1. Qaysi qatorda ko‟chma ma‟noda qo‟llangan so‟z berilgan? A uning bunday odati yo„q edi, shuning uchun yigit


Download 92.17 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.02.2023
Hajmi92.17 Kb.
#1148974
Bog'liq
6-dars; leksikologiya ( 1-qism ) (2) unlocked



1. Qaysi qatorda ko‟chma ma‟noda qo‟llangan so‟z 
berilgan? 
A) Uning bunday odati yo„q edi, shuning uchun yigit
hayron bo„lib, biroz qarab turibdi. 
B) Saodat ko„pdan beri ashula aytmagan edi, shuning
uchun ham u jaranglagan ovozlarga qo„shilib ashula
aytgisi keldi.
C) Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir,
shuning uchun har vaqt ilm olish ilinjida bo„l. 
D) Olov o„tinni kuydirib kul qilgani kabi, hasad savob
amallarni yeb tugatadi. 
2. Qaysi javobda berilgan so„zlar juftligi o„zaro ma‟nodosh 
emas? 
A) chopmoq - yelmoq B) husn - go„zal 
C) ayyor - makkor D) epchil - abjir 
3. Qaysi javobda paronim qo„llash bilan bog„liq xatolik 
mavjud emas? 
A) Gunohkor bo„lmay turib o'rinsiz tanalar eshitsang,
yoqmas ekan. 
B) Tekin boylik axtarguncha o„zingga bob hunar top. 
C) Bu obidalar necha asirlardan beri yer yuzini bezab 
turibdi. 
D) San‟at saroyiga konsert tomosha qilgani bordik. 
4. 
Inson chehrasi hamisha uning ichki olamini aks ettiradi, 
shu sababli fikr yuzda aks etmaydi, deb o„ylash xatodir. 
Ushbu gapda alohida ajratib ko‟rsatilgan so‟z bilan 
sinonimlik qiladigan salbiy bo‟yoqqa ega so‟z qaysi 
javobda berilgan? 
A) Yuz B) Ruxsor C) Bashara D) Oraz 
5. Qaysi gapda ajratib ko„rsatilgan so„zda metonimiya 
usulida ma‟no ko„chgan? 
A) Unga hozir eshitguvchi quloq kerak edi, shu bois 
gapirishdan to„xtamadi. 
B) Sen o„tkir zehnli bola ekansan-ku. 
C) Qo„zivoy chol anchadan beri samovarga chiqmay 
qo„ygan. 
D) Siz ko„zovnakli kishidan keyin kirasiz. 
6. Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma‟nosini ifodalagan 
siz kishilik olmoshi qatnashmagan javobni aniqlang. 
A) Odamlar bilan shunday gaplashingki, do„stim, siz 
bilan suhbatlashishni havas qilsinlar. 
B) Siz yoshlik qilib bunaqa xomxayollarga borib 
yurmang, usta! 
C) Agar, bolam, siz haqiqiy do„st topmoqchi bo„lsangiz,
avvalo, samimiy bo„lishni o„rganing. 
D) Bitiruvchilar, siz endi o„zingiz uchun qiziqarli va 
foydali kasb tanlashingiz kerak. 
7. Alohida ajratib ko‟rsatilgan so‟zlar omonimlik 
xususiyatiga ega bo‟lgan so‟zlar juftligi qaysi javobda 
berilgan? 
A) Daladagi tutni kesish javobgarlikka sabab bo‟ladi; 
Yuziga parda tutgan ayol barchadan chetda turar edi. 
B) General stol yoniga kelib, tamaki qoldig'ini kuldonga 
tashladi; Qozon osilgan kulsiz o„choqqa ko„zi tushdi. 
C) Rastalardagi unlarni olib uyga qaytdik;
Onam unni qorib, kulcha yopib bergan damlarni eslayman. 
D) Davlatdagi xizmatga qanchalik yosh kadrlar kelsa, 
raqobat va rivojlanish shunchalik tez bo‟ladi;
Maxsus qonunga ko‟ra kadrlarni tayyorlash markazlari 
tashkil etilgan. 
8. Qaysi javobdagi gapda antonimlar qatnashgan? 
A) Har kishi kasb-korni yaxshi bilmog„i, yaxshi tarbiya
olmog„i va yaxshi xulq-odob, fazilatlarga ega bo„lmog„i
kerak. 
B) Rostlik – do„stlik, yolg„onchilar esa ko„rgulikdir. 
C) Mayli, qulog„ingga aytay, ey shoir,
chunki yomonlikning qo„li balanddir. 
D) Borlik yo„qlikni mushkulot yengillikni yuzaga
keltiradi. 
9. 
0„smirlarimiz xalqaro turnirlarda g„alaba qozonmoqdalar.
O„zbekning dovrug'ini olamga yoymoqdalar. 
Ushbu gapda yoymoq so„zi qaysi ma‟noda qo„llangan? 
A) Mashhur qilmoq, ovoza qilmoq. 
B) Taxlangan, o„ralgan narsalarni ochmoq 
C) Kichik-kichik guruhlarga bo„linib ketmoq. 
D) Tevarak-atrofga anqimoq. 
10. Qaysi javobdagi ajratib ko„rsatilgan so„zda metafora 
usuli orqali ma‟no ko„chishi yuz bergan? 
A) Albatta, yurtimizdagi bunday o„zgarishlarni ko„rgan 
ko„zlar xursand bo„ladi. 
B) Har shanba «Muoimiv»da «Advokatlik osonmi?»
dramasi qo„yilayotgan ekan. 
C) Yanvarning o„n beshlarida butun qishloq to„g„on 
qurishga otlandi.
D) Mustaqillik tufayli millatning g„ururi, obro„-e‟tibori o„sdi. 
11. Qaysi javobdagi so„zlar o„zaro ma‟nodoshlik hosil qila 
oladi? 
A) chiroy, suluv
B) abzal, ortiq 
C) rostgo„y, mehnatsevar
D) ko„nmoq, unamoq 
12. Qaysi gaplar juftligida paronimlar berilgan? 
A) Qo„qqisdan o„rmon kaptarlari g„uv-g„uvlab qolishibdi; 
Ayol borki, bola kulgisi, bola ingasi kabutar kabi olam
uzra qanot qoqib jahon kezadi. 
B) Iste‟dodli o„quvchilar ichida do„stlarim borligidan 
faxranaman;
Borliqdagi barcha narsa turli sinoatlarga to„la. 
C) Xatni o„qib, Abdurahmonovning kulcha yuziga qon 
yugurdi; 
Kulgi - misoli oftob: u inson yuzidan qish qahrini olib 
tashlaydi. 
D) Bir yil ichida yigitning bo„yi ancha o„sdi;
Bog„dagi gullarning muattar bo„yi kishiga huzur 
bag„ishlaydi. 
13. Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma‟nosini 
ifodalagan siz kishilik olmoshi qatnashgan javobni
aniqlang. 
A) Bolalar, ehtimol, siz oq ayiqni ko„rmagandirsiz?
Men uni ko„rganman. 
B) Albatta, sizga, guruhimiz a‟lochilariga, hammamiz
ishonamiz. 
C) Rahbarimiz o„quvchilarga yuzlanib: «Siz ertaga 
muzeyga borasiz», - dedi. 
D) Siz yoshlik qilib bunaqa xomxayollarga borib 
yurmang, usta! 
14. Qaysi javobdagi so„zlar o„zaro ma‟nodoshlik hosil qila 
olmaydi? 
A) chiroy, suluv B) subutsiz, betayin 
C) ganj, xazina D) bezak, ziynat 


15. Qaysi javobdagi ajratib ko„rsatilgan so„zda 
metonimiya usuli orqali ma‟no ko„chishi yuz bergan? 
A) Negadir ishtaham qochib ketdi. 
B) Shamol kuchayib olovning tili yana ham uzunlashdi. 
C) Bu g„arib bosh nimalarni ko„rmagan, jigarim. 
D) Tez orada «Sohibqiron» sahna yuzini ko„radi. 
16. Qaysi ma‟lumot no‟tog‟ri? 
A) So‟zlar sinonimlik qatorini hosil qilishi uchun doim bir 
so‟z turkumi doirasida bo‟lishi kerak. 
B) So‟zlar antonim bo‟lishi uchun doim bir so‟z turkumi 
doirasida bo‟lishi kerak. 
C) Omonim va paronimlar bir turkum doirasida ham, har 
xil turkum doirasida ham bo‟lishi mumkin. 
D) 
Shakli va yozilishi bir-biriga juda ham o‟xshaydigan, asosan, 
ularni bitta tovush farqlaydigan va ma‟nolari boshqa-boshqa 
ma‟nolarni anglatuvchi so‟zlarga omonimlar deyiladi.
17. 
Ozuqa zaxiralarimizning hammasi ertaga bitadi.
Ushbu gapda bitmoq so„zi qaysi ma‟noda qo„llangan? 
A) o„sib-unmoq 
B) yozuv orqali ifodalamoq 
C) tugamoq, tamom bo„lmoq 
D) et unib, birikib tuzalmoq 
18. Qaysi javobdagi so„zlar o„zaro ma‟nodoshlik hosil qila 
oladi? 
A) ganch, xazina B) dangasa, mehnatkash 
C) husn, chiroyli D) suluv, ko„rkam 
19. Qaysi qatorda ko‟p ma‟noli so‟zlar juftligi berilgan? 
A) Hech bo„lmaganidan ko„ra kech bo„lgani yaxshi; 
Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning. 
B) Raqib darvozasiga ketma-ket to„p kiritildi; 
Ayol stoldagi bir to„p xatni olib, ko„z yugurtirdi. 
C) Maktabda «O„tkir zehnlilar» musobaqasi bo„lib o„tdi.
Uning o„tkir boltasi bo„lsa-yu, shu qurigan daraxtni chopib 
tashlasa. 
D) Xatni o„qib, Abdurahmonovning kulcha yuziga qon 
yugurdi; 
Uning raso bo„y-basti, quralay ko„zlari, o„ng betidagi 
kulgichi ko„z o„ngidan o„tdi. 
20. Qaysi javobdagi ajratib ko„rsatilgan so„zda sinekdoxa 
usuli orqali ma‟no ko„chishi yuz bergan? 
A) Yoqimli hid dimog„ini qitiqladi. 
B) Och nazarim tushar suratga. 
C) Bir boshga bir o„lim. 
D) «Nasaf» Toshkentdan g„alaba bilan qaytdi. 
21. Qaysi javobda berilgan so‟z uch o‟rinda omonimlik 
hosil qila oladi? 
A) Palata B) Nota C) Tosh D) Suzmoq 
22. Qaysi javobdagi so„zlar o„zaro ma‟nodoshlik hosil qila 
olmaydi? 
A) obro„, nufuz B) belgi, nishon 
C) beadad, behisob D) ganch, xazina 
23. Qaysi gapda ko‟chma ma‟noda qo‟llangan so‟z 
qatnashgan? 
A) Haqiqatan ham, ko„rshapalaklar qushlar bilan 
hayvonlar orasidagi jonivorlardir. 
B) Amakimning farzandi bo„lmagani uchun otam meni 
amakimga o„g„il qilib bergan. Bu, taxminan, 3–4 
yoshlarimda bo„lsa kerak. 
C) Hamma perronda. Hamma o„z jigarini qidiradi. 
D) Kim o„z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi. 
24. Qaysi javobda so„z qo„llash bilan bogliq xatolik 
mavjud? 
A) Bolalar oldiga issiq non va qaymoq qo„yildi. 
B) Paxta gulli piyolalarga choy quyildi. 
C) Chinni kosalarga sut quyildi. 
D) Bu kishi qarib ham qo„yilniadi, yoqimsiz hazil 
qilaveradi. 
25. Qaysi javobdagi ajratib ko„rsatilgan so„zda 
metonimiya usuli orqali ma‟no ko„chishi yuz bergan? 
A) Yoqimli hid dimog„ini qitiqladi. 
B) Olti oykim do„stlarim ham pana-panada,
Iste‟dodim so„nganidan qilar karomat. 
C) Buni eshitgan quloo nima deydi? 
D) 0„zbek Navoivni o'qimay qo„ysa,
Oltin boshning kalla bo„lgani shudir. 
26. Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma‟nosi
ifodalagan ular olmoshi qatnashgan javobi aniqlang. 
A) Sobir tog„amni yaxshi ko„raman. Ammo ular biznikiga 
bir yilda bir keladilar. 
B) Sakkizinchi sinf o„quvchilari faol. Ular har bir 
tadbirda o„z chiqishlari bilan ishtirok etishadi. 
C) Ularning har ikkisi bugungi musobaqa ilk marotaba 
qatnashmoqda.
D) Yer yuzida tillar ko„p. Olimlarning hisob-kitobiga 
ko„ra ularning miqdori 7000 ga yaqin. 
27. 
Osiyo chempionatida Qatar terma jamoasi Yaponiya
milliy jamoasini yutdi. 
Ushbu gapda yutmoq so„zi qaysi ma‟noda qo„llangan? 
A) ichmoq, yemoq 
B) biror nima deyishdan o„zini tiymoq, oshkor qilmaslik 
C) yengmoq, mag„lub etmoq 
D) o„z qa‟riga tortmoq 
28. Qaysi gapda paronim bilan bog„liq xatolik mavjud? 
A) Bog„imizga o„n tub olma ko„chatini o„tqazdik. 
B) Azim tog„lar, sizlar ham yaxshi qoling. 
C) Besh asrkim nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir sher. 
D) Sizning har bir so„zingiz biz uchun tilladan afzal. 
29. 
Hamma perronda. Hamma o„z jigarini qidiradi. 
Ushbu gapda ko‟chma ma‟nodagi so‟z qaysi usul bilan 
ma‟nosi ko‟chgan? 
A) Sinekdoxa B) Metonimiya 
C) Metafora D) Ma‟no ko‟chmagan
30. Qaysi gapda paronim bilan bog„liq xatolik mavjud? 
A) Bu kasallikning davosini topish uchun olimlar astoydil 
izlanishmoqda. 
B) Yo„l yoqasidagi azim yong„oqlar, sizlar ham yaxshi 
qoling. 
C) Mevasini ko„tarolmagan olma shohi qarsillab sinib 
tushdi. 
D) Xalqimiz uchun o„sha davrlarda e‟tiqod, islom kabi 
tushunchalar butunlay yot edi. 

Download 92.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling