1. Psixologiyada intellekt va kreativlikni aloqasini tushuntiruvchi
Intellektni o‘lchashda zamonaviy testlar tarixi
Download 25.09 Kb.
|
1. Psixologiyada intellekt va kreativlikni aloqasini tushuntiruv
3. Intellektni o‘lchashda zamonaviy testlar tarixi.
intellektual darajasi yuqori va ijodiylik darajasi past o’quvchilar maktabda muvaffaqiyatga intiladilar, lekin birovdan o’z sirlarini yashiradilar, o’zlarini pasaytirib baholaydilar; intellektual darajasi past va ijodiylik ko’rsatkichi yuqori o’quvchilar xavotirli, e’tiborsiz, quyi ijtimoiy moslashuv bilan boshqalardan ajralib turadilar; intellektual darajasi va ijodiylik ko’rsatkichi quyi o’quvchilar vaziyatga oson moslashadilar, ijtimoiy intellektual darajasi yuqori, lekin sust sub’ektlar o’zlarini to’g’ri baholaydilar. Shunday qilib, ijodiylik jarayoni bilan intellekt darajasi o’rtasidagi munosabat o’quvchilarning shaxsiy xislatlariga va ularning moslashuv usullariga ta’sir qiladi. Stenberg va Gardnerlarning fikricha bir necha qobiliyat shaxsni omadli bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Sternberg va uning kasbdoshlari kreativlikning 5 komponentini ishlab chiqishgan. 1. SHaxsdagi bilimning ko‘pqirraligi. Qo‘lga qiritgan bilimilarimiz g‘oyalarimizning ko‘p bo‘lishining asosi hisoblandi. Dunyoviy bilimilarimiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, psixikamizdagi bloklar ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Hayotda muammolarni hal qilishda bilimlarimiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, uni hal qilish shunchalik oson bo‘ladi. 2. Tasavvuriy tafakkur narsa va hodisalarini yangidan ko‘rishga, ularni qayta yaratishga va bog‘lashga imkon beradi. Muammoning asosiy elementini tasavvur qilib uni o‘zlashtiramiz va uni yangi bosqichga olib o‘tamiz. 3.Tavakkalchilik- yangi ta’surotlarni qidirish. Buni ikki ma’noda ko‘rish mumkin. YA’ni birinchisi tavakkal va muammoni engib o‘tishdagi qat’iylikda deb ko‘rish mumkin.bunday xususiyatga ega bo‘lgan shaxslar orqaga qaytishdan ko‘ra, yangi tajribaga ega bo‘lishni avzal deb bilishadi. 4. Ichki motivatsiya majburlikdan ko‘ra shaxsda murakkab masalani echishda qiziqiqish va qoniqish hissini yuzaga keltiradi. Ijodkor shaxs masalaning muddatini, uning keltiruvchi daromadini va talabgorlari haqida o‘ylamaydi. Butin e’tibori maslani echishdagi qonikish hisi va stimuli qaratadi. Isaak Nyutondan “Siz bunday murakkab masalalarni qanday qilib hal qilagansiz” deb so‘rashganda, u shunday javob bergan “Men bu muammo haqida tunu kun o‘ylab yurganman ” deb javob bergan. 5. Ijodiy muhit shaxsdagi ijodiy g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. Hamkasblar bilan ijobiy munosabat va ularni ko‘magi shaxsdagi g‘oyalarni kamol topishiga turtki bo‘ladi. Lekin shuni ta’qidlab o‘tish kerakki, ba’zi tadqiqotlarda ijtimoiy muhitning shaxsga salbiy ta’siri holati ham kuzatilgan. Masalan, amerikalik talabalarga insho yozish topshirig‘i berilgan. Ular yozgan inshoni uning kursdoshlari tomonidan tekshirilishi oldindan ogohlantirilgan. Boshqa guruhga esa faqatgina insho yozishni aytishagan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ogohlantirilgan guruhning insholari yomon yozilgani ma’lum bo‘lgan. Bu holatda biz ijtimoiy muhitning ijodkorlikka salbiy ta’sirini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Emotsional intellektni E.Torndayk, Golman va boshqa olimlar ham tadqiq etgan. Dj. Mayer, P.Solovey, D.Krauzo qobiliyat sirasiga kiruvchi emotsional intellektning 4 komponentini tadqiq etuvchi testlarni ishlab chiqishdi. Bular quyidagilar: • Emotsiyani qabul qilish ( inson yuzidan uni aniqlash) • Emotsiyani tushunish (ularni o‘zgarishini aytib berish) • Emotsiyani boshqarish (qaysi vaziyatda qaysi bir emotsiyadan foydalanishni bila olish) • Emotsiyani moslashuvchan va ijodkor tafakkurda qo‘llay olish[412] Agar shaxs yuqori intellekt koefitsentiga ega bo‘lsa, ammo bosh miyasining biror joyidan jarohat olsaunnig emotsional intellekti pasayib ketar ekan. Nevrolog Antonio Damasio o‘z tajribasida miya saratoni mavjud Elliot ismli bemorni mosol qilib keltirgan. U o‘z bemoridagi o‘smani jarrohlik yo‘li bilan olib tashlagan. U bemor sog‘aygandan keyin u bilan bo‘lgan soatlab suhbatda unnig yuzida emotsiyaning hech qanday ko‘rinishini payqashmagan. Elliotga turli xil vahshiona va turli tabiiy offtlar orqali insonlarda yuz bergan talofatlar aks etgan rasmlarni ko‘rsatishgan. Elliot o‘zida hech qanday his yo‘qligini bilgan va uni ifodalay olmagan. U endilikda hech nima his eta olmayotganini yaxshi bilgan. Natijada Elliot o‘z ishi va oilasini yo‘qotdi. Uning qayta turmishi ham o‘xshamagan. Elliot jamiyatda o‘z o‘rnini yo‘qotib muvaffaqiyatsizlikka erishdi. Intellektning yuqori bo‘lishi miya yarim sharlariga bog‘liqmi? Bu masalani tadqiq etishganda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Bayron, Betxovenlarning miyasining og‘irligi normal odamning miyasidan anchagina og‘iriligini aniqlashgan. Miyasi og‘ir bo‘lgan shaxslar yuqori intellektga ega bo‘lishadi degan qarashlar ham mavjud bo‘lgan. Lekin afsus ba’zi bir olim daxolarning miyasi normal insonlarnikidan ancha pastligini ham aniqlashgan. Aksincha ba’zi bir jinoyatchilarning miyasining og‘irligi xuddi Bayroninkiday ekanligi aniqlangan. Baribir keyinchalik MRT asob bilan miyani tahlil qilishda ishtellekt bilan miyani bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Intellektning yuqori bo‘lishi nafaqat uning og‘irligiga balki miyannig frontal va parietal manglay bo‘lagidagi aktivlik jarayoniga bog‘liqligini aniqlashgan. Yana bir tadqiqot asrab olingan bolalarda o‘tkazilgan. Bir muhitda katta bo‘lgan bolalarning intellekt koeffitsenti yoshligida bir xil natijani ko‘rsatgan. Lekin ular ulg‘aygan sari bu o‘xshashlik kamayib borishini kuzatishgan. Aynan aqliy qobiliyatlar yillar o‘tib o‘z o‘xshashligini yo‘qotishini tadqiqotlar isbotlab bergan. Bundan tashqari mehribonlik uylardan asrab olingan bolalar o‘gay ota-onalariga qaraganda o‘zlarining biologik ota-onalariga o‘xshashligi kuzatilgan. Irsiyat va ijtimoiy muhitning bir-biriga o‘zaro bog‘liqdir. Matematik qobiliyatga ega bo‘lgan bolani maxsus matematikaga yo‘naltirilgan gimnaziyada o‘qitib, yillar o‘tib uning itellekti tekshirilganda, yuqori natijalarni ko‘rsatgan. Buning sababi ham irsiyat ham ijtimoiy omilda ko‘ramiz (qobiliyat+ta’lim). Demak, genlarimiz bizning muhitimizni, muhit esa o‘z navbatida bizning o‘zimizni shakllantirar ekan. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, aqliy qobiliyatlarning shakllanitishida ham irsiyatning ham atrof muhitning roli muhim. Insonning dastlabki rivojlaninsh bosqichida irsiy omillar etakchiroq bo‘lib ko‘rinadi. Lekin yillar davomida ayniqsa aqliy qobiliyatlarning rivolanishiga atrof- muhit o‘z ta’sirini ko‘rsatib boradi. Uning keyingi rivojlanishi yoki so‘nib borilishi atrof-muhitga bog‘liq bo‘lib qoladi.0⁰ Aqliy qobiliyatning jinsiy farqlari mavjud bo‘lib, ayollarning xotirasi erkaklarnikiga qaraganda kuchli ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Erkaklarda esa matematik va fazofiy qobiliyatlar yaxshi rivojlanganligi aniqlangan. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, biz intellekt so‘zini talaffuz qilishimiz bilan uni testlar orqali o‘lchashni ko‘z oldimizga keltiramiz. Lekin mana shu teslar qanchalik haqiqatga yaqin. Biz ularga qay darajada ishonishimiz mukin. Bu ko‘rinishdagi testlarning savollari barcha qatlam vakillarining turmush sharitini hisobga olmaganligini kuzatishimiz mumkin. Hattoki, Alfred Bine ham o‘zi kashf etkan intellekt testlarini tahlili ustida ishlash kerakligini aytib o‘tgan. Sababi, bu teslarning natijasi haqiqatdan uzoq bo‘lishini aniqlagan. Bundan tashqari bunday testlar intellektning faqat bir tomonini tadqiq etishga qaratilgan. Emotsional va amaliy intelekti yuqori rivojlangan shaxslarning natijalari bu testlarda yaxshi natija ko‘rsatmayotganligi kuzatishgan. Baribir, hozirgi kunda IQ koeffitsenti o‘z ahamiyatini zararcha ham yo‘qotmagan. Intellekt testi- insondagi aqliy qobiliyatlarni boshqalarning aqliy qobiliyati bilan solishtirish yo‘li orqali aniqlanadi. Aqliy yosh- fanga Bine tomonidan kiritilib, test natijalarining darajasiga mos keluvchi yosh. Stenford-Bine testi- Bine testining amerikacha versiyasi bo‘lib, Stenford universitetida Lyuis Terman tomonidan ishlab chiqilgan. IQ koeffitsenti- aqliy yoshni xronologik yoshga bo‘lib, uni 100 ko‘paytirishimizdan xosil bo‘ladi. Asosan o‘rta yoshli odamnnig Iq koeffitsenti 100 ga teng bo‘lishi kerak. hidrokning ichki rejalarida bajariladigan xatti-harakat. Download 25.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling