1. Psixologiya fani haqida tushunchalar. Psixologiya fanining predmeti va asosiy vazifalari


Download 79.14 Kb.
bet1/7
Sana06.11.2023
Hajmi79.14 Kb.
#1752716
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Mavzu Umum psix maqsad va vazifalari


1-MAVZU: UMUMIY PSIXOLOGIYa FANI PREDMETI VA VAZIFALARI. UMUMIY PSIXOLOGIYa FANINING ILMIY TADQIQOT METODLARI
REJA
1. Psixologiya fani haqida tushunchalar. Psixologiya fanining predmeti va asosiy vazifalari.
2. Psixikaning namoyon bo’lishi. Psixologiyaning o’rganilish bosqichlari (bixeviorizm, neobixeviorizm, neofreydizm).
3. Psixologiya fanining fanlar bilan o’zaro bog’liqligi. Psixologiya fanining tarmoqlari.
4. Hozirgi zamon psixologiyasi ilmiy tadqiqot metodlari.
5. Kuzatish metodi va uning turlari, eksperiment metodi, so’rov metodi va uning turlari, faoliyat mahsulini o’rganish metodi, test metodi, sosiometriya metodi, biografiya metodi.


1-THEME. SUBJECT AND TASKS OF GENERAL PSYCHOLOGY. SCIENTIFIC RESEARCH METHODS OF GENERAL PSYCHOLOGY
1. Concepts about Psychology. The subject and the main tasks of psychology. The manifestation of psychology.
2. Learning stages of psychology (bicheviorism, neobixevorism, neofreydism). Relationship between psychology and science
3. Sectors of Psychology. Psychological aspects of teaching foreign languages, the psychological principles of studying foreign languages, the peculiarity of the process of learning, the reading of foreign language texts.
4. Development of human psychology in the age of information technologies.
5. Modern methods of scientific research in psychology.
6. Method of experiment, method of survey and its types, method of studying activity, test method, sociometric method, biographical method.
Tayanch so’z va iboralar: psixik jarayonlar, psixik xolatlar, psixik xususiyatlar, psixika, metod, usul, tadqiqot metodlari.


Psixologiya fanining predmeti
Har bir fan boshqa fanlardan o’z predmeti bilan farq qiladi. Psixologiya ham alohida fan bo’lib, voqyelikning alohida sohasi bo’lgan psixik (ruhiy) hayotni o’rganadi. “Psixologiya” so’zining o’zi yunoncha psyuxe (ruh, jon) va logos (fan, ilm) degan ikki so’zdan olingan bo’lib, ma’nosi ruh haqidagi ilm demakdir. Lekin uning bu ma’nosi hozirgi zamon psixologiyasining asl mazmunini ochib bera olmaydi. Chunki hozirgi psixologiya fani psixika, uning zohir bo’lishi va rivojlanish qonuniyatlari haqidagi fandir (G’oziyev E). Psixologiya psixik holatlar, psixik jarayonlar va ularning mexanizmlarini o’rganadigan fandir (A.V.Petrovskiy).
Har birimizda mavjud bo’lgan sezgilar, idrok, diqqat, xotira, xayol, nutq, tafakkur, hissiyot, iroda kabilar psixik jarayondir. Bulardan tashqari har bir shaxsning o’zigagina xos bo’lgan xususiyatlar: qiziqish, havas, qobiliyat va iste’dod, temperament va xarakter kabilar ham psixik jarayonlar jumlasiga kiradi. Psixik jarayonlarning umumiy yig’indisini bir so’z bilan psixika deb yuritamiz.
Psixika organiq hayotning yuksak formalaridan bo’lib, u hayvonlar va insonga xosdir.Lekin hayvonlarning psixikasi inson psixikasiga nisbatan soddaroq tuzilgandir. Inson psixikasi miqdor jihatidan ham, sifat jihatidan ham hayvonnikidan farq qiladi.
Insondagi psixik hayot sohalari nihoyat xilma-xildir. Shunga qaramasdan ular bir-biri bilan chambarchas bog’langan bo’ladi. Psixologiya fanining vazifasi ana shu bog’lanish va munosabatlarning qonuniyatlarini ochib berishdir. Bundan tashqari, Respublikamiz mustaqillika erishgan hozirgi davrda inson ongidagi sarqitlarni, birinchi navbatda, sobiq kommunistik g’oyalardan xolos qilish, bolani yangicha fikr yuritishga o’rgatish, uning ongiga ta’sir qilishning eng samarali yo’llarini ko’rsatib berish ham psixologiyaning vazifasidir.

Download 79.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling