlar bugungi kunda ham o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q. Eramizdan oldingi II asrda rimlik vrach Galen fiziologiya va medisina sohasida erishilgan yutuqlarni umumlashtirib, psixikaning fiziologik asoslari haqidagi tasavvurlarni birmuncha boyitdi. XVII asr biologik va psixologik bilimlar taraqqiyotida yangi davrni ochib berdi. Tana va jonni tushunish sohasida tubdan o’zgarishlar yuz berdi. Inson tanasi mashinaga o’xshatiladi. Tana ham mashina singari ishlaydi deb qaraladi. Buyuk fransuz mutafakkiri Dekart hatti-harakatlarning reflektor ("refleks" so’zi fransuz tilidan kirib kelgan bo’lib "aks ettirish" degan ma’noni anglatadi) xarakteri haqidagi g’oyani ilgari surdi. XIX-XX asrga kelib barcha fanlar sohasida (ayniqsa biologik va aniq fanlar) erishilgan yutuqlar ta’siri ostida psixologiya fanida, psixikani tushunishda juda katta o’zgarishlar ro’y berdi. Download 79.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling