1. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar tarkibida oʻzaro shakldosh qo‘shimchalar ishtirok etmagan?


Matnni o‘qing va ushbu matn asosida berilgan quyidagi


Download 331.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana23.12.2022
Hajmi331.08 Kb.
#1048913
1   2   3   4
Bog'liq
2022 test ona tili va adabiyot 30 talik

Matnni o‘qing va ushbu matn asosida berilgan quyidagi 
ikkita topshiriqni bajaring. 
NOBEL MUKOFOTI VA MATEMATIKLAR 
1. Matematika fanisiz bugungi taraqqiyotni tasavvur qilish 
imkonsiz. Barcha zamonaviy texnologiyalar, ayniqsa, kompyuter, 
internet, mobil telefonlar matematik hisob-kitoblarsiz, raqam-u 
amallarsiz kashf etilmas edi. Shunga qaramay, jahonda ilm-fan 
sohasida eng nufuzli sanaladigan Nobel mukofoti matematiklarga 
taqdim etishmaydi. 
2. Alfred Nobelning sevgan qizi matematik yigitni tanlagani uchun 
olim alam ustida matematiklarni mukofotdan mahrum qilgan
degan asossiz choʻpchak keng tarqalgan. Taxminlarga ko‘ra, o‘sha 
davrning mashhur olimi Mittag Leffler qirol Oskar II ga murojat 
qilib, matematiklar uchun oliy mukofot ta’sis ettirgan va 
Nobelda bu soha vakillari uchun alohida nominatsiyaga zarurat 
yoʻqligi haqida fikr uyg‘ongan. Shuningdek, Nobel matematika 
fanini oʻta nazariy va mavhum fan deb hisoblagan hamda o‘z 
mukofoti amaliy yutuqlar uchungina berilishini istagan. 
3. Zamonamizning mashhur matematik olimlaridan Bertrand Rassel 
adabiyot Maks Born va Jon Nesh iqtisodiyot yo‘nalishida Nobel 
mukofotiga sazovor bo‘lganlar. 
17. NOBEL MUKOFOTI VA MATEMATIKLAR mavzusidagi 
ushbu matnning raqamlab ko‘rsatilgan bandlarida ro‘y gan 
xatoliklar turi moslashtirib ko‘rsatilgan to‘g‘ri javobni belgilang. 
a) imloviy xatolik;


b) ishoraviy xatolik (punktuatsion);
d) uslubiy xatolik (qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xatolik). 
A) 1-d, 2-a, 3-b
B) 1-a, 2-d, 3-b 
C) 1-d, 2-b, 3-a
D) 1-b, 2-d, 3-a 
18. NOBEL MUKOFOTI VA MATEMATIKLAR mavzusidagi 
matnda aks etgan ma’lumotlarga asoslangan holda mazmunan 
toʻgʻri shakllantirilgan gapni aniqlang. 
A) Nobel mukofoti shu vaqtga qadar biror matematik olimga 
berilmagan. 
B) Nobel shaxsiy va oilaviy sabablar tufayli matematiklarni 
mukofotdan mahrum qilgan. 
C) Nobel mukofoti barcha soha vakillariga ilm-fandagi amaliy 
yutuqlari uchun beriladi. 
D) Nobel matematiklar uchun boshqa oliy mukofotlar borligi uchun 
ularga alohida nominatsiya ta'sis etmagan. 
19. Qaysi javobda Furqat ijodiga oid ma’lumot berilgan? 
A) Shoir she’rlaridan birida kambag‘al chorakor dehqon 
mehnatidan o‘z manfaatlari uchun foydalangan, ularni aldab katta 
zarar yetkazgan Sulton Ali va Hakimjon kabi hiylakor mahalliy 
amaldorlar qiyofasi o‘tkir, ta'sirchan misralarda fosh etiladi. 
B) Shoir hajviyotida zamonasidagi hammaga tanish odamlarning 
obrazini, ularga xos bo‘lgan illatlar tanqidini adabiyotga dadil olib 
kirdi. Shunday hajvlardan birida Qo‘qon bozor ahllaridan qirq olti 
kishi hajv ostiga olingan. 
C) Shoir she’rlaridan birida sayd va sayyod obrazlari boʻlib, unda 
ijodkor o‘zini sayd- ohuga qiyoslaydi va uning ham oʻzi kabi hijron 
o‘qidan jismi yaralanganligi, yorini topmasdan ovora ekanligini 
badiiy ifodalaydi. 
D) Shoir she’rlaridan birida tilni insonlar, turli millatga mansub 
kishilarni birlashtiradigan, do‘stlashtiradigan «robitai olamiyon» – 
kishilarning aloqa vositasi deb ataydi va o‘zga tillarni o‘rganishga 
undaydi. 
20. Bu kitobda Payg‘ambarlar tarixi Odam Atodan boshlab 
yoritilgan bo‘lib, ikkinchi qism obidlar (Allohga toat-ibodat 
qiluvchilar), uchinchi qism esa hakimlar haqidadir. 


Ushbu ma’lumotlar Alisher Navoiyning qaysi asariga tegishli? 
A) «Tarixi anbiyo va hukamo» 
B) «Nasoyim ul-muhabbat» 
C) «Majolis un-nafois» 
D) «Xamsat ul-mutahayyirin» 
21. Qaysi qatorda «Go‘ro‘g‘ling tug‘ilishi» dostoni voqealari 
bayoni to‘g‘ri berilgan?
A) Ushbu dostonda Shohdorxon podsho Mari yurtiga lashkar tortib 
shaharni tep-tekis qilib, mamlakat podshosi Qovishtixonni toʻpga 
solib otib yuboradi. 
B) Ushbu dostonda Gajdumbek Ravshanni qul bozorida Hamzadan 
sotib oladi. 
C) Ushbu dostonda Shohdorxon Xoljuvonni olib qochish rejasini 
Go‘ro‘g‘lidan foydalanib amalga oshiradi. 
D) 
Ushbu 
dostonda 
Go‘ro‘g‘li 
qasos 
olish 
maqsadida 
Shohdorxonning qizi Zaydinoyni olib qochadi. 

Download 331.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling