1. Qadimgi Rim madaniyati. Rimda me'morchilik va haykaltaroshlik. Rim tеatr san’ati


Rimda quldorlar va qullar turmushi


Download 32.51 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi32.51 Kb.
#1598466
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QADIMGI RIM MADANIYATI

Rimda quldorlar va qullar turmushi
Qadim zamonlarda rimliklar turmushi o`ta oddiyligi bilan alohida ajralib turgan. Rimlik zodagonlar bo`lmish patritsiylar bir qavatli oddiy uylarda yashardilar, xo`jalikda qullar ham unchalik ko`p emasdi.
Milodiy I asrga kelib rimliklar turmushida keskin o`zga­rish­lar ro`y berdi. Badavlat kishilar yashaydigan tepaliklar bag`rida tomo­shabog`lar va chorbog`lar ko`p, havo esa tep-tekis joy­lar­da­giga qaraganda sog`lomroq va tozaroq bo`lgan. Impe­ra­tor­ning yaqin kishilari muhtasham koshonalarga egalik qilar edilar.
Badavlat rimlik uy-qo`rg`oni; Rim termlari. Zamonaviy foto; Mum bilan qoplangan yozuv taxtasi
Badavlat bo`lmagan rimliklar tepaliklar o`rtasidagi tekis joylarda yashar edilar. Bu yerlarda ko`chalar tor va iflos bo`lgan: axlatni ham to`g`ri ko`chaga tashlashgan. Ustiga-ustak Rim aholisi soni ham muntazam ortib bordi, chunki Italiyaning to`rt tomonidan xonavayron bo`lgan dehqonlar poytaxtga ko`chib kelardilar. Ishi yurishgan kishi bir burchakni yoki xonani ijaraga olardi, sayoqlar va gadoylar zinapoyalar tagida, zax va nimqorong`i yerto`lalarda yoki ochiqdan ochiq shahar ko`chalarida tunar edilar.
Rimlik qashshoqlar mehrini qozonishga intilgan imperatorlar poytaxt aholisi uchun "termlar" deb atalgan ko`rkam hammomlar qurdirgan edilar (yunoncha "issiq" so`zidan, "termos" so`zi ham shundan kelib chiqqan). Arzimas to`lov evaziga har bir rimlik termlarga tushish imkoniyatiga ega edi. Bu yerda suzish uchun basseynlar, sport zallari mavjud edi. Termlar qoshida ta'lim olish va fanlar bilan shug`ullanish uchun kutubxona ham bo`lgan.
Ta'lim
Bolalarning maktabda ta'lim olishi ota-onalarning tahsil uchun haq to`lash imkoniyatlariga bog`liq bo`lgan. Kambag`al rimliklarning farzandlari xo`jalik ishlarida ota-onalariga yordam berganliklari sababli maktabda o`qimas edilar. Badavlat xonadon farzandlari esa 6 yoshdan maktabga qatnar edilar. Yozuvni o`rganayotgan bolalar stil degan metall ruchka bilan harflami mum qoplangan taxtachalarga qitirlatib, o`yib yozardilar.
O`qish, yozish va hisoblashni o`rganganidan keyin ko`pchilik ta'lim olishni yakunlar edi. Ayrimlar grammatikada (o`rta maktabda) tahsilni davom ettirgan. Tarix, geografiya, geometriya, musiqa va astronomiya o`qitilardi. Yunon tilini o`rganishga alohida e'tibor qaratilgan, chunki fanning turli tarmoqlariga oid kitoblarning aksariyati yunon tilida yozilgan edi. Siyosiy arbob bo`lishni istagan har bir kishi notiqlik va ritorikani — chiroyli so`zlasni o`zlashtirgan.

Download 32.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling