1????. Pul uning kelib chiqishi va zarurligi


Pul massasini miqdoriy olchash: tranzaksion yondashuv


Download 191.84 Kb.
bet35/56
Sana14.11.2023
Hajmi191.84 Kb.
#1771980
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56
Bog'liq
1 . Pul uning kelib chiqishi va zarurligi-fayllar.org

75. Pul massasini miqdoriy olchash: tranzaksion yondashuv.
Kredit va qog‘oz pul muomalasiga asoslangan miqdoriy pul nazariyasining zamonaviy sharoitdagi talqini yirik iqtisodchi olimlar L.Marshall, I.Fisher, G.Kassel, B.Xansen, M.Fridmanlarning asarlarida bayon etilgan. Ularning miqdoriy pul nazariyasi ikkita yo‘nalishdagi ta’limotga asoslangan
bo‘lib:
birinchisi, I.Fisher va M.Fridman boshchiligidagi monetaristlarning “tranzaktsion variant” ta’limoti;
– ikkinchisi, A.Pigu boshchiligida angliya Kembrij maktabi vakillari, ikkinchi jahon urushidan keyin esa D.Patinkinning “kassa qoldig‘i” kontseptsiyasi
ta’limoti hisoblanadi. Pul nazariyasi haqida amalga oshirilgan o‘rganishlar, tahlillar natijasida miqdoriy pul nazariyasining rivojiga sezilarli ravishda hissa qo‘shgan kishilardan biri amerikalik iqtisodchi I.Fisher (1867 – 1977) ekanligining guvohi bo‘ldik. U pulning mehnat mahsuli natijasidagi qiymat ekanligini inkor etib, uning sotib olish qobiliyatidan kelib chiqqan holda fikr yuritadi. I.Fisher pulning sotib olish kuchi oltita omilga bog‘liq ekanligini ta’kidladi va ularni quyidagilardan iborat bo‘lishini asoslab berdi.
M – muomaladagi pul miqdori;
V – pulning aylanish tezligi;
P – o‘rtacha tortilgan baho;
Q – tovarlar hajmi;
M1 – bank depozitlari summasi;
V1 – depozit – cheklarning aylanish tezligi.
Tovarlar uchun to‘lanadigan, muomaladagi pul miqdori jami tovarlar bahosini ko‘paytirilganiga tengligini e’tiborga olib, Fisher quyidagi “ayirboshlash tengligi”ni ilgari surdi. MV=PQ Fisher chap va o‘ng tomoni bir – biriga to‘g‘ri proportsional bo‘lgan funktsional tenglikka asoslangan holda, tovarlarning bahosi R muomaladagi pul miqdoriga to‘g‘ridan – to‘g‘ri proportsional va tovarlar miqdori Q teskari proportsionaldir degan fikrga keldi. Fisherning funktsional bog‘liqligidagi
tengligida kamchilik shundan iborat ediki, u tovarlar miqdori va muomaladagi pul miqdorini ma’lum bir davrdagi holatini shartli V va Q ning o‘zgaruvchan darajasida e’tiborga olib, unga bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchan darajalar ikkita, ya’ni tovarlar hajmi va bahosini e’tibordan chetda qoldiradi. Haqiqatda esa tovarlar hajmi iqtisodiyotning davriyligidan kelib chiqib o‘zgarib turadi va pul birligining aylanish tezligiga ta’sir ko‘rsatadi hamda pul muomalasi va bahoning shakllanishiga bevosita ta’sir qiladi. Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, tovarlarning bahosi qator omillar asosida o‘zgarib turadi. Masalan, ishlab chiqaruvchilarning monopol mavqiega egaligi, davlatning ichki va
tashqi siyosati va boshqalar tovarlar bahosiga bevosita va bilvostia ta’sir ko‘rsatadi. Miqdoriy pul nazariyasining “tranzaktsion varianti” ta’limoti asoschilari, monetaristlar M.Fridman, K.Brunner, A.Melttserlar hisoblanadi. A.Marshall, L.Valrasning iqtisodiyotda muvozanatlik modeliga asoslangan holda, ular tovarlar bahosi va muomaladagi pul miqdori o‘rtasidagi tenglik “nisbiy” baholarning o‘zgarishi natijasida avtomatik tarzda muvozanatlashadi. Monetaristlar ushbu tenglikning o‘zgarib turishini iqtisodiyotdagi pul massasi bilan bog‘laydilar, shuningdek M.Fridman tovarlar miqdori va muomaladagi pul miqdori o‘rtasidagi tenglikni ta’minlashda nafaqat naqd pullar (banknotlar va tangalar)ni, balki tijorat banklarning tranzaktsion hisobvaraqlaridagi (talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar, depozit sertifikatlar va muddatli depozitlar) qoldiq
mablag‘larni ham inobatga olish zarurligini ta’kidlaydi. Monetaristlar zamonaviy miqdoriy pul nazariyasiga qator yangicha holatlarni kiritishdi

Download 191.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling