1????. Pul uning kelib chiqishi va zarurligi


Pul massasini miqdoriy olchash : likvidli yondashuv


Download 191.84 Kb.
bet37/56
Sana14.11.2023
Hajmi191.84 Kb.
#1771980
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56
Bog'liq
1 . Pul uning kelib chiqishi va zarurligi-fayllar.org

78. Pul massasini miqdoriy olchash : likvidli yondashuv
Pul massasini miqdoriy o’lchashga nisbatan 2 xil yondashuv mavjud:
Transaksion yondashuv- bunda pullarning to’lov vositasi va muomala vositasi sifatida harakatlanishi ko’zda tutiladi. Shu sababli transaksion yondashuvda pul massasining aktiv qismi e’tiborga olinadi.
Likvidli yondashuv – bunda pullar eng yuqori likvidli aktiv sifatida tan olinadi.
Aktivlarning likvidliligi deganda tez pulga aylana olish qobiliyati tushuniladi. Likvidli yondashuvga ko’ra nafaqat aktiv pullar balki passiv pullar ham pul massasining tarkibiga kiritiladi.
Pullarga bo’lgan talab nazariyalari ichida J.Keynsning likvidlikka ixlos qo’yish nazariyasi muhim o’rin egallaydi. Ushbu nazariyaga ko’ra pullarga bo’lgan talabni 3 ta omil belgilaydi:
1. Transaksion omil-tovarlar xomashyo va materiallar sotib olish uchun, ish haqi to’lash uchun kompaniyalarga pul kerak. Aholi ma’lum turdagi tovarlarni xarid qilish uchun, xizmatlar haqini to’lash uchun pul kerak. Shu sababli ular daromadlarining ma’lum qismini pul shaklida saqlaydilar.
2. Extiyotkorlik omili-aholi ham kompaniyalar ham kelgusida yuz berishi mumkin bo’lgan, ko’zda tutilmagan holatlardan himoyalanish maqsadida pul jamg’aradilar.
3. Spekulyativ (chayqovchilik) omili-aholi va kompaniyalar pul mablag’larini kelgusida daromad olish maqsadida aktivlar sotib olish uchun saqlaydi.
Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o’lchash imkoniyatini beruvchi ko’rsatkichlardir. Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng foydalaniladi:
1. M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan ya’ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig’I ayirib tashlanadi. Tarqqiy etgan mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga olinmaydi.
2. M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo’l cheklari. Ayrim mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi.
3. M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg’arma depozitlar. M2 hisoblashda summasi uncha katta bo’lmagan muddatli va jamg’arma depoztlar olinadi.
4. M3 = M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + deposit sertifikatlari + jamg’arma sertifikati.
5. M4(L- AQShda) = M3 + davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari + korporativ obligatsiya + jamg’arma obligatsiyalar + bank akseptlari + pul bozori o’zaro fondlari paylari Taniqli olim F.Mishkenning fikriga ko’ra Markaziy bank pul agregatlarining qisqa muddatli davriy orqalidagi o’sishini e’tiborga olmasligi lozim, chunki pul agregatlarining qisqa davrda o’sishi mavsumiy omillar ta’sisirida bo’ladi. Shuning uchun pul massasining yillik o’sish sur’atlarini nazorat qilish lozim.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to’plamidan (guruhidan) foydalaniladi:
M-1 agregati – muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank schyotlaridagi mablag’larni o’z ichiga oladi;
M-2 agregati – M-1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va jamg’arma qo’yilmalaridan (to’rt yilgacha) tarkib topgan;
M-3 agregati – o’z ichiga M-2 agregati va ixtisoslashgan kredit muassasalaridagi jamg’arma qo’yilmalarini kiritgan;
M-4 agregati – M-3 agregati hamda yillik tijoriy banklarining depozitli sertifikatlaridan iborat.
AQSh da pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati, Yaponiya va Germaniyada – 3 ta, Angliya va Frantsiyada – ikkita pul agregatidan foydalaniladi.
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisob raqamdagi mablag’ va jamg’armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aktsiyalarini o’z ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari «kvazi» - “qariyb pullar” deb ham yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar bo’lib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin.

O‘zbekistonda pul massasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat.


M0 – naqd pullar;
M1 – M0 + schyotlardagi pul qoldig‘i + mahalliy byudjet mablag‘lari + byudjet, jamoa va boshqa tashkilot mablag‘lari;
M2 –M1 + tijorat banklaridagi muddatli jamg‘armalar;
M3 – M2 + sertifikatlar + maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
Pul agregatlari M1 va M2 ning bir-biridan farqi M2 ning o‘z tarkibiga yaqin orada pulga aylanishi mumkin bo‘lgan «kvazi» - qariyb pullarni olishdadir

Download 191.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling