Mavzu;Maktabgacha talim tashkilotlarida steam texnalogiyasi asosida 3-4-yosh bolalarning matematik qobilyatlarini rivojlantirish


Download 0.81 Mb.
Sana19.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1613139
Bog'liq
STEAM.5-mustaqil talim.


Mavzu;Maktabgacha talim tashkilotlarida STEAM texnalogiyasi asosida 3-4-yosh bolalarning matematik qobilyatlarini rivojlantirish.
Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda beriladi. Bolalarning matematik tushunchalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi, ularning idrokini, ya’ni sensor tuyg‘ularini o‘stirish bilan bevosita bog‘liqdir. 7 Umumlashtirish va abstraktlashtirish qobiliyati predmetlarning xususiyatlarini aniqlash va shu xususiyatlarga qarab mazkur predmetlarni birbiriga taqqoslash hamda guruhlarga ajratish asosida o‘sib boradi
Shuning uchun bola maktabga borguniga qadar unda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida barcha o‘quv-tarbiya ishlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq ravishda ish olib boriladi. Fan-texnika nihoyatda jadal rivojlanayotgan bugungi davrda bolalarning turli sohalardagi tajribalarni sodda holda o‘rganishi va ulardan amaliyotda foydalana olishi uchun ularning maktabgacha yoshdan kerakli va zarur bilimlarni egallashlariga jiddiy e’tibor berishimiz lozim. Ayniqsa, matematik bilimlar bola hayotida, uning har tomonlama rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Ilk matematik tushunchalarning qanchalik aniq va mustahkam bo‘lishi bolalar tafakkurining, ulardagi analiz va sintez, mantiqiy fikrlash, xulosa chiqarish jarayonlarining kuchli bo‘lishini ta’minlaydi
Bizga ma’lumki, sodda matematika orqali maktabgacha yoshdagi bolalar son va sanoq, geometrik shakllar, vaqt va fazo haqida, kattaliklar haqida boshlang‘ich bilimlarni oladilar. Bu bilimlar yordamida bolalar idrok qilinadigan obyektlarning xususiyatlarini analiz va sintez qilish, taqqoslash va umumlashtirishning eng sodda bog‘lanishlari hamda ular orasidagi munosabatlarni tushunib oladilar. Ilk sodda matematik tasavvurlarni shakllantirish natijasida bolalarda: - geometrik shakllar va predmetlarning shakli haqidagi tasavvurlar shakllantiriladi; - fazoviy munosabatlarni tushunish va fazoda mo‘ljal olish ko‘nikmasi hosil qilinadi; - vaqt haqida tasavvurlar shakllantiriladi; - miqdor (kattalik) haqida tasavvurlar hosil qilinadi; - son va sanoq haqida bilimlar berilib, birinchi va ikkinchi o‘nlik ichida miqdoriy munosabatlar haqida tushunchalar hosil qilinadi.
Matematik bilimlar bolalarga ma’lum tizim va izchillikda berilishi, bunda yangi bilim kamroq miqdorda, ya’ni bolalar o‘zlashtirib oladigan darajada bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham bir vazifa bir qancha mayda qismlarga bo‘linib, ular birin-ketin o‘rganib boriladi.
Tarbiyachi har bir yosh guruhining dasturi qanday tuzilganini bilishi lozim. Bu unga o‘z guruhidagi bolalarning matematikaga doir bilim darajalarini aniqlash uchungina emas, balki maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda boshlang‘ich matematik tasavvurlarni o‘stirish yuzasidan olib boriladigan barcha ishlar tizimida har bir ta’limiy faoliyatning qanday muhim rol o‘ynashi va o‘rin egallashini ko‘z oldiga keltirish uchun ham imkon beradi. Zero, ta’lim-tarbiyani izchil rivojlantirish ona Vatanga sadoqatli, bilimli, chinakam komil insonlarni voyaga yetkazishning asosiy shartidir
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham rejalashtirilgan barcha ishlarni amalga oshirish ko‘p jihatdan yoshlarimiz, fuqarolar va ularning vatanparvarligi, insoniyligiga bog‘liq ekanini ta’kidlaydi: «Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishi, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotiga nechog‘li faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga hizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutmog‘imiz kerak». Yosh avlodni o‘z xalqi, jamiyati va yurtiga fidoyilik, kelajak taqdiri uchun mas’ullikni his etish, boy milliy madaniy merosimiz va qadriyatimizga hurmat va asrab-avaylash ruhida tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan kechiktirib bo‘lmas vazifa ekan, bunda barcha ta’lim - tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchi xodimlardan ulkan ishlarni bajarish talab etiladi.
Ilk matematik tushunchalar bolalarning yoshiga mos tarzda qiziqarli qilib 10 o‘rgatilsa, samarali natijalarga erishiladi. Bunday mashg‘ulotlar natijasida bolalar umumiy bilimlarni o‘rganish bilan birgalikda jamoa bilan kelishishni, o‘zaro bir - birini qo‘llab-quvvatlashni, yordamlashishni, jamoada o‘zini tuta olishni o‘rganadilar va ularda o‘ziga bo‘lgan ishonch, mustaqil fikrlash, o‘z fikrini chiroyli ifoda eta olish kabi fazilatlar shakllanadi.

ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling