1????. Pul uning kelib chiqishi va zarurligi
Naqdsiz pul aylanmasini tashkil qilish prinsplari
Download 191.84 Kb.
|
1 . Pul uning kelib chiqishi va zarurligi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 31.Bimetallizm pul tizimining standartlari
30.Naqdsiz pul aylanmasini tashkil qilish prinsplari
Naqd pulsiz pul aylanishi – banklarda pul mablag‘larini to‘lovchilar va oluvchilarning hisobvaraqlari bo‘yicha yozuvlar yordamida yoki o‘zaro talablarni hisobga olish yo‘li bilan amalga oshiriladigan pul aylanishidir. Naqdsiz pul aylanmasi quyidagi prinsiplar asosida tashkil etiladi: Naqdsiz pul aylanmasining me’yoriy huquqiy asoslarining mavjudligi. O‘zbekistonda naqdsiz pul aylanmasining qonunchilik asoslari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: - O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. - O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonuni. - O‘zbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonuni. 2. Naqd pulsiz hisob kitoblarni asosan banklarda ochilgan hisob raqamlar orqali o‘tkazilishi. Mijozlar hisob raqam ochishda banklarni erkin tanlash huquqiga ega. Barcha naqdsiz to‘lovlar to‘lovchining joriy hisob raqamidagi pul mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Amaliyotda bir tijorat bankining mijozi ikkinchi bir tijorat bankining mijozi foydasiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshiradi. Bir bankdan 2-bankka o‘tayotgan to‘lovlar banklarning Nostro vakillik raqamlari orqali o‘tadi. Banklarning 2 turdagi nostro vakillik hisob raqamlari mavjud: Vertikal vakillik hisob raqami Gorizontal vakillik hisob raqami Odatda har bir tijorat banki milliy valyutada bitta vertikal bitta gorizontal vakillik hisob raqamiga ega bo‘ladi. Vertikal vakillik hisob raqami Markaziy bankning balansida ochiladi. Gorizontal vakillik hisob raqami mamlakatning boshqa tijorat bankida ochiladi. 31.Bimetallizm pul tizimining standartlari Bimetallizm- bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to’lov vositasi 2ta metallni(odatda oltin va kumush)chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga ruxsat beradi. O’z navbatda bimetzllizm tizimi 3ta shaklda amal qiladi: -birinchidan, parallel valyuta tizimi, ushbu metal pullar o’rtasdagi munosabat ularning bozor bahosidan kelib chiqqan holda stixiyali ravishda o’rnatiladi; -ikkinchidan, ikkiyoqlamali valyuta tizimi, metal pullar o’rtasidagi munosabat davlat tomonidan belgilandi va shuning asosida oltin va kumush tangalar zarb qilindi; -uchinchidan, “oqsoq” valyuta tizimi – ushbu tizimda oltin va tangalar qonuniy to’lov vositsi sifatida xizmat qildi,lekin kumush tangalar yopiq holda, oltin tangalar esa erkin zarb etildi. “oqsoq” valyuta tizimi deyilishiga sabab kumush tangalar ushbu davrda to’laqonli valyuta sifatida umum ekvivalent rolini amalga oshirmaydi. Muomalada 2ta metal pulning vazifasini bajargan paytda ular o’rtasda bahoni aniqlashda muammolar va ziddiyatli holatlar vujudga keldi. Shu bilan birga, pul tizimining bimetzllizm shakli beqaror va bir-biriga o’zaro qarama-qarshi edi. Shuningdek, rivojlangan Tovar-pul munosabatlari sharoiti talablariga yetrali darajada javob bermas edi. Download 191.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling