Anvar obidjon hayoti va ijodi mavzusida dars ishlanma
Download 144.02 Kb. Pdf ko'rish
|
“Bolalarning suyukli shoiri”mavzusidagi dars ishlanma Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga Anvar Obidjon hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish orqali ularning shoir she’riyatiga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish, ularda mavzu bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish bilan birga axborot ustida ishlash, o‘zini-o‘zi rivojlantirish; b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarga vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat, yaxshilik, kamtarlik tuyg‘ularini singdirish, ularni ona Vatanimiz, oila va ota-onaga cheksiz mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash orqali badiiy adabiyotda aks etgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni anglash, ulardan ta’sirlanish, go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, hissini o‘stirish; d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, she’r tahlili hamda ifodali o‘qish malakalarini rivojlantirish, erkin fikrlash, muammoli vaziyatlar yechimini to‘g‘ri topishga o‘rgatish, mavzu asosida bilim, ko‘nikmalarini boyitish, ularda nutqiy va lingvistik kompetensiya elementlarini shakllantirish. Darsning turi: yangi bilim beruvchi. Darsda foydalaniladigan usullar: musobaqa, “Begonasini top”, “Raqamlar tilga kirganda”,ʻʻMuzyorar’’ Darsda foydalaniladigan jihozlar: Anvar Obidjon portreti, asarlari, elektron darslik, proyektor,tarqatmalar, audiolar. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: –oʻquvchilar bilan salomlashish; –davomatni aniqlash; –sinf xonasi va oʻquvchilarning darsga tayyorgarligini koʻzdan kechirish; –dars musobaqa tarzida olib borilishini e’lon qilish, –Sinf oʻquvchilarini guruhlarga ajratish va ularga “Ziyo”, “Ilgʻorlar” ,ʻʻBilimdonlar”nomlarini berish. II.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. ʻʻBegonasi top”metodi yordamida adabiyot darslarida oʻtilgan mavzularni takrorlash uchun varaqlar tarqatiladi.Oʻquvchilarga besh daqiqa vaqt ajratiladi.Eng birinchi va toʻgʻri bajargan jamoa baholanib boriladi va dars yakunida umumiy reyting ball eʻlon qilinadi. III. Yangi mavzu bayoni. O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 1947-yil 8-yanvarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan. Qishloq maktabida o‘qib yurganidayoq kinomexanik, traktorchi singari kasblarni o‘rganib, oilasiga yordam berishga harakat qilgan. Maktabni bitirgach esa konda burg‘ilovchi, qishloqda kutubxonachi bo‘lib ishladi. So‘ng Samarqanddagi moliya texnikumida o‘qib, 1966–1969-yillarda harbiy xizmatni o‘tadi. Armiyadan qaytib ham ma’lum muddat turli kasblarda ishlagach, nihoyat, tuman gazetasiga kelibgina o‘z iqtidorini namoyish etish imkoniga ega bo‘ldi. u 1971–1976- yillarda Oltiariq tu-mani gazetasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri sifatida ishlab, jurnalistlik va adabiy tahrir sohalarida yetarli tajriba orttiradi. Ayni paytda 1974–1979- yillar davomida hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida sirtdan ta’lim oladi. Garchi shoir dastlabki she’riy mashqlarini 14–15 yoshida boshlagan, harbiy xizmatda ham ancha-muncha she’r bitgan bo‘lsa-da, «Ona yer» deb nomlangan ilk kitobi 1974-yilda – shoir 27 yoshga kirganida chop etildi. u turli nashriyotlarda, jurnallarda mehnat qildi, 1989–1998-yillarda esa xalqimiz istiqlolining ilk nishonalaridan biri – «Cho‘lpon» nashriyotida bosh muharrir, direktor bo‘ldi. Shundan buyon Anvar Obidjonning ellikdan ortiq kitobi nashr etildiki, bu ijodkorning qanchalar sermahsulligi, o‘quvchilari safining kengligidan darak beradi. Qolaversa, Anvar Obidjon nihoyatda serqirra ijodkor sifatida tanilgan. Avvalo, u zamonaviy bolalar adabiyotining zabardast vakili sanaladi. Ijodkor xalqimizning aziz farzandlariga ko‘plab she’riy, nasriy kitoblarni, teatr va kino tomoshalarini tortiq etgan. ularning ayrimlarinigina sanab o‘tamiz: «Bahromning hikoyalari» (1980), «Masxaraboz bola» (1986), «Juda qiziq voqea» (1987), «Oltin yurakli Avtobola» (1988), «Dahshatli Meshpolvon» (1989), «Meshpolvonning janglari» (1994), «O‘q o‘tmas bolakay» (2005), «Atrofimizdagi qiziqchilar» (2014) va b. Anvar Obidjonning bolalarga atalgan «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi» nomli ilk komediyasi 1983-yilda respublika «Yosh tomoshabinlar» teatrida sahnalashtirilgan edi. Shundan buyon yurtimiz teatrlarida ning «Pahlavonning o‘g‘irlanishi», «Topsang – hay-hay» («Qorinbotir)», «Navro‘z va Boychechak», «To‘tiqul», «Alamazon», «Meshpolvon» kabi pyesalari qo‘yildi. «O‘zbekfilm» kinostudiyasida adib ssenariylari asosida «Tilsimoy – g‘aroyib qizaloq», «Dahshatli Meshpolvon» filmlari suratga olingan. Keyingi yillarda adibning «Oltiariq hangomalari», «Baloga qolgan futbolchi», ikkita kitobdan iborat «Tanlangan she’rlar» hamda «Ajinasi bor yo‘llar» singari yirik kitoblari o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi. Xalqimizning sevimli shoiri Anvar Obidjon 2020-yil 11-aprelda 73 yoshida vafot etdi. Shoirning «Hayotning har lahzasi go‘zal» she’ri xalqimiz ruhiyatidagi mana shu ajoyib yangilanishni birgina kun – erta tongdan quyosh botgunga qadar kuzatiladigan lavhalarda nihoyatda jonli aks ettiradi. Masalan, siz bilan biz ko‘cha bo‘ylarida, xiyobonlarda deyarli har kun ko‘zimiz tushadigan gullarni mana bu tarzda ko‘rsatish – ifoda qilish faqat shoirning qo‘lidan keladi-da: Kelinchakdek bo‘lib orasta, Gul salomdan ko‘taradi bosh. Bu she’rning har bandi oxirida takrorlanib keladigan misralar o‘quvchi yodiga bir umr muhrlanib qolishining sababi esa, ularda aks etgan shoir samimiyatidan, qalbidagi ezgulikdandir: «Hayotning har lahzasi go‘zal, umrning har dami g‘animat…» IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Oʻquvchilar jamoaviy boʻlgan holda “Raqamlar tilga kirganda” usulidan foydalanib Anvar Obidjonning hayoti va ijodiy faoliyatini yoritishadi. Oʻquvchilarga ushbu shartni bajarish uchun besh daqiqa vaqt ajratiladi.Eng birinchi va toʻgʻri bajargan jamoa baholanib boriladi va dars yakunida umumiy reyting ball eʻlon qilinadi. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun har bir jamoadan bittadan vakil taklif etiladi va ʻʻMuzyorar’’metodidan foydalangan holda shoirning hayoti va ijodi,she’rlari yuzasidan beriladigan savollarga tezkor javob berishlari talab etiladi.Oʻqituvchi belgilab qoʻygan marraga birinchi yetib borgan jamoa vakillari gʻolib deb topiladi. Jamoa vakillari baholanib boriladi va dars yakunida umumiy reyting ball eʻlon qilinadi. V.Baholash va ragʻbatlantirish. Dars soʻngida rag‘bat kartochkalari hisoblanib, gʻolib guruh e’lon qilinadi. Guruhlarga “Eng faol jamoa”, “Eng ahil jamoa”, “Eng ziyrak jamoa ”nominatsiyalari beriladi. Guruhlar umumiy holda va har bir oʻquvchi alohida tarzda ham baholanadi. VI.Uyga vazifa. Anvar Obidjon she’rlaridan yod olish. “Sevimli bolalar yozuvchisi”mavzusida Anvar Obidjon hayoti va ijodini yoritib beruvchi matn tuzish topshiriqlari beriladi. Download 144.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling