1. Psixologiya fani haqida tushunchalar. Psixologiya fanining predmeti va asosiy vazifalari


XIX-XX asrda psixologiya mustaqil, eksperimental fan sifatida rivojlandi


Download 79.14 Kb.
bet3/7
Sana06.11.2023
Hajmi79.14 Kb.
#1752716
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Mavzu Umum psix maqsad va vazifalari

XIX-XX asrda psixologiya mustaqil, eksperimental fan sifatida rivojlandi. Bunga tabiiy fanlar sohasida, ayniqsa biologiya, sezgi organlari fiziologiyasi, psixofizika va psixofiziologiya, oliy nerv faoliyati fiziologiyasining rivojlanishi, hamda psixologiyaga pedagogika, medisina, ishlab chiqarishning talabining kuchayishi sabab bo’ldi.
Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi tarixini to’rt bosqichga bo’lish mumkin:
1. Psixologiya jon, ruh haqidagi fan sifatida. Psixologiyaga bundan 2500 yil avval shunday ta’rif berilgan. U davrda inson hayotidagi ko’plab tushunarsiz voqyealarni jon, ruh va uning xususiyatlariga bog’lab tushuntirishga uringanlar.
2. Psixologiya ong haqidagi fan. Tabiiy fanlarning rivojlanishi ta’siri ostida XVII asrda paydo bo’ldi. Kishining fikrlash, his qilish, istaklarining namoyon bo’lishini ong deb atadilar. Psixologiya fanining eng asosiy tadqiqot metodi o’z-o’zini kuzatish va tahlil qilish hisoblangan.
3. Psixologiya xulq-atvor haqidagi fan sifatidaXX asrda shakllangan bo’lib, psixologiyaning asosiy vazifasi bevosita kuzatish imkoniyati bo’lgan psixik xodisalar, ya’ni kishining xulq-atvori, harakatlari, reaksiyasi kabilarni o’rganish hisoblangan. Kishining hatti-harakatlari ostida yotgan motivlar hisobga olinmagan.
4. Psixologiya psixik faktlarni, psixik xodisalarning mexanizmlari va qonuniyatlarini o’rganuvchi fan sifatida. Hozirgi zamon psixologiya fani psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi, falsafa, tabiiy va tibbiy fanlar, aniq fanlar sohasidagi ko’plab boy tajribalarga asoslanib shakllangan.
Psixologiya fanining tarmoqlari va boshqa fanlar bilan aloqasi
Psixologiyaning tarmoqlari. Psixologiyaning alohida tarmoqlarini differensiasiya qilish eng avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi xaqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda. Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin. Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sosiologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson shaxsi faoliyat ko’rsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashqil etish, olib borish uchun kishilar psixologiyasini, shaxslararo munosabatlar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-atvor normalarini bilish va shunga ko’ra ish olib borish muhimdir. Shuning uchun xozirgi davr mutaxassislari psixologik bilimlardan boxabar bo’lishlari lozimdir.
Psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi: masalan,
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling