1. qarigan bog’larni yoshartirish texnalogiyasi yong’oq misolida


Download 26.71 Kb.
bet2/4
Sana06.02.2023
Hajmi26.71 Kb.
#1171810
1   2   3   4
Bog'liq
MUSTAQIL ISH MEVA

Mevali daraxtlarni yetishtirish daraxtlardan yangi novdalar o‘sib chiqishi uchun eski va qurigan shoxlarini kesish, o‘simlik hayotini uzaytirish va hosilini tiklash usullaridan biri. Mevali daraxtlar o‘sish-dan qolganida, asosiy shoxlarini tiklash, novdalarining o‘sishini tezlashtirish hamda meva hosil qiluvchi organlarini rivojlantirish (shakllantirish) maqsadida qo‘llaniladi. Ko‘pincha, 20-25 yoshdagi olma, nok, 10- 15 yoshdagi o‘rik, gilos, olxuri va olcha, aso­san, fevral-mart oylarida yoshartiriladi. Yoshartirishning yengil, kuchli hamda butab yoshartirish xillari bor.

Yengil yoshartirishda asosiy shoxlar qulay tomonga rivojlangan yon shoxlar ustidan, kuchlisida asosiy shoxlarning 4/z qismi kesiladi. Bunda kelasi yili bir nechta yangi novda o‘sib rivojlanadi, 3-4 yildan so‘ng ulardan yangi shox-shabba shakllantiriladi. Daraxtlar hosil berish hamda quriy boshlash davri oxirida yoshartirish maqsadida butaladi. Bunda asosiy shoxlar qisqartirilib, ulardagi 1-2 yillik novdalarning ayrimlari olib tashlanadi, Bu usulda zapas oziq moddalar daraxtlarning ko‘p gullashi uchun sarf bo‘lmaydi, tugilgan mevalar to‘kilib ketmaydi.

Yoshartirilgan olma va nok daraxtlari 4-yilda, o‘rik va shaftoli 2- yildayoq hosilga kiradi. Shoxlarning kesilgan joyiga bog‘ malhami yoki alif aralashtirilgan moyli buyok, surtib qo‘yiladi. Daraxtlarni yoshar-tirayotganda ularning umumiy o‘sish kuchiga qaraladi. Sust usayotgan yoki nimjon daraxt­lar bir yilda emas, ikki yilda yoshartirilsa ham bo‘ladi. Yoshartirishdan oldin daraxt usayotgan yerning har bir kvadrat metriga 5-6 kg chirigan go‘ng yoki go‘ng bilan mineral o‘g‘it aralashmasi solib, qondirib sug‘oriladi. To‘g‘ri yoshartirilgan daraxtlar yana 10-15 yil, hatto bundan ham uzoq hosil beradi.

2. Yong‘oq (Juglans regia L.) yong‘oqdoshlar (yong‘oqgullilar oilasi)ga mansub daraxt. Bo‘yi 15-30 m, yo‘g‘onligi 1,5 m gacha. Shox-shabbasi qalin, keng. Bargi yirik (20-40 sm), toq patsimon murakkab, xushbo‘y (efir moyli). Guli bir uyli, ayrim jinsli, changchisi (otalik guli)- kuchalasi o‘tgan yilgi novdada to‘da-to‘da, urug‘chisi (onalik guli) yangi novda uchida bitta yoki 2-3 tadan joylashadi. Mevasi yong‘og‘i dumaloq yoki cho‘ziqroq, po‘chog‘i qattiq, qobig‘i (po‘sti) qalin, yashil, mag‘zi to‘q. Yong‘oq 150-200, hatto 300-400 yil yashaydi. Tabiiy holda Kichik Osiyo, Bolqon yarim oroli, Eron, Xitoy, Aqshda, Yevropaning janubi-g‘arbida o‘sadi. Tabiiy yong‘oqzorlar Urta Osiyo respublikalarida ko‘p. Yong‘oq O‘zbekistonning tog‘li zonasida va deyarli hamma sug‘oriladigai tumanlarida o‘stiriladi.

Yeng‘oq yorug‘sevar o‘simlik. Yer osti suvlari yuza bo‘lmagan, lekin nami yetarli, karbonatli, qumoq tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Aprul-mayda gullaydi, mevasi sentyabr-oktyabrda pishadi. Payvand qilingan daraxti 4-6- yili hosilga kiradi. 30-60 yanvar daraxti 100-150 kg, ayrimlari 500 kg gacha hosil beradi. Yong‘oq mag‘zi tarkibida 45-77% yog‘, 8-21% 01oqsil, vitamin V, S, provitamin A va boshqa moddalar bor. Mag‘zi yeyiladi va qandalatchi-likda, bargi va meva qobig‘i esa medisina va parfyumeriyada ishlatiladi; mag‘iz moyidan oziq-ovqat sifatida, lak tayyorlashda, yuqori sifatli sovun, bosmaxona siyohi va tush olishda, yog‘ochidan mebel, avtomobil va ma-shinasozlik sanoatlarida, duradgorlikda foydalaniladi. Bargi, po‘stlog‘i va mevasiniig yashil qobig‘idan oshlovchi moddalar, jigar rang bo‘yoq tayyorlanadi. Yeng‘oq asalli o‘simliklardan hisoblanadi. Ihota daraxtzorlar barpo etishda, manzarali bog‘dorchilikda ahamiyati katta. Yong‘oq asosan, yong‘og‘idan va payvandlash yuli bilan ko‘paytiriladi, ko‘chati 10X10 yoki 12x12 m oraliqda o‘tqaziladi. Yong‘oqzor har yili gektariga 120 kg azot, 60-90 kg fosfor hisobidan, har 3 yilda bir marta gektariga 30-40 t hisobidan go‘ng bilan o‘g‘itlanadi. O‘zbekistonda quyidagi navlari tumanlashtirilgan.

«Bo‘stonliq» daraxti 16 m gacha, guli chetdan changlanadi. Mevasi yirik (13,3 g), tuxum shaklida, po‘chog‘i och sariq, burishgan, yupg‘a. Mag‘zi po‘chog‘idan oson ajraladi. Tarki­bida 68,8% yog‘ va 2,2% qand bor. Mevasi sentyabrda pishadi.

G‘alvirak (yupqapo‘choq) daraxti 16 m gacha, guli chetdan changlanadi. Mevasi o‘rtacha (9-9,5 g), tuxum shaklida, po‘chog‘i oqish-sariq, burishgan, yupqa. Mag‘zi po‘chog‘idai oson ajraladi, tarkibida 68,8% yog‘ va 3% qand bor. Mevasi sentyabrda pishadi.

«Erta hosil berar yong‘oq» O‘zbekistonda yetishtirilgan. 10 yoshli daraxti 2,5-3,0 m, changchisi urug‘chisidan oldin ochiladi. Chetdan changlanadi. Mevasi yumaloq, o‘rtacha (1S-10,5 g), po‘chog‘i och jigar rang, sal burishgan. Mag‘zi po‘chog‘idan yaxshi ajrala­di, tarkibida 72,6% yog‘, 2% qand bor. Meva­si oktyabr boshida pishadi.

«Antiqa» daraxti 9 m gacha, guli oldinma-keyin ochiladi, erta ko‘klamda gullay­di, lekin yoz oylarida ham qayta gullashi mumkin. Dastlab tukkan hosili sentyab oxirlarida, so‘nggisi dastlabkisidan 6-7 kun keyin pishadi. Mevasi o‘rtacha (Sh-10,5 g), yassi-yumaloq, po‘chog‘i oqish-sariq, burishgan. Mag‘zi po‘chog‘idan yaxshi ajraladi, tarkibida 67,1% yog‘ va 3% qand bor.

O‘zbekistonda Yong‘oqning yana Gvardeyskiy, Gibridnыy, «Qozog‘iston», Konsoy, Panfiloves, Pioner, Rodina, Yubiley­nыy, Do‘rmon-1, Do‘rmon-2 va boshqa navlari ham o‘stirilmoqda.

3. Anor (Punica granatum Z.) anordoshlar (anorgullilar oilasi)ga mansub, bo‘yi 2- 5 m daraxt yoki buta. Vatani: Urta Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Afg‘oniston, yovvoyi turlari O‘rta Osiyoning janubida, Zakavkazye va Dog‘istonda uchraydi. O‘zbekistonda Quva, Namangan, Denov va Kitob tumanlari a’lo sifatli anorlari bilan mashhur. Barglari mayda, nashtarsimon, shoxlari tikanlk (shirin mevalisi kam tikanli). Iyun-iyulda gullaydi. Gullari ikki jinsli, yirik (diametri 3 gacha), och qizil bo‘lib, shoxi uchida bitta, ikkita, ba’zan beshtadan joylashadi. Urug‘chisi (onaligi) normal rivojlangan, ko‘zachasimon guli meva tugadi, urug‘chisi qisqa, qo‘ng‘iroqsimon g‘ullari odatda meva tugmaydi. Anor chetdan changlanadi. Mevasi yirik, dumaloq, qizg‘ish (qizil pust) yoki oqish (oq pust) bo‘lib, og‘irligi 250- 1000 g keladi. Ta’mi shirin, chuchuk-nordon va nordon, sersharbat (40-55%), tarkibida 14-21% qand, 0,9-3% kislota bor. Mevasi 6-12 xonali, doni och pushti yoki to‘q qizil. Anordan konditer sanoatida va medisinada keng foydalaniladi. Gulbargi va meva po‘stidai bo‘yoq, donidan sharbat tayyorlanadi. Anor 3-4 yoshdan hosilga kirib, 8-10 yoshdan to‘liq hosil bera boshlaydi. Sovuqqa chidamsiz o‘simlik. Kech kuzda xashak, qamish yoki tuproqqa ko‘milib, bahorda ochiladi. Ba’zi turlari xushmanzara o‘simlik sifatida eqiladi. Anor asosan, qalamchadan ko‘paytiriladi. Unumdor, suvni yaxshi o‘tkazadigan, nami yetarli tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Yerning unumdorligiga qarab, ko‘chat oralig‘i 4X4 va 5X4 m qilib eqiladi.


Download 26.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling