1. Publitsistik uslub va uning xususiyatlari Matn va uning turlari


Download 65.75 Kb.
bet1/21
Sana15.06.2023
Hajmi65.75 Kb.
#1486569
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
3-mavzu.sirt.1-sem.


3-mavzu: Publitsistik nutq. Matn turlari va tarkibi. Maqola va uning janrlari. Taqdimot nutqi. Internet tili. Reklama. Reportaj tayyorlash, intervyu olish qoidalari
Rejasi:
1.Publitsistik uslub va uning xususiyatlari
2.Matn va uning turlari
3. Maqola va uning turlari
4.Taqdimot nima?
5.Internet haqida
6. Reklama va uning turlari
7. Reportaj matnini tayyorlash
8.Intervyu olish qoidalari


1.Publitsistik uslub va uning xususiyatlari
Publisistik janrda yozilgan asarlarning mohiyatan hozirjavobligi, ularning axborot hamda targ’ibot-tashviqot xarakterda bo’lishi va ommani dunyo yoki mamlakatimiz miqyosida sodir bo’layotgan voqyea-hodisalardan zudlik bilan xabardor qilish natijasida yuzaga keladigan novatorlik unda tabiiy ravishda yangi ijtimoiy-siyosiy terminologiyaning qo’llanilishi va tilimizda me’yorlashishiga sabab bo’ladi. Boshqacha aytganda, ommabop uslub tilning yangi so’z va iboralar hisobiga boyib borishiga ko’maklashadi.
Publitsistik uslub ma’lum ma’noda oraliq uslub sanaladi. Bu uslubda shakllangan matnlar obrazliligi, ta’sirchanligi, tasviriy vositalaming mahsuldor qo’llanilishi bilan badiiy uslubga yaqinlashsa, dialektizmlar, istorizmlar, argo va jargonlar qo’llanilmasligi bilan undan uzoqlashadi. Ifodaning aniqligi va publsistik janrlarga xoslangan hamda ijtimoiy-siyosiy terminologiyaning qo’llanilishi bilan ilmiy uslubga o’xshaydi. Ayni paytda ifodadagi qisqalik, lo’ndalik, ixchamlik, yorqinlik kabi xislatlar ham uni ilmiy uslub bilan yonma-yon qo’yadi.
Radio va televideniyedagi ayrim chiqishlar bu uslubdagi matnda so’zlashuv uslubi elementlari ham ba’zan aralashib ketishi mumkinligini ko’rsatadi.
Ma’lumki, publisistika badiiy, siyosiy, ilmiy jabhalarni qamrab oluvchi yirik soha hisoblanib, ommaviy axborot vositalari sanaladigan radio va televideniyeda, gazeta va jurnallar sahifalarida aks etadigan yangilik, xabar, reportaj, tahlilnoma, bosh maqola, maqola, ocherk, felyeton, pamflet, e’lon, reklama singari qator janrlarni qamrab oladi. Ana shu qamrov doirasining kengligi o’z navbatida til birliklarining har bir janrda alohida tarzda me’yorlashuvini taqozo etadi. Bu o’rinda esa me’yorlashishning umumiy jihatlari xususida so’z yuritish imkoniyati mavjud.
Publitsistika (lot. publicus - ijtimoiy) - davrning ijtimoiy-siyosiy va boshqa dolzarb masalalariga bagʻishlangan adabiy ijod turi. Buning vazifasi ij-timoiy fikr uygʻotish va uni shakllantirish, maʼlum maqsadga yoʻnaltirish, hujjatli faktmaʼlumotlar asosida voqelik manzarasini yaratishdan iborat. Hozirgi zamon ijtimoiy hayoti, unga aloqador oʻtmish va kelajak faktlari predmetidir. Hayotda ijtimoiy faoliyat, ongqarashlarning salmogʻi ortgan sari publitsistning , yaʼni ijodkorning voqelikka faol aralashuvi, fikrni bevosita oshkora, dangal ifo-dalash tamoyili ham oshdi. Bu fan, sanʼat, adabiyot asarlari tarkibiga tobora koʻproq kirib bormoqda. Publitsistik roman, pyesa, kino asarlari paydo boʻlmoqda.
Oʻrta Osiyo xalklari tarixida ancha qadimiydir. Bu xususiyatlari "Qobusnoma"da yaqqol koʻzga tashlanadi. Navoiyning "Majolis un-nafois", "Munshaot", "Mahbub ul-qulub" asarlarida P.ning tugal xususiyatlari uchraydi. Navoiyning Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Muhammad, Sayid Hasan Ardasher va boshqa xaqidagi adabiy portretlarini publitsistik ocherklar, deb atash mumkin. Navoiy nasriy asarlarini chuqur tadqiq etish uni oʻzbek badiiy publitsistikasining asoschisi, deb atashga imkon beradi. Publitsistik xususiyat oʻzbek mumtoz adabiyoti asarlari tarkibiga ham singib ketgan. Oʻzbekistonda ijtimoiy hayotga doir dastlabki publitsistik maqolalar "Turkiston viloyatining gazeti" sahifalarida chop etilgan.

Download 65.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling