1. Pul uning kelib chiqishi va zarurligi


Download 218.53 Kb.
bet6/19
Sana14.04.2023
Hajmi218.53 Kb.
#1358114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Baraka topgur

25-Variant
L . Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlash.Hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin: POT PМ = ΣB −ΣТ + ΣТМТB−ΣO’T Bu yerda, Sotishga mo‘ljallangan tovar va xizmatlarning jami bahosi; Mazkur davr doirasidan tashqarida bo‘lgan Tovarlar uchun to‘lovlar summasi; TMTB-To‘lov muddati tugagan tovarlar summasi; O‘T - O‘zaro to‘lovlar summasi; POT-Pul aylanmasi tezligi. Turli ilmiy maktab vakillari muomaladagi pul miqdorini aniqlashni Turlicha taklif qiladilar. Masalan, amerikalik iqtisodchi I.Fisher (1867-1947) uni quyidagicha aniqlashni lozim topadi: MPM · POT = B · TXS Bu yerda: MPM – muomaladagi pul miqdori; POT – pul aylanmasi tezligi; B – o‘rtacha tortilgan baho darajasi; TXS – tovar va xizmatlar soni. Bunda POT va TXS uzoq muddatli doimiy miqdor bo‘lganligi Sababli o‘zgarmas miqdor sifatida faraz qilinadi. Muomaladagi pul Miqdorini boshqacharoq aniqlash tartibini ingliz iqtisodchi A.Pigu (1877-1959 – Kembrij doktrinasi) quyidagicha taklif qiladi: MPM = dyd · B ·IChM Bu yerda: Dyd – yillik daromad salmog‘i (pul ko‘rinishida); B – baho darajasi;IChM – haqiqiy ishlab chiqarish miqdori. 2.Pul islohotlarini amalga oshirish shart-sharoitlari /Pul islohotlari – milliy valyutani mustahkamlash, pul birligini barqarorlashtirish va pul muomalasini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan mamlakat pul tizimini toʻliq yoki qisman qayta tashkil etish. Pul islohotlari qogʻoz pul belgilarining hammasi yoki bir qismi qadrsizlanganda va ularning hajmi koʻpayib, yangisi (qogʻoz yoki metall) bilan almashtirish lozim boʻlganda, pulning oltin qiymati yoki valyuta kursi oʻzgarganda, pul tizimiga oʻzgartish kiritish zarur boʻlganda oʻtkaziladi. Pul islohotlari mamlakatdagi iqtisodiy holatga, pulning qadr-sizlanish darajasiga va davlatning siyosatiga bogʻliq holda turli usullar-da: ortiqcha qogʻoz pullarni yoʻq qilish yoʻli bilan pul hajmini kamaytirish (deflyasiya); eski pul belgilarini yoʻq qilib, yangi qogʻoz pul belgilarini zarur miqdorda chikarish (nullifikatsiya); eski pul belgilarini yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (denominatsiya); pul birligi yoki qogʻoz pul birligi kursining metall qiymati va chet el valyutasiga nisbatan kursini pasaytirish (devalvatsiya); pul birligidagi metall qiymati yoki qogʻoz pul kursini tashki davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish (revalvatsiya) va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.

Download 218.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling