1. Qaysi javobda ajratib ko`rsatilgan so`zda sinekdoxa usuli orqali ma`no ko`chish yuz bergan?
Download 79.73 Kb.
|
ziyoga test ona tili
1. Qaysi javobda ajratib ko`rsatilgan so`zda sinekdoxa usuli orqali ma`no ko`chish yuz bergan? A) Barglar orasiga tinmasdan sira, Oshno yulduzlardan to`kiladi nur. B) Achchiq qayg`u, payoni yo`q o`y-xayollar ona qalbini poralar edi… C) Ular mahallani tanimaydi va suhbat ham qurmaydilar… D) Oyoq sharpasi eshitildi. So`ng bir bosh ko`rindi… 2. Qaysi javobda sifat so`z turkumiga oid o`zaro ma`nodosh bo`la oladigan so`z qatnashgan? A) buyuk – salobat B) tinchlik – osudalik C) yaxshi – yomon D) asosiy – muhim 3. Qaysi gapdagi barcha so`zlarning asosi shakldoshlik xususiyatiga ega? A) Yor ko`zi oshiq qonidan qo`rqmayotganiga ajablanayotgani bejiz emas. B) Yuzlaridan oqib tushgan terda qonning dami bor. C) O`ynab gapirsang ham, o`yalb gapir. D) Tilimni sog`indim, nechun soqovvlik, o`zga tildan tushunmam bironta so`zga… 4. Shoir edi bebosh yuragim, Talashardi ruhim samo, yer. Men senday paytimda, o`g`lim, Dalalarga o`rgatardim she`r… Ushbu she`riy parchadgi fonetik tamoyil asosida yozilgan so`zlar soni nechta? A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta 5. albatta, chunki, barcha, gapir, sakson, kimdir, katta-katta, ota-ona, o‘ntacha, ruscha, ulargina, oldimi, otdek Ushbu so’zlardan nechtasida urg’u birinchi bo’g’inga tushadi? A) 9 tasida B) 8 tasida C) 10 tasida D) 11 tasida 6. Qaysi gapda barcha yopiq bog`inlar jarangli undoshlar bilan yakunlangan? A) Bugun har bir vatandoshimizning o`y-u hayoli men o`zim xalqim, jonajon vatanim uchun nima qilyapman degan o`ydir. B) Yurtim mustaqil bo`lgan chog`da data gullar bilan bilim maskani bo`lmish maktabimga oshiqardim. C) Bizni tanlagan yo`limizdan hech kim, hech qachon qaytarolmaydi. D) Orqadan turgan do`stdan oldinda turgan dushman yaxshi. 7. Tutuq belgisining qo’llanilishiga ko’ra xatoga yo’l qo’yilgan qatorni toping. A) ma’mur, ma’sum, ma’shuq B) ma’zur, ma’bud, ma’yus C) mal’un,min’bad D) ma’shum, ma’suliyat, ma’sud 8. Quyidagi qaysi qatorda fonetik o’zgarishga uchragan so’zlar miqdori ikkita? A) Komil buvaning uyi qishloqqa yaqin joyda – Bo’rijarning qoq ustida emish. B) Bu yerga, o’g’limning qishlog’iga, javohirlar o’lkasi deb nom berganlar. C) Ular shu yillar ichi tirishib, tirmashib uzoqqa, tog’ cho’qqisi tomon intildilar. D) Qo’zivoy hammani har yoqqa surib, uch-to’rt qadam orqaga, Sherzod cho’nqayib o’tirgan doska tomonga tisarildi. 9. Qaysi qatordagi juftlik bir umumiy ma’noni ifodalay oladi? A) yaroqli-qurolli B) hiyla-nayrang C) ganj-boylik D) a’yon-ravshan 10. «Qudrat o‘rnidan turib, ustini qoqdi, xursandligini yashirolmay tevaragiga to‘yib- to‘yib qaradi». Ushbu gapda necha o'rinda tovush o‘zgarishi kuzatiladi? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 11. U faqat shoirgina emas, balki adabiy tanqidchi ham edi. Mazkur gapda atash ma’nosiga ega bo‘lmagan so‘zlar miqdorini toping. A) 6 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 12. Qaysi gapda suzmoq so`zi ko`chma ma`noda qo'llangan? A) Onaxon qozonda qaynab turgan kosalarga sutni suzib, dasturxonga qo`ydi. B) U kishi sho'rvani pishiradi, Iekin molni suzib ichadi, go`shtini yeydi, quruq suvini va suyak beradi biz bechoralarga. C) Ko'k yuzida suzib yurgan bir parcha bulut quyoshni har ko'yga solar edi. D) U suvda qo'l va oyoqlari charchaguncha uzoq suzdi. 13. Qaysi javobda berilgan so`zlar ot so`z turkumiga mansub? A) musicha, ko'ylak, bola, shoir B) bobo, qarmoq, nima, kun C) tog'a, hamma, shirin, tepa D) barcha, latta, dim, ko`p 14. Qaysi gapda bosh harflarni qo`llash bilan bog'liq imloviy xatolik uchraydi? A) Bulung'ur tuman hokimligi B) Xalqaro Olimpiya Qo`mitasi C) Sog'liqni saqlash vazirligi D) Temuriylar Tarixi Davlat muzeyi 15. Quyida berilgan juftliklardan qaysilari o'zaro ma'nodosh so'zlar hisoblanadi? 1) yoqlamoq - yo'qlamoq; 2) yot - begona; 3) ajdod - avlod;4) ost - tag; 5) abzal - afzal; 6) zo'rg'a - arang. A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 5 Matnni o'qing va ushbu matn asosida tuzilgan topshiriqlarni bajaring. Hasan Basriyning oldiga bir kishi kelib dedi: — Hazratim, Sizni bir kishi shunday g'iybat qildiki, asti qo’yaverasiz. — Siz unikida bo’ldingizmi? - so'radi Hasan Basriy undan. — Ha, — dedi u. — Meni tansiq taomlar, noz-ne’matlar bilan rosa mehmon qildi, ammo nohaq tuhmatlar bilan sizning sha’ningizni to'kdi. — Siz uning tansiq taomlarini qorningga sig‘diribsiz-u, lekin g‘iybat gaplarini qabul qila olmabsiz-da. Shu gaplarni kelib menga aytishingiz to'g'rimi, inim? Ha, mayli, mana buni o‘sha g’iybatchiga eltib bering, - dedi Hasan Basriy qo'ynidan bir hovuch xurmo olib, — bu unga xizmat haqi. — Nega, hazrat? Sizni g'iybat qilganga haq berasiz?! — deya hayratga tushib so'radi u. — Chunki, — dedi Hasan Basriy, — u meni g’iybat qilib, shu paytgacha qilgan gunohlarimni o’ziniki qilib olibdi. Mana shuning haqiga beryapman-da xurmolarni, olib borib bering. 16. Tagiga chizilgan so'zning matndagi ma’nosini aniqiang. A) xom holda iste’mol qilinadigan B) eng oson tayyorlanadigan C) kam pishiriladigan, ammo sevib yeyiladigan, noyob D) bir-biriga o‘xshamaydigan, har xil 17. Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda to‘g‘ri davom ettirilgan? Hasan Basriyga chaqimchilik qilgan kishi ... . A) o‘zgalarning mehr-muhabbatiga erishdi B) avvalo, o‘zi izza bo‘ldi. C) xabar yetkazgani uchun mukofot oldi. D) bu ishidan o‘zi g‘ururlanib yurdi. 18. Quyidagi qaysi xulosalar matn mazmuniga mos kelmaydi? A) Chaqimchilik va ikkiyuzlamachilik tuban illatlardir. B) Har qanday holatda ham xushmuomalalik, vazminlik bilanish tutmoq kishining fazilatidir. C) Haqiqiy do'st o`z do'stini har doim qo`llab quvvatlaydi. D) Birovlarning orqasidan gapirish, g`iybat qilish yaramasodatdir. 19. Quyidagi qaysi adib o`ntaga yaqin pyesani ozarbayjon tilidan o`zbekchaga tarjima qilgan, o’zi 3 ta yangi pyesa yozib va uni sahnalashtirgan? A) Abdulla Avloniy B) Erkin Vohidov C) Abdulla Oripov D) Anvar Obidjon 20. Qaysi ma`lumot “Yaxshilik” hikoyasi haqida? A) Ushbu asarda qirg`iz xotinga uylanib olib, o`z uyiga borishni ham unutib qo`ygan qahramon tasvirlanadi. B) Ushbu asarda yosh bo`lishiga qaramaydi ismi jismiga mos holatda yulduzlar haqidagi ma`lumotlarga ega bo`lib, astranom bo`lmoqchi bo`lgan obraz mavjud. C) Ushbu asarda Toshkentdan sevgilisini olib qochib kelgan va to`yi bo`lsa, ertasiga urushga ketgan obraz tasvirlanadi. D) Ushbu asarda farzandini qilgan gunohini o`z bo`yniga olib, turmush o`rtog`idan dashnom eshitgan ona obrazi mavjud. 21. Kim o`z shogirdiga cho`qqi bo`lolmasang, mahkam qoya bo`l deya nasihat qiladi? A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov C) O`tkir Hoshimov D) Anvar Obidjon 22. Quyidagi qaysi ma’lumot E.Vohidov hayoti va ijodiga tegishli? A) “Yoshlik” jurnalining dastlabki bosh muharriri sifatida faoliyat yuritgan. B) “Saodat” jurnalida 30 yil mehnat qilgan. C) “Mushtum” jurnalidagi felyetonlari bilan mashhur bo’lgan. D) “Jahon adabiyoti” jurnalining 100 ta sonini nashrga tayyorlagan. 23. Agar askar shohidan rizo bo‘lmasa, Vatan chegarasi xavf aro qoladi, dehqon eshagini yov talab ketsa, nega sulton beayov soliq oladi, maamunidagi fikrlar qaysi asarda uchraydi? A) «Hayrat ul-abror» B) «Zulmat ichra nur» C) «Bo‘ston» D) «Yulduzli tunlar» 24. Qaysi asar qahramoni otasi bergan yigirma tiyinning o`n tiyinini yeb, beshuni faqirlarga berib, beshini yig`ib tezda boy bo`lib ketadi? A) ”Botir tikuvchi” B) ”Saxiylik” C) ”Uch og`ayni botirlar” D) ”Hunar” 25. Ezop masallarining g`oyaviy mazmuni noto`g`ri berilgan qatorni aniqlang. A) “Bo`ri bilan laylak” –Yaxshilikni qadriga yetganga qilish kerak. B) “Eshak bilan baqalar” –Birni ko`rib shukr qil, birni ko`rib fikr qil. C) “Kiyik bilan tokzor” –Ko`rpangga qarab oyoq uzat. D) “Yovvoyi echkilar bilan cho`pon” –Do`st tanlashda adashmaslik. 26. Anvar Obidjonning qaysi sseneriylari asosida “O`zbekfilm” kinostudiyasida filmlar suratga olingan? A) “Oltiariq hangomlari”, “Baloga qolgan fudbolchi” B) “Masxaraboz bola”, “To`tiqul” C) “Qo`ng`iroqli yolg`onchi”, “Meshpolvonning janglari” D) “Tilsimoy – g`aroyib qizaloq”, “Daxshatli meshpolvon” 27. Bu asarda kambag'al chorakor dehqon mehnatini suiiste ’mol qilgan, ularni aldab katta zararga tushirgan Sulton Ali Xo ‘ja va Hakimjon kabi hiylakor mahalliy amaldorlar qiyofasi ijodkor tomonidan o‘tkir, ta’sirchan misralarda fosh etilgan. Ushbu parchada qaysi asar haqida fikr yuritilgan? A) "0‘g‘ri" (Abdulla Qahhor) B) "Kecha va kunduz" (Cho'lpon) C) "Hajvi ahli rasta" (Zavqiy) D) "Tanobchilar" (Muqimiy) 28. Qaysi shoir hayolotga asoslangan fantastik she`r yozgan? A) Abdulla Oripov B) Mirtemir C) Anvar Obidjon D) Erkin Vohidov 29. “Kecha va kuznduz” romanidagi quyidagi taʼrif egasini toping. Bu odam, yoʻq, bu zot Turkiston oʻlkasining qaysi bir olis joyida davlat xazinasining koʻpgina pulini yeb qoʻygan askariy bir toʻra. Agar haqiqiy qonunlarga amal qilinganda uni yo otish, yo umrlik surgun qilish shart edi. A) Zakunchi B) Obrezqora C) Timloch D) Doʻmla 30. “Sohibqiron” drammasida Ulug‘bek Mirzoning gapiga ko‘ra Amir Temur qayerni zabt etganda uchburchakli temir tikan yasattirgan? (Har qandayin holatda ham bunday tikanning bitta uchi tikka bulib tura beradi. Yuzlab, minglab temir tikan sochilgan joydan fil o‘tolmas, qanot bog‘lab uchmasa agar). A) Hindiston B) Misr C) Iroq D) Turkiya Download 79.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling