1. Qadimgi Rim madaniyati. Rimda me'morchilik va haykaltaroshlik. Rim tеatr san’ati


Download 32.51 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi32.51 Kb.
#1598466
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QADIMGI RIM MADANIYATI

Me'morchilik va haykaltaroshlik
Rim imperiyasida qurilish ishlari ayniqsa taraqqiy etgandi. Amfiteatrlar, sirklar, teatrlar, ibodat-xonalar, saroylar, triumfal arklar va ko`p qavatli uylar barpo etildi. Shaharni baland devorlar o`rab turardi.
Rim me'morchiligi yunon me'morchiligidan imoratlari rang-barangligi va muhta­shamligi bilan farqlangan. Milodiy I asrda Rim eng yirik va aholisi ko`p shahar edi. O`sha kezlarda hatto shunday bir maqol to`qilgandi: "Barchayo`llar Rimgaboradi". Minglab qullar o`rmonlar, tog`lar va botqoqlar orqali yo`llar o`tkazdilar. Yo`llar bilan bir qatorda Rim vodoprovodi — suv quvurlari qoldiqlari ham hozirga qadar saqlanib qolgan. Quvurlar nishablik asosida qurilgan bo`lib, tog`dagi buloqlardan suvning o`zi oqib kelar edi. Suv quvurlarini jarlar, daralar va vodiylardan o`tkazish uchun akveduklar— yuqori qismidan anhorlar o`tkazilgan ko`priklar qurilgan.
Lotincha sonlar; Rimdagi yo`l qurilishi; Akveduk qurilishi; Panteon - barcha xudolar ibodatxonasi
Ulkan ko`priklarni butunlay toshdan qurish qimmatga tushar va uzoq davom etar edi. Rimliklar yangi qurilish materiali bo`lmish betonni ixtiro qilishadi. Quruvchilar g`ishtdan ikkita ingichka devortiklashgan, ularo`rtasidagi bo`shliqni esa beton bilan to`ldirishgan. Qotganidan keyin u toshdan ham mustahkam bo`lib qolgan. Beton ishlatilishi rimliklarga tez va pishiq inshootlar qurishga imkon berdi.
O`n minglab tomoshabinlarni sig`diradigan Amfiteatr Rimdagi eng katta inshoot bo`lgan. Bu yerda gladiatorlar olishuvi va harbiy kemalar jangi uyushtirilardi. Yer ostida chuqur bir joyda sahnani suvga to`ldirish imkonini beruvchi moslama qurilgan. Rimning eng katta amfiteatri bo`lmish Kolizey o`tmishdagi ulug`vorlik guvohi sifatida hozirgacha saqlangan.
Xristianlikning vujudga kelishi
Ikki ming yil muqaddam Rim hokimiyati ostida bo`lgan Kichik Osiyo va Falastin yerlarida Nazaret shahrida duradgor losifva uning rafiqasi Mariya xonadonida "Xudoning o`g`li" nomini olmish Iso tug`ilgani haqida rivoyatlar tarqala boshladi. 30 yoshida Iso sahroda yashovchi voiz Cho`qintiruvchi loann qo`lida lordan daryosida cho`qintiriladi. Yovuzlikni sodir etganlar loannga tavba qilish uchun kelishardi. Iso begunoh bo`lsa-da, Yaratganga yo`l poklovchi tavba-tazarrudan boshlanishini ko`rsatib berish uchun cho`qinadi.
O`n ikki nafar havoriylari (apostollar) bilan Falastin bo`ylab sayohat qilib, Xudo oyatlari haqida hikoya qilib beradi, va ularni amalga ko`rsatadi — o`liklarni tiriltiradi, yashashdan umidini uzgan, tuzalmas xastalarni sog`aytiradi. Yahudiy ruhoniylari Iso payg`ambarni mavjud diniy haqiqatlarni buzib talqin etishda ayblab, uni o`lim jazosiga mahkum etadilar. Rim noibi Pontiy Pilat bu hukmni tasdiqlashi shart edi. Avvaliga Pontiy Pilat bu ishni qilishdan bosh tortgan, ammo ruhoniylar tazyiqi ostida rozilik beradi. Isoni yer yuzidagi ilk inson — Odam ato dafn etilgan Golgof tog`ida xochga tortganlar. Iso payg`ambar 3 kunda, dahshatli azoblargirdobidajon beradi. Vafotidan keyin murdasini bir g`orga qo`yishadi. Uchinchi kuni dafn etish uchun kelishganda Iso Masih jasadi qo`yilgan joyida yo`qligini ko`rishadi. Iso payg`ambar qayta tirilgan va me'rojga ko`tarilgan, vafot etgan va yashayotgan odamlarning ishlarini baholash uchun Yer yuziga qaytib kelishga va'da bergan.
Imperator Konstantin; Rivoyatga ko`ra imperator Konstantin xristianlik ramzini o`z askarlari­ qalqonlariga chizishga buyurgan va g`alabaga erishgan.
Iso Masih haqidagi rivoyatlar Yevangeliya (Injil) nomini olgan, yunonchadan tarjima qilganda bu so`z "Xushxabar" ma'nosini anglatadi. Iso payg`ambar ta'limoti izdoshlari xristianlardir. Shogirdlari apostollar (hovariylar)dir. Xristianlar jamoa­la­riga yepiskoplar peshvolik qiladi. Milodiy I asr xristianlik vujudga kelgan sana hisoblanadi. Rim hukmdorlari xristianlarni ta'qib etadilar, yirtqich hayvonlar chan­ga­liga tashlaydilar, turli qiynoqlarga soladilar. Milodiy 313-yilda imperator Konstantin xristianlik boshqa dinlar bilan teng bir din deb e'lon qilingan farmon chiqardi. Farmon xristianlarga ibodatxonalar qurish va oshkora ibodat qilish imkonini berdi.
Qadimgi Rim madaniyatining shakllanishiga antik dunyodagi ikki buyuk madaniyat - etrusklar va yunоnlar madaniyati an’analari ta’sir ko`rsatdi. Rim ibоdatхоnalari etrusk ibоdatхоnalari namunasi bo`yicha qurildi, lоtin alifbоsi ham etrusklarning alifbоsi asоsida yaratildi. Yunоnlarning ta’siri mil.av. III asrdan bоshlandi. “Оdissеya”ning lоtinchaga ta’siri Rim shе’riyatiga ta’sir ko`rsatdi. Ammо Rim shе’riyati tоm ma’nоda хalq оg`zaki ijоdidan o`sib chiqdi.
Qadimgi Rim tariхi uch davrga bo`linadi:


  1. Download 32.51 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling