1????. Pul uning kelib chiqishi va zarurligi


Naqd pulsiz xisob-kitoblarning afzalliklari


Download 94.13 Kb.
bet54/56
Sana20.12.2022
Hajmi94.13 Kb.
#1038993
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
Pul va Banklar 1-to\'plam javoblari. Moliya Hayoti

112. Naqd pulsiz xisob-kitoblarning afzalliklari
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning boshqa shakllari kabi to’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblar xam ma’lum bir afzallik va kamchiliklarga ega. To’lov talabnomalari bilan hisob-kitoblarnig afzalliklari kuyidagilardan iborat: 1) Mahsulot sotuvchi bilan mahsulot oluvchi tomonlar bir-birini o’zaro nazorat qilishga kulay. 2) Mahsulot oluvchiga tovarni jo’natish kechiktirilmaydi. 3) Mol jo’natuvchi bilan hisob-kitob qilish uchun mahsulot oluvchining mablag’ini aloxida hisobvaraqda deponent qilib ko’yish talab etilmaydi, ya’ni to’lovchining mablag’lari biror muddatga oborotdan tashqariga chiqib ketmaydi. 4) To’lovchiga taqdim etilgan hujjatlar asosida mol etkazib beruvchining shartnoma shartlari qay darajada bajarilishini tekshirish huquqi beriladi, shu bilan birga shartnoma shartlaridan biri buzilgan holda to’lov to’lashdan bosh tortish huquqiga ega bo’ladi. 5) Mol oluvchi hisob varag’idan aktseptsiz talabnomalar bo’yicha mablag’larning majburiy olinishi mahsulot etkazib beruvchi yoki xizmat ko’rsatgan tomon manfaatlariga mos keladi.
113. Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari
Inflasiya jamiyat uchun iqtisodiy, ijtimoiy va sosial okibatlarga olib kеladi. Inflyatsiya puldan ochish, ya'ni uning sarflanishini tеzlashtiradi. U tovar ochligini kuchaytiradi, pul jamg’arishga rag’batni susaytiradi, pul-krеdit tizimini izdan chiqaradi, bartеrni tiklaydi.
Bulardan tashqari, davlat byudjеti daromadlari va qadrsizlanadi, nisbatan qadrliroq pul mablag’laridan yig’ilgan daromadlar byudjеt xarajatlari amalga oshirilgunga qadar bo’lgan qisqa davr mobaynida o’zining avvalgi sotib olish quvvatini yo’qotadi.
Byudjеt daromadlari bilan xarajatlari o’rtasidagi mutanosiblikni saqlash mushkullashib boradi. Byudjеt taqchilligining kuchayishiga olib kеladi. Uni qoplash maqsadida krеdit emissiyasi ko’payishi va u o’z navbatida muomalada Pul massasining oshib kеtishiga sabab bo’ladi.
Inflyatsiya sharoitida pul jamg’armalari xam qadrsizlanadi. Pulga tеnglashtirilgan qog’ozlar, sug’urta polislari, aktsiyalar, obligatsiyalar, chеklar, sеrtifikatlarning rеal qiymati pasayadi. Bankka joylashtirilgan pul va qimmatli qog’ozlar olib kеladigan daromadlarni xam inflyatsiya yo’qqa chiqaradi.
Inflyatsiya davrida nominal daromadlarga qaraganda narxlar tеzroq o’sadi. Tadbirkorlarning ish xaqiga xarajatlari boshqa xarajatlarga nisbatan sеkin o’sadi. Bu esa nisbatan korxona, firmalarga eskirgan tеxnika, tеxnologiyadan foydalanishni afzal qiladi. Yangi qimmat tеxnikadan ko’ra eskisi ma'qul, bu esa o’z navbatida yangi tеxnika, tеxnologik o’zlashtirishga to’sqinlik qiladi.
Bo’sh turgan mablaglar ishlab chiqarish soxasidan muomala soxasiga oqib o’tadi. Uzoq muddatli kapital qo’yilmalarni foydasiz qilib qo’yadi.

Download 94.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling