1. Psixologiya fanining tarixi,rivojlanishi,yo’nalishlari Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirish shakllari


Download 419.25 Kb.
bet2/7
Sana01.05.2023
Hajmi419.25 Kb.
#1419628
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-tema Avezova Qunduz Psixologiya fanining tarixi,rivojlanishi,yo’nalishlari

Xayolan tasavvur qilisH va voqelikni tasvirlash – ongning ikkinchi muhim psixologik xossasi. U, ong kabi yaxlitligicha, iroda bilan uzviy bogʻlangan. Odatda, tasavvurlarni ongli boshqarish va tasavvur qilish haqida ularning inson iroda kuchi yordamida yuzaga kelgan va oʻzgarishlarga uchragan holatlarda soʻz yuritiladi. Ushbu holatda inson ixtiyoriy, ya’ni, ongli ravishda atrofni idrok qilishdan, taalluqli boʻlmagan xayollardan chalgʻigan holda, oʻz diqqatini qandaydir gʻoya, tasavvur, xotira va shu kabilarda jamlab, oʻz tasavvurida ushbu damda bevosita koʻrolmaganlarini aks ettiradi va rivojlantiradi.

ONG

  • Ong uzviy ravishda nutq bilan bogʻlangan boʻlib, oʻzining yuksak shakllarida usiz mavjud boʻla olmaydi. Ongli aks ettirish sezgilar va idrokdan, tasavvurlar va xotiradan farqli oʻlaroq, qator oʻziga xos xossalari bilan ajralib turadi. Ulardan biri – tasavvur etilayotganlarning anglanganligi, ya’ni, ularning soʻz-tushunchaviy ma’nodorligi, inson madaniyati bilan bogʻliq holda ma’lum mohiyatga ega ekanligi.
  • Ongning keyingi xossasi ongda jism, voqea va hodisalarning faqat asosiy tub mohiyatga ega boʻlganlarining aks ettirishidir.
  • Inson ongining toʻrtinchi xossasi – bu uning kommunikatsiyaga, ya’ni, ma’lum odamning oʻzi bilgan ma’lumotlarni til va boshqa belgi tizimlari yordamida boshqalarga yetkaza olish layoqati. Insonlar bir-biri bilan turli axborotlar bilan almashinuv jarayonida asosiy xabarni ajratib oladilar. SHu tarzda abstraktlashtirish, ya’ni, ahamiyatga ega boʻlgan ma’lumotlarni ikkinchi darajalilaridan ayirib olish sodir boʻladi.

Inson tabiat muhitiga oddiy holatda moslashibgina qolmasdan, ongli ravishda mehnat qurollari yasagan holda, uni oʻziga boʻysundirishga intiladi. SHu asnoda inson turmush tarzi ham oʻzgarib boradi. Atrofdagi tabiatni oʻzgartirish maqsadida mehnat qurollari yasash qobiliyati ongli ravishda mehnat qilish layoqati mavjudligini bildiradi. Mehnat – insonni yashash sharoitlari bilan ta’minlash, shuningdek, moddiy va ma’naviy boylik yaratish maqsadida tabiatga ta’sir koʻrsatishni amalga oshirishdan iborat boʻlgan, faqat inson uchun xos maxsus faoliyat turi. SHunday qilib, mehnat faoliyati inson ongining ahamiyatga molik boʻlgan xossasidir. Inson ongi quyidagi muhim va ahamiyatli boʻlgan oʻziga xos xususiyatlarga ega:

  • Inson tabiat muhitiga oddiy holatda moslashibgina qolmasdan, ongli ravishda mehnat qurollari yasagan holda, uni oʻziga boʻysundirishga intiladi. SHu asnoda inson turmush tarzi ham oʻzgarib boradi. Atrofdagi tabiatni oʻzgartirish maqsadida mehnat qurollari yasash qobiliyati ongli ravishda mehnat qilish layoqati mavjudligini bildiradi. Mehnat – insonni yashash sharoitlari bilan ta’minlash, shuningdek, moddiy va ma’naviy boylik yaratish maqsadida tabiatga ta’sir koʻrsatishni amalga oshirishdan iborat boʻlgan, faqat inson uchun xos maxsus faoliyat turi. SHunday qilib, mehnat faoliyati inson ongining ahamiyatga molik boʻlgan xossasidir. Inson ongi quyidagi muhim va ahamiyatli boʻlgan oʻziga xos xususiyatlarga ega:
  • 1. Inson oʻz hulq-atvoriga tegishli boʻlgan irsiy va tajribada orttirilgan shakllari bilan bir qatorda, soʻz orqali yetkaziladigan, insoniyat tajribasi koʻrinishidagi atrof-olamda oʻz yoʻnalishini belgilab olishning yangi vositasi – bilimlarga ega.

Download 419.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling