1. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar tarkibida til orqa burun undoshi qatnashgan?
Download 64.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqfonetika orfografiya leksikologiya1
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’timod so’zining lug’aviy ma’nosi qaysi javobda ko‘rsatilgan
1.Qaysi javobdagi barcha so‘zlar tarkibida til orqa burun undoshi qatnashgan? A) so‘nggi, kongress, tungi B) jarang, singil, bugungi C) tong, shtanga, ko‘rdingiz D) tongi, yengildi, dengiz 2.Jarangsiz undoshlardan tashkil topgan so’zlarni belgilang. 1. hiqichoq 2. hayot 3. tahsin 4.maxsus 5. sahifa 6. shafaq 7. sayyod 8. fig’on A) 1,2,3,4,5,6,7,8 B) 1,2,3,5,6 C) 1,2,3,4,5,6,7 D) 1,5,6 3.Quyidagi qaysi so'zlardagi nuqtalar o'rnida sirg'aluvchi, jarangsiz, lab-tish undoshi yoziladi? 1) sa...sata; 2) sha...qat; 3) beta...fiq; 4) as...alt; 5) ta...silot. A) 2, 3, 4. В) 1, 3, 5. С) 1, 2, 4, 5. D) 1, 2; 3, 4 4.Qush edim, qanotim qayrildi; gul edim, bulbulimdan ayrildim; ko‘nglim sindi chil-chil; mening ozurda yuragimni bu kun so‘roqlamas hech kim. Ushbu gapda fonetik qoida asosida yozilgan nechta so‘z bor? A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta 5. 1) manba; 2) yonma-yon; 3) tandir; 4) qalampir; 5) tanbal; 6) yonbosh. Ushbu so‘zlarning qaysi birida talaffuzda tovush o‘zgarishi yuz beradi? A) 1, 2, 5, 6 B) 1, 3, 4, 6 C) 2, 3, 4, 5 D) 3, 4, 5, 6 6. Yashash uchun foydali mehnat qilish kerakligini anglab yetish insonlikning birinchi shartidir. Berilgan gapdagi qo‘shimcha qo‘shish natijasida tovush o‘zgarishi vujudga kelgan so‘zlar miqdorini aniqlang A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 7. Og‘zaki nutqi yaxshi bo‘lgani uchun davraga boshlovchilik qilish unga topshirildi. Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida qanday fonetik o‘zgarishlar mavjud? A) tovush tushishi B) tovush tushishi va almashuvi C) tovush almashuvi va tovush orttirilishi D) tovush almashuvi, tovush tushishi va tovush orttirilishi 8.Quyidagi berilganlardan tarkibida ng harf birikmasi ishtirok etmagan so’zlarni aniqlang. 1) sening; 2) donga; 3) shtanga; 4) qonguncha; 5) yengil; 6) ko’ngach. A) 2, 3, 5, 6 B) 1 3, 4, 5 C) 2, 3, 4, 6 D) 1, 2, 4, 6 9. Kongress so‘zi tarkibida qanday undosh til tovushlari mavjud? A) 2 ta til orqa, 2 ta til oldi undoshlari B) 2 ta til orqa, 4 ta til oldi undoshlari C) 2 ta til orqa, 3 ta til oldi undoshlari D) 1 ta til orqa, 1 ta chuqur til orqa, 4 ta til oldi undoshlari 10.Berilganlardan urg`u oxirgi bo`g`inga tushmaydigan so`zlar ajratib ko`rsatilgan javobni belgilang. 1) gazeta 2) traktor 3) o`rikzor 4) paxtakor 5) respublika A) 1,2,5. B) 2,3,4,5. C) 2,3,5. D) 1,2,3,4 11. Faqat ochiq bo‘g‘inlardan iborat bo‘lgan so‘zni aniqlang. A) orfografiya. B) dangasalik. C) monografiya. D) suverenitet 12.Yaxshi bo’lgin, hatto dushmaning oson Seni deyolmasin yaramas, yomon. Tanburning ovozi soz chiqib tursa, Qulog’in buramas sozchi hech qachon. She’riy parchada sonor bilan tugaydigan yopiq bo’g’inlar soni nechta? A) 11 ta B) 12 ta C) 13 ta D) 14 ta 14.1) barcha; 2) texnika; 3) direksiya; 4) kimdir; 5) kitob. Berilgan so‘zlarning qaysi birida urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadi? A) 1, 2, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 3, 5 15. Qaysi qatordagi so‘zlarda qo‘sh undosh qo‘llanishi kerak? A) qul..uq, qum..oq B) qo‘q..isdan, g‘ij..illashmoq C) g‘ij..akchi, g‘ov..ak D) mutasad..i, shart..a 16. Quyidagi juftliklarning qaysi biridagi ikkinchi so‘z imlo qoidasiga ko‘ra xato yozilgan? A) shohsupa-shosupa B) chiqavermoq-chiqa bermoq C) chiqazmoq-chiqarmoq D) tazyiq-tayziq 17.Quyidagi so‘zlardan qaysilarida tutuq belgisi unlining cho‘ziqroq aytilishini ifodalash uchun qo‘yiladi? 1) ma...no; 2) san...at; 3) mo‘...tadil; 4) in...om; 5) shu...la. A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 5 C) 1, 3, 5 D) 2, 4 18. Quyidagi so‘zlardan qaysilarida tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalash uchun qo‘yiladi? 1) qat...iy; 2) da...vo; 3) mo‘...jiza; 4) sur...at; 5) e...lon. A) 1, 4 B) 2, 3, 5 C) 1, 3, 4, 5 D) 2, 5 19.Quyida berilganlardan imloviy jihatdan xató yozilgan so‘zlarni aniqlang. 1) tele ko‘rsatuv; 2) taqiqlamoq; 3) hokandoz; 4) uydurma; 5) mas’ul; 6) hatti-harakat A) 2, 4, 5, 6 В) 1, 3, 5, 6. С) 1, 3, 4, 6 D) 1, 2, 4, 5 20. Qaysi javobdagi so‘zlarning barchasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) teleko‘rsatuv, magistratura, dissertatsiya B) kompressor, komissiya, manitoring C) kordinata, bakalavr, vakum D) какао, inkubator, fotoaparat 21.Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?1) mukofot; 2) tayziq; 3) taxlit; 4) dafatan; 5) favqulodda; 6) har chog‘. A) 2, 3, 6. B) 2, 4, 5. С) 1, 4, 5, 6. D) 1, 3, 5, 6 22.Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Ular xozir, o‘smirlik chog‘idayoq, qudratli qanot paydo qilayotibdi. B) Manzilga yetkach sen bilan alohida gaplashaman. C) Oradan qancha zamonlar o‘tdi, uning nomini faxr bilan tilga olayapmiz. D) Bolalar uning bo‘shangligini bilib, baravar tortishishdan sira qolmasdi. 23.Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Urganch Davlat universiteti qayerda joylashgan? B) Ko‘pkarida ot boskan yigitni hozirgina shifoxonaga olib ketishdi. C) Choy qaynatib ichishni-da unutdi. D) Men bu yerda o‘t yoqayapman. 24.Qaysi javobda imloviy xato yozilgan fe’l turkumiga oid so‘z qatnashgan? A) Yigitning otasi kasmonavt edi. U bu bilan faxrlanardi. B) Yolg‘on bo‘lsa, boq-chi ko‘zimga? C) O‘quvchilar yo‘l bo‘ylarida ko‘chat ekishayapti. D) U juda bepisanlik bilan gapirardi. 25.Qaysi javobdagi barcha so‘zlar noto‘g‘ri yozilgan? A) mahsulot, musoboqa, hususiy B) toifa, maxsulot, musobaqa, C) jarroh, xususiy, jangovar D) toyifa, jarrox, tamosha 26. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni belgilang. A) hasis, musoboqa, maxsulot B) toyifa, musobaqa, jarrox C) xasis, mahsulot, tomosha D) jarrox, jangovor, toifa 27.E’timod so’zining lug’aviy ma’nosi qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) ishonch yorlig‘I B) ishonch C) hurmat D) samimiyat Download 64.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling