1. qarigan bog’larni yoshartirish texnalogiyasi yong’oq misolida
Download 26.71 Kb.
|
MUSTAQIL ISH MEVA
Nashvati xalq seleksiyasi yo‘li bilan yetishtirilgan nok navlari gruppasi. Qishki nashvati, kuzgi oq nashvati, chillaki nashvati, yozgi nashvati kabi navlar shu gruppaga oid. Urta Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda qadimdan ekib kelingai. Nashvati ko‘chati o‘tqazilgach, 4-6- yili hosilga kiradi, Daraxti 8-12 m. Boshqa nok navlariga qaraganda erta gullaydi. Mevasi naviga qarab iyun oxiridan oktyabr boshlarigacha bo‘lgan davrda pishadi, og‘irligi 120-250 g, ko‘pchiligi sarg‘ish-ko‘kish, ayrimlari rangdor, usti moysimon g‘uborli, silliq. Eti och sariq yoki ko‘kish oq, kuvrak, suvli, og‘izda eriydi, nordon-shirin; kechpisharlari mart-aprelgacha saqlanadi.
6. Tok, uzum (vitis)-uzumdoshlar (uzumgullilar oilasi - vitaceae)ra mansub o‘simliklar turkumi. 70 ga yaqin turi ma’lum; yer sharining tropik, subtropik va mu’tadil iqlim zonalarida tarqalgan. Uzum G‘ujumi, tarkibida 10% dan 30% gacha qand moddasi, 0,5 dan 1,5% gacha organik kislotalar, 3 'mg% vitamin S, shuningdek vitamin V Bj, karotim (provitamin L) hamda mineral tuzlar bor. Mevasi yangiligida yeyiladi, quritiladi (mayiz solinadi),uzum sharbati, murabbo, kompot, marinadlar, turli xil vinolar tayyorlanad. Eqiladigan tokning 4 mingcha navi ma’lum, shundan 250 tachasi tumanlashtirilgan. Uzum ishlatilishiga qarab 3 asosiy gruppaga: vinobop, mayizbop, xo‘raki navlarga bo‘linadi. Vinobopnavlar: aleatiko urtapishar, portveyn tipidagi qizil kuchli hamda sifatli, muskat hidli desert vinolar tayyorlanadi; aligoteko erta pishar, stolovoy vino, uzum sharbati, shampan vinosi hamda konyak tayyorlashda ishlatiladi; baxtiyori urtapishar, O‘zbekistonni tog‘li xamda tog‘ oldi rayonlarida tarqalgai, stolovoy vino, uzum sharbati tayyorlashda hamda shampan vinosi va konyak tayyorlashda xom ashyo sifatida foydalaniladi; bayan shirey kechpishar, stolovoy, kuchli vinolar, uzum sharbati, shampan vinosi hamda konyak tayyorlashda ishlatiladi; bishti kechpishar, stolovoy vinolar tayyorlanadi; buvaki urtapishar, nor buvaki va tot buvaki xillari bor, desert vinolar tayyorlashda ishlatiladi; soyaki - urtapishar, yangiligida yeyiladi, stolovoy hamda shampan vinolarini tayyorlashda ishlatiladi; saperavi urtapishar, yuqori sifatli, rangdor stolovoy, tipidagi desert hamda kuchli vinolar va konyak tayyorlashda ishlatiladi. Mayizbop navlar: qora kishmish ertapishar, shirador, yangiligida yeyiladi va mayiz solinadi. Mayizi tarkibida 80% gacha qand moddasi bo‘ladi; oq kishmish urtapishar, yangiligida yeyiladi, mayiz solinadi, shuningdek kuchli vino xamda konyak tayyorlashda ishlatiladi; pushti kishmish urtapishar, yangiligida yeyiladi, mayiz solinadi; sultoni (jaus) urtacha kechpishar, yangiligida yeyiladi, mayiz solinadi, shuningdek stolovoy, «Jaus» desert vinosi va konyak tayyorlashda ishlatiladi. Xo‘raki navlar: husayni urtapishar, kelinbarmoq husayin, bigizi, mo‘rchamiyon husayni, qizil husayni kabi xillari bor. Saqlangan sari shirasi ko‘payadi. Mart oyigacha yaxshi saqlash mumkin; toyifi kechpishar, oq toyifi va pushti toyifi xillari bor. Ba’zan quritiladi. Mart-aprelgacha saqlash mumkin; nimrang (qirmizka) o‘rtacha kechpishar, dunyo bo‘yicha eng yaxshi xo‘raki navlardai hisoblanadi, yangiligida yeyiladi, quritiladi, mart oyigacha saqlash mumkin; charos erta o‘rtapishar, yangiligida yeyiladi. Xo‘raki navlarga, shuningdek, chillaki, daroyi, echkemar, oktyabrskiy, katta qo‘rg‘oni, tuyatish, rizamat, go‘zal qora kabi navlari kiradi. Xuraki uzumlarni yaxshi va uzoq saqlash uchun, ular uzib olinishidan 2-3 hafta oldin sug‘oriladi, havo quruq vaqtida tokqaychi yoki oddiy qaychi bilan novdaga taqab kesiladi, bunda g‘ujumlar ustidagi mumg‘uborni saqlab qolishga ahamiyat beriladi. Uzilgan uzum boshlari salqin joyda bir oz so‘litilgach, salqin xonalarga bandidan osiladi. Harorat O Sda uzum uzoq saqlanadi. Tok pishish vaqtiga qarab, ertapishar (oq va qora xaliliy, daroyi, chillaki, qora kishmish, tagobi, aligote va boshqa), o‘rtapishar (aleatiko, bastardo, baxtiyoriy, buvaki, echkemar, ok vassarg‘a, qora kaltak, vengr muskati, pobeda, soyaki, saperavi, charos, husayni. «rizamat», sohibi, tuyatish va boshqa), kechpishar (bayan shirey, bishti, sora vassarg‘a, jo‘ra uzum, qorajanjal, dili kaftar, nimrang, kattaqo‘rg‘oni, oktyabrskiy, toifi, sultoniy va boshqa) navlarga bo‘linadi. Tok turlari va navlarini ampelografiya fani o‘rganadi. Asosan, sernam urmonlarda, vodiylarda, tog‘ etaklari hamda dare buylarida, ko‘pchilik turi chirmashib, ba’zilari buta yoki pastak daraxt holida usadi. Ildizi baquvvat, odatda, uzun, pataksimon, ba’zan tugunakka o‘xshash. Tana (poya)si liana. Ko‘p yillik novdalari (madang va zangi) turli yo‘g‘onlikda. Novdalari bo‘g‘imida barg, barg qo‘ltig‘ida kurtaklar rivojlanadi. Novdaning pastki, asosan, 3-5 bo‘g‘imlarida gul to‘plami, ustkilarida gajaklar (bargning qarama-qarshi tomonida) paydo bo‘ladi. Barglari yaxlit, panjasimon, asosan, 3 va 5 bo‘lakli, navbat bilan joylashgan, Sho‘ralari shokila, zontik yoki ro‘vaksimon. Gullari mayda, ko‘kimttr-sarg‘ish, madaniy turlariniki, asosan, ikki jinsli, ayrimlari bir jinsli. Yevvoyi turlarida faqat urug‘chi yoki changchi rivojlangan. Mevasi rezavor, 1-4 urug‘li, etli, sersuv yoki quruq g‘ujum. Urug‘siz navlari (kishmishlar) ham bor. G‘ujumlari turli shakl va rangda, shingilga to‘plangan, Qishloq xo‘jaligida tokning 20 ga yaqin turi: 5-6 turi mevasi uchun o‘stirilib, qolganlaridan payvandtag sifatida va seleksiyada foydalani-ladi. Tokning ekilayotgai ko‘pchilik turlari Yevrosiyo, Sharqiy Osiyo va Shimoliy Amerika gruppalariga bo‘linadi. Yevrosiyo gruppasiga birgina vitis vinifera turi kirib, turli mamlakatlarda ustirilayotgan uzum navla-rining deyarli hammasi shu turdan tarqalgan. Sharqiy Osiyo gruppasiga oid tok turlari Yaponiya, Koreya, Hindiston va Saxalinda uchrab, asosan, urmonlarda usadi. Shimoliy Amerika turlari urmonlarda va daryo bo‘y-larida yovvoyi holda usadi. Tok asosan, vegetativ yo‘l bilan ko‘paytiriladi, 2- 3 yili hosilga kiradi. Yil davomida o‘suv va nisbiy tinim davrlarini o‘tadi. Bu davrlar Tok navi va iqlim sharoitiga qarab o‘zgaradi. Usuv davri (Urta Osiyoda martning ikkinchi yarmidan noyabrgacha) shartli ravishda 6 fazaga bo‘linadi; 1-faza shira harakati boshlanishidan (novdalar kesilganda suv chiqadi) kurtaklar ochilguncha, 2-faza kurtaklar ochilishidan gullashgacha; 3-faza gullash; 4- faza meva tugishdan to pisha boshlashgacha; 5- faza meva pishishdan to to‘liq yetilishgacha; 6- faza barglar to‘kilguncha yoki qishki tinim davri boshlanishigacha. Nisbiy tinim yoki uyqu davri bahorgacha (shira xarakati boshlanguncha) davom etadi. Bu davr fiziologik va majburiy tinim davrlariga bo‘linadi. Fiziologik tinim davrida har qanday qulay sharoitda ham kurtaklar uyg‘onmaydi (yanvar boshlarigacha). Tokning ko‘pchilik navlari -18, -20°; ayrimlari -8, -30° gacha sovuqqa chidaydi; 25-30° da yaxshi rivojlanadi. 40 dan yuqori temperatura yomon ta’sir ko‘rsatadi. Tok o‘sishi uchun yillik yog‘in 300-500 mm bulishi kerak. 300 nam dan kam bo‘lganda tokzorlar sug‘oriladi. Tok aslida uncha yer tanlamaydi, ammo, qumoq tuproqli, sug‘oriladigai, unumdor yerlarda mul hosil beradi. Urta Osiyo sharoitida tokzor yer osti suvlari 125-150 sm dan yuqori bo‘lgan yerlarda barpo etiladi. Shur, mexanik tarkibi og‘ir yerlar tokzor uchun yaroqsiz Tok ning uzumi yeyiladi, qayta ishlanadi (konserva qilinadi, turli vinolar, shampanskoye, konyak, kompot, qiyom, sharbat tayyorlanadi, mayiz solinadi va xokozo). Uzum tarkibida 65-85% suv, 33% gacha qand, 0,5-1,4% organik kislotalar, oqsil (0,15-0,9 7o), pektin (0,3-1,0%), mineral moddalar (0,3-0,5%), shuningdek S, Bi, Vg vitaminlar, provitamin A; g‘ujumi po‘stida oshlovchi va buyok moddalar, eni va buyi urug‘ida 4-19% moy, 1,8-8% oshlovchi moddalar bor. Binochilik chiqiti (uzum turpi va boshqa) dan etil spirt, sirka, vino kislota va boshqa urug‘idan texnik moy olinadi. Uzum va mahsulotlar parhyozlik xususiyatiga ega, turli kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Yetishtirilayotgan hosilning 80% ga yaqini qayta ishlanadi, 15% chasi yeyiladi, 5% chasi quritiladi, Tok eqiladigan yer tekis (kiyaligi 0,004- 0,008°) bo‘lishi kerak. Tokzor yer tuzish ishlari bilan bir vaqtda, xo‘jalikning barcha tarmoqla-rini rivojlantirishning perspektiv rejasiga muvofiq, 200-300 ga li yirik maydonlarda barpo etiladi. Maydonlar 50-70 ga li kartalarga, bular esa 3-5 ga li kartalarga bo‘linadi. Kartalar orasida 5 m, kartalar orasida 8 m, maydon chetida 10 m kenglikda yul qoldiriladi. Tok ekishdan oldin gektariga 30-40 t chirigan go‘ng, 600-1000 kg superfosfat, 150 kg kaliyli o‘g‘it solinadi, yer plantaj plug bilan 60 sm chuqurlikda haydaladi, so‘ng boronalanadi. Tok ko‘chatlari navi, tuproq-iqlim sharoiti, o‘stirish usuliga qarab, qator oralig‘ini 1,5-3 m, tup oralig‘ini 1-3 m qilib, kuz va baxorda eqiladi, Tokzor 1-yili 8-10 marta sug‘oriladi, begona o‘tlardan tozalanib, yumshoq holda tutiladi. Novdalari yozning ikkinchi yarmida chekanka qilinadi. Quzda (oktyabrda) ko‘miladi, Kelgusi yil bahoridan Tok tuplariga shakl beriladi. 2-3- yili so‘riga ko‘tariladi. Hosilga kirgan tokzor tuprog‘i ishlanadi. Xar gektar tokzorga xar 2-3 yilda 20-30 t chirigan go‘ng, har yili 300- 400 kg ammiakli selitra, 400-500 kg superfosfat, GO-90 kg kaliyli o‘g‘it solinadi. Yer sharoitiga qarab, gektariga 600-1000 m^ normada 2-6 marta sug‘oriladi. Qishda 1-2 marta 1500-2000 M3 ga normada yaxob beriladi. Hosildorlikni oshirishda Tok navlari (ayniqsa, urg‘ochi gulli charos, nimrang va boshqa) qo‘shimcha changlanadi. Gektaridan 10-40 t hosil olinadi. Qarigan yoki covuq urgan Tok tuplari ustki qismini kesib tashlash bilan yoshartiriladi. Asosiy zararkunandalari; uzum bapgi o‘rovchisi; o‘rgimchakkana, gallkana, buzoqboshi, qurtlar. Kasalllklari: un shudring, soxta un shudring, dog‘li antraknoz, serkosporioz va boshqalar. Xomtok. Tokning o‘sishi va hosildorligi xom tok, novda uchlarini 1-2 sm chilpish (gullash boshlarida), novdalarini kesish kabi agrotexnika usullari bilan rostlanib boriladi. Tok, asosan, ikki marta xomtok qilinadi. Birinchi xomtok tok sho‘ra chiqarib, hosilli va hosilsiz qoidalari malum bo‘lganda (aprel oyining oxiridan tok gulga kirgo‘nga qadar) qilinadi. Bu shura xomtok deyiladi. Shura xomtok vaqtida endigina gulga kirayotgan xosildor novdalarning uchini (1-2 sm) chilpish natija beradi. Chunki novdalar vaqtincha o‘sishdan to‘xtab, o‘sishga sarf bo‘ladigan oziq moddalar sho‘ra va gullarning rivojlanishiga sarflanadi. Natijada hosil va uning sifati oshadi. Ikkinchi xomtok tok gullab, g‘o‘ralar moshdek bo‘lganda (iyun oyining o‘rtalarida) o‘tkaziladi. Bu g‘o‘ra xomtok deyiladi. Xomtok vaqtida hosilsiz, ortiqcha, teskari o‘sgan, keraksiz bachki novdalar tokqaychi bilai olib tashlanadi. Natijada uzum boshlarining atrofi ochiladi, tok havo, quyosh nuri, yorug‘likdan yaxshi bahra oladi, zamburug‘ kasalligi kam rivojlanadi, novdalar vaqtida pishib yetiladi, hosil sifatli va shirador bo‘ladi. Xomtokning qanday darajada qilinishi tok navi, parvarishi, yer sha-roitlariga bog‘liq. Kuchli o‘suvchi tok novdalari (husayni, nimrang, katta-qo‘rg‘oni, qora kishmish va boshqalar) xomtok qilinganda novdalarining ortiqchasi olinib, siyraklashtiriladi. Tok o‘rtacha o‘sib, hosili yaxshi bo‘lsa, novdalari tarab bog‘lanadi. Sust o‘sgan (ba’zi vinobop navlar, parvarishi yomon) tokning novda va barglari oz bo‘lib, hosili quyosh nuridan zararlanishi mumkin. Bunday toklar xomtok qilinmay, novdalari tarab bog‘lanadi. Urtacha hamda sust o‘sgan har bir tok tupi 1 kg atrofida mineral o‘g‘itlar (azotli, fosforli, kaliyli) bilan oziqlantiriladi, qondirib sug‘oriladi. Xomtok vaqtida hosilsiz, ammo, kalta bo‘g‘imli, yaxshi rivojlangan novdalarning‘ ba’zilari, kundadan chiqqan novdalarning 2-3 tasi zangni almashtirish maqsadida qoldiriladi. Barglarni ko‘plab va pala partish yulib tashlash yaramaydi Aks holda, barglar kamayib novdalarga oziq moddalarning kelishi susayadi, hosil va uning sifatiga putur yetadi. Barg palapartish yulinsa, uning qo‘ltig‘idagi kurtak zararlanishi mumkin. Download 26.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling