107. M.Fridmen va J.M.Keyns nazariyalari o’rtasidagi farqlar.
108. Kreditlashning me’yoriy-huquqiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasining «Mikromoliyalash to‘g‘risida» gi qonunining 8-moddasiga muvofiq, kredit tashkilotlari qarz oluvchilarga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish qoidalarining ochiq bo‘lishini ta’minlashi lozim. Kredit tashkilotlari mikromoliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda mijozlarga moliyaviy xizmat miqdori (summasi), muddati va undan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishi kerak. Ushbu qonunning 14-moddasida tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar shartnoma tuzilishi orqali amalga oshirilishi va unda foizlar yoki lizing to‘lovlari miqdorini aniq belgilash lozimligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, shartnomada ko‘rsatilgan mikromoliyaviy xizmat bo‘yicha asosiy qarzlarni qaytarish tartibi va unga hisoblangan foiz to‘lovlarini to‘lash tartibi va muddatlari o‘z aksini topishi lozim. Bankdan olingan mablag‘lar muddatidan ilgari qaytarilishi va mijozlar haqiqatda foydalangan muddati uchun hisoblangan foizlarni to‘lashi qonunning 19-moddasida aks ettirilgan. Haqiqatda foydalanilgan davr uchun foizlarni to‘lanish sharti kredit shartnomasida ham ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
109. Pul-kredit siyosatini yuritishning tashqi va ichki sharoitlari
2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o‘rta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Ushbu yo‘nalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog‘liq amaliy qadamlar bo‘ldi.
Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanilishi, o‘z navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini beradi. Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |