1 Qattiq jismlar zоnaviy nazariyasi asоslari 2
Download 0.81 Mb.
|
1-ma\'ruza
Yorug‘lik tezligi inersial sanoq sistemalarining harakat yo’nalishiga va tezligiga bog’liq emas.
Albert Eynshteyn “Harakatdagi jismlar elektrodinamikasiga doir” maqolasida Maksvell elektrodinamikasini harakatdagi jismlarga tatbiq qilish bu hodisalarga xos bo’lmagan asimmetriyaga olib kelishi va “yorug’lik tashuvchi” muhitga nisbatan Yerning harakatini aniqlash yo’lidagi urinishlarning zoye ketishi kabi holatlarni tahlil qilib, maxsus nisbiylik nazariyasini yaratilishiga olib kelgan muhim fikrlarni ilgari surgan. Nafaqat mexanikada, balki elektrodinamikada ham hodisalarning hech qanday xossasi absolyut tinchlik tushinchasiga to’g’ri kelmaydi. Bundan tashqari, inersial sanoq sistemalarda mexanika qonunlari invariant bo’lgani kabi elektrodinamika va optika qonunlari ham invariant bo’lishi kerak degan g’oyani ilgari suradi. Yorug’lik tarqaluvchi gipotetik muhit- tushunchasiz harakatdagi jismlar elektrodinamikasini yaratdi. A. Eynshteyn bu g’oyani asos qilib Galiley nisbiylik prinsipiga yangi ma’no beradi. Barcha inersial sanoq sistemalarda tabiat qonunlari birday o’rinli bo’ladi va yorug’lik bo’shliqda manbaning harakat tezligiga bog’liq bo’lmagan aniq “c ” tezlik bilan tarqaladi. Ushbu ikkita fundamental g’oya ichki qarama-qarshilikdan holi bo’lgan harakatdagi jismlar elektrodinamikasini yaratish imkoniyatini beradi. Bunda “efir” tushunchasini kiritishga hojat qolmaydi, chunki yangi nazariyada mutloq tinch turgan alohida xossalarga ega bo’lgan fazo tushunchasi kiritilmaydi hamda bo’sh fazoning hech qaysi nuqtasi qandaydir tezlik vektori bilan bog’lanmaydi. Shu bilan fazoning bir jinslli va izotroplik xossalari saqlanishi ta’kidlanadi. Bu natija A. Eynshteyn nisbiylik prinsipidagi birinchi va asosiy aksioma - yorug’lik tarqalish tezligi mutloq ekanligini va manbaning xossalariga bog’liq emasligini juda yuqori aniqlikda isbotladi. Maykelson va Morlining tajribalaridan 50 yil o’tib Kennedi va Torndayk tajribalaridan quyidagi hulosaga kelindi: Yorug’lik tezligi barcha inersial sanoq sistemalarda bir xil son qiymatni qabul qiladi. 1905-yilga kelib A.Eynshteyn tomonidan nisbiylik nazariyasi (aniqrog’i xususiy nisbiylik nazariyasi) yaratilgandan so’ng, elektrodinamika qonunlariga butunlay yangicha qarash shakllana boshladi. Chunki bu nazariyaning asosiy ta’limoti bir qator fizik kattaliklarni nisbiyligini e’tirof etish orqali, tabiat qonunlarining (jumladan elektrodinamika qonunlarining xam) ob’ektiv, absolyut xarakterga ega ekanligini ta’kidlashdan iborat edi. Bu ma’noda nisbiylik nazariyasi bilan elektrodinamika bir-birlariga juda yaqin fanlar ekanligi tajribada tasdiqlanadi. Chunki Nyuton mexanikasi qonunlari nisbiylik nazariyasi talablariga javob bera olmay unga tuzatishlar kiritilishi zarurati tug’ilgan bo’lsa, elektrodinamikaning eng asosiy tenglamalari xisoblanuvchi Maksvell tenglamalari birinchi invariant tenglamalar ekanligi ma’lum bo’ladiki, endi bu nazariyaga ko’ra “tinchlik” yoki “xarakatsizlik” nisbiy tushincha. Demak, bir jismni “tinch” xarakatsiz, deb xech qachon absolyut formada tasdiqlash mumkin emas. Chunki bir jismga nisbatan “tinch” turgan jism, ikkinchisiga nisbatan ma’lum tezlik bilan xarakterlanayotgan bo’lishi mumkin. Bu kuzatuvchini qayerda turganiga bog’liq. Umuman aytganda tabiatda elektromagnit maydon yoki to’lqinlar mavjud ekanligi ob’ektiv reallik bo’lib qoladi. Shuni avval Maksvell nazariy yo’l bilan bashorat qilgan bo’lsa (1860 yillarda), 1888-yilda nemis fizigi G. Gers tajriba yo’li bilan isbotlagan edi. Shunday qilib tabiatda yagona elektromagnit maydongina mavjudligi, elektr va magnit maydonlari esa faqat sanoq sistemalarini sun’iy tanlash yo’li bilangina aloxida-aloxida qaralishi mumkinligi aniqlandi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. AbdumalikovA.A., Elektrodinamika, “Cholpon", T., 2011.- 344 b. 2. Landau , L. D, Lifshits E.M , Teoriya polya.–Izdanie 8-e, stereotipnoe. –M.: Fizmatlit, 2006. – 534 S. 3. Landau, L. D, Lifshits E.M. Elektrodinamika sploshnix sred. – Izdanie 4-e, stereotipnoe. –M.: Fizmatlit, 2003. -656 s 4. Toptigin I.N. Sovremennaya elektrodinamika. - Moskva–Ijevsk, 2002.-736 s. Elektronnaya biblioteka MFTI . 5. Kiselev V.V. Klassicheskaya elektrodinamika. Seminari po kursu «Teoriya polya»: konspekti i uprajneniya. – Protvino, 2004.- 190 s. (Elektronnaya biblioteka MFTI) 6. R.X. Mallin, Klassik elektrodinamika, 1,2 tom. T., 1974 7. V.G. Levich, Kurs teoreticheskoy fiziki 1 tom. M., 1979. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling