1. qarigan bog’larni yoshartirish texnalogiyasi yong’oq misolida


O‘zbekistonda ko‘p eqiladigan navlari


Download 26.71 Kb.
bet3/4
Sana06.02.2023
Hajmi26.71 Kb.
#1171810
1   2   3   4
Bog'liq
MUSTAQIL ISH MEVA

O‘zbekistonda ko‘p eqiladigan navlari:

Achchiqdona. Jaydari nav. Mevasi 400-600 g. Mazasi nordon, sharbati qizil, tarkibida 15-16% qand bor, Po‘sti qalin, 5 oygacha yaxshi saqlanadi. Tupi 30-35 kg hosil beradi. Farg‘ona vodiysida keng tarqalgai.

Qay Anor jaydari nav. Mevasi yirik (500-700 g), nordon-xushxo‘r, sharbati qizg‘ish. Tarkibida 19-20% qand bor. Po‘stining qalinligi o‘rtacha, martgacha yaxshi saqlanadi. Tupi 35-40 kg hosil beradi. O‘zbekistonning hamma viloyatlarida bor.

Qizil anor. Bu ham jaydari nav. Sharbati tarkibida qand 15-16%, pusti yupqa, uzoq saqlashga chidamsiz. Boshqa belgilari qozoqi anordan farq qilmaydi.

Qozoqi anor xalq seleksiyasi yo‘li bilan yetishtirilgan. Mevasi 250- 300 g. ayrimlari 600-700 g. Mazasi nordon-shirin. Sharbati qizil. Tarkibida 18-19% qand bor. Pusti qalin, pishiq, 6 oygacha saqlanadi. Tupi 50-60 kg hosil beradi. Toshkent, Andijon, Surxondaryo viloyatlarida keng tarqalgan.

Shirindona anor jaydari nav. Mevasi 250-350 g, ayrimlari 500-600 g. Mazasi shirin. Sharbati pushti. Tarkibida 19-21% qand bor. Pusti yupqa yoki o‘rtacha qalinlikda, qizg‘ish-pushti, ba’zisi oq, 2-3 oy saqlanadi. Tupi 25-30 kg hosil beradi. O‘zbekistonning ko‘pchilik viloyatlarida o‘stiriladi.


4. Angliya erta pishar olchasi serhosil olcha navi. Ko‘chati 3-yil hosil beradi, bargi yirik, qalin, to‘q yashil, cheti mayda arra tishli. Mevasi dumaloq, urtacha kattalikda, to‘q qizil, nordon shirin, 2-3 yillik shoxchalarida g‘uj-g‘uj bo‘lib o‘rnashadi, ser-suv, sharbati ishtaha ochadi. Iyun oyida pishadi. Tupidan 25-30 kg hosil olinadi. O‘zbekistonning hamma viloyatlarida keng tarqalgan.

Sovfa - erta pishar nok navi. A. K. Pavlov tomonidan «Vilyame» va Lesnaya krasavisa navlarini chatishtirib yetishtirilgan. Ko‘chati o‘tkazilgach, 4- yili hosilga kiradi. Daraxti o‘rtacha, shox-shabbasi keng piramida shaklida. Bargi tuxumsimon. Aprelda gullaydi. Mevasi avgustda uziladi, vazni o‘rtacha 150-170 g, och-sariq, qizil taramlari bor, eti oq, suvli, shi­rin, xushbo‘y, 15-20 kun saqlanadi. O‘zbekistonning Samarkand va Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan.

5. Achchiq-bodom (Amygdalus bucharica) - ra’nodoshlar (atirgullilar oilasi)ga mansub qichkina daraxt yoki buta. Balandligi 1,5 m gacha. Barglari nashtarsimon yoki tuxumsimon, bo‘yi. 1-4, eni 1,5-2 sm, bir yillik novdalarida bittadan, eski novdalarida g‘uj-g‘uj joylashgan. Gullari ikki jinsli, och binafsha rangli, bo‘yi 14-19, eni 8-11 mm. Bodomining pusti qalin tuk bilan qoplangan, bo‘yi 20- 38 mm. Mag‘zi achchiq. Achchiqbodom mart-aprelda gullab, iyun-iyulda meva beradi. Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining dengiz sathidan 850-2500 m balandlikdagi adir va tog‘larida, tosh oralarida va sershag‘al tuproqlarda o‘sadi. Achchiqbodomdan shirin mag‘izli bodom va shaftoli yetishtirishda payvandtag sifatida va kam suv, shag‘alli adir va tog‘ qiyalarini daraxtzor va mevazorlashtirishda foydalaniladi. Mag‘zida 50% moy va 2,5- 4% gacha amigdalin glyukozidi bor, undan xar xil dorilar tayyorlanadi. Achchiqbodom moyi yo‘tal, istisqo, zotiljam va buyrak kasalliklariga davo. Aholi achchiqbodomning ildiz po‘stidan matolarni sariq rangga bo‘yashda va teri oshlashda foydalanadi.




Download 26.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling