1. Qaysi qatorda kesimga to‘g‘ridan to‘g‘ri tobelangan ot+ot shaklidagi qo‘shma ot qatnashgan? A somonsuvoq qilingan tekis tomning ustiga o‘rikning bir shoxi egilib turardi


Bosh gapning kesimi ot kesim bo‘lgan ergashgan qo‘shma gapni belgilang


Download 20.18 Kb.
bet2/3
Sana11.01.2023
Hajmi20.18 Kb.
#1089434
1   2   3
12. Bosh gapning kesimi ot kesim
bo‘lgan ergashgan qo‘shma gapni
belgilang.
A) Yozi bilan tinimsiz mehnat qildik,
shu sababli mo‘l hosil oldik.
B) Shu mo‘jaz uyimda yonsin deb
chiroq, Ne aziz zotlarga yondashdim
gohi.
C) Qaysi yerda ilm-u ma'rifat kuchli
bo‘lsa, o‘sha yer baxt maskanidir.
D) Shuni angladimki, inson qobiliyati
cheksiz ekan.
13. Qaysi so‘zlar qatorida boshqalari
bilan o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila
olmaydigan so‘z ishtirok etgan?
A) zahmat, sitam, aziyat
B) yalqov, ishyoqmas, madorsiz
C) asil, sara, mumtoz
D) makkor, quv, mug‘ombir
14. Qaysi qatorda tub so‘zlarning
belgisiz vositasiz to‘ldiruvchi bo‘lib
kelishi kuzatiladi?
A) Yoshligimda men ham dumimni
baxt deb bilardim.
B) Uquvsiz insonga qattiqqo‘llik bilan
bilim yo hunar o‘rgatib bo‘lmaydi.
C) Bolalariga ertak va naqllar aytib
bera boshladi.
D) Men musavvirlikning sirlarini
o‘rganishga va o‘zlashtirishga
astoydil bel bog‘ladim, chunki menda
unga havas uyg‘ongan.
15. Qaysi qatorda yasama asliy sifat
ishtirok etmagan?
A) Yonbag‘irlarda rang-barang
tovlanib, xushbo‘y atrini taratayotgan
gullarga nazar tashlayman.
B) Yashash uchun foydali mehnat
qilishni anglash insoniylikning
birinchi shartidir.
C) Shahar va qishloqlarda
o‘zgarishlar ro‘y bermoqda,
bunyodkorlik ishlari avj olmoqda,
chiroyli binolar qurilmoqda.D) Temur insoniylik xususiyatlariga
ega bo‘lgan buyuk shaxs edi.
16-, 17-, 18-test topshiriqlari uchun
matn.
Katta Mushuk dumi bilan ………….
mitti Mushukchadan so‘radi:
Nega dumingni quvlayapsan?
Mushuk javob berdi:
Bir Mushuk uchun eng asosiy narsa
baxt ekanligini, baxt esa
dumimdaligini bildim. Dumimni
tutganimda, albatta, baxtga
erishaman.
Shunda katta Mushuk:
Yoshligimda men ham dumimni baxt
deb bilardim, keyinchalik shuni
anglab yetdimki, uni quvlasam,
mendan uzoqlashadi, aksincha,
qachon o‘z ishim bilan xotirjam ovora
bo‘lib yursam, doimo izimdan
ergashadi, – dedi mitti Mushukchaga.
16. Matn mazmuniga mos sarlavha
tanlang.
A) Mushuklar hayoti
B) Baxtga erishish yo‘li
C) Baxtli mushuklar
D) O‘zaro tortishuv
Tahlili: Matn mazmuniga mos
sarlavha B javobdagi «Baxtga erishish
yo‘li» degan jumladir. Qolgan
sarlavhalar matnning umumiy
mazmunini jamlay olmaydi.
17. Quyidagilardan matn mazmuniga
zid bo‘lgan fikrni tanlang.
A) Inson doimo o‘z baxtining ortidan
quvishi kerak.
B) Katta mushuk asl baxt nimaligini
tushunib yetgan.
C) Mushukcha o‘z baxtini o‘z dumida
deb bilar edi.
D) Biz baxt deb bilgan narsa hamisha
ham baxt bo‘lib chiqavermaydi.
18. Nuqtalar o‘rnini mos jumla bilan
to‘ldiring.
A) hazillashayotgan
B) quvlayotgan
C) o‘ynatayotgan
D) o‘ynayotgan
19. Gyotening “Faust” asari
tarjimonining qalamiga mansub
dostonlar qaysi qatorda berilgan?
A) “Nido”, “Orzu chashmasi”
B) “Farzand”, “So‘lmas chechaklar”
C) “Istanbul fojiasi”, “To‘ylar
muborak”
D) “Shinelli yillar”, “Mashrab”
Tahlili: Gyotening “Faust” asari
tarjimoni – Erkin Vohidov. Uning
qalamiga mansub dostonlar: “Nido”,
“Orzu chashmasi”.
20.“Mening deyarli har bir she’rim
hayotdagi ma’lum bir voqea, hodisa
bilan bog‘liq, jo‘nroq qilib aytganda,
har birining turtkisi bor. Masalan,
Ayol” degan she’rim urushdan
qaytmagan amakilarimning
bevalariga bag‘ishlangan. Men
ularning iztiroblarini ko‘rib, kuzatib
ulg‘ayganman”.
Ushbu parcha qaysi ijodkor haqida?
A) O‘tkir Hoshimov
B) Omon Matjon
C) Abdulla Oripov
D) Shavkat Rahmon
21. Maysalaring shivirlashdi, tizlar
cho‘kdim, quloq berdim,
Bilmay bosib chumolini, gunohimga
so‘roq berdim,
Vatan ne deb so‘rganlarga bir
kaftgina tuproq berdim,
Menga Vatan siyratini, Momo yerim,
o‘zing berding.Ona zamin haqidagi ushbu satrlar
muallifini aniqlang.
A) Mahmud Toir
B) Rauf Parfi
C) Sirojiddin Sayid
D) Iqbol Mirzo
22. Quyidagi adiblarning taxallusini
to‘g‘ri moslashtiring.
1) Nihon
a) A. Qahhor
2) Hijron
b) Hamza
3) Dumbulnisa c) A. Avloniy
4) Sarimsoq
d) A. Qodiriy
A) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b
B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a
C) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a
D) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a
23. “…boshida simobi shohi salla,
ustidan qora movut sirilgan sovsar
po‘stin, ichida o‘zining Shamayda
tiktirgani osmoni rang movut kamzul,
movut shim: oyog‘ida qalapoy abzali,
belida yorining usta qo‘li bilan
tikilgan shohi qiyiq... Yuzlar qizil,
og‘iz irpaygan, ko‘zlar o‘ynab
allakimni qidiradir”.
Ushbu parcha bilan bog‘liq to‘g‘ri
hukmni belgilang.
A) Ushbu parchada Kumushni
birinchi bor ko‘rgan Otabekning
holati tasvirlangan. (“O‘tkan kunlar”)
B) Ushbu parchada Anvardan birinchi
oylik maoshni qabul qilib olgan Solih
Maxdumning holati tasvirlangan.
(“Mehrobdan chayon”)
C) Ushbu parchada Akbarali
mingboshining Zebini birinchi bor
ko‘rishdagi holati aks etgan. (“Kecha
va kunduz”)
D) Ushbu parchada to‘y kuni
Kumushning yoniga kirib ketayotgan
Otabekning holati tasvirlangan.
(“O‘tkan kunlar”)
24. Janni Rodari haqidagi fikrlardan
qaysi biri to‘g‘ri?
A) Uning otasi Juzeppe Rodarining
kasbi dehqon bo‘lib, Jannining
bolaligi, adibning o‘zi
ta’kidlaganidek, “juda og‘ir va
mashaqqatli” kechdi.
B) Janni bolaligida qo‘g ‘irchoq
yasovchi usta yoki rassom bo‘lishni
va boshqa qiziqarli kasblarni
egallashni orzu qilgan edi.
C) Yozuvchining ilk to ‘plami – “Rim
ertaklari” tezda mohir ertakchi bo‘lib
tanilishida juda muhim ahamiyatga
ega.
D) Uning “Hurishni eplolmagan
kuchukcha” ertagi “Telefonda
aytilgan ertaklar” turkumidan o‘rin
olgan.
25. Pyesa janrida yozilgan hajviy asar
berilgan javobni aniqlang.
A) “O‘n ikki stul” (Ilf va Petrov)
B) “Yelvizak” (Ne’mat Aminov)
C) “Revizor” (Gogol)
D) “Oltin buzoqcha” (Ilf va Petrov)
26. “Ruhlar isyoni” asariga oid
noto‘g‘ri ma’lumot aniqlang.
A) Asar doston janrida yozilgan.
B) Asarda dinlar va millatlar
o‘rtasidagi nizo qalamga olingan.
C) Asarning “Ozodlik” deb
nomlangan beshinchi faslida Nazrul
Islomning zindonga solinishi aks
etgan.
D) Asarda Nazrul Islom xalqni
birlikka, ozodlikka boshlagan shoir
siymosida gavdalanadi.
27. Qaysi javobda “Ravshan” dostoni
voqealari bayoni to‘g‘ri berilmagan?
A) Go‘ro‘g‘li asrab olgan
farzandlarini bir-biriga quda qilish
maqsadida Avazxonning qizi Zulxumorni Ravshanxonga so‘rab
sovchilikka boradi, ammo Avaz o‘zini
boshqalardan ustun tutadi, hatto:
“Qizim tugul kuchugumdan sadag‘a”,
– deya ochiqdan ochiq haqorat qiladi.
B)Avazxon qizini Ravshanxonga
berishni xohlamagandan so‘ng
Ravshan Shirvon eliga borib
Zulxumorni olib kelishga otlanadi.
C)Aynoq, Jaynoq, Ersak, Tersak kabi
polvonlar Ravshanni qutqarish yo‘lida
Hasanxon bilan birga Qoraxon
podshoga qarshi jang qiladi.
D)Ravshanxonning zindonda
yotganini eshitgan Hasanxon G‘irko‘k
otini minib,
yo‘lga chiqadi va uch oylik yo‘lni
yigirma kunda bosib o‘tib, farzandini
dor ostidan qutqarib oladi.
28. Kecha oqshom falakda oy
bo‘zarib botganda,
Zuhro yulduz miltirab, xira xanda
otganda,
Ruhimni bir ma’yuslik, sokinlik
uyg‘otganda,
Men seni esga oldim, birinchi
muhabbatim.
Eslab xayolga toldim, birinchi
muhabbatim.
Qaysi qatorda har bir o‘zbek
kitobxoni qalbidan joy olgan ushbu
jozibador satrlar muallifi qalamiga
mansub bo‘lmagan she’r berilgan?
A) “Yurtim shamoli”
B) “Yaxshidir achchiq haqiqat”
C) “Munojot” ni tinglab”
D) “Qo‘riqxona”

Download 20.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling