29-30- savollar uchun matn.
Alisher Navoiy qalamiga mansub
“Saxo-vu buxl bobida nukta surmak
va arolarida
ikki vosita kelturmak” nomli she’riy
parchani o‘qing va quyidagi
savollarga javob bering.
Debon bergan kishi erdur, va lekin
Demay berganga erlik bil musallam.
Ne deb, ne bersa bilgil ani xotun,
Debon bermasni xotundin dag‘i kam.
29. Ushbu jumlalar ma’nosiga mos
kelmaydigan mulohazani toping.
A) Uchinchi misrada aytilishicha,
jamiyat ahli orasida biror himmat
ko‘rsatishdan oldin uni ta’kidlab,
urg‘ulab, “yaxshiligini pesh qilib”
ko‘rsatadiganlar ham topiladi. Ular
xotindan ham pastroq darajada
turuvchilardir, deyilgan.
B) Muhtoj kishi so‘ramasdan turib
ham unga mol beradiganlar bor. Adib
ikkinchi misrada shuni aytmoqchi.
Ular haqiqiy mard, haqiqiy saxovat
egalaridir.
C) Birinchi misradan agar kishi bir
so‘zni aytsa, so‘ng unga amal qilsa,
masalan, boshqalarga biror narsani
berish haqidagi so‘zining ustidan
chiqsa uni haqiqiy er, erkak deyish
mumkinligi anglashiladi.
D) Ushbu jumlalarda gap saxovat,
saxiylik, qo‘li ochiqlik va baxillik,
xasislik, qurumsoqlik haqida boradi.
30. She’riy parcha haqida bildirilgan
xato hukmni toping.
A) “Demoq”so‘zining barcha
misralarda ishtirok etishi iltizom
san’atini yuzaga keltirgan.
B) Ushbu parchaning sarlavhasida
tazod san’ati qo‘llangan.
C) “Demoq” so‘zining barcha
misralarda ishtirok etishi mukarrir
san’atini yuzaga keltirgan.
D) Ushbu parcha qit’a janrining
go‘zal namunasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |