1. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar tarkibida oʻzaro shakldosh qo‘shimchalar ishtirok etmagan?


Lutfiy qalamiga mansub ushbu she’riy parchani o‘qing


Download 331.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana23.12.2022
Hajmi331.08 Kb.
#1048913
1   2   3   4
Bog'liq
2022 test ona tili va adabiyot 30 talik

Lutfiy qalamiga mansub ushbu she’riy parchani o‘qing 
va quyidagi savollarga javob bering. 
Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma, 
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma. 
 
Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey moh, 
Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma. 
 
Haqqoki, qilich kelsa boshimga, eshikingdin 
Yo‘qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma. 
 
Usruk ko‘zing ashkolina har gah nazar etsam, 
Qolmas xabarim, xoh inon, xoh inonma. 
 
Ya’qub bikin ko‘p yig‘idin qolmadi sensiz 
Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma. 
 
Oy yuzung‘a ko‘z solg‘ali o‘zga kishi birla, 
Yo‘qtir nazarim, xoh inon, xoh inonma. 
 
Ishq o‘tida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi
Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma. 


22. Lutfiy qalamiga mansub ushbu she’r mazmuni haqidagi xato 
fikrni belgilang. 
A) Ushbu g‘azalda shoir boshiga qilich kelsa ham, yor eshigidan 
nari ketmasligini ifodalamoqda. 
B) Ushbu g‘azalda shoir o‘z holatini ifodalsh uchun koʻp yigʻlagani 
tufayli koʻzlari ojizlanib qolgan payg‘ambarga ishora qilgan. 
C) Ushbu g‘azalda yorning oshiqqa jabr-u jafolar qilib, ag‘yorga 
mehr-u muhabbat koʻrgazgani tasvirlangan. 
D) Ushbu g‘azalda shoir yuzi hijron azobini chekaverganidan 
oltinni yashiradigan darajada sarg‘ayib ketganligini ifodalagan. 
23. Lutfiy qalamiga mansub ushbu she’r haqidagi to‘g‘ri 
ma’lumotni belgilang. 
A) Ushbu g‘azalda talmeh san’atidan foydalanilmagan. 
B) Ushbu g‘azalda «n» undoshi raviy bo‘lib kelgan 
C) Ushbu g‘azalda bir soʻzdan iborat radif qoʻllangan. 
D) Ushbu g‘azalda mutlaq qofiya qoʻllangan. 
24. Quyidagi qahramonlardan qaysi biri xalq dostonlarida "bir 
umrda sovuq shamol yemagan", "aslo dalaga chiqmagan" deya 
ta’riflangan? 
A) Alpomish 
B) Ravshan 
C) Mohiboy 
D) Rustamxon 
25. Qaysi asar qahramonlaridan biri buxorolik bir sarkarda eshigida 
xizmat qilg‘anligini, qarindoshlarini ko‘rish uchun Buxorodan 
Samarqandga kelib, u yerdagi katta og‘asini topolmag‘anligini, 
undan Qo‘qonga o‘tib dastlab bu yerda ham o‘z ukasini 
uchratmaganligini so‘zlab beradi? 
A) "Me’mor" 
B) "Mehrobdan chayon" 
C) "Ulug‘bek xazinasi" 
D) "O‘tkan kunlar" 
26. Shukur Xolmirzayevning qaysi asarida faqat qoralanib kelingan 
«bosmachilik harakati»ga yangicha yondashilib, mazkur hodisa 
butun murakkabligi bilan chuqur badiiy talqin etilgan? 
A) «Qora kamar» 


C) «Yo‘lovchi» 
B) «Ziyofat» 
D) «So‘nggi bekat» 
27. Gulxaniyning «Zarbulmasal» asaridagi «Maymun bilan najjor» 
hikoyatida maymun qanday insonlarning ramziy obrazi sanaladi? 
A) o‘z erki oʻzida boʻlmagan insonlarning 
B) yaxshilikni bilmaydigan insonlarning 
C) qoʻlidan kelmaydigan ishga urinadigan insonlarning 
D) maqtanchoq insonlarning 
28. Qaysi asarda umri mehnatda o‘tayotgan, dunyoga kelib 
mehnatdan boshqasini ko‘rmagan, turmush o‘rtog‘i va oilasiga 
mehri tufayli eri ichib janjal ko‘targanda ham bir umr chidab 
kelayotgan Qumri obrazi misolida o‘zbek ayollariga xos boʻlgan 
sadoqat, vafo, mehnatsevarlik va sabr kabi insoniy tuyg‘ular 
namoyon bo‘lgan? 
A) «Dunyoning ishlari», Oʻ. Hoshimov 
B) «Qorakoʻz majnun», S. Ahmad 
C) «Temir xotin», Sh. Boshbekov 
D) «Kecha va kunduz», Cho‘lpon 
29. Qaysi ijodkor she’rlaridan birida o‘z ijodi, yashagan umri va 
davr manzarasi, insonlar qiyofasini 
Nahot she’rlar aytdim 
bo‘shliqqa qarab, 
nahotki sovrildi olov so‘zlarim, 
nahotki haq bo‘lsa, el-u yurt asli 
quruq so‘zlar degan gumroh do‘stlarim? 
misralari orqali ifodalagan bo‘lib, uningcha, «shoirlik – jasorat 
so‘zining tarjimasi» edi? 
A) Omon Matjon 
B) Abdulla Oripov 
C) Halima Xudoyberdiyeva 
D) Shavkat Rahmon 


30. Har bir jumla uchun quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan mos 

Download 331.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling